Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


Dunyo hududlarida aholi o’limi



Download 5.32 Mb.
bet14/150
Sana29.08.2021
Hajmi5.32 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150
Dunyo hududlarida aholi o’limi

(1000 aholiga nisbatan o’lganlar soni)

Hududlar

1958-1962 yy.

2001 y.

2017 y.

Dunyo bo’yicha

17

9

8

Yevropa

10

11

11

Osiyo

20

8

7

Afrika

23

14

9

Shimoliy Amerika

13

8

8

Lontin Amerikasi

-

-

6

Avstraliya va Okeaniya

8

7

7

Hozirgi davrda dunyo bo’yicha aholi o’lim ko’rsatkichlari Osiyo, Afrika, Amerika, Okeaniya hududlarida kamayib, Yevropa hududida esa, ortib borayotganligi kuzatiladi. Umuman, sayyoramiz aholisida o’lim jarayoni XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida 2-2,5 marta kamaygan. Hozirgi davrda o’limga enzogen omillar (organizmning qarishi va uning kasallanishi tufayli sodir bo’lgan ichki muhit omillari) sabab bo’lmoqda. Bu hol, albatta jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, turmush tarzining yaxshilanishi, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishning oshib borishi bilan bog’liq. Lekin Yevropa davlatlarida aholi o’lim ko’rsatkichlarining bir muncha ko’tarilishiga demografik omil, ya’ni aholi tarkibida qariyalar (60-65 ysh va undan yuqori) salmog’ining ortib borishi ta’sir etgan. Ma’lumki, aholi o’limining umumiy koeffisienti aholining yosh tarkibiga bevosita bog’liq. Agar aholi tarkibida bolalar (0-14 yosh) va yoshlar (16-29 yosh) salmog’I yuqori bo’lsa, o’lim koeffisienti kamayadi. Dunyoning juda ko’p davlatlarda XX asr boshlarida aholi o’rtacha 35-40 yil umr ko’rgan bo’lsa, hozirgi vaqtda – o’rtacha 63-68 yosh umr ko’rishi kuzatiladi. Yevropada esa, bu ko’rsatkich 70-79ga yetdi. Mazkur hududda tug’ilishning keskin kamayishi aholi tarkibida bolalar va yoshlar salmog’ining keskin kamayishiga olib kelgan bo’lsa, aholining umr ko’rish muddatini uzayganligi qariyalar salmog’ining oshib borishiga olib keldi. Natijada Yevropada o’lim ko’rsatkichlari ko’tarildi.

Ma’lumki, inson dunyoga kelib, ma’lum davr yashab, hayotdan ko’z yumadi. Inson dunyoga kelib yashagan davri hayot davomiyligi yoki umr ko’rish muddati deb, o’rganiladi. Insonning hayot davomiyligi birinchi navbatda o’lim jarayoni bilan bog’liq.O’lim esa yuqorida qayd etilganidek, turli omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Demak, o’limga ta’sir etuvchi omillar, o’lim jarayoni orqali hayt davomiyligiga ham ta’sir etadi. Hayot davomiyligi mutaxassislar tomonidan, dunyo va uning alohida hududlari, erkaklar va ayollar uchun maxsus demografik uslublarda hisoblanadi. Odatda kutilayotgan umr ko’rish muddati aniqlanadi. Unda yangi tug’ilgan chaqaloqlar qancha umr ko’rishi mumkinligi hisoblab chiqiladi.

Bu holda tug’ilgan bolalarni ulg’ayib borishida yoki bir yosh guruhidan ikkinchi yosh guruhiga o’tishda shu yosh guruhlarida o’rganilayotgan davrdagi o’lim holati hisobga olinadi. Olingan natija aholi o’rtacha umr ko’rish muddatini nazariy hisobi bo’lib xizmat qiladi. Masalan, Rossiyada 1993 y. o’g’il bolalar uchun go’daklar o’limi 20,0 ‰ edi. Demak, tug’ilgan 1000ta o’g’il boladan 20tasi 1 yoshgacha yashamaydi. Ikki yoshli o’g’il bolalarda esa, shu yili o’lim ehtimoli 6 kishini tashkil etgan. Ko’rinib turibdiki, 1000ta tug’ilgan boladan 1 yoshga 980tasi, 2 yoshga esa, 974tasi o’tdi. Ana shunday usul bilan avlodnng oxirigacha umr ko’rish ehtimoli hisoblab chiqiladi. Yuqorida qayd etilganidek, oldingi asrda aholi o’rtacha 30-35 yil umr ko’rgan. Hozir esa bu ko’rsatkich ikki barobarga oshgan. 2009 yilda aholi umr ko’rishi bo’yicha eng past ko’rsatkichlar Markaziy va Janubiy Afrika davlatlarida kuzatilmoqda (erkaklar 42-44, ayollar 45-46 yosh)

3-jadval



Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat