Fuqaro muhofazasi


–20 koronavirus pandemiyasi



Download 9,75 Mb.
bet24/59
Sana31.12.2021
Hajmi9,75 Mb.
#260202
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
8ta mavzu 5 list

2019–20 koronavirus pandemiyasi



2021-yilning yanvar oyigacha virusni yuqtirganlar soni aks etgan xarita

COVID-19 pandemiyasi

SARS-CoV-2

COVID-19 koronavirus infeksiyasi

Hududlar

Afrika


 Angola  Kamerun  Markaziy Afrika Respublikasi  Chad  Kongo Demokratik Respublikasi  Kongo Respublikasi  Ekvator Gvineya  Gabon 

 San-Tome va Prinsipi  Burundi  Jibuti  Eritreya  Efiopiya Keniya  Madagaskar  Malavi  Mavrikiy  Mayotta  Mozambik  Reyunion  Ruanda  Seyshel  Somali  Janubiy Sudan  Sudan  Tanzaniya  Uganda 

 Zambiya  Zimbabve  Jazoir  Kanar orollari  Misr  Liviya  Marokash 

 Tunis  Gʻarbiy Sahroi Kabir  Botsvana  Svazilend  Namibiya Janubiy Afrika Respublikasi  Benin  Burkina Faso  Kabo-Verde  Gambiya Gana 

 Gvineya  Gvineya-Bisau  Kot-dʼIvuar  Liberiya  Mali  Mavritaniya  Niger  Nigeriya  Senegal  Syerra-Leone  Togo


Osiyo

 Xitoy  Gonkong  Yaponiya  KXDR  Janubiy Koreya  Makao  Mongoliya  Tayvan  Qozogʻiston  Qirgʻiziston  Rossiya  Tojikiston  Turkmaniston  Oʻzbekiston  Afgʻoniston  Bangladesh  Butan  Hindiston 

 Maldiv Respublikasi  Nepal  Pokiston  Shri Lanka Bruney  Kambodja 

 Sharqiy Timor  Indoneziya  Laos  Malayziya  Myanma  Filippin 

 Singapur  Tailand  Vyetnam  Armaniston  Ozarbayjon  Bahrayn  Gurjiston  Eron  Iroq  Isroil  Iordaniya  Quvayt  Livan  Ummon  Falastin  Qatar  Saudiya Arabistoni  Suriya  Turkiya  Birlashgan Arab Amirliklari  Yaman
Yevropa

 Albaniya  Andorra  Belarus  Bosniya va Gersegovina  Islandiya  Men oroli  Jersi  Kosovo  Lixtenshteyn  Shimoliy Makedoniya  Moldova  Monako  Montenegro  Shimoliy Kipr  Norvegiya  Rossiya  San Marino  Serbiya  Shveysariya  Ukraina  Birlashgan Qirollik  Vatikan  Avstriya  Belgiya  Bolgariya  Xorvatiya Kipr  Chexiya  Daniya  Estoniya  Finlyandiya  Fransiya  Germaniya  Gretsiya  Mojariston  Irlandiya  Italiya  Latviya  Litva  Lyuksemburg Malta  Niderlandiya  Polsha  Portugaliya  Ruminiya  Slovakiya  Sloveniya  Ispaniya  Shvetsiya


Shimoliy Amerika
 AQSh  Beliz  Bermuda orollari  Kanada  Kosta-Rika El Salvador  Gvatemala  Grenlandiya  Gonduras  Meksika  Nikaragua  Panama  Sen-Pyer va Mikelon  Angilla  Antigua va Barbuda  Aruba  Bagamalar

 Barbados  Britaniya orollari  Kayman orollari  Kuba  Kyurasao  Dominika  Dominika Respublikasi  Grenada  Gvadelupa  Gaiti  Yamayka  Martinika  Monserrat  Puerto-Riko  San-Bartelemi  Sent Kitts va Nevis  Sent Lyusiya  Sent Vinsent va Grenadinlar  Trinidad va Tobago


Okeaniya

 Avstraliya  Fiji  Fransuz Polineziyasi  Guam  Gavayi orollari  Yangi Kaledoniya  Yangi Zelandiya  Mariana orollari Papua Yangi Gvineya  Tonga  Tuvalu


Janubiy Amerika

 Argentina  Braziliya  Boliviya  Chili  Kolumbiya  Ekvador  Folklend orollari  Fransiya Gvianasi  Gayana  Paragvay  Peru  Surinam  Urugvay  Venesuela


Boshqalar

 Antarktika  Kemalar


Qadim zamonlardan beri insoniyatga yuqumli kasalliklar ma’lum. Kо’pgina yuqumli xastaliklar qadimda g’oyat keng tarqalgan, og’ir kechgan va minglab odamlarning yostig’ini quritgan. О’sha davrdayoq olimlar vabo, chinchechak, о’lat kabi kо’p uchraydigan kasalliklar yuqumli ekanligini ta’kidlab, ularning tirik qо’zg’atuvchilari bо’lishi mumkinligini gumon qilganlar. Buqrot ularni “miazma”lar deb atagan. Hatto kasallikdan saqlanishning oddiy ehtiyot choralari ishlab chiqilgan.

Xavfli epidemiologikholatlarni biologik qurollar vujudga keltiradi.

Biologik qurol–buyuqumlikasallikni tarqatuvchi mikroblardan foydalanish asosidagi zarar vositasidir. Biologik qurol epidemiologik (kishilarni), epizootik (hayvonotlarni) va epifitotik (о’simliklarni) kasallanish vaziyatlarini yuzaga keltiradi.

Biologik qurollarning ta’siri о’ziga xos xususiyatlarga ega: keng miqyosda kishi, qishloq xо’jaligi hayvon, о’simlik, xomashyolarni va hokazolarni zararlashga qodir; tirik organizmga kichik dozada tushsa ham, yuqumli kasalliklar epidemiyasini boshlaydi; tarqalish tezligi yuqori; ta’sir vaqti uzoq; germetik bо’lmagan bino va inshootlarga kiradi; mikrobni, toksinni aniqlash qiyin va hokazo.

Biologik quroldan foydalanish usullari. Kasalliklarni tarqatuvchi turlariga kо’ra biologik qurollar quyidagicha bо’linadi: bakteriyali, virusli, rikketsinli, zamburug’li va boshqalar.

Bakteriyalar asosida tarqaluvchi kasalliklar jumlasiga, о’lat, vabo, sibir yarasi (kuydirgi), tulyaremiya, sapa va boshqalar kiradi (bakteriya turlarining tasviri 6.5-rasmda keltirilgan).

О’lat – eng xavfli va bizning о’lkamizda kо’proq tarqalishi mumkin bо’lgan kasalliklardan biri. Uning tarqatuvchisi kishi organizmisiz qisqa davr yashaydi. Lekin kishi sо’lagi bilan chiqqan mikrob 10 kungacha yashashi mumkin. Bu kasallakning belgilari: bemor quvvatini yо’qotadi, boshi og’riydi, harorati kо’tariladi va hо’l yо’tal paydo bо’ladi.

Vabo –havfli kasallik. Bu kasallakning belgilari: bemorning ichi ketadi, u qayt qiladi, qaltiraydi va ozib ketadi. Bemor tezda davolanmasa о’ladi.

Sibir yarasi– organizmga teri, nafas yо’li, oshqozon-ichak yо’li orqali kiradi va ta’sir kо’rsatadi. Teriga tushganda birinchidan dog’ paydo bо’ladi, keyin shish sodir bо’ladi, unda qon yig’iladi va yorilib yarani hosil qiladi. Bemorning tana sezuvchanligi yо’qoladi.

Viruslar asosida tarqaluvchi kasalliklar jumlasiga, suvchechak, gripp ensifalitning turli kо’rinishlari va boshqalar, rikketsinlarga esa chо’chqa tifi va zamburug’lar asosida tarqaluvchi kasalliklar- blastomikoza, koksidiondomikoza, gistoplazmoza va boshqalarkiradi.

Biologik aslahalarga aviatsiya bombasi, kasseta, konteyner, changlantiruvchi jihoz, raketaning jangovor qismi, chayqatuvchi jihoz va boshqalar kiradi.

Biologik qurollardagi mikroblar suyuq yoki kukun holda ishlatiladi. Ularning ta’siri natijasida zararlangan hududni tezlikda kengayishiga, yer, о’simlik va suvlarda mavjud qurt-qumursqalar sabab bо’ladi.

6.2-jadvalda kasallikning turi, tarqalishi, yashirin kasallik vaqti va ish faoliyatini yо’qotish muddatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kasalliklar haqida ma’lumotlar




Kasallik-ning nomi

Kasallikning tarqalishi turlari

Kasallik-ning yashirin davri, kun

Kasallikni davomiyligi, kun

1

О’lat

Kasallangan bemorlardan havo orqali, qurt-qumurs qalardan yuqishi orqali

3

7-14

2

Sibir yarasi

Kasallangan hayvon yungi,terisi ushlanganda,

zaralangan gо’shtdan



2-3

7-14

3

Sapa

Kasallangan hayvon yungi,terisi ushlanganda, zara-

langan gо’shtdan



3

20-30

4

Tulyaremiya

Zararlangan suvdan foydalanganda, kasallangan kemiruvchilar bilan munosabatdan

3-6

40-60

5

Vabo

Zararlangan suv, ovqatdan

3

5-30

6

Sariq bezgagi

Chivin chaqqanda, kasallangan kishi, hayvondan

4-6

10-14

7

Suvchechak

Zararlangan narsa-buyumdan, kasallangan kishi bilan muloqatda

12

12-24

8

Botulizm

Zaharlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilinganda

0,5-1,5

40-60

Respublikamiz bо’yicha kasalliklarning tarqalishi haqida ma’lumot quyidagi jadvalda keltirilgan.

Yuqumli kasalliklarning tarqalishi haqida ma’lumot





Viloyatlar

Kasallikning nomi

1

Qoraqalpog’iston Respublikasi

Kuydirgi, kana ensefaliti

2

Andijon

Kuydirgi

3

Buxoro

Qirim gemogragik bezgagi

4

Namangan

Kuydirgi

5

Sirdaryo

Kuydirgi

6

Surxondaryo

Kuydirgi

7

Toshkent

Kuydirgi

8

Farg’ona

Kuydirgi

9

Qashqadaryo

Kuydirgi, qirim gemogragik bezgagi

10

Xorazm

Kuydirgi

Biologik quroldan himoyalovchi tadbirlar.Yuqumli mikroblar bilan zaharlangan hudud о’chog’ida biologik qidiruv-tekshirish ishlari olib boriladi. Bakteriya turi aniqlanadi.

Biologik qurollardan himoyalanish va kasallikni tarqatmaslik choralaridan biri – bu zararlangan mintaqani karantin yoki observatsiya qilishdir.

Karantin–bu zararlangan hududni tashqi muhitdan ajratish va undagi yuqumli kasalliklarni tugatishga yо’naltirilgan maxsus epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni о’tkazishdir. Bunda kishi,hayvon va yuklar toki zaharlangan hudud yuqmaydigan holatga kelmagunicha zararlangan mintaqadan chetga chiqarilmaydi. Kasallik xavfli bо’lmasa va zararlangan hudud yuzasi kichik bо’lsa, observatsiya qо’llaniladi.

Observatsiya izolyatsiya hamda oldini olish va kuzatish ishlarini olib borishdan iborat. Bunda hududdan kishilarni chiqishi va mol-mulkni chiqarish epidemiolog vrachning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Karantin va observatsiyada dezinfeksiya va dezinfeksiya omillari bajariladi. Sanitar-ekspertiza, oziq-ovqat mahsulotlari, suv, yemaklarning zaharlanganligini aniqlash va ularni zararsizlantirish; epidemiyaga qarshi, sanitar-gigiyenik, veterinariya va boshqa ishlar amalga oshiriladi.

Buning uchun sanitar-epidemiologik, veterinariya, epidemiyaga qarshi harakatlanuvchi guruhlar, shifoxonalar, poliklinika, veterinariya va boshqa meditsina tarmoqlari jalb etiladi. Birinchi ular og’ir kasallik tarqatuvchilardan himoyalanish uchun turli xildagi ta’sir etuvchi antibiotiklar, gazniqob va hokazolardan foydalantiriladi.

Kasallikni tarqatuvchi mikrobning turi aniqlanganidan keyin, unga qarshi dorilar ishlatiladi. Shikastlanganlarning muolajasiularning zararlanishiga muvofiq davolash usuli bilan olib boriladi. Kasallar kasalxonaga yotqiziladi, og’ir darajadagi kasallar esa maxsus guruhlar yordamida maxsus joyga evakuatsiya qilinib, u yerda davolanadilar.

Biologik zaharlangan hududning chegarasi u yerdagi kasal kishilarning tuzalib ketish vaqti bilan aniqlanadi.

Murakkab zaharlangan hududda alohida-alohida о’choqlarda olib borilgan ishlarga nisbatan bir necha о’n barobar og’ir kechadi. Bu vaziyatda zaharlantiruvchi omillar turlicha bо’ladi va ularni aniqlash juda og’ir muammo. Bunday holatda biror omilga qarshi olib boriladigan tadbir ikkinchi omilga teskari bо’lishi mumkin.

Xulosa qiladigan bо’lsak, qirg’in qurollarining barcha turlari tirik va notirik mavjudotlarni zararlaydi. Shuning uchun biz doimo unday qurollarni qо’llashda xushyorlik bilan uning ta’sirlariga qarshi barcha chora-tadbirlarni kо’rib qо’ygan bо’lishimiz kerak.

О’zbekiston hududida xavfli yuqumli kasalliklarning mavjudligi Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida, Qoraqalpog’istondagi Orol bо’yidaaniqlangan. Aslida jahondaepidemiologik jihatdan Hindiston, Pokiston xavfli hududlar hisoblanar edi.

Hududlar va suv havzalarining maishiy va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi hamda ayrim tumanlardagi ichimlik suvi ta’minoti, oqova va tozalash inshootlaridagi muammolar.

Tabobat ilmining bobokaloni Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining “Tib qonunlari” kitobida “Kasalliklardan ba’zilari yuqumli bо’ladi” deb kо’rsatadi. “Bular, deb yozadi u — moxov, qо’tir, chechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi xastaliklardir”.

Undan besh asr keyingina italiyalik shifokor D.Frakostoro (1483—1553) “Kontagiyalar va kontagioz kasalliklar” deb nomlangan kitobida yuqumli kasallik qо’zg’atuvchilarini tirik mavjudotlar “kontagiyalar” deb atagan.

О’sha davrdagi fan va texnika taraqqiyoti alohida yuqumli kasallikning qо’zg’atuvchisini aniq topish imkonini bermagan. Shu boisdan yana bir necha asrgacha bu kasalliklar mavhum bо’lib qolavergan.

XVII asrda golland tabiatshunosi Antoniy van Levengukning mikroskopni kashf eshshi mikroblar dunyosini о’rganishda olamshumul ahamiyatga ega bо’ldi. Ana shu kashfiyotdan keyin ham ayrim mikroblar ma’lum yuqumli kasallik qо’zg’atuvchi (patogen) ekani isbotlangucha II asr muddat о’tdi. Shu davrda ham kо’pgina yuqumli kasalliklar alohida nomga ega bо’lmay umumlashgan holda “isitma kasalliklari” yoki bezgak deb atalardi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab patogen mikrob- larining u yoki bu yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi ekanligi isbotlana boshlandi. 1875-yilda amyobiaz kasalligi qо’zg’atuvchilari, 1880-yilda esa bezgak va ich terlama, 1898-yildaleyshmanioz kasalligi qо’zg’atuvchilari aniqlandi. Keyinroq sil, qaytalama tif, quturish kasalligi qо’zg’atuvchilari ham ma’lum bо’ldi. Bu tadqiqotlarga fransuz olimi Lui Paster (1822—1895), nemis olimi Robert Kox (1843—1910), rus olimlari I.I.Mechnikov (1845—1916), D.I.Ivanovskiy (1864—1920), N.F.Gamaleya(1859- 1949), P.F.Borovskiy (1863—1932) va boshqalar salmoqli hissa qо’shdilar.

XX asrda kо’pgina rikketsioz va virusli kasalliklaming qо’zg’atuvchilari aniqlandi. Bu borada L.A.Zilber, M.P. Chumakov, A.K.Shybladze va V.D.Solovpev kabi olimlarning xizmatlari katta bо’ldi.

Yuqumli kasalliklar qо’zg’atuvchilarining aniqlanishi, har bir kasallikning kelib chiqishi, tarqalishi xususiyatlari, patogenezi, klinikasi va profilaktikasini osonlashtirdi. Shuningdek, bu kasalliklarda immunitet jarayonini о’rganish uchun ham imkoniyat yaratildi. Bu sohada erishilgan yutuqlar natijasida birinchidan, etiologik diagnostikadan tashqari, bemorning qon zardobida paydo bо’ladigan maxsus antitelolarni aniqlashga asoslangan serodiagnostika usullari ishlab chiqildi. Ikkinchidan, immunitet qonuniyatlariga asoslanib, davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardob va vaksinalar kashf etildi. Jumladan, difteriya va botulizm kasallik- larini davolashda hanuzgacha ularga qarshi antitoksik zardob qо’llanib kelmoqda. Bolalarni kо’pgina yuqumli kasalliklardan saqlash maqsadida maxsus taqvim (kalendar) asosida ularni sil, poliomielit (shol), difteriya, kо’kyо’tal, qoqshol, qizamiq, tepki kasalliklariga qarshi emlanadi. Virusli gepatit B ga qarshi vaksina ham qо’llanmoqda.

Yuqumli kasalliklarni davolash sohasida erishilgan yutuqlar antibiotiklar qо’llanishi bilan bevosita bog’liq. 1941-yilda dastlabki antibiotik - penitsillin kashf etilgan bо’lsa, hozirgi kunda davolash jarayonida о’nlab antibiotiklardan foydalanilmoqda. Ularni ishlatish natijasida yuqumli kasalliklar soni ham, о’lim hodisalari ham muttasil kamayib bormoqda. Ikkinchidan, antibiotiklar qо’llanganida organizm mikroblardan tez forig’ bо’lib, bakteriya tashuvchilik holati rivojlanishi keskin kamayadi. Bemordan atrofidagi sog’lom odamlarga kasallik yuqish ehtimoli sezilarli darajada pasayadi. Yuqumli kasalliklar avj olgan davrda tashxis qо’yish unchalik murakkab emas. Bu davrda har bir kasallikning о’ziga xos bо’lgan klinik alomatlari yaqqol ifodalangan bо’ladi. Eslatib о’tilganidek, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning asosiy tamoyillaridan biri — kasallikni erta aniqlash va tarqalib ketishiga yо’l qо’ymaslik. Bu ancha murakkab ish va kо’p jihatdan mutaxassi- sining tajribasi hamda malakasiga bog’liq. Yuqumli kasallikni aniqlashda boshqa sohalarda foydalaniladigan ananaviy usullar bilan bir qatorda ba’zi maxsus usullardan ham foydalaniladi.

Anamnez. Albatta bemorning hayot anamnezi bilan bir qatorda ushbu kasallik anamnezi ham surushtiriladi. Imkon boricha, kasallik qachon va qanday alomatlar bilan boshlanganligi aniqlanadi. Keyingi kunlarda ularga qanday alomatlar qо’shilgani, dastlabki alomatlar qaysi yо’sinda rivojlangani sо’raladi. Bemorning о’zi tibbiyot xodimi uchun anamnezda nimalar e’tiborga loyiq ekanini bilmasligi mumkin. Shu sababli savollar orqali undan kerakli ma’lumotni olish zarur. Jumladan, tana harorati kо’tarilgani, necha darajaga borgani, kunning qaysi davrida kо’proq namoyon bо’lganini bilish ahamiyatli. Bosh og’rishi, uyqu buzilishi faqat umumiy alomatlar bо’lmay, ayrim yuqumli kasalliklargagina xos bо’ladi.

Hatto boshning qaysi joyi og’riyotganini bilish ham ahamiyatga ega. Tanada toshmalar paydo bо’lishi, ularning kо’rinishi, qaysi tartibda toshgani, qancha muddat saqlanib turgani kabi ma’lumotlar ham kasallikning asl mohiyatinianiqlashga yordam beradi. Ichak infeksiyalariga tashxis qо’yishda qorindagi og’riq, uning qaysi joyda kо’proq sezilayotgani, kо’ngil aynishi, qusish, ich buzilishi, bu alomatlarning takrorlanishi kabi ma’lumotlar tashxis qо’yishni osonlashtiradi.

Sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar aholining salomatligini saqlab, uni mustahkamlashga qaratilgan va yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda epidemik o’choqlarga nuqta qo’yishga yo’naltirilgan. Bunday tadbirlar fuqarolar muhofazasining barcha yoki deyarli hamma faoliyatlarini amalga oshirish va tibbiy ofatlarga barham berish chog’ida amalga oshiriladi.

Fuqarolar muhofazasi boshliqlari tomonidan shahar, aholi yashash manzilgohlari, xaql xo’jaligi inshootlarida epidemiyaga qarshi tadbirlarni o’tqazish tashkil etiladi: bu tadbirlarni bajarish masalasi esa, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshliqlariga yuklatiladi va ularni qo’llash amallari tinchlik davrida boshlanadi.

Tinchlik davrida o’tqazilishi ko’zda tutilgan tadbirlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

aholini himoyalash maqsadida epidemiyaga qarshi usullarni takomillashtirish;

yuqumli kasalliklarning tabiiy uchoqlari va ularning atrof-muhitga yoyilib ketish yo’llarini sinchkovlik bilan o’rganish;

aholining barcha qatlamlarini rejalar asosida emlashni amalga oshirish;

shaxsiy himoyaning tibbiy va dezinfeksiya, dezinseksiya hamda deratizatsiya zahiralarini tashkil qilish;

aholini shaxsiy va jamoa gigiyena qoidalariga qadam-baqadam va bosqichma-bosqich o’rgatish hamda ularda hosil bo’ladigan amaliy ko’nikmalarning takomillashuviga ko’makdosh bo’lish;

epidemiyalarga qarshi faoliyat olib boruvchi tuzilmalarni yaratib, ularni barcha kerakli tibbiy anjomlar bilan ta’minlab, amaliy ko’nikmalarning singishiga imqon beradigan turli usullar, zamonaviy texnologik uslublardan samarali foydalanish уо’1-yo’riqlarini izlab topish;

dushman tomonidan ehtimolan qo’llanishi mumkin bo’lgan bakteriologik vositalarni o’rganish va ularning mohiyati tagiga yetish;

8) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining shaxsiy tarkibini dushman tomonidan bakteriologik (biologik) qurolni ishlatiIishida vujudga kelish ehtimoli mavjud sharoitlarga muqtazam ravishda, imqoniyatlar keng ko’lamli bo’lgan paytlardan boshlab samarali foydalanib tayyorlanish.

Aholini yuqumli kasalliklarning yoyilib ketishi jarayonida vujudga keladigan sharoitlarda himoya amallarini bajarish chog’ida, sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan atrof-muhitni pokiza holida saqlash, ichimlik va texnik manfaatlar uchun suv bilan, ovqatli mahsulotlar va ovqatlanish jarayoni hamda ularning quvvat manbalari masalalari, ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlari ustidan muntazam ravishdagi nazorat chora-tadbirlari katta ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida sanab o’tilgan, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar dushman hujumi xavfi tug’ilgan vaqtlarda kamlik qilishi ehtimoldan xoli emas. Bu kabi sharoitlarda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan bir qator qo’shimcha tadbirlar o’tqazish zarurati paydo bo’ladi. Ularga quyidagilar kiradi:

shaharlarda, aholi istiqomat qiladigan maskanlarda, xaql xo’jaligi tarmoqlari inshootlarida, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi nazorat ishlarini kuchaytirish;

atrof-muhitdagi deyarli barcha inshootlarda (ayniqsa, shubhali bo’lganlarida) doimiy bakteriologik ko`zatuv va tahliliy nazoratni uyushtirish;

fuqarolar muhofazasining kuchlari va vositalarini shay holga keltirish, jumladan. aholini epidemiya ta’siridan himoya qilishga mo’ljallanganlarni hamda aholi o’rtasida muhofazaviy emlash tadbir choralarini o’tqazish;

aholini ko’chirish va tarqoqlashtirish jarayonida epidemiyaga qarshi amallarni bajarish maqsadida, talab qilinadigan ta’minot masalalarini tashkil qilish;

aholini ehtimolan ko’chirish manzilgohlari va fuqarolar muhofazasi kuchlarining joylashuvi manzilgohlarida vujudga kelgan sharoitni oydinlashtirishga imkon yaratadigan qimmatli barcha ma’lumotlarni yig’ish va ularni jamlash;

aholining keng qatlamlari orasida sanitar-oqartuv ishlarini amalga oshirishni keng doirada faollashtirish.

Keltirilgan ma’lumotlar, tinchlik va dushman xavfi ehtimoli vujudga kelganida tegishli bo’lib, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga joriy sharoitni mukammal darajada anglab olishga, dushman tomonidan bakteriologik (biologik) qurol qo’llanilgan tardirda, sanitar yo’qotishlarni aytarli darajada kamaytirish imqoniyatlarini yaratadi.

Bakteriologik (biologik) vositalar bilan zaharlangan hududlarda uyalashtirish va ularga barham berish tadbirlarini amalga oshirishda katta qiyinchiliklar dushman tomonidan bakteriologik (biologik) qurol qo’llanilgan taqdirda, aholi orasida epidemiyaga qarshi choralar bilan ta’minlash chog’ida vujudga keladi. Bakteriologik (biologik) zararlangan o’choq paydo bo’lganida, uni uyalab. barham toptirish jarayonida nafaqat tibbiy, balki boshqa kuchlarni jalb etishga ham olib keladi. Bu kabi tadbirlarni amalga oshirish jarayonini boshqarish ishlari shahar, shahar va qishloq rusumidagi fuqarolar muhofazasi boshlig’i zimmasiga yuklatiladi.

Mazkur jarayonlarni amalga oshirishda, aytarli darajadagi e’tibor va tibbiy anjomlar hamda tibbiy xodimlar bilan ta’minlash masalalari kelib chiqishi tufayli, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig’i va ularning rahbariyati (shtabi) tomonidan bevosita boshqariladi. Bu paytda birinchi navbatda, ushbu o’choqda bo’lgan fuqarolar muhofazasi kuchlari va vositalaridan foydalanish, agarda ular ham kamlik qilgudek bo’lsa, u holda kerakli kuchlar va vositalarni tashqaridan olib kirishga to’g’ri keladi.

Fuqarolar muhofazasining shtabi va xizmatlari faoliyatini amalga oshirish umumiy nazorat, doimo olib boriladigan nazorat guruhlari, nazorat muassasalari, nazorat tuzilmalari hamda tahlil nazorati tomonidan berilgan, jumladan radiatsion va kimyoviy nazorat asboblarini qo’llab, umumiy nazorat, zaharlovchi va radiatsiyaviy moddalarning bor yoki yo’qligini aniqlash mumkin.

Undan tashqari, ikqilamchi belgilarga (hasharotlar yoki kemiruvchilarning ko’payib ketishi, ilgari bu yerlarda bo’lmagan hasharotlar va kemiruvchilarning paydo bo’lib qolishi, issiq kunlarda «shudringning» namoyon bo’lishi, kemiruvchilar va boshqa hayvonlar murdalarining cho’zilib, har yer, har yerda yotishi) asoslanib ham dushman tomonidan bakteriologik (biologik) qurol ishlatilganligi haqida taxminga borish mumkin.

Nazoratchilar keltirgan ma’lumotlarining natijasi, shu ondayoq tumandagi fuqarolar muhofazasi rahbariyatiga (shtabga) yetkaziladi; ular esa, o’z navbatida, nazoratga taalluqli barcha ma’lumotlarni jamlab, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining boshlig’i ishtirokida viloyat fuqarolar muhofazasi rahbariga yo`zaga kelib chiqqan yuqumli kasalliklar o’chog’ini uyalash va unga barham berish takliflari majmuasini tayyorlab beradi.

Bularga quyidagilar kiradi:

1) aholini ogohlantirish; 2) bakteriologik (biologik) nazoratni amalga oshirish; 3) observatsiya va karantin jarayonlarini tashkil etish; 4) odamlarga nisbatan to’la-to’kis ravishdagi sanitar ishlovini amalga oshirish; 5) yuqumli kasalliklarni nomaxsus va maxsus usullarni qo’llab, oldini olish; 6) bemorlarni faol ravishda axtarib topish; 7) uy-joylarni, hudud, binolar va kiyimlarni zararsizlantirish; 8) dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini o’tqazish; 9) oziq-ovqatlar va ifloslangan suvni zararsiz holatga keltirish; 10) sanitar-oqartuv ishlarini yo’lga qo’yib. barcha zamonaviy usullar va texnologiyani qo’llab faollashtirish; 11) murdalarni (odamlar, hayvonlar - uy va yovvoyi) ko’mish ishlarini alohida nazoratga olish.

Bakteriologik (biologik) o’choqni uyalash va unga chek qo’yish maqsadida fuqarolar muhofazasining tibbiy va boshqa xizmatlari tomonidan bir qator tadbirlar majmualari o’tqaziladi:

1) aholini ogohlantirish: dushman tomonidan taxminan
bakteriologik (biologik) qurol qo’llanilgani haqida umumiy nazorat
ma’lumotlari yoki xabar olinsa «kimyoviy trevoga» belgisi berilib, bu
paytda aholi shaxsiy va jamoa vositalaridan foydalanishi hamda
yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olishi zarur;

2) bakteriologik (biologik) nazoratni amalga oshirish:

umumiy nazoratning, dushman tomonidan bakteriologik (biologik) hujumga ehtimolan o’tganligi haqidagi ma’lumot kelishi bilanoq bakteriologik (biologgik) nazorat o’tqaziladi. Uning vazifalariga quyidagi amallarni bajarish kiradi:

ehtimolan zararlangan hududni epidemiologik jihatdan tekshirish;

havo. tuproq, suv namunalari. hasharotlar ushlanib, kalamush va sichqonlar murdalarini topib, jamlab, ular namunalarini sanitar-epidemiologik muassasaga hamda harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhga (HEQG) umum qabul qilingan (klassik) usullar qo’llanilib topshirish; olib kelingan turli narsalarning namunalarini tekshirish asosida, qo’llanilgan kasallik qo’zg’atuvchisi va zararlangan hudud sarhadlari aniqlanadi. Zararlangan o’choq uyalanib, qurollangan qorovullar yordamida muhofaza qilinadi.

Aholi orasida, zararlangan o’choqda yuqumli kasalliklar yoyilib ketmasligi uchun, epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiyena tadbirlari o’tqaziladi: tezkor emlashlar, zararlangan turli inshootlar va narsalar dezinfeksiya qilinadi. Zarur deb topilgan hollarda, hasharotlar va kemiruvchilar qirib tashlanadi.

3) observatsiya va karantinni tashkil etish.

Bakteriologik (biologik) vositalar qo’llanilganligi haqida aniq dalillar olinsa, fuqarolar muhofazasi boshlig’i quyidagi ikkita muhim ahamiyatli tartibni o’rnatish haqida ko’rsatmalar beradi:

I) observatsiya va 2) karantin.

Observatsiya tartibi o’rnatilganda, cheklashga oid tadbirlarning majmuyi amalga oshirilib, yuqumli kasalliklarning tarqalib ketishiga qarshi yo’naltirilgan tibbiy nazorat amallari kuchaytiriladi. Uning vazifalari quyidagi amallardan tashkil topadi:

yuqumli kasalliklarning paydo bo’lganligini aniqlash;

yuqumli kasalliklarni keltirib chiqargan sabablarga barham berish. Observatsiya e’lon qilinganida, ko’zda tutilishi kerak bo’lgan

tadbirlar:

observatsiya e’lon qilingan joyning tashqarisiga kirish, chiqish va u orqali yo’lni qisqartirish maqsadida, o’tishlar oldini olish tartiblarining boshqaruvi nazoratchilari qo’yiladi;

observatsiya qilingan joyda ovqatlanishni tashkil qilish, suv bilan ta’minlash, savdo qilish qoidalari ustidan tibbiy nazoratni kuchaytirish;

yuqumli dardlarga uchragan bemorlarni aniqlash niyatida aholini so’rab-istab, nazorat ostiga olish;

emlashlar amallarini bajarish;

sanitar-oqartuv ishlarini olib borish.

Karantin vazifalari ichida eng asosiysi, bakteriologik (biologik) zararlangan o’choq ichida va undan tashqaridagi hududlarda, yuqumli xastaliklarning tarqalib ketmasligi maqsadida, zarur bo’lgan ma’muriy, tashkiliy, xo’jalik va tibbiy tadbirlarni amalga oshirishning zarurligidir.

Karantinni tashkil qilish tadbirlari:

zararlangan hududni va unga qo’shni bo’lgan maqonlarni o’rab olish;

harakatlar mutlaqo to’xtatilgan, ikkinchi darajali yo’nalishlarda «o’rab olish» guruhchalarini tashkil etish;

vujudga kelgan o’choqqa barham berishda, sanoat uchun kerakli xomashyo va aholi uchun birinchi darajali xaql iste’moli mol-mulklarini olib keladigan asosiy yo’nalishlarda nazorat o’tqazish, guruh joylarini tashkil qilish.

Tibbiy xizmati temir va suv yo’llari hamda aeroportlarda, karantin e’lon etilgan hududga, tuzilmalar va aholini kirish va chiqishlari to’g’ri kelayotganligi ustidan nazorat amallarini olib borish uchun sanitar-nazorat guruhi joylarini ochadi. O’choqni moddiy-texnika jihatidan ta’minlash maqsadida, qabul-o`zatish joyi vujudga keltiriladi. Ushbu joyning faoliyatiga quyidagi tadbirlarni kiritish mumkin:

1. Karantin e’lon qilingan hududga keltirilayotgan xomashyo, oziq-ovqatlar, mol-mulklar, texnika va tayyor mahsulotlarni hudud ichkarisidan qabul qilib olish va mahsulotlarni tashqariga chiqarish.

Bu maskanda ishlar shunday olib borilishi kerakki, imqoniyat boricha ichkarida qolgan odamlar, bemorlar, ishchilar va xizmatchilar, shu jumladan, fuqarolar muhofazasi kuchlari ushbu maskandan tashqaridagi odamlar bilan bevosita aloqada bo’lmagani maqsadga muvofiq bo’ladi va amalga oshirilayotgan, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar samarasini aytarli darajada ko’tarish imqoniyatini berishi lozim. Mazkur qoida bo`zilgudek boisa, karantin hududi kengayib, tashqaridagi aholi orasida yuqumli kasalliklar tezda tarqalib ketib, katta sanitar yo’qotishlarga olib kelishi mumkin.




Download 9,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish