Geografiya



Download 0.58 Mb.
bet10/78
Sana30.10.2020
Hajmi0.58 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
Innavatsiya (inglizcha - innavatsion) yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innavatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda talaba (o’quvchi) faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalanadi.

Interfaol (“Inter” – bu o’zaro, “ ast” – harakat qilmoq) – o’zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishini anglatadi. Boshqacha so’z bilan aytganda , o’qitishning interfaol uslubiyotlari – bilish va kommunikativ faoliyatini tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o`ylayotgan narsalarini tushuntirish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talaba (o’quvchi)larning faoliyatini dars maqsadiga erishishiga yo’naltirishiga olib keladi.

Bu uslublarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talaba (o’quvchi) larning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:


  • talaba (o’quvchi)ning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;

  • talaba (o’quvchi)larning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;

  • talaba (o’quvchi)larning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirilishi;

  • pedagog va talaba (o’quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari kiradi.

Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o’rganayotganlar fikricha pedagogik texnologiya – faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq hamda o’qitish jarayonida qo’llanilishi zarur bo’lgan o’qitishning texnik vositalari, kompyuter, proyektor va boshqa texnik vositalar. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - talaba (o’quvchi)ning belgilangan maqsadidan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq. O’qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi talaba (o’quvchi) o’rtasidagi hamkorlik faoliyatini tashkil etilsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida talaba (o’quvchi)lar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhlarga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – o’qitish jarayoning asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma – ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (o’quvchi)larning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish talaba (o’quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo’ygan maqsad, tanlangan mazmun, uslub, shakl vositasiga, yangi texnologiyaga bog’liq.

Talaba (o’quvchi)larning maqsadi natijasiga erishishida qanday texnologiyalarni tanlashlari ular ixtiyorlarida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, bunda talaba (o’quvchi)larning bilim saviyasi, guruh, xarakteri, sharoitiga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film ( yoki tarqatma materiallar, chizma va plakatlar, axborot texnologiyasi, karta, atlas) kerak bo’ladi. Bularning hammasi talaba (o’quvchi)larga bog’liq.

Shu bilan birga o’quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini joy va sharoitini, eng asosiysi talaba (o’quvchi)lar va o’qituvchilarning imkoniyati va ehtiyoji va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etilishini hisobga olishlari kerak. Shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talaba (o’quvchi)larni ta’limning markaziga olib chiqish kerak.




Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat