Geografiya


Yevropa mamlakatlari aholisi



Download 0.58 Mb.
bet38/78
Sana30.10.2020
Hajmi0.58 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
Yevropa mamlakatlari aholisi. Yevropada murakkab demografik vaziyat mavjud bo'lib, u mamlakatlar va regionlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ta'sir ko'rsatmoqda. Jahon miqyosida eng past darajadagi tug'ilish va tabiiy o'sish mavjud bo'lgan Yevropaga hozirgi vaqtda barqaror tarzda «Demografik qish» holati xosdir. Tug'ilish va tabiiy o'sish sur'atlari XX asrning ikkinchi yarmida keskin qisqardi. Tug'ilish 26-28 promilledan 11—13 promillega, tabiiy o'sish 16—18 promilledan 2—4 promillega tushib qoldi. Tug'ilish va tabiiy o'sish darajalarining keskin pasayishi har xil sabablar bilan bog'langan.

Hozirgi vaqtda tug'ilishning nisbatan yuqori ko'rsatkichlari Irlandiya, Luksemburg, Malta, Islandiya va Makedoniya mamlakatlariga xosdir. O'rtacha tug'ilish darajasi Avstriya, Shvetsariya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Gretsiya, Finlyandiya, Fransiya, Slovakiya, Shvetsiyada kuzatilmoqda. Shular bilan birga, tug'ilish darajasi keskin pasayib, tabiiy o'sish manfiy ko'rsatkichga ega (o'lganlar soni tug'ilganlar sonidan ortiq) bo'lgan mamlakatlar soni yildan- yilga ko'payib bormoqda. Bolgariya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Ukraina, Ruminiya, Estoniya, Moldova, Vengriya shunday mamlakatlar jumlasidandir. Mazkur davlatlarda tug'ish yoshidagi ikki ayolga tug'ilgan ikki-uch bola to’g’ri kelmoqda, xolos. Natijada, aholining mutlaq soni kamaymoqda.

Yevropa aholi o'rtasida umumiy o'lim koeffitsiyentining nisbatan yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Aholining har 1000 kishiga nisbatan o'lganlarl bu yerda 2003-yilda 12 kishini tashkil etdi. Bu ko'rsatkich aholining yosh tarkibida keksa yoshdagilarning ulushi yuqori bo'lgan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya va b.) da yana ham yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Shu vaqtning o'zida aholi tarkibida bolalar va yoshlar salmog'i nisbatan katta bo'lgan mamlakatlar (Portugaliya, Polsha, Gretsiya, Italiya, Albaniya) da umumiy o'lim koeffitsiyenti birmuncha pastdir.

Yevropa davlatlari (Albaniyadan tashqari) aholi sonini tabiiy takror barpo etilishining birinchi turiga mansubdirlar. So'nggi chorak asrda Bolgariya va Vengriyada faol demografik siyosat olib borildi. Shunga qaramasdan aholining o'sish sur'atlari deyarli o'zgarmadi va uning darajasi pasayishda davom etdi. Oqibatda, Vengriyada aholi soni 1980—2003- yillarda 220 ming kishiga qisqardi. Ruminiyada har 1000 ta tug'ilgan go'dakdan 23 tasi bir yoshga yetmasdan o'lmoqda. G'arbiy Yevropada bu ko'rsatkich 6—10 bolaga to'g'ri keladi. Umumiy tarzda shuni ta'kidlash mumkinki, XX asrning so'nggi 10 yili va XXI asrning dastlabki davrida Sharqiy Yevropada qoniqarsiz demografik vaziyat yuzaga keldi.

Yevropa — aholi migratsiyalarining ham yirik markazi hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan beri Yevropa aholisi okeanorti mamlakatlariga ko'chib o'tadigan eng katta region hisoblanadi. Bir asr davomida (1815—1914-yillar) emigratsiya 35—40 mln. kishini qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida ayrim davlatlardan yoppasiga aholining emigratsiyasi kuzatildi. Birinchi navbatda bu Sharqiy Yevropada namoyon bo'ldi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat