«fuqarolik huquqi» kafedrasi



Download 223 Kb.
bet1/4
Sana28.06.2017
Hajmi223 Kb.
#18728
  1   2   3   4
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
HUQUQShUNOSLIK FAKULTETI
«FUQAROLIK HUQUQI » KAFEDRASI

MAVZU: Qishloq xo’jalik korxonalarini tugatishning huquqiy tartibga solinishi
BAJARUVChI: 4-kurs kunduzgi

bo’lim talabasi Zayniddinov Aloiddin

ILMIY RAHBAR: dos. T.Bekmuratov

SAMARQAND – 2013

Mavzu: Qishloq xo’jalik korxonalarini tugatishning huquqiy tartibga solinishi

Reja
Kirish
Asosiy qism
1-bob. Qishloq xo’jalik korxonalarini tugatishning huquqiy tartibi va asoslari.

2-bob. Qishloq xo’jalik korxonalarini bankrot deb e’tirof etish va sanasiya qilishning huquqiy oqibatlari.

3-bob. Yerga bo’lgan huquqning buzilishi oqibatida qishloq xo’jalik korxonalarini tugatishning o’ziga xos xususiyatlari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.


K I R I SH
Respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi davrida turli mulk shakllarining mavjudligi xo’jalik yuritishning ham xar xil ko’rinishlarini vujudga keltirib, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga alohida e’tibor berishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, xo’jalik yuritish subyektlarining samarasiz faoliyat yuritishi davlat va jamiyat manfaatlariga sezilarli zarar keltiradi. Har qanday davlat va jamiyat o’z hududida faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik subyektlarining yaxshi ishlashi tarafdoridir. Shu xususda, Prezident I.A.Karimov «Eng avvalo, istiqbolsiz korxona va tashkilotlarni har qanday yo’l bilan bo’lsa-da, qo’llab-quvvatlashdek xato yo’lga barham berish zarurligini va bu yo’l bozor talabiga mutlaqo yot va ziddir. ... samarasiz ishlaydigan korxonalar karzdorlik girdobiga faqat o’zlari g’arq bo’libgina qolmay, boshqa korxonalarni ham ortidan tortib ketadi» deb haq gapni aytgan edi.1

«Bozor munosabatlari sharoitida, - deydi huquqshunos olim Sh.N.Ro’zinazarov, - xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ularning erkiga bog’liq bo’lmagan holda bekor qilinishi mumkin»2. To’g’ri, bunday holat albatta achinarli, lekin undan qutilib bo’lmaydi. Bir so’z bilan aytganda, yuridik shaxsni tugatish masalasi haqiqatdan dolzarb mavzu bo’lib bormoqda. Bunday holni iqtisodiy jihatdan dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallab kelayotgan Amerika Qo’shma Shtatlaridagi islohotlar misolida keltirish mumkin. AQShda yirik qishloq xo’jalik korporasiyalari va tovar-sanoat kompaniyalari agrar sexlari keng rivojlanmoqda. Yerni xususiy mulk tariqasida bo’lib berish kamaymoqda, har yili o’rtacha 40 ming mayda fermer xo’jaligi tugab borayotir, 2000-yilga kelib fermalar ikki baravarga - qisqarishi kutilmoqda.

Ushbu vaziyatga bizning mamlakatimizda ham to’g’ri baho berilib, qonunda belgilangan tartib asosida hal qilish uchun maxsus qonun me’yorlari va chora tadbirlar ishlab chiqilgan. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining normalari yuridik shaxslarni tugatishning fuqarolik-huquqiy tartibga solinishini to’liq mujassamlashtirgan asosiy huquqiy hujjat bo’lsa, shu singari mustaqillikka erishganimizdan buyon qabul qilingan qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarda esa yuridik shaxsni tugatishda mazkur sohaning o’ziga xos xususiyatlari inobatga olinib huquq normalari belgilangan.

Mamlakatimizda turli mulk shakllaridagi xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. Qonun hujjatlarida har qanday korxona, muassasa, tashkilot yuridik shaxs sifatida tashkil kilingan paytda, uning ta’sis hujjatlarida uning tugatilish haqidagi qoidalar muvjud bo’lishi qat’iy belgilangan. Respublika bo’yicha xo’jalik sudlariga kelib tushadigan nizolar ichida yuridik shaxsni tugatish bilan bog’liq ishlar soni muhim o’rinni egallaydi. Agar 1998 yilda 7,362 ta ish ko’rilgan bo’lsa, 1999 yilda 3,800 ta, 2000 yilning keyingi 8 oyi mabaynida esa 4.040 ta yuridik shaxsni tugatish bilan bog’liq ishlar tashkil etgan.1

Hozirgi vaqtda yuridik shaxslar faoliyatini qayta tashkil etish yoki tugatish asoslari yirik iqtisodchi va huquqshunos olimlar tomonidan turli yo’nalishlarda o’rganilib tahlil qilinmoqda. Iqtisodchi olim O. I. Volkovning fikricha, «korxona faoliyatini qayta tashkil qilish va tugatish haqidagi, shuningdek uni tashkil etish haqidagi qaror, agar korxona bankrot bo’lgan bo’lsa, uning egasi yoki xo’jalik sudi tomonidan qabul qilinadi. Muallifning fikriga qisman qo’shilish mumkin. Biroq korxona faoliyatini qayta tashkil etish yoki tugatish keng tushuncha bo’lib, uning tabiatiga ko’ra butun bir jarayondan iborat bo’ladi. Shuning uchun unga qisqacha fikr berish bilan qayta tashkil etish yoki tugatishning asosiy maqsad va mohiyatini anglab bo’lmaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuridik shaxsni tugatish haqidagi qaror faqat bankrotlik holatida tadbiq etilmasdan, boshqa shart sharoitlar yoki ichki imkoniyatlardan kelib chiqib ixtiyoriy qabul qilinishi mumkin.

Bu yuridik adabiyotlarda ham e’tirof etilganidek, «yuridik shaxsni tugatish uning faoliyatini huquq va majburiyatlardagi vorislikning yo’qligi bilan bekor qilish yo’llaridan biridir». Yuridik shaxsning tugatilishi - bu uning huquq va majburiyatlarini boshqa shaxslarga huquqiy vorislik tartibida o’tmasligi bilan bekor bo’lishi usulidir.

Fuqarolik huquqi bo’yicha nashr qilingan izohli lug’atlarda ham «yuridik shaxsni tugatish deganda yuridik shaxs huquq va majburiyatlarining boshqa shaxslarga o’tmasligi bilan uning bekor qilinishidek oqibatga olib keluvchi, qonun bilan tartibga solingan taomil» tushuniladi. Darhaqiqat, boshqa yuridik adabiyotlarda mazkur mavzu yuzasidan fikr yuritgan yetuk huquqshunos olimlar Ye.A.Suxanov, O.N.Sadikov, A.P.Sergeyev va Yu.K.Tolstoy hamda X.A. Rahmonqulovlar yuridik shaxsni tugatilishiga bergan ta’riflarida qonunda belgilangan norma bilan bir xillikdagi izoh uchraydi. M Braginskiy esa, «tugatish o’zida huquqiy vorisliksiz yuridik shaxsni bekor qilinishini bildiradi» - deydi. Sh.Asyanov e’tirof etganidek, «yuridik shaxsning huquq layoqati u tashkil etilgan paytdan boshlanadi va u tugatilgan paytdan to’xtatiladi». Demak, yuridik shaxsni tugatish jarayonida qayta tashkil etishdagi singari huquqiy vorislik sodir bo’lmaydi. Yuqorida zikr etilgan huquqshunos olimlar fikrlarni tahlil qilgan holda qishloq xo’jalik korxonasini tugatishga quyidagicha ta’rif "berish mumkin. qishloq xo’jalik korxonasini tugatish deb faoliyati, mulki hamda mavjud huquq va majburiyatlarini boshqa shaxslarga huquqiy vorislik tartibida o’tmasligi bilan huquq layoqatini bekor bo’lishiga olib keluvchi taomil tushuniladi.

Ilgarigi amalda bo’lgan fuqarolik krnunchiligida ham tugatilayotgan tashkilotning qolgan mol-mulki topshirilgan organ, uning universal huquqiy vorisi hisoblanmasligi qayd etilgan. Shu singari faqatgina unga berilgan pul summasi yoki ma’lum bir moddiy qiymatga nisbatan ega bo’lishi mumkin. Lekin tugatilayotgan yuridik shaxs majburiyatlari bo’yicha javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.1 «Yuridik shaxslarni tugatish» tushunchasi xuddi shunday alomatlar bilan tuslanishi sivilist olimlari tomonidan ko’rsatib o’tilgan. Xususan, S.N.Bratus yuridik shaxsni tugatish o’zining mavjudligini universal huquqiy vorislar qoldirmasdan, shu bilan birga faoliyatini ham to’liq va uzil kesil tugatadi deb fikr bergan. Uning fikriga qo’shilish mumkin. Chunonchi, yuridik shaxs faoliyati tugatish yo’li bilan bekor qilishning avvalgi va hozirgi qoidalari zamiridagi tartiblarning bir xilligi sezilsada, mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga zamin yaratayotgan bozor munosabatlari ta’siri bilan ular orasida farqlar sezilib qoldi.

Yangi Fuqarolik kodeksining qabul qilinishi bilan «yuridik shaxsni tugatish sabablari haqidagi qoidalar ham jiddiy ravishda o’zgardi».

O’tmishda yuridik shaxs qaysi tartibda vujudga kelgan bo’lsa, o’sha tartibga asosan tugatilishi nazarda tutilgan edi. Masalan, agar yuridik shaxs yuqori boshqaruv organining bo’yrug’iga ko’ra vujudga kelgan bo’lsa, o’sha tartibga asosan, ruxsat berilishi bilan tashkil topgan bo’lsa, o’sha tartibda, ya’ni ruxsat olish yo’li bilan, normativ xarakterga ega bo’lgan ustavga asosan vujudga kelgan bo’lsa, ustavda belgilangan qoidaga binoan (masalan, kolxoz-kooperativ tashkilotlari), taraflar o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan tashkil etilgan bo’lsa (masalan, xo’jaliklararo korxonalar), taraflarning kelishuvi bilan tugatilishi nazarda tutilgan edi. Yuridik shaxslarning tugatilishida, xuddi ularning paydo bo’lishidagi singari tashkilotning o’zi bo’lsa ham uning o’z huquqini yo’qotishi bilan shu tashkilotning butunlay tugatilishi o’rtasidagi farqni anglamoq zarur edi. Huquq layoqatliligining yo’qolish shakllari uning kelib chiqish usullariga bog’liq. Agar yuridik shaxs davlat tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, u holda davlat tomonidan tugatiladi. Shunday qilib, davlat hohlagan fursatda yuridik shaxs faoliyatini to’xtatib, uni tugatishi mumkin bo’lgan.




Asosiy qism

1-bob. Qishloq xo’jalik korxonalarini tugatishning huquqiy tartibi va asoslari.
Yuridik shaxs faoliyatini tugatish qonun va ma’muriy aktlar asosida ham amalga oshirilgan. Bunday qarorlar davlatning umumiy manfaatlaridan kelib chiqar edi. Ishtirokchilarning ixtiyoriy, erkin tashabbusi bilan tashkil etilgan tashkilotlar o’sha ishtirokchilarning hohish va ixtiyori bilan tugatilishi mumkin. Ammo bu tugatilish ham ma’lum davlat tashkiloti qarori yoki boshqa huquqiy faktlar ta’siri ostida amalga oshirilgan. Buni anglab yetish uchun Sobiq Sovet davridagi fuqarolik qonunchiligi bilan hozirgi paytdagi fuqarolik qonunchiligini qiyoslashning o’zi kifoya.

Ilgari tugatilgan yuridik shaxs mulki davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlariga topshirishi fuqarolik qonunchiligida maxsus belgilangan edi. Kooperativ va jamoat tashkilotlarini tugatish, qoida bo’yicha, ixtiyoriy tartibda, a’zolarning umumiy majlisi yoki vakillar majlisining qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin edi. O’sha davrda tugatilish - bu yuridik shaxs faoliyatining bekor bo’lishligini bildirsada, lekin o’sha ma’muriy buyruqbozlik davrida mazkur yuridik shaxslarning ko’pchiligi vakolatli davlat organlarining qarorlariga binoan tugatilgan. O’tmishda va hozirgi vaqtda olib borilayotgan yuridik shaxsni tugatish jarayonlari tahlil qilinganda ayon bo’ldiki, bu ikki davrdagi tugatishning farqi mulkdor mulkning keyingi taqdiri bilan bog’liqdir. Mulk masalasida o’sha vaqtlarda bir oz mantiqsizlikka yo’l qo’yilgandek ko’rinadi. Ya’ni, bunday holatda mulkdorning roziligi umuman hisobga olinmagan. Chunonchi «yuridik shaxsni tugatishda uning faoliyati va mulk huquqi to’liq bekor bo’ladi».

Endilikda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat o’zgacha tus olib, mamlakatimizning qonunchilik tizimida bozor iqtisodiyotiga xos va mos bo’lgan, mulkchilikning qanday shaklida bo’lishidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitlar yaratib berayotgan qonun hujjatlari qabul qilinmoqda.1 Yuridik shaxsni faoliyati tugatilishi bilan birga uning mol-mulkini balansdan chiqarib, mulk huquqining bekor qilinishiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Fuqarolik qonunchiligiga binoan mulkdor o’ziga tegishli bo’lgan mulkka nisbatan mutlaq huquqqa ega. Mulk huquqi nafaqat bir muncha keng ashyoviy huquq hisoblanib, o’zida asosiy yuridik shart-sharoit va normal mulkiy oborot natijasini mujassam etadi. Shuning uchun qonun uning bekor qilinishini, bekor qiluvchi yuridik faktlar» maxsus tartibga solinadi. Binobarin, Fuqarolik kodeksining 198-moddasi qonunga zid bo’lmagan holda, mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish yo’l qo’yilgan. Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonun hujjatlarida yoki ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. Bunday norma avvalgi Fuqarolik konunchiligida bo’lmagan.

Yangi Fuqarolik kodeksi bilan yuridik shaxsni tugatish sabablari birinchi galda uning ta’sis hujjatlarida belgilangan bo’lishi, uni tugatish to’g’risida qaror qabul qilgan shaxsning burchlari, tugatish tartibi va muddati, tugatilgan taqdirda uning kreditorlarining talablarini qanoatlantirish tartibi, yuridik shaxsni nochor (bankrot) deb hisoblash va buning natijasida kelib chiqadigan oqibatlar haqida va boshqa yangi qoidalar nazarda tutilgan. Xususan, Kodeksning yuridik shaxsni tugatish tartibi haqidagi qoidalar belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunchiligida yuridik shaxslarni ikki xil usulda tugatilishini ko’rishimiz mumkin. Birinchisi ixtiyoriy usul bo’lib u - muassislar (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq;

♦ yuridik shaxsning faoliyat yuritish muddatining tugashi;

♦ uni tashkil etishdan ko’zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan;

♦ yuridik shaxsni tashkil etish chog’ida qonun hujjatlari buzilishiga yo’l qo’yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo’lmasa, sud yuridik shaxsni ro’yxatdan o’tkazishni haqiqiy emas deb topganda;

♦ muassislar (ishtirokchilar) yoki yuridik shaxs organi tomonidan tashkilotni tugatish uchun yetarli bo’lgan boshqa sabablarni tan olishi bilan;

Ikkinchisi - majburiy usulda sud qarori bo’yicha:

♦ faoliyatni tegishli ruxsatnomasiz (lisenziyasiz) amalga oshirish;

♦ qonun tomonidan ta’qiqlab qo’yilgan faoliyatni amalga oshirgan yoki qonun yoki huquqiy aktlarni bir necha marta va qo’pol ravishda buzish holatlarida;

♦ Fuqarolik Kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq;

♦ Bozor munosabatlari mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik chuqurroq kirib kelishi o’z faoliyatini samarasiz olib borayotgan yuridik shaxslarga jiddiy ta’sir ko’rsatmokda. Mana shu bandga 6 oy mobaynida (savdo vositachilik korxonasi esa - uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo’yicha pul operasiyalarini o’tkazish bilan bog’liq moliya - xo’jalik faoliyatini amalga oshirilmagan, dehqon va fermer xo’jaliklari bundan mustasno, va (yoki) davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida ustav fondi ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan taqdirda, ham uning tugatilishiga olib kelishi mustahkamlandi.1

Majburiy usulda yuridik shaxs sud tartibi bilan birgalikda va (yoki) maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organi qarori bilan tugatiladi. Yuridik shaxslar birlashmalari (ittifoqlari, uyushmalari), xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarining uyushmaga kirgan xo’jalik yurituvchi subyektlar xo’jalik faoliyatiga raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashi mumkin bo’lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi. Ushbu talabni buzish monopoliyaga qarshi davlat organi (o’z vakolatlari doirasida xududiy organ)ning da’vosiga binoan yuridik shaxslar birlashmasi masalan, bankrotlik holatida, mulk huquqinining bekor bo’lishi (197 modda), mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish (198 modda), mol-mulkni musodara qilib olib qo’yish (199-modda), nasionalizasiya (milliylashtirish) (202- modda) bo’lishi, zarar yetkazishni oldini olish maqsadida (986 - modda) amalga oshirilishi mumkin.2

«Yuridik shaxsni tugatish - murakkab va ko’p vaqt talab qiluvchi ish» hisoblanadi. Shuning uchun yuridik shaxsni tugatish jarayoni bir necha bosqichni o’z ichiga oladi.

Yuridik shaxs uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Odatda muassislar ham ishtirokchilar ham o’z - ixtiyorlari bilan har qanday vaqtda - tugatish to’g’risidagi qarorni qabul qilishlari mumkin. Bu ularga berilgan huquqdir. Lekin shu bilan birgalikda tugatish to’g’risidagi qaror qabul qilish ular uchun burchni ham keltirib chiqaradi. 2000 yilning 10 oyi davomida O’zbekiston Respublikasi xo’jalik sudlari tomonidan yuridik shaxsni tugatish yuzasidan 5205 ta ish ko’rib chiqilib, talab qilingan da’vo qilingan summaning (36 mln. 918 so’m) barchasi undirib berilgan.

Mamlakatimiz agrar sohasida olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida istiqbolsiz, iqtisodiy jihatdan nochor, zarar ko’rib ishlaydigan qishloq xo’jalik korxonalarining mavjud bo’lishi chek qo’yish kerak.

Respublika prokuraturasi tomonidan olib borilgan o’rganishlarda respublikadagi mavjud fermer xo’jaliklarining 235 tasi bo’yicha tuman hokimining ularni tashkil etish haqidagi qarorlari chiqarilmaganligi, 270 tasi tegishli hokimliklarda ro’yxatdan o’tmaganligi, 1948 tasining O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida yuridik shaxslarni ixtiyoriy tugatish bilan bir qatorda uning majburiy ya’ni, sud tartibida tugatish asoslari ham nazarda tutiladi. 1 Jumladan, 53-moddada yuridik shaxs o’z faoliyatini ruxsatnomasiz (lisenziyasiz) amalga oshirgan yoki qonun tomonidan taqiqlab qo’yilgan faoliyatni amalga oshirgan taqdirda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan. Ba’zi xolatlarda tijoratchi - tashkilot bo’lgan yuridik shaxslar o’zining tijoratchi tashkilotlik huquq layoqatiga zid faoliyat olib borishligi yoki doimiy ravishda buzishi ham sud tomonidan ular faoliyatini to’xtatilishiga olib kelishi mumkin.

Mavjud fermer xo’jaliklarining banklarda hisob-raqamlarini ochilishi ta’minlanmaganligi, 1664 tasi statistika va 708 tasi soliq idoralarida ro’yxatga olinmaganligi hamda 1723 tasi vujudga kelgan muammolarni ham e’tibor olmaganliklari tufayli mutlaqo faoliyat yuritmayotganliklari aniqlangan.

Mana shunday korxonalarni tugatish bo’yicha xukumatimiz tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bular jumlasiga, «Moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o’zlarining ustav jamg’armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 1999 yil 28 iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni hamda «1999-2000 yillarda Xorazm viloyatida bozor islohotlarini chuqurlashtirish va ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 14 may qarorini keltirib o’tish mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida sud tartibida tugatish ikki asosda umumiy va maxsus asoslarda amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Umumiy asos barcha turdagi yuridik shaxslarga, maxsus asos esa alohida turdagi yuridik shaxslar uchun taalluqlidir. Umumiy asoslarga ko’ra o’z faoliyatini ruxsatnomasiz (lisenziyasiz) amalga oshirayotgan yoki qonun tomonidan ta’qiqlangan faoliyat bilan shug’ullanayotgan yuridik shaxslarga nisbatan yoki Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq qo’llaniladi.

Maxsus asosga ko’ra tugatiladigan alohida turdagi yuridik shaxslar qatoriga O’zbekiston Respublikasi qonuniga binoan o’z huquqiy maqomini olib, maxsus huquq layoqatiga ega bo’lgan qishloq xo’jalik korxonalari kiradi. Odatda, har bir qishloq xo’jalik korxonasining huquqiy maqomini o’ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi. Masalan, fermer xo’jaligi: xo’jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo’lgan bironta ham xo’jalik a’zosi yoki merosxo’r qolmagan bo’lsa; yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda; yer uchastkasising ijaraga berilgan muddati tugaganda va yerdan foydalanish huquqini tiklashning imkoniyati bo’lmaganda; yerdan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanilmaganda, olingan hosildorlik normativ kadastr bahosidan muttasil (uch yil maboynida) past bo’lganda; yerlarning ekologik holati yomonlyshganda; yer uchastkasi belgilangan - tartibda olib qo’yilganda; fermer xo’jaligi bankrot deb e’lon qilinganda; ijara haqi belgilangan muddatlarda muttasil to’lanmay kelinganda; fermer xo’jaligi yer olgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida xo’jalik ishlab chiqarish faoliyatiga kirishmagan bo’lsa; fermer xo’jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo’pol ravishda buzilganda; shartnoma shartlari buzilganligi munosabati bilan yerni ijaraga olish shartnomasi bekor qilingan hollarda tugatiladi. O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risida» gi Qonunida 11 ta asosda fermer xo’jaligining faoliyati to’xtatilsa, dehqon xo’jaligi faoliyatini tugatish (faoliyatini to’xtatish) asoslar 6 ta qilib ko’rsatilgan.

Qishloq xo’jalik korxonasi sifatida to’lov qobiliyatini yo’qotgan deb e’lon qilinganda ham fermer xo’jaliklari faoliyati to’xtatilishi mumkin. Amaliyotda «fermer xo’jaligining hohishiga bog’liq bo’lmagan taqdirda», ular faoliyatini sudning hal qiluv qaroriga asosan tugatish hollari ko’p uchramoqda. Hozirgi vaqtda soliq idoralari tomonidan yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning o’z vaqtida soliq idoralaridan tegishli indentifikasiya raqamini olmayotganligi tufayli yuridik shaxsni tugatishni so’rab murojaat qilish hollari ko’paymoqda.1

Dehqon xo’jaligi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunining 27-moddasiga binoan, dehqon xo’jaligi quyidagi, ya’ni: xo’jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo’lgan bironta ham xo’jalik a’zosi yoki merosxo’r qolmagan bo’lsa; tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda; tomorqa yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo’yilganda; belgilangan soliqlar muttasil to’lanmaganda; agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo’lmasa, yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga kirishmagan taqdirda; dehqon xo’jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo’pol ravishda buzilgan hollarda tugatiladi.

Dehqon xo’jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo’jaligi a’zolarining istagiga ko’ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishini inobatga olgan holda, agar yuridik shaxs tashkil etib, faoliyat olib borayotgan bo’lsa, uning faoliyati tugatiladi. Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotganda esa dehqon xo’jaliklarining faoliyati to’xtatiladi. Yuqorida to’xtalib o’tganimizdek, bozor sharoitida yuridik shaxslarning faoliyatini to’xtatish va tugatish shartlari va usullari har xildir.

Yuridik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, «yuridik shaxsni tugatilishini oshkoralikda amalga oshirish» tugatish jarayoni huquqiy jihatdan aniq va kamchiliklarsiz yakunlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi FKning 54-moddasiga ko’ra, yuridik shaxsni tugatish to’g’risidagi qaror qabul qilgan uning muassislari va ishtirokchilari yoki vakolat berilgan organ bu haqda yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga yozma tartibda xabar berishlari lozim. Davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ mana shu xabarga asosan yuridik shaxs tugatilish jarayonida ekanligi haqidagi ma’lumotlarni yagona davlat reyestriga kiritadi. Ma’lumotlar kiritilgandan so’ng yuridik shaxsning firma nomiga albatta «tugatilishda» degan so’z qo’shib qo’yiladi.

Bundan tashqari, bu haqda soliq organlarini ham xabardor qilib qo’yish maqsadga muvofiqdir. Chunki, har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt tashkil etilgan paytda soliq to’lovchi sifatida davlat soliq organlarida ro’yxatga olinadi. Soliq kodeksining 41-moddasida yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq to’lovchidan kamroq"bo’lgan davr uchun hisobotlar, xabarnoma topshirish yo’li bilan talab qilishi mumkin bo’lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, taqdim etilishi lozimligi ko’rsatiladi.

Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi.

Yuridik shaxsni tugatish haqida qaror qabul qilingandan so’ng soliq to’lovchi o’n besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. Daromad (foyda) solig’i bo’yicha hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda taqdim etiladi. Shuningdek, korxona tugatilganda soliqqa tortish masalalari ma’lum idoraviy yo’riqnoma asosida hal etilishi mumkin. Shu bilan birga yuridik shaxsni tugatilishi to’g’risida pensiya fondlari hamda sug’urta jamg’armalarini ogohlantirib, o’zlarining hisob raqamlarini yopish choralarini ko’rishi lozim.

V.N.Mojeykoning fikricha, «tugatishda mazkur yuridik shaxs faoliyati to’liq bekor qilinib, uning ishi to’xtatiladi va mol-mulki tugatiladi. Bunday holatda tugatish komissiyasi tuziladi». Uning fikriga qisman qo’shilgan holda aytish mumkinki, hozirgi vaqtdab tugatish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida tugatish komissiyasi tuzilishi yoki shunday harakatlarni bajaruvchi tugatuvchi tayinlanishi o’zining qonuniy asosiga ega. Bu hatti-harakatlar tugatish to’g’risidagi qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda hal qilinadi. Davlat korxonalarini tugatishda tugatish komissiyasi tarkibini iqtisodiy nochorlik bo’yicha boshqarma O’zbekiston Respublikasi tegishli vazirlik va idoralari vakillari, mahalliy ijroiya organlari mutaxassislari va boshqalar tashkil qilishi mumkin. "Shunday qilib, qoidaga ko’ra, amaliyotda- tugatish komissiyasi tarkibiga muassislar (ishtirokchilar) tugatilayotgan tashkilot ma’muriyati vakillari kiradi.

Shuningdek, ular tugatish komissiyasi yoki tugatuvchining asosiy vazifalarini aniqlashtirish bilan bir vaqtda O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq tugatish tartibini hamda muddatini belgilab oladilar. Tugatish komissiyasi yuridik shaxs davlat ro’yxatidan o’tkazish haqidagi ma’lumotlar bosib chiqariladigan matbuot organlarida yuridik shaxsning tugatilishi hamda uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati haqida xabar e’lon qiladi. Kodeksning 55-moddasiga muvofiq bu muddat tugatish haqida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab «ikki oydan kam bo’lishi mumkin emas». Undan oldin qabul qilingan qonun hujjatlarida esa bu muddat ikki oygacha deb ko’rsatilar edi. Lekin amaliyotda bir oy ko’rsatilib e’lon qilinar edi. Hozir ham ba’zan matbuotda bir oy ko’rsatilib xabar qilinadi. Shu bilan kreditorlar tomonidan o’z talablarini bayon qilish uchun zarur bo’lgan imkoniyat cheklanadi. «Ikki oydan kam bo’lishi mumkin emas» deb ko’rsatilgan Kodeksda o’rnatilgan imperativ norma kreditorlarning huquqlarini himoya qilish uchun tegishli kafolat yaratishga qaratilgan.



Tugatish komissiyasi tasdiqlangan kundan boshlab yuridik shaxsning ishlarini boshqarish sohasidagi vakolatlari uning ixtiyoriga o’tadi. Shuni alohida ta’qidlab o’tish joizki, mazkur komissiya yoki tugatuvchi mustaqil huquq subyekti bo’lib hisoblanmaydi. U faqat tugatish jarayonida kreditorlar, qarzdorlar, davlat hokimiyati organlari va boshqa shaxslar bilan munosabatga kirishib, tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan xarakat qiladi.

Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda ishtirok etadi. Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs hisob varaqlari ochilgan bankka to’gatish komissiyasining ruxsatisiz hisobdan foydalanmaslik to’g’risida ariza yuboradi. Mana shu arizaga ko’ra bank tugatilayotgan korxona hisobi bo’yicha keyinchalik yuborilayogan ijro va boshqa hujjatlarni qabul qilishni to’xtatadi. Tugatish komissiyasining bajarishi kerak bo’lgan vazifalaridan yana biri bu maxsus ommaviy axborot vositalariga korxonaning tugatilishi haqida, uning kreditorlarining talabi haqida ma’lumot joylashtirish hisoblanadi. Bu muddat tugatish haqida xabar berilgandan 2 oy ichida yuborilishi lozim. Tugatish komissiyasi barcha kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini undirish, shuningdek yuridik shaxs tugatilayotganligi haqida kreditorlarni yozma xabardor qilish choralarini kurish lozim. Debitorlik qarzlarini undirish maqsadida qarzdorlarga talab qo’yishlari zarur. Agar qarzlarni qaytarish rad qilinsa tegishli da’vo bilan sudga murojaat etish kerak. O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuning 21- moddasiga muvofiq yuridik shaxs tugatilayotgan taqdirda moliyaviy hisobot tuziladi. Shu singari 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan «Baholash to’g’risida»gi Qonunning «baholash o’tkazilishining majburiyligi» to’g’risidagi 11-moddaga qo’shimcha ravishda yuridik shaxsni tugatishda ham bunday tadbirlarni o’tkazish haqidagi qoida kiritilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Qarzdorning mol-mulkini baholash amaliyoti qo’yidagi omillarga tayangan holda amalga oshirilishi lozim: birinchidan, mol-mulkni baholashda bozor talablarini inobatga olish, ya’ni tahlillar o’tkazish yo’li bilan aynan shunday yoki shu kabi mol-mulklar oldingi sotuvlarda qanday baholarda sotilganligi, bozordagi talab va mol-mulkning xaridorgirligi aniqlanadi; ikkinchidan, mol-mulkni vujudga keltirish yoki yaratish uchun sarflangan xarajatlarni aniqlash; uchinchidan, sotuvga qo’yilayotgan mol-mulk daromad manbai bo’lishi mumkin bo’lgan xususiyatlarini aniqlash; Mulk shakllari turli bo’lganligi uchun ushbu uslubni qo’llash amaliyoti bir muncha mushkul kechadi. Bu xususiyatlarni ayniqsa qishloq xo’jalik korxonalarini tugatish jarayonida inobatga olish zarur.1 Agarda yuridik shaxs sud tartibida tugatilayotgan bo’lsa, sud uning muassislari va ishtirokchilari yoki vakolatli organga o’z burchlarini to’g’ri bajarish mas’uliyatini yuklaydi. Ularning burchlari tugatishni sud qarorida belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish xolos. Lekin sud qarori to’g’ri va lozim darajada bajarilmagan bo’lsa, sud tugatish komissiyasini tuzadi yoki tugatuvchini tayinlab, unga tugatishni amalga oshirish vazifalarini yuklaydi. Masalan, yetkazilgan zarar, zarar yetkazishni davom ettirayotgan korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab chiqarish faoliyatining oqibati bo’lsa, sud javobgarga zararni qoplashdan tashqari tegishli faoliyatni to’xtatib turish yoki tugatish majburiyatini yuklashga haqli. (FKning 986-moddasi 2 qismi). Bu chora tadbirlar tugatish jarayonining boshlang’ich, birinchi bosqichini tashkil etadi.

Yuridik shaxsning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislariga o’tmasligi bilan kreditorlar yoki mulkiy munosabatlardagi boshqa ishtirokchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash alohida ahamiyatga ega. Yuridik shaxsni tugatilishi ma’lum huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Yuridik shaxs (qarzdor yoki kreditor) tugatilishi bilan majburiyat bekor bo’ladi. Mana shu tomoni bilan «yuridik shaxsni tugatish uni qayta tashkil qilishdan farq qiladi». Shuning uchun fuqarolik qonunchiligida yuridik shaxsni tugatish kreditorlar talablarini qanoatlantirishning maxsus tartibi belgilangan. Tugatish jarayonining ikkinchi bosqichida yuridik shaxs o’zining debitorlariga tegishli talabnomalar taqdim etib, kreditorlari bilan hisob kitob qilish uchun lozim bo’lgan amallarni bajaradi. K. Lebedev, e’tirof etganidek, «soddalashtirilgan variantda kreditorlik qarzi - bu ushbu tashkilotning boshqa shaxslarga qarzdorligi, debitorlik qarzi - bu boshqa shaxslarning ushbu tashkilotga qarzdorligidir». Bizningcha yuridik nuqtai nazardan, qarz bu fuqarolik-huquqiy munosabatlar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra vujudga keladigan kreditorga muayyan pulni to’lash yoki mol-mulk o’tkazib berish majburiyatidir.

Tugatish jarayonining avvalida tugatish komissiyasi (tugatiluvchi) yuridik shaxsning barcha kreditorlarini aniqlash ishlarini olib boradi. Uning asosiy mazmunini kreditorlarning mavjud talablarini aniqlash va ularni qondirish tashkil etadi. Buning uchun yuridik shaxsni tugatish to’g’risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki vakolatli organ bu haqda yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga darhol yozma xabar berishi lozim. Shuningdek, yuridik shaxs o’zining tugatilayotganligi haqida matbuot organlari orqali e’lon qilib, unda kreditorlari tomonidan talablarini bayon qilish tartibi va muddatini belgilab qo’yadi. Bu muddat tugatish haqida xabar e’lon qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam bo’lishi mumkin emas. Yuqorida aytib o’tilgan ushbu tadbirlar ham avvalo kreditorlar manfaatlarining himoyasiga qaratilgan. Chunki yuridik shaxs tugatilgach, qolgan mol-mulk uning ta’sischilari va a’zolari o’rtasida taqsimlanib, ularning xususiy mulkiga aylanishi mumkin.

Kreditorlar talablarini qanoatlantirish - deydi: V.A. Vaypan -tugatishning muhim bir bosqichlaridan hisoblanadi.1 Shuning uchun, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 55-moddasida tugatish komissiyasini vazifasi sifatida ikkinchi boskichda kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish choralarini ko’rish, shuningdek kreditorlarni yuridik shaxsning tugatilishi haqida yozma xabardor qilishi kerakligi mustahkamlangan. Amaliyotda qarzdorning majburiyatini bajarish muddati boshlanmagan bo’lsa, ular o’rtasida muammo paydo bo’lishi mumkin. Mazkur holatda tugatiluvchi yuridik shaxs o’zining tugatilayotganligini asos qilgan holda, qarzdorlaridan o’z majburiyatlarini bajarishlarini talab qilishga haqli emas. Ular bu majburiyatni tugatish muddatini belgilash chog’ida hisobga olishlari kerak edi. Mavjud vaziyatdan qutilishning birdan-bir yo’li tugatiluvchi yuridik shaxs qarzdori bilan kelishuvga erishib, unga nisbatan qo’yiluvchi talabni boshqa shaxs hisobiga bajarishi haqida kelishuvga erishish mumkin. Bunday holat hali amaliyotda unchalik ko’p uchramasada, Fuqarolik kodeksining «Majburiyatdagi shaxslarning o’zgarishi» to’g’risdagi qoidalarni mazkur holat bo’yicha tadbiq etish mumkin.

Kreditorlar tomonidan talablarni qo’yish uchun belgilangan muddat tamom bo’lganidan keyin yuridik shaxsni tugatish to’g’risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari va ishtirokchilari hamda davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda, tugatish komissiyasi oraliq tugatish balansini tuzadi. Balansda tugatilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qo’ygan talablar ro’yxati, shuningdek ularni qo’rib chiqish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar qayd etiladi. Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish to’g’risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. Davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ balansning to’g’riligini, asoslantirilganligini nazorat qilishi zarur. Agar tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari) ixtiyoridagi pul mablag’lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo’lmasa, tugatish komissiyasi yuridik shaxsning mol mulkini kim oshdi savdosi orqali sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi va qarzlarini to’lash uchun ishlatadi. Ya’ni qarzlarni to’lash bo’yicha kreditorlar talablari endi mazkur yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Bu tugatish jarayonining uchinchi boskichiga xos xususiyatdir.

Agarda oraliq balansini belgilash chog’ida tugatiluvchi korxonaning mol-mulki yetarli emasligi aniqlansa, bunday yuridik shaxs faqat bankrotlik yo’li bilan tugatiladi. Bankrotlik chora-tadbirlari majmuasi barcha tijorat va notijorat tashkilotlari uchun tadbiq etilishi mumkin. Tugatish jarayoni olib borilayotgan vaqtda ham, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi tomonidan yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) aniqlansa, unga nisbatan bankrot bo’lganlikka doir ish yuritishni qo’zg’atishga asos bo’ladi. Uning tugatilish jarayonida ekanligi ish yuritishni qo’zg’atishga tusqinlik qila olmaydi. Bu masala xususida keyingi bandda batafsil to’xtalamiz.

Keyingi to’rtinchi boskichda tugatish komissiyasi oraliq tugatish balansiga binoan to’lovlarni tayyorlaydi. Kreditorlarni talablarini qondirish navbati O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 56-moddasida belgilangan bo’lib, birinchi navbatda, fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablari qondiriladi. Mazkur qoidani belgilashda mamlakatimizda fuqarolar mehnatini muhofaza qilish va Mehnat kodeksi normalari inobatga olingan.1 Ikkinchi navbatda alimentlarni undirishdan va mualliflik shartnomalari bo’yicha mukofot to’lash haqidagi talablar, uchinchi navbatda esa tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo’lgan fuqarolarning hayotiga va sog’lig’iga zarar yetkazilganligi uchun berilgan talablari tegishli vaqtbay to’lovlarni kapitallashtirish yo’li bilan qanoatlantiriladi. Mana shunday hayot va sog’liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to’lovlar ularni qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga ko’ra jabrlanuvchiga to’lash uchun kapitallashtirilishi lozim.

Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yo’qligi yoki yetarli emasligi sababli to’lovlarni kapitallashtirish mumkin bo’lmagan hollarda, belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan qonunda nazarda tutilgan tartibda to’lanadi. (1015 m.) Har-bir navbatdagi talab oldingi navbatdagi talablar qanoatlantirilgandan so’ng amalga oshiriladi.

Boshqa kreditorlarning talablari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qanoatlantiriladi.(O’z.R. FK 56 modda.) Biz yuqorida qayd etib o’tgan fuqarolarning talablari to’liq qondirilgandan keyin, qolgan mol-mulk quyidagi tartibda taqsimlanadi: birinchidan, shu mol-mulk qiymatidan sud qarorida kimning talabi birinchi bo’lib qondirilishi ko’rsatilgan bo’lsa, shu kreditorlarning qarzlari to’lanadi; ikkinchidan, qolgan mol-mulk qiymatidan talabnoma taqdim etish muddati o’tib ketgandan so’ng, berilgan talablar qondirilishi mumkin.

Barcha kreditorlar bilan hisob kitob ishlari nihoyasiga yetkazilgandan so’ng, tugatishning yakunlovchi bosqichi boshlanadi.

Tugatish komissiyasi muassislar va ishtirokchilar bilan kelishib, davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan tugatish balansini tuzadi. Yuridik shaxsning kreditorlari talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk uning shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega bo’lgan muassislariga va ishtirokchilariga topshiriladi. Shundan so’ng yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilib yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga quyidagi hujjatlar to’liq topshirilgan taqdirdagina yuridik shaxs yagona davlat reyestridan uchirilishi kerak:

■ tugatish komissiyasining yuridik shaxsni davlat reyestridan chiqarish haqidagi arizasi.

■ muassislar umumiy yig’ilishi bayonnomasi bilan birga yuridik shaxsni tugatish va tugatish komissiyasini tuzish to’g’risidagi qaror yoki sudning tugatish to’g’risidagi qarori.

■ yuridik shaxsni tugatish to’g’risidagi matbuotda e’lon berilgan nashr.

■ tasdiqlangan tugatish balansi;

■ soliq organlari va pensiya, aholini ish bilan ta’minlash fondlari hisobidan chiqilganlik haqida ma’lumot;

■ qonunda belgilangan tartibda auditor xulosasi;

■ banklardan hisobvaraqlarini yopilganligi haqida ma’lumotnoma;

■ Statistika idorasidan klassifikasion kodni bekor qilish haqidagi xat;

■ kreditorlar bilan hisoblashgandan so’ng, qolgan mol-mulkini ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanganligi to’g’risidagi dalolatnoma

■ Ichki Ishlar bo’limidan yuridik shaxs muhri va shtampini yo’q qilishga topshirilganligi haqida ma’lumotnoma.

Shaxsning maxsus huquq layoqati esa tugagan hisoblanadi. Mazkur yuridik shaxsni tugatish bosqichlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq, biri ikkinchisini to’ldirib boradi. Birontasining to’g’ri bajarilishiga e’tibor berilmasa, tugatish jarayonining aniq va izchil amalga oshirilishiga salbiy ta’sir etishi mumkin.



Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish