Sanoat geografiyasi (3 soat). Sanoat haqida tushuncha. Sanoatning vujudga kelgan vaqtiga qarab guruhlarga bo'linishi: eski tarmoqlar, yangi tarmoqlar, eng yangi tarmoqlar guruhlari. Yoqilg'i-energetika sanoati. Yoqilg'i ishlab chiqarish va iste'mol qilishning o'sishi. Rivojlanishning uchta bosqichi: ko'mir, neft va tugamaydigan energetika manbalariga o'tish bosqichlari. Neft va gaz sanoati. Neft qazib oladigan va eksport qiladigan asosiy davlatlar. Yaqin va O'rta Sharq neft havzalari. Gaz sanoati. Ko'mir sanoati. Ko'mir qazib oladigan yirik davlatlar. Ko'mir sanoatining asosiy xususiyati. Elektroenergetika va ularning asosiy tarmoqlari issiqlik energetikasi, gidroenergetika, atom energetikasi, noan’anaviy energiya resurslari.(geotermal, shamol, to'lqin, quyosh,qalqishi energetikasi).
Metallurgiya sanoati: qora metallurgiya. Tayanish turlari: toshko'mir havzalari, temir ma'dani havzalari, kokslanadigan ko'mir va temir ma'dani keltirishga, ist'molchiga tayanish. Qora metallurgiya rivojlangan davlatlar: Yaponiya, AQSH, Rossiya, G'arbiy Yevropa davlatlari, Xitoy, Braziliya va h.k. Rangdor metallurgiya. Afrikaning mis mintaqasi, alyuminiy sanoati. Rivojlanayotgan mamlakatlarda metallurgiya sanoatining rivojlanishi.
Mashinasozlik. Uning 4 eng asosiy hududi: a) Shimoliy Amerika; b) G' arbiy Yevropa; v) Sharqiy va Janubiy-sharqiy Osiyo; g) Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi. Mashinasozlik bo'yicha jahonda yetakchi davlatlar. Kimyo sanoati: to'rt eng asosiy hudud: AQSH, G'arbiy Yevropa, MDH, Yaponiya. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ximiya sanoatining shakllanishi va rivojlanishidagi asosiy xususiyatlari. O'rmon va yog'ochsozlik sanoati. Shimoliy o'rmon mintaqasi (Rossiya, Kanada, Shvetsiya, Finlandiya). Yog'och mahsulotlari eksporti bo'yicha jahonda Kanada yetakchi o'rinni egallab turganligi. Janubiy o'rmon mintaqasi (Braziliya, Tropik Afrika, Janubiy-sharqiy Osiyo).
Yengil sanoat. Asosiy o'zgarishlar. To'qimachilik korxonalari rivojlangan rayonlar: 1) G'arbiy Yevropa; 2) Janubiy Osiyo; 3) MDH; 4) AQSh. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda to'qimachilik sanoatining rivojlanishidagi o'zgarishlari. Rivojlangan davlatlarning to'qimachilik mahsulotlarni eksport qiladigan davlatlarga aylanishi. Sanoat va atrof muhit.
Do'stlaringiz bilan baham: |