Geologik kartalarga asoslanib, geologik kesmalar tuzishni o’rganish ishning maqsadi



Download 293,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi293,33 Kb.
#311822
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5188683525678699292



15-Amaliy ish 

 

GEOLOGIK KARTALARGA ASOSLANIB, GEOLOGIK KESMALAR TUZISHNI 

O’RGANISH 

 

      Ishning  maqsadi: 

Talabalarga  geologik  kartalarga  asoslanib,  geologik  kesmalar  tuzishni 

o’rgatish 

 

Kerakli asbob va materiallar

 

1. Millimetrovka qog’oz 



 

2. Shartli belgilar chizmalari 

 

3. Joyning sxematik geologik xaritasi 



 

4. To’rtlamchi davr  yotqiziqlar xaritasi



 

 

Umumiy tushuncha 

 

Geologik  kartalarda  tasvirlangan  tog’  jinslari  va  qatlamlarning  yotish  holatlari, 

tabaqalanishi,  litologik  tarkibining  chuqurlik  bo’ylab  o’zgarishi  hamda  maydonning  yuza  sathi 

haqida to’laroq tasavvurga ega bo’lish maqsadida, geologik kesmalar chiziladi.  

 

Geologik  kesmalar  joylarning  geologik  tuzilishini  to’la  xarakterlaydigan  qilib  tuziladi. 



Buning  uchun  maydonda  qatlamlarning  gorizontal  va  monoklinal  holatda  yotgan  bo’laklari 

hamda  bukilmalar,  uzilmalar  va  otqindi  jinslar  tarqalagan  qismlari  ajratiladi.  Kesma  chizig’i 

yo’nalishi qatlamlarning cho’ziqlik chizig’iga, yotish chizig’iga va daryo vodiylariga ko’ndalang 

qilib tanlanadi. Shunda qatlamlarning yotish holati va qalinligi kesmalarda aniq ko’rinadi.  

 

Tanlangan  yo’nalish  bo’yicha  kesma  tuzish  uchun  dastlab  bu  yo’nalishdagi  ikki  nuqta 



geologik kartada to’g’ri chiziq bilan tutashtiriladi. (3- rasm,a).  

Chiziq  uzunligi  tuziladigan  kesma  uzunligiga  mos  kelishi  kerak.  Bu  chiziq  kesma  chiziq  deb 

ataladi va uning har ikkala uchi shartli harflar (A-B) yoki raqamlar (1-1) bilan belgilanadi.  

 

Geologik  kesma  tuzishdan  oldin  millimetrovka  qog’ozga  kesmaning  topografik  asosi 



chizib chiqiladi. Uning gorizontal va vertikal masshtablari  karta masshtabiga mos kelishi zarur. 

Agar  yer  yuzasi  relyefining  o’zgarish  amplitudasi  katta  bo’lsa,  u  holda  vertikal  masshtab 

gorizontal  masshtabga  nisbatan  ancha  yirik  qilib  olinadi.  Qatlamlar  bukilmalar  hosil  qilgan 

bo’lsa,  ularning  vertikal  masshtabini  o’zgartirib  bo’lmaydi,  chunki  kesmada  tasvirlanayotgan 

bukilmalarning shakli butunlay o’zgarib ketishi mumkun. Bunday hollarda gorizontal va vertikal 

masshtablar bir xil bo’ladi.  

 

Chizilgan geologik kesmaning tepasiga uning nomi, masshatabi, tuzilgan yili, ostiga esa 



shartli belgilar, kesma tuzuvchining familyasi va boshqa kerakli ma’lumotlar yoziladi.  

 

Kesmani  tuzish  uchun  kartada  belgilangan  kesma  chizig’i  ustiga  millimetrovka  qog’ozi 



qo’yiladi. Qog’ozga kesma chizig’i bilan gorizontal chiziqlar kesishgan nuqtalar tushiriladi. Bu 

nuqtalarning  absolyut  balandliklari  aniqlanib,  nuqta  yoniga  yozib  qo’yiladi.  So’ngra  qabul 

qilingan  vertikal  masshtab  bo’yicha  kesma  chizig’iga  parallel  chiziqlar  o’tkaziladi.    Kesma 

chizig’ining  gorizontallar  bilan  kesishgan  joyidan  parallel  chiziqlarga  perpendikulyar  chiziqlar 

chiqarilib, ularning o’zaro kesishgan nuqtalari vertikal masshtab bo’yicha belgilanadi. Shundan 

so’ng, nuqtalar o’zaro tutashtirilib, berilgan yo’nalishdagi kesmaning topografik asosi, ya’ni yer 

yuzasining relyefi tuziladi. (3- rasm, b). 

 

Kesma chizig’i bilan stratigrafik bo’linmalarning kesishishidan hosil bo’lgan chegaralar 



nuqtalar  bilan  belgilab  chiqiladi  va  kesmaning  topografik  asosiga  tushiriladi.  Agar  maydonda 

to’rtlamchi davr yotqiziqlari va to’rtlamchi davrgacha hosil bo’lgan yotqiziqlar  uchrasa ularning 

qalinligi  burg’  quduqlari  yordamida  aniqlanadi.  So’ngra  jins  qatlamlari  vertikal  masshtab 

bo’yicha  kesmaga  tushiriladi.  Bir  xil  genetik  turga  yoshga  mansub  bo’lgan  jinslar  chegarasi 

o’zaro  tutashtiriladi.  Tub  joy  jinslarning  va  uzilmalarning  yotish  holatlari  aniq  o’lchovlar 

yordamida kesmada ko’rsatiladi.  




 

Kesmada  tasvirlanadigan  to’rtlamchi  davr  yotqiziqlarining  genetik  turiga  va  yoshiga 

qarab  rang  tanlanadi.  Jinslar  esa  litologik  tarkibi  bo’yicha  shartli  belgilarda  aks  ettiriladi  (1- 

rasm, v). Maydonda tarqalgan qatlamlar burmalangan bo’lsa, ularni kesmalarda tasvirlash uchun  

dastlab  bukilma  asosida  joylashgan  qatlamlar  ko’rsatilib,  so’ngra  boshqa  qatlamlar  chiziladi. 

Antiklinal  va  sinklinal  bukilmalarning    o’qlari  yuzasini,  uzilmalarning  yotish  holatlarini 

ko’rsatish orqali kesmaga aniqlik kiritiladi. Geologik kesmalarda dastavval uzilmalarning yotish 

holatlari ko’rsatilib, so’ngra qatlamlarning yotishi ularga moslab tushiriladi ( 3-rasmga qarang). 

 

 

 




Download 293,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish