Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


tur-aholi takror barpo bo’lishining qisqargan turi



Download 5.32 Mb.
bet21/150
Sana29.08.2021
Hajmi5.32 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150
1 tur-aholi takror barpo bo’lishining qisqargan turi. Bu turdagi avlodlar almashinuvi jarayonida aholi soni ko’paymaydi, chunki tug’ilganlarga nisbatan o’lganlar soni yuqori bo’ladi.

2 tur- aholi takror barpo bo’lishining kengaygan turi, bunda aksincha tug’ilganlar soni o’lganlar sonidan yuqori bo’ladi va natijada keyingi avlod vakillarining soni oldingi avlod vakillari sonidan ko’p bo’ladi. Bunday holda aholi muntazam ko’payib boraveradi.

Tug’ilish, o’lim va aholi tabiiy o’sishi past bo’lgan huddlarda aholi takror barpo bo’lishining 1 turi kuzatiladi. Hozirgi davrga kelib aholi takror barpo bo’lishining 1 turi Yevropa, Shimoliy Amerika davlatlarida kuzatilmoqda. Aholi takror barpo bo’lishining 1 turida har bir oiladagi farzandlarning o’rtacha soni 2,5 tadan kamdir. Ilmiy manbalarda har bir oila o’rtacha 2 tadan farzand ko’rsa o’z ota-onalari o’rnini to’ldiradilar. Agar oilada 3 tadan farzand bo’lsa uchinchi bola turli sabablar (baxtsiz hodisalar, kasalliklar) bilan hayotdan ko’z yumgan bolalar va farzandsiz oilalarni “qoplaydi”, ya’ni o’rnini bosadi. Shuning uchun ham aholi sonini bir me’yorda saqlanishi uchun oiladagi farzandlar soni o’rtacha 2,5 bolani (demak oilalarning yarmi 2 bolali yarmi esa 3 bolali) tashkil etishi lozimdir. Agar oilada farzandlar soni 2,5 dan kamayib borsa, aholi soni kamayadi va demografik inqiroz sodir bo’ladi. Oiladagi farzandlar soni tug’ilishning yig’indi koffisenti (har bir 15-49 yoshdagi ayolga to’g’ri kelgan bolalar soni) yordamida aniqroq ifodalanadi. 2009 yilda tug’ilishning yig’indi koeffisenti dunyo bo’yicha 2,6 ni, Afrika qita’sida 4,6, Amerikada 2,2, Osiyoda 2,3, Yevropada 1,5 va Avstraliya va Okeaniyada 2,5 ni tashkil etgan.

Yuqorida qayd etilganidek Yevropa davlatlarida oiladagi farzandlar soni demografik mezondan (2,5 ta bola) ancha past bo’lib, ular “demografik inqiroz” holatidadurlar. Yevropa bo’yicha 2019 yilda tug’ilishning umumiy koeffisenti (1000 aholiga nisbatan tug’ilganlar soni) ham 11 promilleni, o’limning umumiy koeffisenti (1000 aholigi nisbatan o’lganlar soni) ham 11 promilleni tashkil etib, aholining tabiiy o’sishi 0,0 ga teng bo’lgan. Qator davlatlarda esa o’lganlar soni tug’ilganlardan yuqori bo’lib, aholi sonini kamayishi, ya’ni aholining qisqargan takror barpo bo’lishi kuzatilmoqda. Bunday davlatlarga Shimoliy Yevropadagi Latviya, Litva, G’arbiy Yevropadagi Germaniya, Sharqiy Yevropadagi Belarussiya, Bolgariya, Vengriya, Moldaviya, Ruminiya, Rossiya, Ukraina, Janubiy Yevropadagi Xorvatiya, Serbiya kabi davlatlar kiradi. Bugungi kunda demografik krizisning eng yuqori holati Rossiya davlatida kuzatilmoqda. 2009 yil Rossiya tug’ilish 12; o’lim 15; aholining tabiy o’sishi -0,3 promilleni tashkil etgan.

Demografik inqirozga yuz tutgan, aholi takror barpo bo’lishining 1 turi kuzatilayotgan davlatlarda demografik siyosat “depopulyasiya” ya’ni aholi sonini kamayib ketish jarayonini to’xtatishga qaratilmog’i lozimdir. Bunday siyosatning asosiy maqsadi oilada ikkinchi, uchinchi farzandlarni ko’rish, davlat, jamiyat tashkilotlari tomonidan ham iqtisodiy, ham ma’naviy qo’llab quvvatlashga qaratiladi. Aholi takror barpo bo’lishining 2 turi, aholining tug’ilishi, tabiiy o’sishi juda yuqori, o’limning esa nisbatan kam bo’lgan holatlarida kuzatiladi. Bunday holat Afrika qit’asidagi deyarli barcha davlatlarda, Avstraliya va Okeaniyada, Osiyodagi ba’zi davlatlarda kuzatilmoqda. Aholi takror barpo bo’lishi 2 turi bo’yicha eng yuqori ko’rsatkichlar G’arbiy Afrikadagi Niger davlatida (tug’ilishning yig’indi koeffisenti-7,4; tug’ilish-53; o’lim-14 va tabiiy o’sish 39 promille) Sharqiy Afrikadagi deyarli barcha davlatlarda (tug’ilish 30-47 promille; o’lim 3-18 promille, tabiiy o’sish 10-34 promille) kuzatiladi.




Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat