Fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi



Download 351.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana31.10.2020
Hajmi351.77 Kb.
TuriReferat
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Miyacha 

 

Miyacha o’tkazuvchi yo’llar orqali markaziy asab tizimining deyarli hamma 

bo’limlari  bilan  bog’langandir.  Miyachaning  funksiyalari  hayvonlar  ustida tajriba 

qilib  o’rganilgan.  Miyacha  funksiyalarini  tekshirish  uchun  hayvonlarning 

miyachasi tamomila yoki qisman olib tashlangan. 

Miyachani  olib  tashlash  yoki  unga  zarar  yetkazish  hayvonning  harakatlariga 

va  gavda  vaziyatiga  ta’sir  etadi.  Miyachaning  faqat  yarmi  olib  tashlanganda 

hayvonning  o’sha  tomondagi  oyoqlari  cho’ziladi,  hayvon  tura  olmaydi  va 

miyachasi  zararlangan  tomonga  qarab  yiqilib  tushadi.  Oradan  bir  necha  kun 

o’tgach  bu  hodisalar  ancha  kamayib,  hayvon  o’rnidan  turishi,  yurishi  va  ayrim 

murakkab harakatlarni bajarishi mumkin. Hayvonning    miyachasi olib tashlangan 

tomondagi harakatlargina birmuncha beo’hishov bo’ladi. 




Agar  hayvonning  miyachasi  butunlay  olib  tashlansa,  chuqur  va  jiddiy 

o’zgarishlar  ro’y  beradi.  Bunda hayvon  dastlabki  kunlarda  o’rnidan  tura olmaydi 

va qanday bo’lmasin harakat qila olmaydi. Bir necha kundan keyin hayvon qisman 

harakat qila boshlaydi. 

Ammo  hayvon  o’rnidan  turish  uchun  oyoqlarini  keng  yozadi,  yurganda 

ko’pgina ortiq va omonat harakatlarni qiladi. 

Miyachani olib tashlash natijasida hayvonning harakatlarida kelib chiqadigan 

o’zgarishlar quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: 

1.  Muskullar  tonusining  o’zgarishi  (atoniya).  Miyacha  olib  tashlangandan 

keyin  dastlab  muskullar  tonusi  juda  ham  kamayadi,  natijada  muskullar  ilvillab 

qoladi.  Miyacha  faoliyati  izdan  chiqqanda  muskullar  tonusi  shu  tariqa  buziladi. 

Ammo  bir  necha  kundan  keyin  yozuvchi  muskullar  tonusi  oshadi,  qo’l-oyoq 

yoziladi, bosh orqaga qayriladi. 

Miyacha  olib  tashlanganda  muskullar  tonusi  yo’qolishdan  ko’ra,  tonus 

taqsimotini  idora  etishning  ko’proq  buzilishi  bir  qancha  tekshirishlarda  isbot 

etilgan.                        

Miyacha olib tashlangandan keyin ikki hafta o’tgach, tonus sekin-asta avvalgi 

asliga  keladi  va  hayvon  birmuncha  beo’xshov  harakat  qilsa  ham,  har  qalay 

anchagina harakatlarni bajaradigan bo’lib qoladi. 

2.  Tez  charchash  (asteniya).    Miyachasi  olib  tashlangan  hayvon  juda  tez 

charchaydi.  Sog’lom  it  kichik  harakatlarni  bemalol  ado  eta  olsa,  miyachasi  olib 

tashlangan  it  shunday  harakat  qilish  natijasida  charchab  qoladi.  Hayvon  arzimas 

harakatdan  keyin  shu  qadar  charchaydiki,  yotib  dam  oladi.  Modda  almashinuvi 

juda ham kuchayib ketadi. 

3.  Qo’l-oyoq  va  boshning  titrashi  (astaziya)    Miyachasi  olib  tashlangan 

hayvon  titramasdan  turolmaydi  va  boshini  tutolmaydi.  Itning  miyachasi  olib 

tashlangandan  keyin  u  oyog’ini  darrov  ko’tara  olmaydi;  u  oyog’ini  ko’tarishdan 

oldin  bir  qancha  tebranma  harakatlar  qiladi.  Agar  bunday  it  turg’azib  qo’yilsa, 

gavdasi  va  boshi  hamisha  tebranib  turadi.  Agar  shunday  itga  ovqat  berilsa,  u 

ovqatni  yeya  olmaydi,  chunki  boshini  tebranishdan  to’xtata  olmaydi.  It  faqat 

tasodifan boshining bir tebranishida ovqatdan bir luqmasini og’ziga oladi. 

Miyachasi olib tashlangan itning birdaniga to’xtata olmaydigan va ko’p marta 

takrorlaydigan  bunday  uzluksiz  harakatlari  ketma-ket  keluvchi  bir  qancha 

reflekslardan  iborat.  Bunday  (ketma-ket  keluvchi)  reflekslarda  har  bir  harakat 

tamom bo’lishi bilan navbvatdagi harakat boshlanadi. 

4.  Harakatlar  koordinatsiyasining  buzilishi  (ataksiya).    Miyachasi  olib 

tashlangan  it  aniq,  chaqqon,  uyg’un  harakatlar  qila  olmaydi.  U  oyoqlarini  kerib, 

qoqilib-surilib va yiqilib turib yuradi. Yurganda oyoqlarini xuddi xo’rozga o’xshab 

yuqori  ko’tarib  tashlaydi,  shu  sababli  bunday  yurish  xo’roz  yurish  deb  ataladi. 

Odamning miyachasi zararlanganda ham shunday o’zgarishlar  kelib chiqadi. 



Miyachaning  funksiyasi  harakatlarni  koordinatsiyalash  (uyg’unlashtirish)  va 

muskullar  tonusini  mutadil  ravishda  taqsimlashdan    iborat  ekanligi  ko’pgina 

tekshirishlar  bilan  uzil-kesil  aniqlangan.  Miyacha  harakatlar  koordinatsiyasini 

amalga oshirish bilangina qolmay, organizmdagi vegetativ jarayonlarga ham ta’sir 

etadi. 



Miyacha  simpatik  nerv  tizimi  orqali  miyaning  barcha  bo’limlariga 

adaptatsion-trofik  ta’sir  ko’rsatadi.  Boshqacha  aytganda,  miyacha  nerv  tizimida 

modda  almashinuviga  ta’sir  etadi  va  uning  o’zgarib  turadigan  sharoitlarga 

moslashuviga imkon beradi. 

 


Download 351.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat