Glyukozaning aerob va anaerob parchalanishi va glyukoneogenez boshqarilishining allosterik mexanizmlari; ATF va AMF allosterik effektorlar sifatida.
Etil spirti metabolizmi.
Glyukoza to‘qimada asosan kislorod ishtirokida hamda kislorodsiz sharoitda parchalanishi mumkin. Buning uchun glyukoza avvalo geksokinaza fermenti ta’sirida, ATF sarflanishi bilan glyukoza-6fosfatga aylanadi. Faollashgan glyukoza-6-fosfatni taxminan 65% to‘qimada parchalanadi; 30% yog‘ga, 5% esa glikogenga aylanadi.
Glyukozaning parchalanishi 3 xil yo‘l bilan yuz beradi:
II bosqich – Piruvatning oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi va atsetil KoA hosil bo‘lishi;
III bosqich – Krebsning uch karbon sikli va elektronlar o‘tkazish zanjiri.
Glyukozani aerob parchalanishi
Birinchi bosqich glyukoza katabolizmining individual parchalanish yo‘li bo‘lib, II va III parchalanish bosqichlari «modda almashuvining umumiy yo‘llari» deb yuritiladi. Modda almashuvinig umumiy yo‘llari avval mukammal o‘tilgan. I bosqich sitozolda, II va III bosqichlar mitoxondriyalarda kechadi. Aerob oksidlanish glyukozaning asosiy parchalanish yo‘li, chunki inson va hayvonlar aerob organizmlardir; hamda energetik nuqtai nazardan bu yo‘l eng samaralidir. Bir molekula glyukoza aerob oksidlanishida 38 molekula ATF hosil bo‘ladi. Buning 8 molekulasi – glikolitik (I) bosqichda; 6 molekula – piruvatning oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanish (II) bosqichda; 24 molekulasi esa – Krebs sikli (III) bosqichda yuzaga keladi