Havodagi harakatni boshqarish



Download 1,14 Mb.
bet1/7
Sana17.09.2022
Hajmi1,14 Mb.
#849171
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-маъруза сиртқи


5620201 "Havodagi harakatni boshqarish" bakalavriat ta'lim yo'nalishi
Sirtqi ta`lim
2022-2023 o'quv yili (5-semestr)
O'quv fani: "Havodagi harakatni tashkil etish, xizmat ko`rsatish"



1-MA'RUZA
MAVZU: AERODROM HUDUDIDA HAVODAGI HARAKATGA
XIZMAT KO'RSATISH
2 soat
Reja:

  1. Asosiy tushinchalar.

  2. Havo kemalarini buksirlash.

  3. Havo kemalarni rullash va kuzatib qo'yish qoidalari.

  4. Havo kemalarni buksirlashda, dvigatellarini ishga tushirishda va rullashda dispetcherlik xizamatini ko'rsatish.

  5. Havo kemaning uchib jo'nashi uchun dispetcherlik ruhsatnomasi.



Kalit so`zlar: Havo kemasi, buksirlash, rullash, kuzatib qo'yish qoidalari, dvigatel, dispetcherlik xizamati, uchib jo'nash, dispetcherlik ruhsatnomasi.



  1. ASOSIY TUSHINCHALAR

Aerodromning dispetcherlik xizmati - bu aerodromdagi harakatlarga dispetcherlik xizmatini ko'rsatish tizimi. Ushbu turdagi dispetcherlik xizmati quyidagi maqsadlar uchun mo'ljallangan:
1) havo kemalarning o'zaro to'qnashuvini va manyovr maydonidagi to'siqlar bilan to'qnashuvining oldini olish;
2) havodagi harakatini tezlashtirish va tartibga solish.
Aerodrom harakatiga aerodromning manyovrlar maydonidagi barcha turdagi harakatlar, shuningdek aerodrom hududidagi barcha havo kemalarning parvozlari kiradi. Havo kemasi aerodrom doirasiga kirganda, chiqib ketganda yoki uning ichida bo'lsa, aerodrom hududida parvoz bajaryotgan hisoblanadi.
Manyovr maydoni - bu aerodromning, perrondan tashqari, havo kemalarning uchish, qo'nish va rullashga mo'ljallangan qismi.
Aerodrom parvoz doirasi (ko'tarilish va qo'nish hududida parvoz qilish sxemasi) – ko'tarilish, qo'nishga kirish uchun pasayish, qo'nishni kutish, aerodrom ustida parvoz qilish uchun aerodrom hududida belgilangan parvoz yo'nalishi.


Aerodrom dispetcherlik xizmati aerodromning KDP (qo'mondonlik dispetcher punkti), TOWER (minora), SDP (start dispetcherlik punkti), RDP (rullash dispetcherlik punkti) dispetcherlik punktlari tomonidan ko'rsatiladi. 1-rasmda ularni tashkiliy sxemasi keltirilgan. Dispetcherlik xizmatini ko'rsatuvchi aerodrom organlari:

1-rasm. Aerodrom dispetcherlik punktlari




DELIVERI dispetcherlik punkti - bu havo kemasi ekipajlariga rullash oldin parvozga dispetcherlik ruxsatini berish va parvozlarga zarur bo'lgan Aeronavigasiya va boshqa ma'lumotlarni taqdim etish uchun mo'ljallangan harakatni boshqaruv punkti.
Tower dispetcherlik punkti - nazorat qilinadigan parvozlarda qo'nishga kirishning oxirgi uchastkasida (uchish va qo'nish sektorlarining belgilangan chegaralari doirasida), uchish-qo'nish yo'lagi va manyovr qilinadigan maydonlarda (agar ushbu vakolat alohida HHXK organiga o'tkazilmagan bo'lsa) dispetcherlik xizmatlarini ko'rsatuvchi HHB punkti.
Yondoshuv (podxod) dispetcherlik xizmati aerodrom hududidagi yondoshuv dispetcherlik punktlari (yodp – yondoshuv dispetcherlik punkti, DDP – doira dispetcherlik punkti) tomonidan ta'minlanadi. Yodp aerodrom (aerouzel zonasi) hududida havo kemalarning nazoratda bo'lgan parvozlariga xizmat ko'rsatadi.
Aylananing dispetcherlik punkti (DDP) - uchish va qo'nish zonasida nazorat qilinadigan parvozlarga dispetcherlik xiizmatlarini ko'rsatadigan HHB punkti.
Rullash dispetcherlik punkti (RDP) - aerodromning manyovr qiladigan maydonida, uchish-qo'nish yo'lagidan tashqari, dispetcherlik xizmatlarini ko'rsatadigan HHB punkti.
ADP (aerodrom dispetcherlik punkti) dispetcheri yoki hisobot yig'ish punkti (brifing xizmati mavjud aeroportlardan tashqari) parvoz rejasi va havo kemasi komandirining qabul qilgan qarori asosida (agar qabul qilish uchun sharoitlar me'yoriy talablarga muvofiq bo'lsa) ekipajga parvozni boshlashga ruxsat beradi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish