Futbol o'yinida guruhli hujumlar taktikasini hamda mashqlar texnikasi o`rgatishni takomillashtirish



Download 69,9 Kb.
Sana20.01.2020
Hajmi69,9 Kb.
#35895
Bog'liq
1-12

FUTBOL O'YINIDA GURUHLI HUJUMLAR TAKTIKASINI HAMDA MASHQLAR TEXNIKASI O`RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH
O‘yinda qo‘yilgan maqsadga erishmoq uchun xilma-xil tarzda qo‘shib qo‘llaniladigan maxsus uslublar to‘plami futbol texnikasini tashkil etadi.

Texnik uslublar — futbol o‘yinini vujudga keltirish vositasi. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jihatdan futbolchining ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik bilishiga, raqib jamoa o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa, charchoq ortayotgan sharoitda, o‘yin faoliyatidagi turli holatlarda ularni mohirlik bilan samarali qo‘llashiga bog‘liq. Futbol texnikasini yaxshi bilish futbolchining har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi va garmonik kamol topishidagi ajralmas qismdir.



O‘yin taraqqiyotining keyingi yuz yildan ortiq tarixi mobaynida futbol texnikasida muayyan o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu evolutsiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: boshning chakka qismi va orqasi bilan zarba berish, to‘pni boldir bilan to‘xtatish singari noratsional uslub va usullarni qo‘llanish ancha kamayib ketdi, oyoq yuzi bilan zarba berishdan, to‘pni son va ko‘krakda to‘xtatishdan, to‘pni qo‘l bilan tashlash (darvozabon texnikasi)dan foydalanish koeffitsiyenti oshdi, aldash harakatlari (fintlar) ko‘paydi.

Hozirgi futboldagi texnik uslublar o‘yin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan yetarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtayi nazaridan maqbul harakat tizimi bilan xarakterlanadi. «Tez va ishonchli, sodda va samarali bo‘lsin!» Futbol texnikasini qo‘llashga qo‘yiladigan hozirgi kundagi talab ana shulardan iborat.

Futbol texnikasining klassifikatsiyasi (tasnifi)da texnik uslublar umumiy (yoki o‘xshash) va o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlarga bo‘linadi.

O‘yin faoliyati xarakteriga qarab futbol texnikasida ikkita yirik bo‘lim ajratiladi: maydon o‘yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo‘lim esa quyidagi: harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi bo‘limchalariga bo‘linadi. kichik bo‘limlar turli usullar ijro etiladigan aniq texnik uslublardan: harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o‘yinchilari va darvozabon foydalanadi. Ammo ayrim uslub va usullar o‘zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakat- ning asosiy mexanizmi umumiy bo‘lib, detallarigina farqlanadi. Har xil usul, uslub va turlarni ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi. O‘rganilayotgan materialni sistemalashtirish, uslub, usul, turlarni tuzukroq tushunishga, ularni to‘g‘ri tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi. Futbol texnikasining xarakteristikasi maydon o‘yinchisi va darvozabon uchun umumiy kichik bo‘lim bo‘lgan o‘yinda harakatlanish texnikasidan boshlanadi (l5-chizma).


O‘yinda harakatlanish texnikasi
O‘yinda harakatlanish texnikasi quyidagi uslublar guruhini o‘z ichiga oladi: yugurish, sakrash, to‘xtash, burilish. O‘yin vaqtida harakatlanish texnikasi uslublaridan xilma-xil tarzda qo‘shib foydalaniladi. Yugurishning xilma-xil uslublarini sakrash, to‘xtash, burilish bilan birga qo‘shib olib borish futbolchi harakatlanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Harakatlanish texnikasining uslublari maydon o‘yinchilari va darvozabonning to‘pni boshqarish san’ati bilan chambarchas bog‘liq. Harakatlanish texnikasi uslublarini unumli hamda kompleks tarzda qo‘llash ko‘p taktik vazifalarni (to‘p olish uchun ochilish va raqibini chalg‘itish, pozitsiya tanlash, o‘yinchini to‘sib olish va h. k.) samarali hal qilish imkonini beradi (l6-chizma). Yugurixh — futboldagi asosiy harakatlanish vositasidir. To‘pni boshqarayotgan futbolchilar ham yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Bundan tashqari, yugurish tarkibiy qism sifatida to‘pni boshqarish texnikasiga ham kiradi. Futbolda yugurishning quyidagi uslublari qo‘llaniladi: oddiy yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish.

Oddiy yugurishdan, asosan, to‘g‘riga borayotgan o‘yinchilar bo‘sh joyga chiqish, raqibni quvish va hokazolarda foydalanadi. Bu



Ijro shartlari

To‘g‘ri chiziq bo‘ylab, yoylar bo‘ylab yo‘nalishni va tezlikni o‘zgartirib yugurish. Turgan joyda va harakat vaqtida sakrash harakat tizimi tuzilishi yengil atletika yugurishidan farq qilmagani uchun uni oddiy yugurish deyiladi. Qadam uzunligi, chastotasi va ritmidagina farqi bor, xolos.

Yugurish qadamining uzunligi sprinterlarda 2—2,2 m ga teng bo‘lsa, katta yoshli futbolchilarda o‘rtacha l,3—l,5 m ga teng. Qadamlar chastotasi sprinterlarda sekundiga 4—4,5 qadamga teng. Futbolchilarda chastota sal ortiqroq, sekundiga 5,l—5,5 qadam bo‘ladi. Bu esa, havoda uchish fazasi qisqaroq bo‘lgani sababli tez to‘xtashga yoki tez burilib olishga yordam beradi.

Tisarilib yugurishdan asosan to‘pni olib qo‘yishda va to‘sib olishda qatnashayotgan himoyadagi o‘yinchilar foydalanadilar. Yugurishning bu turi ham siklik (qo‘shaloq qadamli) bo‘ladi. Qisqa- qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yo‘qligi unga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog‘i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklangan ekanidadir.



O‘yin sharoiti ko‘pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga ortadi, bu ko‘proq oyoqning orqaga faol harakat qilishiga bog‘liq.Tisarilib yugurayotganda o‘yinchi ba’zan muvozanatni yo‘qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning og‘irlik markazi o‘qi tayanch yuzasining tepasida turishi o‘yinchining holati turg‘un bo‘lishi shartlaridan biridir.

Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun turgan joydan o‘ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib, asosan, boshqa yugurish turlari bilan birga qo‘llaniladi (39-rasm).


Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga bajarila- digan yugurish qadamlari bilan xarakterlanadi. Qadam tashlash siklining birida siltanuvchi oyoqni tayanch oyoqning oldiga chalishtirib o‘tkaziladi. Yugurish paytida havoda uchish fazasi juda qisqa.

Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik jihatdan kerakli holatga o‘tishda (masalan, o‘yinchi oldini to‘sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida, keyinroq o‘yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli uslublari sifatida ijro etiladi.

Juftlama qadam tashlab yugurish oyoqlarni sal bukib bajariladi. Birinchi qadamni harakat yo‘nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo‘r berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo‘naltiriladi.



Sakraxh. To‘xtash va burilish uslublarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to‘pni oyoqda, ko‘krakda, bosh bilan to‘xtatib qolish va ba’zi holdagi fintlar texnikasining tarkibiy qismlaridan biriga kiradi. O‘yinda oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin turadigan yo‘nalishlarda sakraladi. O‘yindagi vaziyat ko‘p vaqtlarda maksimal baland yoki maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda sakrashning samaradorligi futbol o‘ynayotgan odamning koordinatsion qobiliyati bilan belgilanadi va futbolchi o‘zining turli dastlabki holatlaridan fazo, vaqt va kuch xarakteristikalari optimal holatda bo‘lgan harakatlar qilishi kerak bo‘ladi.

Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda uchish va yerga tushish fazalari bo‘ladi. Sakrashning ikki xil uslubi mavjud: bir oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash.

Bir oyoqda depsinib sakrash oldinga, yon tomon- larga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda faol depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og‘irlik markazining o‘qi sakrash tomonga o‘tkaziladi. Sakrashning trayektoriyasi va kuchi o‘yindagi vaziyatga bog‘liq. Bir oyoqda yoki ikki oyoqda yerga tushiladi. Qisqa masofali, qattiq amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq o‘tish imkonini beradi. Og‘irlik markazi o‘qining proyeksiyasi tayanch yuzasining chegarasida yoki undan tashqarida bo‘lishi ham shunga yordam beradi.

Sakrab to‘pga bosh qo‘yganda ko‘pincha maksimal baland ko‘tarilish kerak bo‘ladi. Bunda yugurib kelib depsinadigan oyoqni taqqa to‘xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil qilib) qo‘yish yordam beradi. Sal cho‘qqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilab oldinga tomon faol depsinish kerak bo‘ladi, bunda qo‘llarni ko‘krak baravar silkitib ko‘tarish depsinishning samaradorligini oshiradi.



Ikki oyoqda depsinib sakrash usuli bilan oldinga, oldinlab yon tomonga va oraliq yo‘nalishlarida sakraladi. Turgan joydan sakraganda o‘yinchi depsinish oldidan tezda salgina cho‘nqayadi. Oyoqlarini faol to‘g‘rilash bilan birga gavda og‘irlik markazining o‘qi sakrash tomoniga o‘tkaziladi va qo‘llar silkitiladi. Yugurib kelib sakrayotganda so‘nggi qadamda bir oyoqni taqqa to‘xtaydigan qilib qo‘yiladi. Cho‘nqayish paytida ikkinchi oyoq birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi. Depsinish havoda uchish va yerga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi bo‘ladi.

To‘xtaxh. Harakatlanish texnikasida to‘xtashga harakat yo‘nalishini o‘zgartirishning samarali vositasi deb qaraladi. To‘satdan to‘xtab qolganda, raqiblarning qayerda, qanday joylashganiga qarab turib to‘p bilan ham, to‘psiz ham o‘sha ketayotgan tomoniga qarshi tomonga yo‘naladi, o‘ngga yoki chapga qochib qolinadi.

To‘xtashda ikki xil uslub vositasi qo‘llaniladi: sakrab to‘xtash va tashlanib to‘xtash.



Sakrab to‘xtash uchun sal yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan oyoqda yerga tushiladi, turg‘unlik bo‘lishi uchun shu oyoq sal egiladi. Ammo ko‘pincha yerga ikki oyoqlab tushiladi (40-rasm).

Tashlanib to‘xtash so‘nggi yugurish qadami hisobiga bajariladi. Bunda siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga tiralinadi- da, keyin oyoqni rasmona yerga qo‘yiladi. Tashlanib to‘xtash oyoqlarni anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan xarakterlanadi.

Barcha xil to‘xtashlardan keyin, odatda, turli yo‘nalishlarda harakat davom ettiriladi. Shuning uchun to‘xtashdagi so‘nggi holat harakatning start holati bo‘lishi kerak.



Burilixh. Burilish yordamida futbolchilar tezlikni minimal kamaytirib, yugurish yo‘nalishini o‘zgartiradilar. Odatda turgan joyda burilgandan keyin start harakatlari boshlanadi. Shuningdek, burilish zarba berish, to‘pni to‘xtatish, to‘pni olib yurish va fintlarning ayrim usullarini bajarish texnikasi tarkibiga ham kiradi. Burilishning quyidagi uslublaridan foydalaniladi: hatlab o‘tib burilish, sakrab burilish, tayanch oyoqda burilish. O‘yin sharoitiga qarab yon tomonlarga va orqaga burilish mumkin. Burilish turgan joyda ham, harakat paytida ham bajarilaveradi.

Hatlab o‘tib burilganda qisqa-qisqa 2—3 qadam tashlash hisobiga kerakli yo‘nalishga qarab olinadi. Harakat yo‘nalishini to‘satdan va tez o‘zgartirishda s a k r a b b u r i l i s h samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga faol depsinib bajariladi. Silkinishda oyoqning kafti ham shu tomonga aylantiriladi. Sakrash unchalik baland bo‘lmasa ham to‘la-to‘kis bajariladi.

Tayanch oyoqda burilishning ikki turi bor. Bi- rinchisida burilish yo‘nalishidan uzoqdagi oyoqqa tayanib burilinadi. Bunda futbolchi gavda og‘irlik markazi o‘qining proyeksiyasini tayanch sath chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga aylanadi. Ikkinchisida harakat yo‘nalishiga yaqin oyoqqa tayanib burilinadi, gavda og‘irlik markazining o‘qi burilish tomonga ko‘chadi. O‘tkaziladigan oyoqni ham shu yo‘nalishda tayanch oyoqning old tomoniga chalishtirib qo‘yiladi. Burilish sal bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi.
Download 69,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish