Futbolchilarga yozilgan "Orzu" kitobi muallifi hujumchi qanday gol urishi kerakligini tushuntirdi



Download 86,31 Kb.
Sana30.11.2019
Hajmi86,31 Kb.
#27780
Bog'liq
mmmmmmmm

Futbolchilarga yozilgan “Orzu” kitobi muallifi hujumchi qanday gol urishi kerakligini tushuntirdi

Futbolchi va murabbiylar uchun nashr qilingan “Orzu” nomli kitob muallifi Mahmayusuf Berdiyev “Qanday qilib golurar hujumchiga aylanish mumkin”, deb nomlangan maqolasini “Champioant.asia” nashrida e’lon qildi.



Foto: Google Images

Qanday qilib golurar hujumchiga aylanish mumkin?

Futbolda gol urish velosiped haydashdek oson ish! Men mubolag‘a qilmayapman. Hazillashmayapman! Ammo bugungi kunda hujumchilarimiz nima uchundir, “gol urish juda qiyin ish”, — deb noliydi. Va buning natijasida hujumchining gol urish qobiliyati qiyinchiliklar va muammolar bilan mahkam bog‘lanib qolishini xayoliga ham keltirmaydi. Ko‘pchilik hujumchilarimiz o‘zlarini bilmay turib, o‘ziga pand berib qo‘yib, keyin hayron bo‘lib yuradi: “menda hech narsa chiqmayapti yoki bo‘lmayapti”. Men ularga shunday degan bo‘lardim: “Sizda hammasi bor va bo‘ladi”.

Futbolchining tanasi ruhiy tomondan berilgan bu buyruqni qonun sifatida qabul qiladi va buning natijasida hujumchilarimiz gol urish imkoniyatlarini ko‘kka sovurib, boshini changallab yuraveradilar. Hujumchi aslida qandaylini uning ruhiy dasturi belgilab beradi. Bu ko‘p jihatdan hujumchi o‘zini qanday dasturlashiga bog‘liq.

Men Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Jafar Irismetov, Maksim Shatskix, Anvar Berdiyev, Zafar Xolmurodov kabi hujumchilar o‘yinini katta qiziqish bilan kuzatganman. Bu hujumchilarimiz gol urish qobiliyati yoki golni sezish qobiliyatiga qarab, bir–biridan keskin farq qiladi. Muhimi qanday qilib gol urish emas, muhimi ularda samaradorlik bor edi. Ular bu samaradorlikni qanday qilib qo‘lga kiritdi?

Agar ulardan samaradorlik boisini so‘rasangiz, ular buni tushuntirib bera olmaydi. Nima uchun? Shuning uchunki, har bir ustaning o‘z haqiqati bo‘ladi. Demak, ular o‘z tajribasini, o‘z kashfiyotini, o‘z haqiqatini boshqa birovga bera olmaydi. Bu xuddi biror bir shoir yoki bastakor o‘z ilhomini boshqa birovga bera olmagandek gap. Chunki, mingta hujumchining yoki mingta ustaning o‘z shaxsiy haqiqati, o‘z shaxsiy tajribasi bo‘ladi. Haqiqatni hech bir holatda, hech qanday usul bilan berish mumkin emas. Ular o‘z haqiqati nimadan iborat ekanligini tushuntirib bera olmaydi. Agar ular o‘z haqiqatlari nimadan iborat ekanligini bilganida va boshqa birovga bera olganida, o‘zbek futboli hujumchilarga to‘lib ketardi.

Qo‘shimcha tarzda tushuntiraman. Bu usta futbolchilar sizga ko‘proq mashq qilishni yoki to‘pni qay vaziyatda qanday tepishni urgatishi mumkin. Ammo ular o‘sha gol urgan vaziyatlaridagi kayfiyatini yoki holatini, haqiqatini tushuntirib bera olmaydi.

Men aytayotgan haqiqat o‘zi nima va bunga qanday erishish mumkin? O‘zingizga ma’lumki, har bir inson tanasini aql boshqaradi. Aql esa ikkita tarkibiy qismdan, ong va botiniy ong (chuqur ong yoki jo‘nroq tushuntirsam, g‘oyibona ong)dan iborat. Bu ikki tushuncha fanga ma’lum.

Ong jismoniy tanamizga tegishli bo‘lgan beshta sezgi organimiz: ta’m bilish, hid bilish, ushlab his qilish, eshitish va ko‘rish orqali keladigan ma’lumotlar asosida inson tanasini boshqaradi. Botiniy ong esa ruhiy qismingizdan keladigan ma’lumotlar asosida tanani boshqaradi. Botiniy ong o‘zida insoniy aql va oliy aql o‘rtasidagi bo‘g‘inni tashkil etadi, u vositachi bo‘lib, uning yordamida biz cheksiz ilmdan ulush olamiz. Bizning aqliy salohiyatga moyil xatti–harakatlarimiz ruhiyga aylanadi.

Shunday qilib, siz botiniy ongni boshqarmoqchisiz yoki uning imkoniyatlaridan foydalanmoqchisiz. Ammo botiniy ong osongina kiriladigan makon emas. Siz uning tilini bilishingiz kerak, aks holda sizni hech kim eshitmaydi. Bu auditoriyaga qanday qilib kirsa bo‘ladi? Bu eshikdan kirish imkoni bormi? Albatta, bor!

Xudo yuqtirgan ilm bor! Xudo hamma insonga bir xil imkoniyat yaratib qo‘yibdi. Shunchaki, ongsiz ravishda, tasodifan bu ilmdan foydalanishni o‘zi uchun kashf qilgan insonlar mavjud va bu ilmdan foydalana olmaydigan insonlar bor, xolos. Aslini olganda har bir inson buyuk iqtidor sohibidir!

Futbolchining shunday ruhiy holati bor-ki, bu cheksiz ilmdan u ulush olishi mumkin. Bu umuman boshqa olam. Bu ruhiy holatni xohlasangiz, boshqa o‘lcham dunyosining “darvoza”si deb atashingiz mumkin. Istasangiz, “dunyolar oralig‘idagi yo‘lak” yoki “transportyor” deb atash mumkin, nom asl mohiyatni o‘zgartirib quymaydi. Futbolchi maydonda har doim, har soniya tanlov qarshisida turadi. U ko‘plab variantlar ichidan eng to‘g‘ri variantni qachon tanlaydi? Qachonki, mana shu ruhiy holatga kirgandagina. U qabul qilgan har bir qaror shundagina eng to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Demak, bu holatda o‘sha botiniy ong tanangizni boshqaradi.

Bu ruhiy holatga kirganingizda, ma’lumotlar oqimi sizni xuddi qor ko‘chkisidek bosadi. Ma’lumotlar oltinchi sezgi ko‘rinishida sizga namoyon bo‘ladi. Tabiiy ravishda sizda savol tug‘iladi: bu ma’lumotlar nimadan iborat?

Siz to‘pni, maydonni, raqib futbolchilari, jamoadoshlaringiz tanasini, ularning maydondagi joylashuvini va maydondagi vaziyatni butun borlig‘ingiz bilan his qila boshlaysiz. Aynan his qila boshlaysiz! Siz “ko‘ra” boshlaysiz, raqib futbolchilarining fikrini oldindan o‘qiysiz, uning nima qilmoqchi ekanligini oldindan bilasiz va sizda uning harakatlariga qarshi harakat tizimi avtomatik tarzda ishga tushadi. Siz har doim raqiblardan bir soniyaga va bir qadam oldinda bo‘lasiz. Har bir vaziyatda siz qanday qarorga kelishingizni ular oldindan ko‘ra olishmaydi. Siz xuddi yorug‘likka chiqib, baland tepalikda bo‘lib qolganga uxshaysiz yoki siz o‘zingizni “Ko‘rlar jamoasi”dagi ko‘zi ochiq odamdek his qilasiz. Ayni mana shu holatda gol ham, futbolchining yuksak texnikasi ham bor. Albatta, hujumchining intellekti yarim himoyachinikidan farq qiladi. Hujumchi raqib jarima maydoni va himoyachilari ichida qo‘laylikni, lazzatni his qilishi shart. Sezgilarni eshitish kerak, tushunyapsizmi?

Ishontirib aytamanki, sizda ichki sezgi ochilgach, bu sezgilarni aniq so‘zlar bilan tushuntirib bera olmaysiz. Ularni juda shartli ravishda faqat bizning “ha” va “yo‘q”, “to‘g‘ri” va “noto‘g‘ri”, “oq” va “qora”larga tenglashtirish mumkin. Chunki biz bilimni, ya’ni, ko‘z bilan ko‘radigan, quloq bilan eshitadigan narsalarni dunyoning barcha tillarida tushuntirib berishimiz mumkin. Ammo “ilm tili” insoniyat tomonidan hali o‘ylab topilmadi.

Siz bu sezgini ozmi-ko‘pmi tinglashni o‘rganib olganingizdan so‘ng, o‘zingizni naqadar qudratli futbolchi ekanligingizni his qilasiz. Ana shunda siz ko‘pchilik futbolchilar, yo tavba, butkul teskarisi futbol o‘ynayotganini ko‘ra olasiz. Bizga aynan ong va botiniy ongdan keladigan ma’lumotlarni ajrata bilish muhim. Va mana shu aqlni vaqtincha javrashdan to‘xtatib, barcha e’tiborni sezgiga qaratish lozim. Bor-yo‘g‘i shu!

“Kerakli paytda kerakli joyda paydo bo‘lish” tushunchasini futbolga gollandiyalik afsonaviy hujumchi Yoxan Kroyf olib kirgandi. U juda zakovatli va hujumchi falsafasini tushunib yetgan futbolchi bo‘lgan. U o‘zining boshidan kechirgan ruhiy jarayonlarni mantiqan ta’riflashga harakat qilgan. Shunga o‘xshash bir qancha iqtiboslarni keltiraman:

“Men o‘ylamayman, shunchaki harakatlanaman”.

Tyerri Anri

“Men o‘z sezgilarimga tayangan holda futbol o‘ynayman”.



Lionel Messi

“Men uchun dunyodagi eng yoqimli ovoz, bu gol urganimda to‘p bilan to‘r o‘rtasida chiqadigan ovozdir”.



Ruud van Nestelroy

Futbolchilar ruhiyatiga bag‘ishlangan “Orzu” kitobi muallifi Mahmayusuf Berdiyev

Hayotda yoki aynan futbolda qanday qilib, yuksak chuqqilarni zabt etish mumkin? Nima qilsak, jahonnning mashhurlaridan biriga aylanamiz?

 Messi o'zga sayyoralikmi? Unda siz qaerdan kelib qolgansiz? Sizda ham ulardagi qobiliyat bormi? Bor bo'lsa, o'zingiz bunga ishonasizmi?

Bilasizmi? Dunyoning mashhur futbolchilarining sizdan hech qanday ustunlik tomoni yo'q!

Xo'sh, agar ularning sizdan ustunlik tomoni bo'lmasa, nega siz mashhur emassiz?

Nega siz doim “normalnyy”siz? Siz hamma qatorimisiz? Yoki Siz boshqachamisiz? Nega ko'pgina hujumchilarimiz, maydonni golsiz tark etishayapti? Nega milliy terma jamoamiz safida to'p tepayotgan futbolchilarimiz, biz istagan natijalarni qo'lga kirita olmayapti?

“ORZU” kitobini o'qib chiqsangiz, ko'pgina ana shunday savollarga javob topasiz! Balki, bu kitobni o'qib chiqqan futbolchi ukalarimizdan kelajakda dunyoga mashhur futbolchilar etishib chiqar!   

Millionlar o'yini futbolga, dunyoning ko'p joylarida bo'lgani kabi, yurtimizda ham qiziqmaydigan inson kam topiladi. SHunchaki futbol o'ynash emas, balki hamma havas qiladigan, olamda mashhur futbolchi bo'lish uchun kishida qanday hislatlar bo'lishi kerak? Muallif, ushbu kitobida inson ruhiyati imkoniyatlarining qanday katta kuchga ega ekanligini keng yoritib bergan.

Qani endi, ushbu kitob har bir futbolchida, ularning mashhur futbolchi sifatida ko'rish niyati bo'lgan ota-onalarida, unga futbol sirlarini o'rgatayotgan murabbiylarida bo'lsa edi.

Muallif haqida qisqacha malumot: Mahmayusuf Berdiev. 1969 yilda Kitob tumani Ko'mirtepa qishlog'ida tug'ilgan. O'zbekiston Milliy universitetining fizika fakultetini tugatgan. Dastlab Maydanak observatoriyasida kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan. “Kitob” futbol jamoasi o'yinchisi, bolalar va o'smirlar futbol maktabi murabbiysi, direktori singari vazifalarida qariyb yigirma yil faoliyat olib borgan. FIFA “S” toifasidagi licenziya sohibi.

Muallifning “Orzu” kitobi yaqinda nashrdan chiqarildi. Kitob O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy, professor Rustam Akramovning kirish so'zi bilan boshlangan. U kishi: “Faqat bir jihatdan afsuslanaman. Mening o'smirlik yillarimda yuksak maqsadlar sari eltuvchi “Orzu” kabi kitobning bo'lmaganligi… Kim biladi, balki bunday kitob bilan mening hayot yo'lim va sportdagi faoliyatim yanada omadliroq va yorqinliroq bo'larmidi?..” . Yana: “Agar siz “Yulduz” bo'lishni hohlasangiz, agar sizda millioner bo'lish niyati bo'lsa, mening aziz va yosh hamkasblarim, bu kitobni o'qib chiqishga shoshiling, uning har bir bobiga singib keting”,-deydilar.

SHuningdek mazkur kitob haqida, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, taniqli futbol sharhlovchisi, mamlakatimizdagi futbol jurnalistlarining katta ustozi Axbor aka Imomxo'jaev ham juda ko'p ijobiy fikrlarni aytganlar.

“Orzu” kitobidagi mavzular asosan futbolchilar uchun mo'ljallangandek, ammo bu kitobdan  keng omma ham foydalansa bo'ladi. Bunga misol tariqasida, kitobga kiritilgan so'nggi kulminacion bob – “Oltinchi sezgi”ni keltirish mumkin.

Kitobdan iqtibos keltiramiz: “Oltinchi sezgisi ishga tushgan futbolchilar MUVAFFAQIYATGA MAHKUMDIRLAR! Ularni biz tug'ma talant, tug'ma istedod, deb ataymiz. Va o'zimizcha vaqt ham belgilaymiz. Yani, bunaqa istedodlar 30 yilda, 50 yilda, 100 yilda bir marta dunyoga keladi, deymiz. SAFSATA! Dunyoga kelgan har bir o'g'il – qiz tabiiy istedodli va talanti bilan dunyoga keladi. Faqat oltinchi sezgisini ongsiz ravishda ishga tushirib, undan foydalanadiganlar bor va oltinchi sezgisini uyg'atolmay undan foydalana olmaydiganlar bor, xolos. Bu sezgi hammada bor. Yo'q bo'lishi mumkin emas”.

Kitobning to'liq mohiyatini o'qib chiqqandan keyin bilasiz. Ishonchimiz komil, bir marta o'qib, yana boshidan boshlab yuborganingizni bilmay qolasiz. Bu kitob qayta-qayta o'qishga arziydigan kitob.

Bugun Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion anjumanlar zalida ushbu kitobning taqdimot marosimi o'tkaziladi. Marosimda mamlakatimizning taniqli jurnalistlari, murabbiylar va futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxasislar ishtirok etishadi.




Download 86,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish