Funksiya grafigi Funksiya nollari



Download 68,5 Kb.
bet1/2
Sana14.04.2020
Hajmi68,5 Kb.
#44713
  1   2
Bog'liq
Sonli funksiyalar va ularning berilishi usullari.


Aim.uz

Sonli funksiyalar va ularning berilishi usullari.

Funksiya grafigi

Reja:


  1. Funksiya tushunchasi va ularning berilish usullari

  2. Funksiyalarning juft va toqligi

  3. Funksiya grafigi

  4. Funksiya nollari

Biz funksiya tushunchasini kiritishdan oldin akslantirishlar haqida qisqacha tushunchaga ega bo’laylik. A va B to’plam bo’sh bo’lmasin.

Ta’rif. Agar A to’plamning har bir elementiga B to’plamning biror elementi mos quyilsa, A to’plam B to’plamga akslantirilgan deyiladi.

Odatda akslantirishlar f, g, h kabi harflar bilan belgilanadi.

f: A B kabi yoziladi.

Bizga X va Y bo’sh bo’lamagn to’plam berilgan bo’lsin.

Ta’rif. Agar X to’plamning har bir elementiga Y to’plamning yagona elementiga biror qonuniyat buyicha akslanishi funksiya deyiladi.Y o’zgaruvchi Xning funksiyasi ekanligini y=f(x) ko’rinishda belgilaymiz.

x ni shu funksiyaning aniqlanish sohasi deb, (D(f)), Y to’plam f(x) funksiyaning o’zgarish sohasi yoki qiymatlar sohasi deyiladi. E(f) ko’rinishda belgilanadi.



Funksiya berilishiga ko’ra quyidagicha ajratiladi:

  1. Jadvalko’rinishda

  2. Nuqtalarning tartiblangan holati

  3. Grafik ko’rinishi

  4. Analitik ko’rinishda


Ta’rif. Agar y=f(x) sonli funksiyaning aniqlanish sohasi D(f) koordinata boshiga nisbatan simmetrik bo’lsa va har bir xaD(f) uchun –x son mavjud bo’lib, f(-x)=f(x) tenglik bajarilsa, u holda funksiya juft funksiya deyiladi ya’ni argumentning qarama-qarshi qiymatida funksiya teng qiymatlar qabul qilsa bu funksiya juft funksiya deyiladi.
Masalan: y = x2, x2=(-x)2

Ta’rif. Agar y=f(x) sonli funksiyaning aniqlanish sohasida D(f) koordinata boshiga nisbatan simmetrik bo’lib, ixtiyoriy xεD(f) uchun f(x) = -f(x) tenglik o’rinli bo’lsa, bu funksiya toq funksiya deyiladi.


Masalan: y = x3, -(x3)=(-x)3

Argumentning qarama-qarshi qiymatlarida funksiyaning ham qarama-qarshi qiymatlari to’g’ri kelsa, bu funksiya tok deyiladi.



Natija. Juft funksiya grafigi ordinatalar o’qiga nisbatan simmetrik, toq funksiya grafigi koordinata boshiga nisbatan simmetrik bo’ladi.
Agar argumentning qarama-qarshi qiymatlarida funksiya qiymatlari bir-biriga teng bo’lmasa funksiya toq ham emas, juft ham emas deyiladi.

Masalan: y=3x2-4x

[3x2-4x] ≠ [3(x)2 – 4(-x)]

Juft va toq funksiyalarning xossalari.



  1. Ikki va undan ortiq juft funksiyalarning yig’indisi, ayirmasi, ko’paytmasi va bo’linmasi yana juft funksiyadir

  2. Ikki va undan ortiq toq funksiyalarning yig;indisi va ayirmasi yana toq funksiyadir.

  3. Ikki toq funksiya ko’paytmasi va bo’linmasi juft funksiyadir.

Y=f(x) funksiya biror A[a,b] sohada aniqlangan bo’lsin. Agar shu sohaga tegishli ixtiyoriy x1 va x2 lar uchun x1 < x2 bo’lganda f(x1)< f(x2) [f(x1)≤ f(x2)] tengsizlik bajarilsa, f funksiya A sohada o’suvchi (kamaymaydigan) funksiya deyiladi.

Agar y=f(x) funksiya A[a,b] sohada ixtiyoriy x1 va x2 lar uchun x1< x2 bo’lganda f(x1) >f(x2) yoki [f(x1) ≥f(x2)]tengsizlik bajarilsa f funksiya A sohada kamayuvchi (o’smaydigan) funksiya deyiladi.

A soha esa f funksiyaning o’sish va kamayish oralig’i deyiladi.

Natija: agar f(x) funksiya o’z aniqlanish sohasida uzluksiz bo’lsa, bu sohani zarur bo’lsa shunday oraliqlarga ajratish mumkinki ularning har birida f funksiya yo o’suvchi, yo kamayuvchi bo’ladi.
Monoton funksiya deb o’smaydigan yoki kamaymaydigan funksiyalarga aytiladi.

Bizga uzluksiz y = f (x) funksiya berilgan bo’lib, x1, x2, ….xnnuqtalarda funksiya qiymati 0 ga aylanishi ma’lum bo’lsa, u xolda argumentning [x1, x2,], [x2, x3], [xn-1, xn] oraliqda ishorani saqlaydi.

Agar y=f(x) sonli funksiyaning aniqlanish sohasi D(f) ga tegishli har bir x nuqta bir qatorda qandaydir biror T son uchun x-t va x+t nuqtalar ham shu nuqtaga tegishli bo’lsa va f(x+t) = f(x) tenglik hamma xεD(f) nuqtalar uchun bajarilsa u holda f(x) funksiya davriy funksiya deyiladi. T0 soni eng kichik davri bo’lsa, T = kT0 k εZ son ham shu funksiya davri bo’ladi.
Masalan: sinx= sin(x+2πn) tgx=sin(x+ πn)

cosx=cos(x+2 πn) ctgx=ctg(x+ πn)



Tayanch iboralar:
Funksiya, aniqlanish sohasi, qiymatlar sohasi, davriy funksiya, teskari funksiya
Nazorat savollari:


  1. Funksiya ta’rifi

  2. Funksiyaning aniqlanish sohasi

  3. Funksiyaning qiymatlar sohasi

  4. Juft funksiya deb nimaga aytiladi?

  5. Toq funksiya deb nimaga aytiladi?

  6. Funksiya grafigi



Topshiriqlar
Funksiyaning aniqlanish sohasini toping


  1. f(x) =  5. f(x) = 

  2. f(x) =  6. f(x) = + 

  3. f(x) =  7. f(x) = 

  4. f(x) =  8. f(x) = 




Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish