Geografiya


Yevropa mamlakatlari xo'jaligi



Download 0.58 Mb.
bet40/78
Sana30.10.2020
Hajmi0.58 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Yevropa mamlakatlari xo'jaligi. Yevropa bugungi dunyoda iqtisodiy, fan-texnika va madaniy salohiyat ulkanligi va serqirraligi, industrial tarmoqlar, aholi va shaharlarning juda yuqori darajada konsentratsiyalashganligi, rivojlangan infratuzilmasi bilan alohida ajralib turadi. Yevropada qadimgi va yangi davrlar, an'anaviy sohalar va engi texnologiyalar, tarixiy shaharlar va o'ta madaniy landshaftlar, bahaybat aeroportlar va transkontinental tezyurar magistrallar o'zining yorqin ifodasini topgan.

Yer quruqlik yuzasining atigi 5% ni egallagani holda Yevropa (Rossiyasiz) jahon aholisining 8% ni o'zida jamlaydi. Bu yerda iqtisodiy va demografik salohiyati ulkan davlatlar GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan bir qatorda mitti mamlakatlar Vatikan, Monako, San-Marino va boshqalar keng tarqalgan.

Yevropa dunyoning yuqori darajada urbanizatsiyalashgan regionidir. Shahar aholisining salmog'i 65—68% dan (Janubiy Yevropa davlatlari) 74—92% gacha (Markaziy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari) boradi. Yevropa Ittifoqining o’zida salkam 50 ta millioner shahari mavjud.

Yevropaga jahon miqyosida YAMD ning salkam 30%i (AQSh ga 32% Yaponiyaga 15% i), jahon eksportining 20% i (AQSh 12—14%, Yaponiyaga 8-9%) to'g'ri keladi.

Dunyoda mavjud 10 ta eng boy mamlakatning 7-si, 100 ta eng yirik TMK ning 32-si, 20 ta eng salmoqli bankning 11 -si ham Yevropada joylashgan.

Dunyodagi jami horijiy investitsiyalarning salkam yarmi Yevropa davlatlari) tomonidan jalb qilinadi (ushbu ko'rsatkich AQSh bo'yicha 20% ga teng).

Inson salohiyatining rivojlanish indeksi (aholining turmush darajasi) bo’yicha Yevropa mamlakatlari dunyo miqyosida 4- o'rindan (Niderlandiya) to 31-o’ringa (Portugaliya) bo'lgan joylarni egallaydi.

Yevropada jahonning yetakchi bank-moliya markazi London joylashgan. U barcha ko'rsatkichlar bo'yicha Nyu—York va Tokio shaharlaridan oldinda turadi.

Yevropa jahon xo'jaligida sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi,tovarlar va xizmatlar eksporti, oltin va valyuta zaxiralari, xalqaro turizm rivojlanganligi bo'yicha yetakchi o'rinlarni egallaydi. Regionning iqtisodiy salohiyatini “Katta yettilik”ka kiruvchi to'rt davlat — Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya belgilab beradi. Aynan ana shu davlatlar ulkan ishlab chiqarish soha tarmoqlariga ega. Biroq, ular o'rtasida «kuchlar» nisbati oxirgi o'n yil ichida o’zgardi. Hozir asosiy rolni Germaniya o'ynamoqda. Mazkur mamlakat reindustrializatsiya yo'lidan ildam sur'atlarda rivojlanmoqda. Boshqa davlatlar ichida Ispaniya, Niderlandiya, Shveysariya, Belgiya va Shvetsiya katta iqtisodiy salohiyatga ega. Ularning iqtisodiyotlari to'rt yirik davlatlardan farqli o'laroq, Yevropa va butun dunyoda tan olingan alohida tarmoqlarga ixtisoslashgan. Iqtisodiy ochiqlik Belgiya va Niderlandiyada keng tus olgan. Qit'ada Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti ham munosib o'rin egallaydi. Ushbu mamlakatlarda XX asrning 80—90- yillaridan boshlab bozor tamoyillariga asoslangan tizimga o'tish boshlandi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati