Халқаро аудит стандартларини таснифлаштириш ва Ўзбекистонда қўллаш масалалари



Download 1.71 Mb.
Sana13.05.2020
Hajmi1.71 Mb.

TAQDIMOT

IXBA 91 guruh

Kurdashov Husan

Халқаро аудит стандартларини таснифлаштириш ва Ўзбекистонда қўллаш масалалари.


O‘zbekistonda audit xalqaro standartlari qanday joriy etiladi?

Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasini ishlab chiqdi, deb yozmoqda Norma.

Loyiha 19.09.2018 yildagi PQ–3946-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan, unga ko‘ra 2020 yil 1 yanvardan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiradilar.

Loyihada taklif qilinayotgan normalar amaliyotda qo‘llanilgan prinsiplar asosida tuzilgan. Ularning joriy etilishi ko‘rsatilgan auditorlik xizmatlari natijalariga ishbilarmonlar va umuman jamoatchilik ishonchini shakllantirish va oshirishga yo‘naltirilgan xalqaro standartlar asosida auditorlik xizmatlari bozorining yanada rivojlanishini, respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilanganining asosiy omili sifatida auditorlik kasbi nufuzi va auditorlik xizmatlari sifati oshishini ta'minlaydi.


Nizom loyihasida O‘zbekiston hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlari (AXS) belgilangan, ya'ni:


a) sifat nazoratining xalqaro standarti;

b) moliyaviy axborot auditining xalqaro standartlari;

v) moliyaviy axborot auditining amaliyoti to‘g‘risidagi xalqaro hisobotlar;

g) obzorli tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha vazifalarning xalqaro standartlari;

d) ishonchni ta'minlovchi, moliyaviy axborot auditi va obzorli tekshiruvlaridan farqlanuvchi vazifalarning xalqaro standartlari; e) audit bilan birga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xalqaro standartlari; j) Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan auditning xalqaro standartlarining ajralmas qismi sifatida belgilangan boshqa hujjatlar; z) yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarga («a»-«j») kiritiladigan o‘zgartirishlar.

Shuningdek hujjatda O‘zbekistonda qo‘llash uchun AXSni tan olish tartibi taklif etilgan:

• Xalqaro buxgalterlar federatsiyasidan davlat tiliga tarjima qilingan AXS matniga huquqlarning berilishini tasdiqlovchi hujjatni olish; • rus tilidagi AXSdan foydalanish huquqini olish uchun Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan shartnoma imzolash; • davlat va rus tilidagi AXS matnini Moliya vazirligining veb-saytlarida e'lon qilish; • AXS hujjatlarining dolzarbligini ta'minlash. 

Auditorlik faoliyati rivojlanishining va buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirishning hozirgi bosqichi milliy va xalqaro standartlarning o‘zaro muvofiqligi masalalarini oldingi o‘ringa chiqardi va ushbu ikki standartlar tizimining doimiy ravishda takomillashib borishi, hamda O‘zbekistonda Auditning xalqaro standartlari (AXS) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining (MHXS) amaliyotda qo‘llanishi mazkur masalaning dolzarbligini uzluksiz tarzda saqlab kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotini nashr etishi va uni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlash va Auditning xalqaro standartlariga muvofiq tashqi auditdan o‘tkazilishi belgilangan.



Ta‘kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni bilan auditning xalqaro standartlarini qo‘llash uchun qulay sharoit yaratilgan. Bunda, AXS va MHXSni joriy etishda auditorlar va buxgalterlarning respublika professional jamoat birlashmalari muhim o‘rinni egallaydi. AXS va MHXS matnlarini ingliz tilidan davlat tiliga tarjima qilish bo‘yicha tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida AXS va MHXS matnlarini tarjima qilish mas‘uliyati O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasiga yuklatilgan. O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotga asosan Buxgalterlarning xalqaro federatsiyasi  AXS va MHXSning o‘zbek tilidagi matnini tan olganligi sababli o‘z veb-saytida joylashtirdi (http://www.ifac.org).
Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat