Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


Mustahkamlash uchun savollar



Download 5.32 Mb.
bet28/150
Sana29.08.2021
Hajmi5.32 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   150
Mustahkamlash uchun savollar:


    1. Aholi migratsiyasiga ta’sir qiluvchi nimalardan iborat?

    2. Aholi migratsiyasi qanday turlarga bo’linadi?

    3. Ichki va tashqi migratsiyaga ta’rif bering.

    4. Migratsiya saldosi nima?

    5. Migratsiyaning demografik omillariga sharh bering.

6. Aholi migratsiyasining hududiy yo’nalishiga ko’ra turlarini ko’rsating

5-mavzu: (4 Soat ) Aholining demografik tarkibi

Reja:

1.Aholining yosh tarkibi



2. Aholining jinsiy tarkibi.

3. Aholining yosh -jins piramidasi.
Tayanch tushunchalar: yosh tarkib, jinsiy tarkib, ayol, erkak, bolalar, kattalar, qariyalar, progressiv, statsionar, regressiv, yosh-jins piramidasi.
1. Aholining yosh tarkibi. Aholining yosh tarkibi juda qadimdan shakllanib kelgan demografik holatning natijasi bo’lib, u ayni paytda demografik istiqbolning zamini hamdir. Ilmiy va statistik manbalarda aholini iqtisodiy-demografik nuqtai nazardan uch guruhga ajratadilar: bolalar – 0–14 yosh; mehnat yoshidagi aholi – 15–64 yosh; qariyalar – 65 va undan yuqori yoshdagilar.

Aholining yosh tarkibi esa, asosan, uning tabiiy ko’payishiga bog’liq. Tug’ilish yuqori bo’lgan holtlarda aholi tarkibida bolalar salmog’i yuqori bo’ladi yoki, aksincha, tug’ilish past, aholining o’rtacha umr ko’rish muddati nisbatan uzoq bo’lgan hollarda aholi tarkibida qariyalar salmog’ining yuqori bo’lishi kuzatiladi.

XX asr boshlarida shved demografi G.Sundberg aholi yosh tarkibini uch xilga ajratgan: progressiv, stasionar, regressiv.

Progressiv yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida bolalar (0–14 yoshdagi) salmog’i qariyalarga (65 yosh va undan yuqori) nisbatan yuqori bo’ladi. Bunday holat tug’ilish darajasi yuqori bo’lganda kuzatiladi va aholi muntazam ko’payib borishini ta’minlaydi.

Stasionar yosh tarkibida aholi umumiy miqdorida qariyalar salmog’i bilan bolalar salmog’i tengdir; aholi soni bir xil miqdorda turadi va aholining ko’payib yoki kamayib ketishi kuzatilmaydi.

Regressiv yosh tarkibida aholi umumiy sonida qariyalar salmog’i bolalarga qaraganda yuqori bo’ladi. Bunday holda esa aholi soni asta-sekin kamayib borib “depopulyasiya” holati yuz beradi. Aholi qarib boradi.

BMT tasnifiga ko’ra jami aholi tarkibida 65 va undan katta yoshdagilar salmog’i 7 foizdan yuqori bo’lsa aholi demografik nuqtai nazardan qari hisoblanadi. Xozirgi davrda 2009 yil dunyo aholisi tarkibida 65 va undan yuqori yoshdagilar salmog’i 8% ni, Afrikada – 3%, Amerikada – 9%, Osiyoda – 7%, Yevropada – 16%, Avstraliya va Okeaniyada esa 10% tashkil etmoqda. Dunyo bo’yicha aholisi eng qari davlatlarga Yaponiya (23%); Germaniya, Italiya (20%) va Monako (24%) davlatlarini kiritish mumkin. O’zbekistonda bu ko’rsatkich 5% tashkil etmoqda.

Demografik yosh davlatlarga esa aholi tarkibida 0-14 yoshdagi bolalar salmog’i yuqori bo’lgan davlatlar kiradi. 2009 yil ma’lumotlari ko’rsatishicha dunyo bo’yicha aholi tarkibida bolalar salmog’i 27%, (Afrikada – 41%, Amerikada – 26%, Osiyoda – 31%, Yevropada – 15%, Avstraliya va Okeaniyada – 24%) tashkil etgan. O’zbekiston dunyodagi yosh davlatlar tarkibiga kiradi va respublika aholisining 33% bolalar tashkil etmoqda.

Aholining yosh tarkibida mehnat yoshidagi (15-64) aholi guruhi salmog’i alohida ahamiyatga egadir. Chunki ushbu guruh asosiy ishlab chiqarish kuchini tashkil etadi va iqtisodiy rivojlanishning omili bo’lib hizmat qiladi. Mehnat yoshidagi aholi guruhining shakllanishi asosan aholining takror barpo bo’lishi xususiyatlariga bog’liqdir. Alohida hollarda esa hududlarda immigratsiya va emigratsiya jarayonlari ham mehnat yoshidagi aholi salmog’iga ta’sir etadi.

Dunyodagi qator davlatlarda jami aholi tarkibida mehnat yoshidagi aholi salmog’i 50 – 65 foizni tashkil etadi. Xozirgi davrda (2009 yil) dunyo aholisining 65 foizi 15-64 yoshli aholi hissasiga to’g’ri kelmoqda. O’zbekiston aholisining 62,0% 15-64 yoshdagi kontingentlardir.



5-jadval


Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat