Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


Fanning rivojlanish tarixi, rivojlanish bosqichlari



Download 5.32 Mb.
bet4/150
Sana29.08.2021
Hajmi5.32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
2.Fanning rivojlanish tarixi, rivojlanish bosqichlari. Aholini o’rganish, u haqida bilimlar to’plash juda qadimiy tarixga egadir. Antik davrga oid qo’lyozmalarda dunyodagi turli davlatlar tabiati, aholisi, xo’jaligi, shaharlari, aholining turmush tarzi, urf-odatlari haqida sayohatchilar, savdogarlar, elchilar hikoyalari asosida to’plangan ma’lumotlar uchraydi. Bunday qimmatli tarixiy asarlarga I – asrda Strabon tomonidan (17 kitob) yaratilgan “Geografiya”, II – asrdagi Ptolimeyning “Geografiyasi” misol bo’la oladi. Yer kurrasida aholi soni va ularning yashash maskanlari ko’payib borishi bilan aholi haqidagi bilimlar, ularni o’rganuvchi fanlar geografiyasi ham kengayib bordi. Fanlarning dastlabki tasnifi eramizdan oldingi 384-322 yillarda Aristotel tomonidan yaratilgan bo’lib, unda mantiq, fizika, biologiya, falsafa etika, sosiologiya, siyosat, tarix, poeziya kabi fanlar o’rin olgan edi. Undan keyingi davrlarda fanlar differensiyasi kuchayib, uning uning tasnifi yana ham mukammallashdi bir qancha fan majmuasi shakllandi. Akademik B. M. Kedrov tasnifiga ko’ra fanlar falsafa fanlari, matematika fanlari, tibbiy va texnik fanlar, hamda ijtimoiy fanlar majmuasiga ajratildi1. Mazkur fanlar tasnifida aholini o’rganish asosan ijtimoiy fanlar majmuasidan o’rin olgan.

Aholi geografiyasi ijtimoiy fanlar majmuasiga kiruvchi iqtisodiy geografiya bag’rida shakllandi. XVIII asrlarda geograflar aholini o’lkashunoslik doirasida o’rgangandilar. Keyinchalik aholi geografiyasi tadqiqotlari takomillashib, rivojlanib borgach u (sosial) ijtimoiy geografiya predmetiga aylandi.

Fan rivojlanish tarixiga ko’ra 3 davrga bo’linadi:

1. 16 asrgacha bo’lgan davr. Bu davrda aholi haqidagi ma’lumotlar asosan tarixiy qo’lyozmalardan olingan.

2. 16-18 asrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrda Makiavelli, Baden, Graunt, Petti, Lomonosov kabi olimlar ijod qilishgan. Bu davrda J.Grauntning 1662 yilda nashr qilingan «O’lim haqidagi byulletenlar asosida yuzaga kelgan tabiiy va siyosiy kuzatishlar natijalari» kitobi alohida ahamiyatga ega.

3. 19 asrdan hozirgi davrgacha bo’lgan yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda Giyyar, Bertilion, Laruss, Mendeleev, Baranskiy, Lappo kabi olimlar turli tadqiqotlar olib borishgan. A.Giyyarning «Inson statistikasi elementlari yoki qiyosiy demografiya» asarining ilmiy ahamiyati beqiyos.

O’zbekistonda birinchi marotaba bu fan 1960 yilda M.Qoraxonov tomonidan o’qitila boshlandi. O’zbek olimlari ichida I. Mullajonov, E. Ahmedov, A.Soliev, M.Bo’rieva kabi olimlar bu fan rivojiga katta hissa qo’shmoqdalar.


Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat