Guruh talabasi Bekturdiyev Zarifning Kompyuterni tashkillashtirish fanidan tayyorlagan hisoboti. Mavzu: Tashqi qurilmalar imkoniyatlari va xususiyatlari bilan tanishish



Download 0,5 Mb.
Sana12.04.2020
Hajmi0,5 Mb.
#44192
Bog'liq
Tashqi qurilmalar imkoniyatlari va xususiyatlari bilan tanishish

941-18 guruh talabasi

Bekturdiyev Zarifning

Kompyuterni tashkillashtirish

fanidan tayyorlagan
HISOBOTI.
Mavzu: Tashqi qurilmalar imkoniyatlari va xususiyatlari bilan tanishish
Men “ Tashqi qurilmalar imkoniyatlari va xususiyatlari bilan tanishdim va tashqi qurilmalarning turlari va vazifalari, Tashqi xotira qurilmalari, Tarmoq adapteri, strimmer” to’g’risida malumotlarga ega bo’ldim va youtube orqali videolarni tamosha qildim shu malumotlardan foydalanib hisobot tayyorladim.

Klaviatura. Insonning kompyuter bilan bevosita aloqasini ta’minlovchi qurilma. Klaviatura ikki xil bo’ladi. 1-turdagi klaviatura plataga montaj qilingan mexanik kalitlar massividan tashkil topadi. Ustunlar va satrlar shaklida tashkil qilingan bo’lib, platadagi mikrokontrollerlar bilan o’zaro bog’langan. Biror klavish bosilganda kalit yopiladi va kontroller qaysi ustun va satrdagi klavish bosilganini qayd etad, ASCII kodini hosil qiladi va MP ga yuboradi. 2-turdagi klaviatura tekis 3 qatlamli strukturaga ega. Yuqorgi qatlam plastik materialdan yasalgan bo’lib, bir tomonida klavishlar chizilgan, orqa tomonida o’tkazuvchi birikmalar surilgan. O’rta qatlam rezinadan, klavishlar to’g’risida teshikchalar ochilgan. Quyi qatlam metalldan, klavishlar to’g’risida bo’rtmalar mavjud. Foydalanuchi yuqori qatlamdagi klavishga tegganda, uning orqa tarafi quyi qatlamdagi metall bo’rtmaga tegadi, kalit yopiladi va 1-turdagi klaviatura kabi ish davom etadi. Bunday klaviaturalar arzon va ishonchlidir.
Sichqoncha. 1968-yilda o’lab topilgan. Bungacha faqat klaviatura ma’lumot kiritishning asosiy qurilmasi sanalgan. Sichqinchaning paydo bo’lishi kompyutyerda grafik lementlar qo’llanilish davrini boshlab berdi. Klassik sichqoncha foydalanuvchi qo’liga moslashgan, kichik razmerli, tekislikda harakatlanuvchi qurilma. Elektron sxema harakat yo’nalishini (X va Y o’qlari bo’yicha) va harakat masofasini aniqlab, bu haqdagi ma’lumotni shina orqali MP ga yuboradi. Mexanik sichqoncha kichik sharning harakatidan sensorlarni harakatga keltiradi, sensorlar esa ikkita hisoblagichni ishga tushirib, sichqonchaning harakat masofasini X va Y o’qlari bo’yicha aniqlaydi. Sichqonchaning knopkalaridan olingan xabar (o’ng tomon bosildi, chap tomon bosildi, o’ng tomon 2 marta, chap tomon ikki marta) sichqoncha mikrokontrolleriga tushadi, unda 3 baytli paketga kodlanadi va ketma-ket ulanish shinasi orqali MP ga uzatiladi. Optik shichqonchada LED-svetodiod (Light-Emitting Diode) ishlatilib, yorug’likka o’ta sezgir elementlar harakat miqdorini o’lchab boradi. 1999-yilda Microsoft firmasi IntelliMouse deb nomlangan yangi turdagi sichqonchani taklif qildi. Bu sichqoncha har qanday yuzada bir xil ishlaydi. Unda yorug’lik sensori o’rniga raqamli kamera o’rnatilgan. U sichqoncha ostidagi kichik uchastkani tasvirini raqamli shaklga o’tkazib, masofani aniqlaydi. Kamera 1500 kadr/sekund tezlikda ishlaydi. Agar yuza notekis bo’lsa, kamera ketma-ket olingan tasvirlarni tahlil qilib, sichqonchaning bosib o’tgan yo’lini aniq hisoblaydi. Bir tasvirdan ikkichisigacha masofani o’lchash uchun korellyatsiya deb nomlangan, signallarni qayta ishlash texnologiyasidan foydalanadi. Soniyasiga 1500 ta tasvirni qayta ishlash uchun kamera protsessori 18 mli amal/sekund bajaradi.
Trekbol, jostik va sensorli panel
Sichqoncha foydalanuvchiga kursorni ekranda erkin harakatlantirish imkonini beradi. Shunga o’xshash vazifani boshqacha shaklda bajarishga bo’lgan talab boshqa qurilmalarni ishlab chiqilishiga olib keldi.

Trekbol mexanik sichqoncha prinsipida qurilgan. Klaviaturada sharik (trekbol) qo’yilgan bo’lib, uni aylantirish yordamida ko’rsatkich ekranda suriladi.




Sensorli panel (tachpad). Foydalanuvchi sensorga tekkanda tegilgan joydagi elektr ko’rsatkichlar o’zgaradi. Panel bu nuqtaning joylashuvini aniqlaydi va MP ga xabar yuboradi. Panelda barmoqning uzliksiz yuritilishi bilan, bunday signallar ham uzluksiz jo’natilib turadi, shunga mos ravishda MP ekrandagi ko’rsatkichning pozitsiyasini o’zgartiradi. Uning ishonchliligi yuqori hisoblanadi, chunki sichqoncha yoki trekboldagi kabi harakatlanuvchi qismlarga ega emas. Asosan ko’chma kompyuterlarda (noutbuklarda) ishlatiladi.

Skanerlar. Qog’ozdagi tasvirni raqamli shaklga o’tkazuvchi qurilma. Dastlabki skanerlarda qog’oz shisha silindrga mahkamlangan, u esa sensorlar orasida aylangan va tasvir hosil bo’lgan. Zamonaviy skanerlarda qog’oz shisha yuzaga qo’yiladi va yorug’lik bilan skanerlanadi. Qaytgan yorug’lik zaryadli aloqa uskunalari (ZAU=прибор с зарядовой связью-ПЗС) ning chiziqli matritsasida fokuslanadi. ZAU ga yorug’lik tushganda u bilan bog’langan kichik kondensator zaryadlanadi, uning zaryadi tushgan yorug’likk kuchiga teng bo’ladi. Analog-raqamli o’zgartirgich yordamida bu zaryad raqamli shaklga o’tkaziladi. Rangli skanerlarda qizil-ko’k-yashil rangli filtrlar bo’lib, ular yordamida ranglar farqlanadi va keyin alohida-alohida qayta ishlanadi. Yorug’likning qog’oz yuzasidan o’tishida sensorli matritsa signali ko’p marta qayta o’qiladi, shu shaklda tasvirning pikselli satrlari hosil qilinadi. Skanerlash yakunlanib, axborot kompyuterga uzatiladi va xotirada piksellar massivi shaklida saqlanadi. Oq/qora skanerlaganda har bir nuqta bir bitga teng bo’ladi (0=qora, 1=oq). Rangli skanerlaganda esa har bir nuqta ko’pi bilan 3 baytga teng bo’lib, har baytda rang va tiniqlik darajasi beriladi. Skanerlangan matnni Word dagi matnga o’zgartirishda qora ranglar matn yozuvlarini bildiradi. Maxsus dasturlar qora ranglar ketma-ketligini kompyuter xotirasidagi harflash shabloni bilan taqqoslab, matnni o’qib olishni tashkil etadi.
Displeylar. Elektron-nurli displeylar eskirib qolgani sababli ular haqidagi ma’lumotlarni bu yerda qaramaymiz. Undan tashqari suyuq kristalli, plazmali va elektrolyuminessent displeylar mavjud. Portativ kompyuterlarning yaratilishida aynan shunday displeylar muhim rol bajardi.

Suyuq kristalli displey ikkita shaffof panel orasiga joylashgan yupqa qatlamli suyuq kristall (kristallik xususiyatlariga ega bo’lgan suyuqlik= LCD-Liquid Crystall Display) dan iborat. Yuqori panelda shaffof elektrodlar joylashgan, orqa panel esa ko’zgu. Plastinalarga elektr kuchlanishi berib, diffuziyani o’zgartirb yoki yorug’likning qutblanishini o’zgartirib suyuq kristallning turli segmentlari faollashtiriladi. Natijada kristall segmentlari yorug’likni yoki akslantiradi yoki yutadi. Tasvir esa yorug’likning asosidan chiqib, suyuq kristall segmentlaridan o’tib, ko’zguda akslanishidan hosil bo’ladi.

LCD ikki xil bo’ladi. Statik (yoki passiv-matritsali) oddiy tuzilishda bo’lib, elektrodlar yuqori panel o’qida va unga perpendikulyar panel o’qida joylashadi. Segmentni yoritish uchun ustun va satrni bildiruvchi ikkita elektrodga kuchlanish beriladi. Hosil bo’lgan elektr maydonning ustun va satr kesishgan nuqtasi yorishadi. Bundan yuqori sifatli displey ishlab chiqishda ustun va satrning har bir kesishmasida elektrodlar joylashtiriladi (elektrodlar matritsasi hosil qilinadi). Tranzistorlar yupqa plyonkada bir panelni joylashadi. Bunday displeylar TFT-displey (Thin-Film Transistor – yupqa plyonkali tranzistor) deyiladi.



Plazmali displey ikkita shisha plastinali bo’lib, ularning orasi gaz (odatda neon gazi) bilan to’ldiriladi. Har bir plastinaga qator parallel plastinalar joylashtirilgan. Ikki plastina elektrodlari to’g’ri burchak ostida joylashtirilgan. Turli plastinalarda joylashgan ikkita elektrodga kuchlanish berilganda ularning kesishish joyidagi kichik nuqta yorishadi. Plaz,ali displeylar juda tiniq tasvir hosil qiladi, lekin narxi baland.

Elektrolyuminessent displeylarda ikkita o’tkazuvchi panel orasida yupqa fosfor qatlami ishlatiladi. Panellarga berilgan elektr kuchlanish natijasida kerakli nuqatada fosforning yorishishi kuzatiladi va tasvir hosil bo’ladi.
Printerlar. Printerlar kompyuterning matnli yoki grafik shaklda chiquvchi ma’lumotlarni qog’oz shaklini chop etadi. (Lazerli) printerlar quyidagicha ishlaydi. Yuzasi musbat zaryadli fotoo’tkazuvchi material bilan qoplangan baraban lazer nirida skanerlanadi. Yoritilganda zaryad yo’qoladi. Keyin baraban yuzasiga mayda pudra shaklidagi manfiy zaryadlangan toner sepiladi


FLASH-XOTIRA VA FLASH-DISK

Flash-xotira va flash-disk sistema blokidagi maxsus portga ulanadi. Bu port USB (Universal Serial Bus, ya’ni universal ketma-ket sig‘im) deb ataladi. Flash-xotira va flash-disk ustida amallar yuqoridagi kabi amallar bilan bajariladi. Hozircha uch turdagi USB portlar bo‘lib, USB 1.1 standarti ma’lumot almashishning 12 Mbit/sek tezligini ta’minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko‘rsatkich 480 Mbit/ sek gacha bo‘ladi, ya’ni 40 marta tezroqdir. USB 3.0 da esa bu ko’rsatgich 480 Mbit/ sek dan ham yuqori. Flash-xotira va flash-disk kompyuterga ulanganda masalalar panelining o‘ng qismida  piktogrammasi aks etadi. Ishlash jarayonida flash-xotira va flash-disk energiyani kompyuterdan olgani uchun kompyuterdan uzishdan avval xavfsiz o‘chirilishi kerak. Buning uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:



  • masalalar panelidagi flash-xotira belgisiga sichqoncha ko‘rsatkichi yo‘naltiriladi va chap tugmasi bosiladi;

  • “Извлечь “USB FLAS DRIVE” lavhasiga sichqoncha ko‘rsatkichini yo‘naltirib chap tugmasi bosiladi;

  • ekranda USB qurilmasini xavfsiz uzish mumkinligi haqidagi ma’lumot aks etgachgina flash-xotirani kompyuterdan uzish mumkin bo‘ladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish