Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va rolini mustahkamlash masalalari



Download 46,5 Kb.
Sana20.02.2021
Hajmi46,5 Kb.
#59487
Bog'liq
OAVLARNING ROLI


Demokratiyani rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni

Toshkentda “Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va rolini mustahkamlash masalalari” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma (Germaniya) tomonidan tashkil etildi.

Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Sloveniya, AQSH, Ukrainadan ekspertlar, YEXHTning O‘zbekistondagi muvofiqlashtiruvchisi ofisi, Milliy demokratiya instituti (AQSH), Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa xalqaro tashkilotlar va diplomatik missiyalar vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat bosma va elektron ommaviy axborot vositalari vakillari, markaziy, mahalliy hamda partiya nashrlarining bosh muharrirlari va yetakchi jurnalistlari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari qatnashdi.

Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va rolini muhokama etish, ularning faoliyatida huquqiy va tashkiliy bazani rivojlantirish borasida tajriba almashish, demokratik islohotlarni amalga oshirishda davlat organlari bilan hamkorlik qilish, so‘z erkinligi va fikrlar xilma-xilligini, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining jamoat nazorati vazifasini samarali bajarishini ta’minlashdan iborat. Bundan tashqari, munozaralar chog‘ida tadbir ishtirokchilari zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari mass-mediasidan foydalanish, ommaviy axborot vositalari uchun ijodiy va texnik kadrlarni tayyorlashni takomillashtirish, jurnalistlarning kasb mahoratini oshirish borasida ham tajriba almashdi.3

Xorijiy ekspertlar O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyati institutlari tizimi va uni shakllantirishda, davlat va jamiyat qurilishi sohasida keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida transparentlik va oshkoralikni ta’minlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar. Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soladigan va xalqaro normalarga javob beradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida“gi va demokratiya sharoitida ommaviy axborot vositalarini erkin hamda mustaqil rivojlantirishga oid qator boshqa qonun hujjatlari shular jumlasidandir. O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha o‘z vazifalarini faol bajarmoqda, ular mamlakatimizda haqiqiy “to‘rtinchi hokimiyat“ga aylanmoqda. Ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirishga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir siyosiy partiya o‘z bosma nashriga ega bo‘lib, partiya matbuotining faolligi oshmoqda. Ekspertlar bularning barchasi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha islohotlar izchil amalga oshirilayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Tadbir qatnashchilari mamlakatimiz va xorij tajribasi asosida ommaviy axborot vositalarining moliyaviy mustaqilligiga ustuvor ahamiyat bergan holda, ularning iqtisodiy bazasini mustahkamlash zarurligiga e’tibor qaratdilar. Bu esa, o‘z navbatida, ular yaratayotgan mahsulot – axborotning xolisligiga, sifati oshishiga va jamiyat tomonidan unga talab kuchayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Milliy ommaviy axborot vositalari faoliyati sifatini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ularning o‘rnini mustahkamlash uchun jurnalistlik faoliyati sohasidagi qonunchilikni, nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish sharoitlarini yanada takomillashtirish, ularning faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish zarurligi qayd etildi. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning yanada ochiq va oshkoraligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Chang Bin, ekspert (Xitoy): “O‘zbekistonda mustaqil ommaviy axborot vositalari jamiyat va davlatning rivojlanishiga muayyan hissa qo‘shmoqda. So‘nggi paytda yangi elektron ommaviy axborot vositalarining paydo bo‘layotgani axborot sohasi g‘oyat jadal rivojlanayotganidan dalolatdir. Fuqarolarning ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqini ta’minlash – bu ommaviy axborot vositalarining burchi, demokratik hukumatning prinsipidir. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari bunday axborotni yetkazib berishda platforma vazifasini o‘tamoqda va hukumat hamda jamoatchilikning samarali hamkorlik qilishida muhim rol o‘ynamoqda”.

Dxar Moxar Krishen, “Politikal ivents” jurnali sharhlovchisi (Hindiston): “O‘zbekistonda siyosiy islohotlar davomida Prezident Islom Karimov rahnamoligida parlamentarizmni rivojlantirish, ko‘p partiyali tizimni yaratish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ushbu serqirra jarayonda jamiyat ongida demokratiya prinsiplarining qaror topishida muhim rol o‘ynaydigan milliy mass-medialar alohida o‘ringa ega. Men O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining rivojlanishini diqqat bilan kuzatib kelaman. Mamlakatingiz mustaqillikka erishgach, ushbu sohada ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Chunonchi, milliy media makonida ko‘plab xususiy gazetalar, jurnallar, tele va radiokanallar paydo bo‘ldi, internetdan foydalanuvchilar soni jadal ko‘payib bormoqda. Natijada, erkin fikr bildirish huquqini amalga oshirish, fikrlar xilma-xilligi, mavzu va voqealarni yoritishga turlicha yondashish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘zbekiston siyosiy partiyalarining o‘z bosma nashriga ega bo‘lishi ularning siyosiy faoliyati samaradorligi va ommaviyligini oshirishga xizmat qilmoqda. Holbuki, dunyoning aksariyat davlatlarida siyosiy partiyalar bunday imkoniyatga ega emas”.

Viktor Yakovich, “Yakovich interneshnl” kompaniyasi prezidenti (AQSH): “O‘zbekiston Markaziy Osiyoda, shu jumladan, mintaqaviy axborot makonidagi yetakchi mamlakat hisoblanadi. Mamlakatingiz rivojlanish bo‘yicha milliy an’analar, o‘ziga xos xususiyatlar va milliy manfaatlar hisobga olingan holda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish borasida orttirgan katta tajribadan boshqa mamlakatlar ham foydalanishi mumkin. Ta’kidlash joizki, bugun gazeta, radio, televideniye kabi an’anaviy ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda davlat hamda fuqarolar uchun katta imkoniyat yaratayotgan axborot almashish va uni yetkazib berishning yangidan-yangi shakllari paydo bo‘lmoqda. Masalan, ommaviy axborot vositalarining hukumat bilan o‘zaro hamkorligini jadal rivojlanib borayotgan jarayon deyish mumkin. Demokratik muloqot orqali murosaga kelish va o‘zaro anglashishga erishish mumkin”.

Svetlana Lisova, Ivanovo davlat energetika universiteti dotsenti (Rossiya):

“Mamlakatingizda ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatiga o‘tish jarayonini harakatga keltiruvchi ijtimoiy omil hisoblanadi. O‘zbekistonda notijorat ommaviy axborot vositalari sektorini rivojlantirishda katta o‘zgarishlar bor, jumladan, partiya matbuoti ham faol ish olib bormoqda. O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida turli siyosiy platformalar, fikrlarning berilayotgani katta yutuqdir. Fuqarolik jamiyatining mohiyati ham aynan shunda bo‘lib, ommaviy axborot vositalari g‘oyalarni ilgari suradi, fikr-mulohaza qilishga, siyosiy jihatdan kamolga erishishga ko‘maklashadi”.

Bogdan Babich, Amaliy siyosat instituti direktori (Ukraina): “O‘zbekistonda jamiyat ham, media sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Bugun mamlakatingiz media makonida nodavlat sektor keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu jurnalistlar yanada erkin ijod qilayotgani, ommaviy axborot vositalari esa tobora mustaqil bo‘lib borayotganidan dalolat beradi. O‘zbekiston matbuotini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, jurnalistlar jiddiy mavzular ustida ishlamoqda, jamiyat uchun muhim masalalarni ko‘tarib chiqmoqda va ularni hal etishga yordam bermoqda. Mamlakatingizda axborot sohasini yanada rivojlantirish maqsadida zarur qonunlar qabul qilinmoqda. Bundan tashqari, bu yerdagi mavjud real ko‘p partiyali tizim partiya matbuotini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston shu tariqa so‘z erkinligini ta’minlashda ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritmoqda. Bularning barchasi meni juda quvontiradi”.

Sajjad Malik, “Deyli nyus” gazetasi katta muharriri (Pokiston): “Mamlakatingizda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga doir qonunchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Davlat milliy ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va erkinlashtirish jarayonini qo‘llab-quvvatlayotgani ham e’tiborga molik. Rasmiy hokimiyatning mass-media bilan bunday samarali munosabatini hamma joyda ham uchratib bo‘lmaydi. Shuni dadil aytish mumkinki, O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari samarali, mustaqil va erkin faoliyat ko‘rsatmoqda, ular hukumat bilan aholi o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tamoqda, mamlakatingizda ro‘yobga chiqarilayotgan demokratik islohotlarning maqsadlariga erishishda ijobiy rol o‘ynamoqda”.

Maya Jidarjich, “Mintaqaviy muloqot” nodavlat tashkiloti direktorining o‘rinbosari (Sloveniya): “O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining qaror topishida muhim rol o‘ynamoqda. O‘zbekistonning kuchli va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasidagi tajribasi xalqaro ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Negaki, bunday ommaviy axborot vositalarining mavjudligi jamiyatning demokratlashgani va oshkoraligidan dalolat beradi. O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida turli fikrlar va materiallarning berilayotgani media bozorini rivojlantirishda ijobiy tendensiya mavjudligi, uning ishtirokchilari o‘rtasida esa raqobat paydo bo‘layotganidan dalolatdir. Shunisi e’tiborliki, ko‘pgina nashrlar ingliz tilida ham chop etilmoqda. Shu sababli mamlakatingiz haqida axborot olishda men uchun hech qanday qiyinchilik tug‘ilgani yo‘q”.

Muxtasar aytganda, konferensiya ishtirokchilari tadbir yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari jadal rivojlanayotgani, mamlakatimizda tobora chuqurlashib borayotgan demokratlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoni doirasida ushbu soha yanada erkinlashtirilayotgani va bu dunyoning ko‘plab davlatlari uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin, degan xulosaga keldi.

Sharh. OAV faoliyatiga oid qonundagi o‘zgarishlar

11:40 / 20.04.2018

7608

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.



Ushbu hujjat bilan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunning 11ta moddasiga o‘zgartish kiritilib, 3ta modda bilan to‘ldirildi. Adliya vazirligi matbuot xizmati ushbu o‘zgarishlarni sharhlagan.

Xususan, ommaviy axborot vositasi deb Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar ham e'tirof etildi. Ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan (bundan buyon matnda chiqariladigan deb yuritiladi), qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasidir.

Xalqaro huquqiy hujjatlar, xorij tajribasi hamda amaliyotidan kelib chiqqan holda ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlash maqsadida Qonunning 5-moddasi quyidagicha to‘ldirildi: ya'ni, «...Davlat ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk huquqini, davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi».

Qonun 5-1-modda bilan to‘ldirildi. Xo‘sh, bu OAVga nima beradi? Mazkur moddaning amaliyotga joriy etilishi ommaviy axborot vositalari faoliyatini tadbirkorlik sub'yekti va fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tartibga solishga qaratilgan.

Bunday normalar bir qator xorij mamlakatlari qonunchiligi (Avstriya, Korea Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarboyjon, Moldova, Gruziya va boshqalar) va YeI tavsiyalarida mavjud.

Ularda OAVni soliq va bojxona imtiyozlari berish, davlat tomonidan imtiyozli kreditlar berish, tariflarni tushirish bo‘yicha elektron OAVga texnik xizmat ko‘rsatish, gazetalar nashriyotining qarzlarini kamaytirish, shuningdek, tahririyatlarga davlat byudjyeti va boshqa manbalar hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri subsidiyalar berish ko‘zda tutilgan. Aksariyat mamlakatlar qo‘llab-quvvatlashning ushbu shakllaridan to‘liq foydalanmaydi, balki, ma'lum soliqlardan, alohida mahsulotlarni (gazeta qog‘ozi) olib kirishda boj to‘lovlaridan ozod qilish kabilarni amalda qo‘llab kelishadi.

Shuningdek, xalqaro hujjatlar va bir qator xorij mamlakatlari qonunchiligida OAVni qo‘llab-quvvatlash, ularga subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar berish orqali amalga oshirilishi mumkinligi ta'kidlanadi. Xususan, Finlyandiya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiyada barcha kundalik nashrlar, Italiyada ijtimoiy muhim nashrlar, Fransiyada gazetalar ushbu shaklda qo‘llab-quvvatlanadi.

Shu bilan birga Avstriya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Korea Respublikasi qonunchiligida OAVga soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llash orqali qo‘llab-quvvatlash belgilangan.

Mazkur xalqaro tajribalar o‘rganilib, Qonun 5-1 modda bilan to‘ldirildi.

«Davlat ommaviy axborot vositalarini quyidagi yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlashi mumkin:

soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar va tariflar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar berish;

davlat subsidiyalari, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari tizimi orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;

moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

tahririyatlar xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari faoliyatini tashkil etish;

tahririyatlar xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.

Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan ommaviy axborot vositalarining mustaqil kasbiy faoliyatini cheklab qo‘yish uchun foydalanilishi mumkin emas».

Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati 15 kun etib belgilandi. Ilgari bu muddat bir oy bo‘lgan.

Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, qaror chiqarilgandan keyin bir kun ichida arizachiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bildirish yuboriladi (topshiriladi), unda rad etish sabablari, shuningdek arizachi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi.

Qonun «Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborotni olishga doir so‘rovi» deb nomlangan 35-1-modda bilan to‘ldirildi.

«Ommaviy axborot vositasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov bilan ularga og‘zaki yoki yozma shaklda (shu jumladan elektron hujjat shaklida) murojaat etish huquqiga ega.

Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek, mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan yetti kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

Agar ommaviy axborot vositasining so‘rovini ko‘rib chiqish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari jumlasiga kirmasa, so‘rov so‘ralayotgan axborotni taqdim etish o‘zining vakolatiga kiritilgan organga ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, ommaviy axborot vositasi esa bu haqda xabardor qilinadi.

So‘rov rad etilgan taqdirda, ommaviy axborot vositasiga asoslantirilgan javob yuboriladi».



Hujjatning to‘liq matni 19 aprel kuni matbuotda e'lon qilindi
Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish