Geosiyosat asoslari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana03.07.2021
Hajmi0,53 Mb.
#108370
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-маъруза



1-Maruza. “GEOSIYOSAT ASOSLARI”  FANINING PREDMETI, OBYEKTI,  

MAQSAD VA VAZIFALARI 

 

   



1.  Geosiyosat asoslari» ning fan sifatida shakllanishi va siyosiy amliyot. 

2.  Geosiyosat asoslari» fanining asosiy tushunchalari.  

3.  Geosiyosat asoslari fanning predmeti va tadqiqot doirasi.  

4.  Gelpolitikaning fan sifatida o‘rganila boshlanishi. R.Chillen va F.Ratsel 

ta’limotlari.  

5.  Geosiyosiy aktorlar.  

 

1.  Geosiyosat asoslari» ning fan sifatida shakllanishi va siyosiy amliyot. 

Geosiyosat  fan sifatida  XIX  asr oxirlari  -  XX  asr boshlarida vujudga  keldi. 

Uning vujudga kelishi yirik mustamlakachi davlatlarning vujudga kelishi, dunyoni 

bo’lib  olishga  intilish,  jahon  savdosining  yuksalishi,  sanoat  inqilobining 

tugallanishi,  sanoat  va  moliya  kapitalining  rivojlanishi,  jahon  bozori  uchun 

kurashning  avjiga  chiqishi,  yangi  bozorlarga,  mustamlakalarga  ega  bo’lishga 

intilish va uning ustiga qurilgan siyosatning hosilasi sifatida kechdi.  

Shunday bo’lsada bugungacha uning shaklu shamoyiliga, tadqiqot doirasiga, 

ob‘yektiga aniq bir ta‘rif berilmadi. Bu bir tomondan yangidan shakllangan har bir 

fan  uchun  o’ziga  xos  xususiyat  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan  geosiyosiy 

jarayonlarning  naqadar  murakkabligi  bilan  izohlanadi.  Ikkinchi  jahon  urushidan 

keyingi  davrda,  ayniqsa  sovuq  urushi  tugashi  arafasida  «Geosiyosat»  atamasi 

ommabop  atamaga  aylandi.  Fransuz  olimi  Iv  Lakostning  e‘tirof  etishicha 

geosiyosat  atamasi  1980  -  yillardan  boshlab,  ayniqsa  «sovuq  urush»  davri 

tugaganidan  keyin  nihoyatda  keng  qo’llanila  boshlandi.  Bugungi  kunda  bu  atama 

barcha davlatlarning OAV larida jurnalistlar nafaqat Yevropa davlatlari o’rtasidagi 

hududiy raqobatchilikni, ayni damda unga qarshi jamoatchilik fikridagi e‘tirozlarni 

ham  ko’tarib  chiqishmoqda.  Ba‘zan  esa  geopolitika  atamasi  turli  hodisalarga, 

jumladan hech qanday aloqasi yo’q hodisalarga nisbatan ham ishlatilmoqda. «The 

Economist»  jurnalida  e‘tirof  etilishicha  geopolitika  atamasi  fundamental  hodisa 

hisoblansada,  uni  shunday  bir  yorliqqa  qiyoslash  mumkinki,  bu  yorliqni  istalgan 

hodisaga ilib q o’yish mumkin.   

1945 yilda jahon urushi yakuniga yetgach u keltirgan barcha yo’qotishlarga  

bir tomondan geosiyosat fani ham aybdordek hisoblandi. 2 - jahon urushi va uning 

asoratlarini  tugatish  davrida  geosiyosat  doirasidagi  izlanishlar  bir  oz  susaysada 

butunlay  to’xtab  qolmadi  va  mumkin  ham  emas  edi.  Negaki  davlatlar  bor  ekan, 

ular o’rtasida munosabatlar bor ekan, ularning manfaatlari mavjud ekan geosiyosat 

ham  mavjud  bo’ladi.  Mustamlakachilik  tizimi,  jahon  urushlari  va  undan  keyingi 

«sovuq  urush»  davri  salbiy  jihatlariga  ba‘zan  geopolitik  jarayonlar  sabab  qilib 

ko’rsatildi.  XX  asr  oxiri  –  XXI  asr  boshlariga  kelib  geosiyosat  o’tib  ketgan 

«patologiya» dan xalos bo’ldi.   



O’zida iqtisodiy  va siyosiy  geografiyani umumlashtirgan geosiyosat harbiy 

yoki diplomatik tarixga shunchaki qo’shilgan oddiy hodisa emas. Geosiyosiy uslub 

ularni o’zlashtirgan xolda namoyon bo’ladi.   

Alohida tadqiqot,  masho’ulot sohasi sifatida, dunyoga nazar tashlash uslubi 

sifatida  geosiyosatning  prespektivlari  quyidagi  holatlar  bilan  o’z  dolzarbligini 

namoyon qiladi:   

Birinchidan,  jamiyatning  demokratik  siyosiy  madaniyatini  shakllantirishda, 

aholii  tafakkurini  imperiyaga  xos  tafakkur  tarzidan  xalos  bo’lishlarida,  radikal 

geosiyosiy  hatti  -  harakatlar  mohiyatini  anglab  yetishda  geosiyosatning  asoslarini 

o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi;  

Ikkinchidan,    geosiyosiy  paradigmalar,  alohida  faoliyat  turi  sifatidagi 

geosiyosat  shakllanayotgan  ko’p  qutbli  dunyoda,  jahon  hamjamiyatida  munosb 

o’rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi;  

Uchinchidan,  endigina  shakllanayotgan  geosiyosat  fani  oldida  O’arb 

geosiyosatsi  erishgan  yutuqlarni  o’zlashtirish,  uning  asosiy  tendensiyalarini, 

hozirgi  zamon  geosiyosiy  jarayonlarining  rivojlanish  xusiyatlarini  o’rganish  kabi 

masalalar  turibdiki  ularning  yechimi  O’zbekistonning  Markazty  Osiyoda,  jahon 

hamjamiyatida tutgan maqomini belgilab olishda o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.        

Geosiyosat  fan  sifatida  XX  asr  boshlariga  kelib  paydo  bo’ldi.  Uning 

shakllanish jarayoni jahondagi iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning keskin rivojlanishi 

davriga  to’o’ri  keldi.  Nafaqat  ilmiy  doirada,  balki  siyosatshunoslar  o’rtasida  ham 

«geosiyosat» tushunchasiga nisbatan yagona bir ta‘rif yo’q. Mavjud ta‘riflar u yoki 

bu  darajada  bir  -  birini  to’ldirsada,  ma‘lum  jihatdan  bir  -  biriga  qarama  -  qarshi 

hamdir.  O’z  navbatida  geosiyosatning  ob‘yekti  va  sub‘yekti  haqida  ham  turlicha 

qarashlar bor. Albatta, bildirilgan fikrlarga salbiy munosabat bildirish kerak emas, 

balki  ularga  geosiyosat  ob‘yektining  murakkabligi  bilan  izohlanadi.  Umuman 

olganda  geosiyosat  hukmronlik  vositalari  va  u  bilan  boo’liq  bilimlar  mohiyati 

to’o’risida fan sohasi sifatida izohlanadi.  

Fransuz  geosiyosatchisi  Mishel  Fushe  ingliz  va  nemis  geosiyosati  xususida 

fikr yuritib jahonda iqtisodiy va siyosiy hukmronlikni qo’lga kiritish ustida kurash 

natijasidagi  ehtiyoj  natijasida  yuzaga  kelganligini  ta‘kidlaydi.  Uning  fikricha 

geosiyosat faqatgina uslub hisoblanmasdan, ayni damda  tasavvur va amaliyot ham 

hisoblanadi.  Negaki  dastlabki  geosiyosatchilar  sifatida  turli  davrlarda  turli 

hukmdorlar  maydonga  chiqishgan.  Geosiyosatni  tasavvur  sifatida  shu  ma‘noda 

e‘tirof  etiladiki  qator  geosiyosiy  maktablar  ilgari  surgan  nazariy  muhokamalar 

dunyo haqidagi tasavvurlarni inikos ettirgan, u yoki bu davlatning olib borayotgan 

siyosatini belgilab bergan. Geosiyosat metod sifatida ilmiy, pedagogik ahamiyatga 

ega bo’lgan bilimlar mohiyatini ifoda etgan.    




Insоniyatning kеlаjаgi to’g’risidа hаr хil fаrаzlаrni o’rtаgа qo’yayotgаn turli 

siyosiy  vа  ilmiy  dоirаlаr  –  siyosаtshunоslаr,  tаriхchilаr,  fаylаsuflаr,  futurоlоglаr, 

аstrоlоglаr  vа  bоshqаlаr  ХХI  аsrdа  insоniyatning  tаqdiri  qаndаy  bo’lishi  hаqidа 

hаr  kuni  turli-tumаn  fаrаzlаrni  ilgаri  surmоqdаlаr.  Glоbаl  dunyo  tаrtibоtini, 

zаmоnаviy  gеоsiyosiy  vа  хаlqаrо  munоsаbаtlаrni  yaхshilаsh  uchun  аyrim 

tаdqiqоtchilаr  libеrаl-dеmоkrаtik  qаdriyatlаrni  rivоjlаntirishni  tаklif  qilsаlаr, 

bоshqаlаr  insоniyatgа  tаhdid  sоlаyotgаn  milliy-etnik  vа  shu  аsоsdа  kеlib 

chiqаdigаn  etnik  ziddiyatlаr,  mаdаniyatlаrаrо  kоnfliktlаr,  ijtimоiy,  iqtisоdiy, 

mоliyaviy  vа  ekоlоgik  vа  hоkаzо  оfаtlаrgа  qаrshi  turishning  kеskin  yo’llаrini 

izlаmоqdаlаr.  Birоq,  gеоsiyosаtchi  оlim  V.А.Dеrgаchеvning  so’zlаri  bilаn 

аytgаndа, insоniyatgа хаvf tug’dirаyotgаn jаdаl rivоjlаnаyotgаn, o’zgаruvchаn vа 

glоbаllаshib  bоrаyotgаn  jаhоn  hоdisа  vа  jаrаyonlаri  chuqur  gеоsiyosiy  tаfаkurgа, 

jiddiy  glоbаl  yondаshuv  vа  prоfеssiоnаl  tаdqiqоtlаrgа  аsоslаngаn  jаvоblаrgа 

ehtiyoj  sеzаyotgаni  ulаrning  hаmmаsigа  birdаy  хоs  хususiyatdir.  Uning  fikrichа, 

ХХ аsrdа, gаrchi ilmiy-tехnikа tаrаqqiyoti tаntаnа qilgаn bo’lsа-dа,  Еr kurrаsi vа 

hаr  bir  mаmlаkаtdа  sоdir  bo’lаdigаn  glоbаl  o’zgаrishlаrning  оqibаtlаri  to’g’risidа 

mаntiqiy  vа  mаlаkаli  fikr  yuritish  hаmdа  хulоsаlаr  chiqаrish  imkоnini  bеrаdigаn 

fаn аsоslаri yarаtilgаni yo’q 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish