Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari



Download 5.32 Mb.
bet12/150
Sana29.08.2021
Hajmi5.32 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   150
Tayanch tushunchalar: tug’ilish, o’lim, aholining takror barpo bo’lishi, demografik o’tish bosqichlari.

1. Tug’ilish – biologik jarayon. Tug’ilish-ma’lum avlodlarni tashkil etuvchi aholi guruhidagi bola ko’rish jarayonidir. Lekin u ijtimoiy-iqtisodiy muhit ta’sirida o’zgarib boradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibidlagi o’zgarishlar tug’ilish darajasini belgilaydi. Tug’ilish-tirik tug’ilgan bolalarni ifodalovchi biologik jarayon bo’lib, u insonlarning reproduktiv mayli, ya’ni farzand ko’rishga bo’lgan munosabati bilan bog’liqdir.

Biologik jarayon bo’lmish tug’ilish jarayoni ko’pgina ijtimoiy-iqtisodiy omillarga bog’liq. Bularga ayollarning jamiyatdagi mavqe’i, bandligi, bolalar o’limi, moddiy shart-sharoit, davlatning demografik siyosati, aholining tarkibi va hokazolar kiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ichida aholining yashash sharoiti, aholi tug’ilish darjasida geografik farqlarni yaqqol ifodalaydi.

B.S. Urlanis “qaerda kambag’allik va qashshoqlik bo’lsa, o’sha erda turmush sharoit, madaniyat past darajada bo’ladi”, deb o’z fikrini bildiradi. Haqiqatan aholining turmush sharoiti, madaniyati yuksalgan sayin uning o’rtacha umr ko’rish davri uzayadi. Aholi tarkibida qariyalar miqdori oshadi, topgan daromadlari bolalari ehtiyojlarini qondirish va o’zlarining yaxshi yashashiga sarflashadi. Demak aholi madaniy darajasining ko’tarilishi tug’ilish ko’rsatkichining pasayishiga xizmat qiladi, desak hato qilmaymiz.

XVIII asr oxirlariga qadar yer yuzining barcha mintaqalarida tug’ilish ko’rsatkichi yuqori bo’lgan, XX asrga kelib aksariyat rivojlangan davlatlarda industrlashtirish, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, ayollarning ishlab chiqarishda faolligining avj olishi, fan-ta’lim sohasidagi rivojlanishlar, madaniyatning taraqqiy etishi, nikoh qurish yoshining ko’tarilishi natijasida, tug’ilish bir muncha pasaydi. XIX asr oxirida Yevropa davlatlarida tug’ilish yuqori, o’lim past bo’lib, aholi takror barpo bo’lishi intensiv holatda bo’lgan bo’lsa, XX asrda huddi shu ahvol Lotin Amerikasi davlatlarida kuzatilgan. Yevropada bu vaqtda tug’ilishning pasayishi ahamiyatli tus olgan va hozirgacha bu jarayon davom etmoqda.

Tug’ilishga ta’sir etuvchi omillardan yana biri, bu ayollarning jamiyatdagi o’rni. Ayniqsa, ayollarning bilim darajasi va ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishi tug’ilishga, oiladagi farzandlar soniga ta’sir etadi. Oilada faqat farzand tarbiyasi va uy ishlari bilan band bo’lgan ayolga nisbatan ma’lumotli, biron bir sohada ishlaydigan ayolda farzandlar kam bo’ladi. Chunki, bu ayollar kechroq turmush quradi, ularning bilim, madaniyat darajasi, qiziqishlari ko’p bolalikni inkor etadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy omillarning tug’ilishga ta’siri har doim bir xil kechmaydi. Ba’zi iqtisodiy nochor, qoloq davlatlarda tug’ilish ko’rsatkichi haddan tashqari baland. Masalan, Afrikada tug’ilish darajasi 40 ‰ va undan ham yuqorini tashkil etadi. Odatda, nochor, qashshoq oilalarda farzandlar ko’p tug’iladi va o’z navbatida, o’lim darajasi ham yuqori bo’ladi.

Tug’ilishga ijobiy ta’sir etuvchi omillardan biri nikoh qurish yoshi hisoblandi. Erta nikoh qurish tug’ilish darajasini oshirsa, aksincha, kech nikohga kirish, ajralishning kamayishi, tug’ilish darajasini ko’taradigan qulay demografik vaziyat hisoblanadi. Qator Osiyo davlatlaridagi demografik vaziyatni qulay, deb baholash mumkin. Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlarida yoshlar erta nikohga kiradi. G’arbiy Yevropada esa aksincha. Nikoh qurish jamiyatda avlodlar almashinuvi uchun zamin bo’lib xizmat qilsa, ajralish tug’ilish darajasini sezilarli pasayishiga sabab bo’ladi. Tug’ilishga ta’sir etuvchi omillarning ta’siri turli geografik hududda bir xil emas. Bu esa uning ko’rsatkichlarining turli joyda xilma-xil bo’lishiga olib keladi.

2-chizma



Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat