Gazlamashunoslik kopi p65



Download 46,09 Kb.
bet1/4
Sana31.07.2021
Hajmi46,09 Kb.
#133790
  1   2   3   4
Bog'liq
7- mavzu. Gazlamalarning o`rilishi


7- mavzu. Gazlamalarning o`rilishi
Tikuvchilik gazlamalarining tuzilishi tanda va arqoq iplarining o‘zaro o‘rilishi va bog‘lanishi bilan belgilanadi. Tikuvchilik gazlamalarining tashqi ko‘rinishi, xossalari va ishlatilishi uning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Gazlamaning tuzilishini ifodalovshi ko‘rsatkichlardan biri zichligi bo‘lsa, ikkinchisi ularning o‘rilishidir. Gazlamaning zichligi uning uzunlik birligiga, odatda, 100 mm ga to‘g‘ri keladigan iplar soni bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkich haqiqiy zichlik deb ataladi va tanda bo‘yicha - hamda arqoq bo‘yicha - deb belgilanadi. Gazlamaning tanda va arqoq bo‘yicha zichligi bir-biridan farq qilsa, bunday matolar zichligi notekis gazlama deb, bir-biriga teng bo‘lsa, zichligi bir tekis gazlama deb ataladi. Odatda, matolarda tanda bo‘yicha zichlik arqoq bo‘yicha zichlikka qaraganda kattaroq bo‘ladi. Lekin ba’zi matolarda (satin, poplin kabi) aksincha bo‘lishi ham mumkin.

Haqiqiy zichlik gazlamani hosil qiluvchi iplarning yo‘g‘onligiga bog‘liq.

Gazlamalarni zichlik bo‘yicha taqqoslash uchun maksimal va nisbiy zichlik tushunchalari kiritilgan.

Gazlamaning maksimal zichligi shunday shartli zichlikki, unda barcha iplarning diametri bir xil va ular bir-biriga bir tekis tegib turadi deb qabul qilingan.

Nisbiy zichlikni ifodalovchi raqam gazlamaning iplar bilan to‘lganlik darajasi haqida tasavvurga ega bo‘lishga va matoning zichligini taqqoslab ko‘rishga imkon beradi. Nisbiy zichligi yuqori bo‘lgan gazlamalarni tikish og‘irroq, chunki igna iplarni uzib yuborishi mumkin. Bunday gazlamalarni dazmollash ham qiyin, chunki zichligi oshib ketsa, gazlama og‘irlashadi, qattiqlashadi. Biroq matolarning uzilish va ishqalanishga chidamliligi oshadi, havo o‘tkazuvchanligi kamayadi. Nisbiy zichligi kichik bo‘lgan matolar yengil bo‘ladi, havo va bug‘ni yaxshi o‘tkazadi. Ulardan tikilgan buyumlarning choklari puxta bo‘lmaydi. Bunday matolar har tomonga osongina cho‘ziladi hamda bichish va tikish paytida qiyshayib ketadi.

Nisbiy zichlik boshqa so‘z bilan matoning chiziqli to‘ldirilishi deb ataladi. Nisbiy zichlik Et,a (foiz) tanda yo‘nalishida alohida, arqoq yo‘nalishida alohida quyidagicha hisoblanadi:

(1)

bu yerda: A - matoning tolali tarkibiga bog‘liq koeffitsient; -tanda va arqoq yo‘nalishidagi haqiqiy zichlik; - tanda yoki arqoq iplarining chiziqli zichligi.



Matoning sirti iplar bilan to‘lganlik darajasi (foiz) ularning yuza to‘ldirilishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula yordamida hisoblanadi

Es= Et + Ea- 0,01 Et Ea (2)

bu yerda: Et va Ea -matoning tanda va arqoq yo‘nalishidagi chiziqli to‘ldirilishi.

Matoning iplar hajmi bilan to‘lganlik darajasi Ehajm (foiz) esa ularning hajmiy to‘ldirilishini ko‘rsatadi:

(3)

bu yerda: -matoning zichigligi mg/mm3;



– ipning zichligi, mg/mm3.

Matolarning o‘rilishi deb, tanda va arqoq iplarining ma’lum tartibda o‘zaro bog‘lanishiga aytiladi. Tanda va arqoq iplarining o‘rilishini ko‘rsatuvchi shaklga o‘rilish naqshi deyiladi.

O‘rilish jarayonida hosil bo‘luvchi naqshning takrorlanishi rapport (R) deb ataladi. Tanda ipi matoning sirtiga chiqib arqoq ipining ustini qoplashi tanda qoplanishi deyiladi. Arqoq ipi matoning sirtiga chiqib tanda ipining ustini qoplashi arqoq qoplanishi deyiladi.

Matolar o‘rilishlari katak qog‘ozga chiziladi. Bunda har qaysi ko‘ndalang qator arqoq iplari deb, har qaysi bo‘ylama qator tanda iplari deb qabul qilingan. Har bir katak tanda va arqoq ipining kesishuvidan iborat. Bu joyda tanda qoplanishi bo‘lsa, o‘rilish naqshni chizish paytida katak bo‘yab qo‘yiladi. Agar arqoq qoplanishi bo‘isa katak oqligicha qoldiriladi.

Matolar o‘rilishi bo‘yicha quyidagicha sinflarga ajratiladi:

1. Oddiy yoki bosh o‘rilishlar.

2. Mayda gulli o‘rilishlar.

3. Murakkab o‘rilishlar.

4. Yirik gulli (jakkard) o‘rilishlar.

Oddiy yoki bosh o‘rilishlar. Oddiy o‘rilishlar sinfiga polotno, sarja va satin (atlas) o‘rilishlari kiradi.

Barcha oddiy o‘rilishlarga xos umumiy xususiyatlar shundaki, tanda bo‘yicha rapport arqoq bo‘yicha rapportga teng bo‘ladi, bitta rapport ichida har bir tanda ipi har bir arqoq ipi bilan faqat bir martagina o‘rilishadi.

Polotno o‘rilishi - to‘quvchilik matolari ichida eng oddiy va ko‘p tarqalgan bo‘lib, tanda va arqoq bo‘yicha rapporti ikki ipga teng. Rapportda tanda va arqoq iplari navbatma-navbat matoning o‘ng tomoniga chiqadi (7.1-rasm).






Download 46,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish