Frans mineral ruda) Yer (va boshqa kosmik jismlar)ning sirti va



Download 186,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.10.2020
Hajmi186,31 Kb.
#49955
  1   2
Bog'liq
Mineral - Vikipediya



Mineral

Mineral (frans. mineral — ruda) — Yer (va

boshqa kosmik jismlar)ning sirti va

ichida fizikkimyoviy jarayonlar natijasida

hosil boʻlib, kimyoviy tarkibi va fizik



Turli minerallar toʻplami.


xususiyatlari bir biriga oʻxshash boʻlgan

tabiiy jism; asosan, togʻ jinslari, ruda va

meteoritlarning tarkibiy qismi.

M. aksariyat qattiq jismlar; kam hollarda

suyuq M. ham (mas, tugma simob)

uchraydi. Suvning M.ga mansubligi

baxsli, lekin muz M. deb qabul qilingan.

Kristalli, amorf (metakolloidlar) va tashqi

koʻrinishi kristallarga oʻxshash, lekin

amorf, shishasimon holatdagi metamikt

minerallar farq qilinadi.

Har bir M. (mineral turi) muayyan tarkibli

faqat oʻziga xos kristallik strukturaga ega

boʻlgan tabiiy birikmadan iboratom

massasining bir xil tarkibli

modifikatsiyasi (mas, olmos — grafit,




kalsit — aragonit), lekin turlicha kristall

tuzilishga ega boʻlgan M. har xil M. turiga

mansub; aksincha, muayyan chegarada

tarkibi oʻzgarib, birok doimiy strukturaga

ega boʻlgan M.ning izomorf katorlari

(mas, olivinlar, volframitlar, kolumbitlar)

bitta mineral turiga kiradi. Kimyoviy

tarkibi ayrim xossa yoki morfologik

xususiyatlaridagi uncha katta boʻlmagan

oʻzgarishlar M. strukturasida keskin farq

qilmasa M.ning xillari deyiladi (mas,

kvars xillari — togʻ xrustali, ametist, sitrin,

xalsedon). Bir-biridan fizik sirti bilan

ajarlib turuvchi yakka kristallar,

donachalar va boshqa M. jismlar mineral

individlarni, ularning oʻsimtalari M.

agregatlarni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda



tabiatda Xalqaro komissiya tomonidan

rasmiy tasdiklangan qariyb 4000 M. turi

mavjud va yana taxminan 1000 ta M.

topilgan va oʻrganilgan, lekin hozircha

tasdiklanmagan. Har yili 100 ga yaqin

yangi mineral turi topiladi va shundan 50

—60 tasi tasdiqlanadi. Oʻzbekiston

hududida 1000 dan ortik, M. topib

oʻrganilgan.

Koʻpchilik M.lar ion strukturaga ega.

Ionlari tartibli joylashgan ideal

strukturadan chetlashish hollari ham

teztez uchrab turadi.

M. kristall panjarasinit ayrim strukturaviy

elementlari (qatlam, paket, zanjirchalar

va h.k.) shu ele-mentlar ichida strukturasi




toʻliq saqlangani holda bir-biriga nisbatan

bir oz siljigan boʻlishi mumkin. Natijada

M.ning politip modifikatsiyalari vujudga

keladi. Politiplar katlami M.lar (mas,

slyuda, grafit, molibdenit, gilli M.lar)da

koʻp uchraydi. Agar polimorfizm hodisasi

temperatura va bosimning oʻzgarishi

bilan bogʻliq boʻlsa, M. politipiyasi esa

ehtimol kristallarning oʻsishi sharoiti

bilan bogʻliq. M.larning strukturaviy

nuqsonlari, politipi va boshqa

chetlanishlarini ideal strukturaga

nisbatan qiyosiy oʻrganish M.larning

paydo boʻlishidagi termodinamik

sharoitni aniqlashga imkon beradi.



M.larning kimyoviy tarkibi, formulasi va

tasnifi. M. strukturasida kimyoviy

elementlarning ahamiyati turlicha:

baʼzilari yetakchi boʻlib, M.ning aosiy

tarkibini belgilaydi; boshkalari

xususiyatlari va atom (ion) tuzilishlari

bilan asosiylariga yaqin boʻlib, M.da

izomorf (qarang Izomorfizm) aralashma

(mas, seriy, indiy, kadmiy, galliy, selen,

talliy, reniy, rubidiy, koʻpgina kamyob-yer

elementlari) holida uchraydi.

M. tarkibining murakkabligi va yetarlicha

barkaror emasligi izomorfizm hodisasi,

submikroskopik kiritmalar, shuningdek,

sorbsiya hodisasiga ham bogʻliq. M.da

submikroskopik kiritmalar quyidagi




qollarda roʻy berishi mumkin: eritma,

qorishma va boshqa muhitning

kristallanish jarayonida dispers

aralashmalarni ushlab qolish natijasida

(mas, kvarsdagi gazsuyuqlik kiritmalari,

dala shpatidagi gematit kiritmalari);

temperatura sharoitlarining oʻzgarishi

natijasida qattiq qorishmalarning

parchalanishi (dala shpatlarida

pertitlarning hosil boʻlishi, murakkab

sulfid va murakkab oksidlarning

parchalanishi)dan; metamikt oʻzgarishda;

bir M. oʻrniga boshqasi joylashgan

hollarda yoki ikkilamchi oʻzgarishlar

natijasida. Koʻpgina M.lar (mas,

magnetit) tarkibida doim turli

qoʻshimchalar zarralari boʻladi.



Tabiatda tarqalgan jami M.larning chorak

qismini silikatlar sinfi, 12% ini oksid va

gidrokiyedlar, 13% ini sulfid va uning

analoglari, 18% chasini fosfatlar, arsenat

(vanadat)lar, 32%ini boshqa kimyoviy

birikmalar tashkil etadi. Yer poʻstining

92% silikat, oksid va gidroksidlardan

tarkib topgan. Kimyoviy birikmalari tipiga

koʻra, M. oddiy (tugʻma elementlar) va

murakkab tarkibli (binarli va

boshqalar)ga boʻlinadi.

M.larning hozirgi qoʻllaniladigan tasnifiga

kimyoviy birikmalar va kristall panjarasi

tiplaridagi farqlar asos qilib olingan.

Muayyan struktura tipiga mansub M.ning

tarkibi, shuningdek, uning




izomorfizmdagi krnuniyatli oʻzgarishlari

unda ishtirok etgan atomlar (ionlar)

tuzilishi va kristallokimyoviy tavsifi,

ularning radiusi, koordinatsion sonlari va

kimyoviy bogʻlanish tipi bilan belgilanadi.

M. konstitutsiyasi (tarkibi va struk-turasi)

kristallokimyoviy formulalarda

ifodalanadi.

M.larning tashqi qiyofasi ularning ichki

strukturasi va vujudga kelish sharoitlari

bilan belgilanadi. Ayrim M. individlarining

oʻlchami 1 — 100 nanometrdan (kolloid

minerallar) 10 m gacha (mas,

pegmatitlardagi spodumen kristallari)

boʻladi. Kristall strukturasi va oʻsish

sharoitlariga bogʻliq holda M.ning turli




qiyofadagi izometrik (mas, galit, galenit,

sfalerit, olivin), varaqsimon va

tangasimon (molibdenit, slyudalar, talk),

taxtachasimon (barit va boshqalar),

ustunsimon va ignasimon (rutil, akti-nolit,

turmalin) kristallari vujudga keladi.

M.ning baʼzi kristallarida oʻziga xos shtrix

chiziqlar, shunin-gdek, oʻsish va erish

shakllarini kuzatish mumkin. M.

morfologiyasi va qirralari tuzilishini

batafeil oʻrganib, yaʼni kristallomorfologik

tadqiqotlar oʻtkazib M. individlarining

paydo boʻlish tarixini tiklash mumkin.

Tabiatda M.ning ayrim kristallari bilan

birga oʻzaro qonuniy oriyentirlangan

(qoʻshaloq, parallel), shuningdek, oʻzaro

oriyentirlanmagan (mineral agregatlari)



M. oʻsimtalari boʻladi. Agregat

morfologiyasiga koʻra, ayniqsa, ekzogen

M.lar uchun xos boʻlgan druzalar

(shchyotkalar), dendritlar, donachali, zich

va tuproqsimon massalar, oolit va

sferolitlar, sekretsiya va konkretsiyalar,

turli oqiqlar farq qiladi. M. agregatlarni

oʻrganish bilan mineralogiyaning maxsus

ontogenik analiz boʻlimi shugʻullanadi.

M.ning morfologik xususiyatlarini bilish

ularni tezroq aniqlashga yordam beradi.

M.ning fizik xususiyatlari ularning kristall

strukturasi va kimyoviy tarkibiga bogʻliq.

M.ning tabiiy kristallarida izomorfizm,

mikro tuzilishining bir xil emasligi,

tartibsizligi, nuqsonlarining mavjudligi va




boshqa xossalariga koʻra, ularning

xususiyatlari odatda doimiy emas. M.

fizik xossalariga zichlik, mexanik, optik,

lyuminessent, magnit, elektr, termik

radioaktivlik va boshqa kiradi.

Zichligiga qarab yengil (2500 kg/ m³

gacha), oʻrta (2500 dan 4000 kg/m³

gacha), ogir (4000 dan 8000 kg/m³) va

oʻta ogʻir (8000 kg/m³ dan koʻp) M.ga

boʻlinadi. M.ning zichligi kristall

strukturasiga kiruvchi atom yoki ionlar

massasiga va ularning joylanish

harakteri, qoʻshimcha anionlar va suvning

boʻlinishiga bogʻliq. M.ning fizik

xossasiga Abu Rayhon Beruniy ham katta

eʼtibor bergan va oʻsha davrda maʼlum




boʻlgan M. va javohirlarning solishtirma

ogʻirligini aniqlab, shu asosda M.lar

tasnifini tuzgan. Beruniy keltirgan

maʼlumotlar hozirgilaridan deyarli farq

qilmaydi.

Mexanik xossalari ga qattiqlik, moʻrtlik,

choʻziluvchanlik, ulanish tekisligi, sinish

yuzasining kurinishi, egiluvchanlik,

qayishqoklik kiradi. M. dastlab

oʻrganilganda, odatda, uning nisbiy

qattiqligi Moss shkalasiga muvofiq

aniqlanadi.

Ulanish tekisligi uta mukammal,

mukammal, oʻrtacha va nomukammal

boʻladi. Bu M.ning muayyan yoʻnalish



boʻyicha yorilish (ajrash) yuzasida

namoyon boʻladi.

Optik xossalari. M.ning rangi, yaltirokligi,

shaffoflik darajasi, nur sindirishi, nurni

aks ettirishi, pleoxroizm va boshqa

xossalari M. donachalarining ayrim

qismlarida optik mikroskop yerdamida

spektrning ultrabinafsha va infraqizil

nurlarida oʻrganilishi mumkin (qarang

Kristalloptika

).

M.ning yaltirokligi (metall, yarim metall va



nometall — olmos, shishasimon, yogli,

mumsimon, ipaksimon, sadafeimon va

h.k.) uning sirtidan qaytgan nur miqdori

va nur sindirish koʻrsatkichiga bogʻliq.

M.ning boshqa koʻpgina fizik



xususiyatlari (lyuminessent, magnit,

elektrik, radioaktivlik va boshqalar) qattiq

jismlar fizikasida yaxshi oʻrganilmoqda.

M. dastlab dala sharoitlarida tashki

belgilariga qarab oʻrganiladi. Kompas

yerdamida ferromagnit M.lar (magnetit,

pirrotin) aniqlanadi. Karbonat tarkibli

M.lar xlorid kislota eritmasi tomizilganda

"qaynab koʻpirishi"dan bilinadi. Baʼzan

sifatli kimyoviy reaksiyalardan

foydalaniladi. Topilgan minerallarni

maʼlum turga mansubligini belgilaydigan

maxsus aniqlagichlar ham mavjud.

Koʻpgina minerallarni (mas, gilli M.) dala

sharoitida aniqlash qiyin. M.ning

kimyoviy tarkibi lab. sharoitida kimyoviy,




shuningdek, spektral kimyoviy analizlar

metodi bilan aniqlanadi. Shaffof va nur

oʻtkazuvchi M.lar qutblangan nurli

mikroskop yerdamida, shaffof

boʻlmaganlari maxsus mikroskopda

oʻrganiladi. M.ning aniq tashhisi faqat

rentgenogrammma yerdamida bajariladi.

Juda mayda dispers M.lar elektron

mikroskop ostida elektronografik metod

bilan tadqiq qilinadi. M. tarkibida suvning

qanday shaklda mavjudligini bilishda

termik analiz va boshqa metodlardan,

qoʻshimchalarni aniqlashda esa rentgen

mikroanalizatordan foydalaniladi.

Tabiatda tarqalishi va hosil boʻlishi.

Barcha M.lar tarqalishiga koʻra, jins va




ruda hosil qiluvchi [togʻ jinsi yoki ruda

tarkibida qatnashuvchi, ikkinchi darajali

yoki aksessorlar (tarkibida 1% dan kup

boʻlmagan)], kam va juda kam

uchraydigan, ahyon-ahyonda bitta

uchraydigan turlarga bulinadi. Bu shartli

bulinish, chunki baʼzi tabiiy jarayonda

juda kam hosil buluvchi M. boshqa

geologik sharoitlarda keng Tapkalgan

buladi.


Har bir M. aniq geologik va fizikkimyoviy

sharoitda muayyan bir tabiiy geokimyoviy

jarayonlar natijasida vujudga kelib,

oʻzining rivojlanish tarixiga ega. M.

rivojlanish jarayonida vujudga kelish,

oʻsish va oʻzgarish bosqichlarini oʻtaydi.




M. va agregatlarining bu bosqichlari

tadriji rus geologi D. P. Grigoryev

tomonidan M . l a r ontogeniyasi nomi

bilan birlashtirilgan (1961). M.ning

vujudga kelishi muhitning turli fazasida

(eritma, qorishma, gaz) kechishi mumkin.

M. oʻsish jarayonida izomorf yoki

mexanik ravishda M. hosil qiluvchi

muhitdagi aralashmalarni va suyuq,

gazlisuyuq va gazli kiritmalarni qoʻshib

oladi. Fizikkimyoviy sharoitning (mas,

traning pasayishi, bosimning ortishi,

yangi aralashmalarning kelib qoʻshilishi

va h.k.) oʻzgarishi quyidagi holatlarga olib

keladi: a) deformatsiya; b) M.ning erishi;

v) polimorf oʻzgarishlar; g) qattiq

qorishmalarning parchalanishi; d) qayta



kristallanish; ye) boshka M. bilan

almashinishiga olib keladigan kimyoviy

oʻzgarish jarayoni. Agar bu oʻzgarishlarda

avval mavjud boʻlgan M.ning tashqi

shakli saqlansa, psevdomorfoz M.lar

vujudga keladi. Bir tarkibning polimorf

modifikatsiyalarida ifodalanadigan

birlamchi va undan hosil boʻluvchi

ikkilamchi M. psevdomorfozlari

paramorfozlar (mas, vyursitdan sfalerit,

grafitdan olmos) deyiladi. Turli

reaksiyalar natijasida vujudga kelgan har

qanday M. alohida, sof holda uchramaydi,

hamma vaqt boshqa M.lar hamroxligida

boʻladi. Bir jara-yonda cheklangan

maydon va vaqtda hamda maʼlum

fizikkimyoviy sharoitda qonuniyatli



ravishda hosil boʻluvchi M. birikmalar

M.lar paragenezisi yoki paragenetik

assotsiatsiyalar deyiladi. M.ning bir

paragenetik assotsiatsiyasi rivojlanish

jarayonida tabiiy muxit, temperatura,

bosim va komponentlar

konsentratsiyasining oʻzgarishi natijasida

krnuniyati ravishda ikkinchisi bilan

almashinadi. Vujudga kelayotgan M.lar

assotsiatsiyasini fizikkimyoviy

diagrammalar yordamida tadqiq qilish

paragenetik analizning asosi hisoblanadi.

M.ning bir konning oʻzida turli

paragenetik assotsiatsiyasida, yaʼni turli

bosqichda namoyon boʻlishi uning

generatsiyasi deyiladi. Tabiiy reaksiyalar

mahsuli boʻlgan M. uni hosil qilgan mu-



hit, fazali holat, fizikkimyoviy parametrlar

bilan uzviy bogʻliq. Bularning hammasi M.

hosil boʻlish jarayonining har bir bo-

sqichida M. tarkibi va xususiyatlarida

uzgarib, oʻziga xos maxsus tipomorf

belgilariga ega boʻladi. M. xreil boʻlgan

muhit bilan bogʻliq boʻlgan kimyoviy

struktura, fizik belgilarining majmui M.

tipomorfizmi deyiladi. M.larning oʻzi yoki

ularning parageneziyalari, shuningdek,

ularning ayrim belgilari ham tipomorf

boʻlishi mumkin. M.ning tipomorf

xususiyatlaridan foydali qazilmalarni

qidiruv belgilari sifatida foydalanish

mumkin.



M. endogen, ekzogen va metamorfizm

jarayonlarida vujudga keladi. Hozirgi

zamon "M.lar genezisi" tushunchasi bir

kancha masalalar, jumladan, M. hosil

boʻlish jarayoni ximizmi, M. hosil

boʻluvchi muhitning fazali holati va h.k.

tavsifini oʻz ichiga oladi. M. genezisini

tavsiflovchi obʼyektiv maʼlumotlarni olish

foydali qazilma konlar geologik

jarayonlarini va shakllanish tarixini

oʻrganishga, shu bilan birga ularni izlash,

razvedka qilish va sanoat ahamiyatini’

baqolashga imkon beradi.

Qoʻllanishi. M.ning xususiyatlari uni

texnikaning qaysi sohasida ishlatilishini

belgilaydi. Mas, oʻta qattiq M.lar (olmos,




korund, granat va boshqalar) abraziv

asboblar sifatida, pyezo-elektrik

xususiyatli M.lar radioelek-tronikada

qoʻllaniladi va h.k. M.ning har xil fizik

xususiyatlari (asosan, zichligi,

qayishqoqligi, magnitliligi, elektr

oʻtkazuvchanligi, radioaktivligi va

boshqalar)ga qarab ruda boyitish, foydali

qazilmalar qidirishning geofizik usullari

belgilanadi. M. ning kristallik

panjarasidagi nuqsonlarni aniq

maqsadga yoʻnaltirilgan mexanik,

akustik, termik (qizdirish va keyin tez yoki

sekin sovitish), kimyoviy (kuidirish,

reagentlar bilan ishlov berish), radiatsion

(rentgen va gamma nurlar bilan

nurlantirish) usullar bilan yoʻqotish yoki



tuzatish katta istikbollar ochilishiga

imkon beradi. Hozirgacha maʼlum

boʻlgan M.larning atigi 1/5 qismiga yaqini

sanoatda foydalaniladi. M.ning tarkalishi,

xossalarini sinchiklab oʻrganish yangi M.

turlaridan amaliyotda foydalanishga

imkon yaratadi. Oʻzbekistonda koʻp M.

konlari ochilgan. M.lardan baʼzilari

dunyoda birinchi marta topilgan va

mashhur olimlar va topilgan joylari nomi

bilan atalgan (mas, avitsenit, birunit,

hamrabayevit, nasledovit, uklonskovit,

ferganit va boshqalar). Hozirgi sanoatda

Mendeleyev jadvalidagi barcha

elementlardan foydalanilmoqda, ular

asosiy komponent yoki qoʻshimcha

element sifatida har xil M.lar tarkibida



mavjud. M.ning monokristallar yoki

ularning sintetik analoglari elektronika,

optika, radiotexnika, elektroenergetikada

ishlatilmoqda. Oʻz chiroyi bilan ajralib

turadigan M.lar qimmatbaho, yarim

qimmatbaho javohirlar (olmos, zumrad,

yoqut, sapfir, nefrit va boshqalar) sifatida

qoʻllaniladi. Mineraloglarning tadqiq

qilish obʼyektiga Oydan olib tushilgan,

samodan tushgan jismlar, Yer mantiyasi

va okean tubi M.lari ham yil sayin

qoʻshilib bormoqda.

[1]

Mineral (lot. minera — „ruda“) tabiiy

biogeokimyoviy jarayonlar orqali yuzaga

keluvchi qattiq 

kimyoviy moddadir

.

Mineral, toshdan farqli oʻlaroq juda




tartibli 

atom tuzilishi

 bilan xarakterlanadi.

Minerallar sof kimyoviy unsur va sodda

tuzlardan to murakkab 

silikatlargacha

boʻladi. Minerallarni mineralogiya fani

oʻrganadi.

Mindat mineralogical database

Wikimedia Commonsda Minerallar

mavzusiga oid turkum mavjud.

1. 



Download 186,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish