Fizika matematika fakulteti mustaqil ish



Download 179,91 Kb.
bet1/5
Sana17.08.2021
Hajmi179,91 Kb.
#149566
  1   2   3   4   5
Bog'liq
A Odilov Mustaqil ish


Odilov Adxam

O'ZBEKISTОN RESPUBLIKASI

ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITET I

FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI

MUSTAQIL ISH

Mavzu: “O’quvchilarni matematik masalalar yechish usullarini izlashda evristik metoddan foydalanishga o’rgatish.”

BAJARDI: 1801-guruh talabasi A. ODILOV

QABUL QILDI: M. ABDUMANNOPOV

Farg’ona-20 21

Reja:

1. Kommunikativlik tushunchasi.

2. Kommunikativlikni shakllantirish metod va vositalari.

3. Matematikani o’qitishda hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.

4. Matematikani o’qitishda eviristik ta’lim metodi.

1. Kommunikativlik tushunchasi


O’qituvchi faoliyatida kommunikativlik qobiliyati.

O’qituvchi shaxsining fikr almashuv bilan bog’liq xususiyatlariO’qituvchining fikr almashuvi bilan bog’liq kommunikativqobiliyatini shakllantiruvchi asosiy xususiyatlari o’quvchi ongiga qaratilgan faoliyat bo’lib, nihoyatda murakkab jarayonda takomillashadi. O’zaro fikr almashish omillari bilan bevosita bog’liq bo’lgankommunikativ qobiliyatning quyidagi yo’nalishlari mavjud:



  • o’quvchini ishontirish;

  • o’quvchi ongiga ta'sir etish;

  • o’zgalarga taqlid qilish.

O`quvchini ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan bo`lib, o`qituvchi fikr muloxazalarini ta'sirchan nutq orqali o’quvchiningbilimlar tizimiga, dunyokarashiga, xulq-atvoriga, xatti-xarakatiga ta'siretadi va uni qisman o`zgartiradi. Ishontirish o’qituvchining kasb faoliyatiga taalluqli bo`lgan murakkab faoliyatida asosiy ta'sir ko’rsatish vositasi bo’lib, ta'lim-tarbiya jarayonida ishlatiladigan usullardan biri xisoblanadi. O’quvchi ongiga ta'sir kursatish bilan bog’liq, bo’lgan ishontirish usuli o’qituvchidan baxs, munozara asosida dalillar keltirishni, isbot va mantikda tayanishni talab kiladi.O`quvchi ongiga ta'sir o’zaro fikr almashish jarayonida shakllanadigan murakkab psixologik xususiyat bo’lib, o’qituvchi kommunikativ kobiliyatining universal omili hisoblanadi. O’qituvchilarning o’zaro suhbati va faoliyati jarayonida tarbiyalanuvchi ongiga ta'sir etishning uziga xos xususiyati shundan iboratki, u o’quvchilarning psixikasi va xulq-atvoriga sezilarsiz ravishda ta'sir ko’rsatadi. Ta'sir o’quvchi ongiga, psixikasiga nazoratsiz kirib borishi bilan aloxida axamiyatga ega, o’quvchining ijodiy faoliyatida, xatti-xarakatlarida, intilishlarida yo’l-yo’riklar kursatish tarzida amalga oshiriladi.Taklid qilish shaxsning psixologik xususiyati bo’lib, o’zi sevgan biror namunaga, ibratga amal qilishidir. O’quvchi o’zi uchun ideal deb bilgan kishining xulk-atvor namunalariga ongsiz ravishda taklid kiladi. O’quvchi o’zgalar xulq-atvoridan andoza olib, taklid kilish yo`li bilan ulardan o’zining muxitida foydalanadi. Taklid kilishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, o’quvchi o`z xatti-xarakati va muomalasi jarayonida o’zi ko’rgan, kattalar bajargan xarakatlarni takrorlashga intiladi. Taqlid qilishning yana bir xususiyati o’quvchi badiiy asarlarda o’qigan, kinofilmlarda ko’rgan sevimli idealidagi qaxramon obraziga, xarakteriga, jasoratiga, imo-ishora, nutq, kiyinish uslublariga beixtiyor taqlid kiladi, o’z faoliyatida takrorlaydi.Muomala - axborot jarayonidir. Axborot ikki yo’nalishda: boshqarish sub'ektidan (pedagogdan) boshqarish ob'ektiga (o’quvchilarga) boradi va aksincha-ob'ektdan sub'ektga boradi.Pedagog muomala vositasi orqali qanday axborot olishini qarab chiqar ekanmiz, o’quvchining shaxsi haqidagi axborotning muhimligini aloxida ta'kidlab o`tish kerak. Bevosita muomala shaxsini g’oyat xilmaxil sharoitlarda va kurinishlarda urganishga imkon beradi. U faqat shaxsning xulqatvorida namoyon bo’ladigan yorqin va eng ta'sirchan tashqi belgilarnigina qayd etish imkonini berib qolmaydi. Pedagog o’quvchilar bilan muomala qilar ekan, juda mayda detallarni xam anglab olishga qodir bo’ladi, bu detallar sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo`lmay, shaxsda sodir bo’layotgan, uni tushunish uchun juda muxim bo`lgan zarur ichki jarayonlar ko`rinishlarining alomatlari bo`lishi ham mumkin. Bu xol shaxsni chuqur tushunish imkonini berib, tashqi qatlam ostida boshqa usullar bilan aniqlab bo`lmaydigan narsalarni topish imkonini beradi.O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida karalib, birlashtiruvchi, urnini to`ldiruvchi vazifasini xam bajaradi. Shu munosabat bilan tarbiya diskret (uzlukli) jarayon ekanligini nazarda tutish kerak. Bolalar kiradigan turli jamoalar, unga nisbatan tarbiyaviy vazifani bajaruvchi katta yoshdagi kishilar, unga ta'sir qiluvchi tevarak atrofdagi voqelikning ko`pdan-ko`p omillari bir-biri bilan etarli darajada aniq va puxta ishlab chiqilgan aloqa tizimiga ega emas. Xar bir o’quvchiga har xil ta'sirlar oqimi etib boradi, ular bir-birlari bilan unchalik mos kelmasligi va ma'lum darajada biri ikkinchisiga zid kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda pedagogning o’quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida shu narsada namoyon buladiki, u ma'lum darajada bu ta'sirni birlashtiradi, ularning zanjiridagi etishmovchi xalqlarning o’rnini to’ldiradi, bu ta'sirning ziddiyatli tarkibiy qismlariga tuzatish kiritadi. Shubxasiz, muomala cheklangan tarzda bo`ladi.

Lekin pedagogning uz tarbiyalanuvchilariga ko’rsatiladigan turli-tuman ta'sirlarning xususiyatidan xabardorligi, uning ana shu ta'sirni birlashtirish, o`rnini to’ldirish va unga tuzatish kiritishga intilishi, uning shaxsiy sifatlari, o’uvchilarga munosabati va pedagogik mahoratiga qarab, boshqarish vositasi bo’lgan muomalaning samaradorligi ko’p yoki oz darajada bulishi mumkin.Boshkarish vositasi bo’lgan muomala vazifasini amalga oshirish jamoadagi faoliyat muomala, munosabatlar tizimi doirasida sodir bo’ladi. Bunga sabab shuki, muomala pedagoglarning o`quvchilar faoliyatini tashkil etishi jarayonida ham va ular bilan bevosita muomala qilishda xam amalga oshiriladi. Boshqarish vositasi bo’lgan muomala faoliyatdan oldin bo`ladi, pedagoglar bu faoliyatga o’quvchilarni jalb qiladilar. Bunday xolda muomala orqali



o’quvchilarning faoliyatini tashkil etish yuzasidan muayyan Yul-yuriq, beriladi va uni amalga oshirish jarayonida munosabat normalari kiritiladi. Boshqarish vositasi bo’lgan muomala o’quvchilarning faoliyatiga hamroxlik kiladi. U orkali pedagog faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish usullariga tuzatishlar kiritadi, ayrim o’quvchilarning,umuman jamoaning kuch-gayratini, faoliyat ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarini muvoffiklashtiradi. Nihoyat,boshqarish vositasi bo’lgan muomala faoliyatdan keyin boradi. Bu faoliyatga yakun yasash, uni amalga oshirish, unda ayrim o’quvchilarning ishtirok etishi, faoliyat jarayonidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni taxlil kilish, qo’shimcha normalarni ishlab chiqish tarzida sodir bo’ladi.Shuni ta'kidlash kerakki., muomalaning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha vazifalarini qulay tarzda amalga oshirish uni pedagogik muomala, ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan muomalaning yuqori darajasi deb ta'riflash imkonini beradi. Hozirgi zamon o`qituvchisi xuddi shunday darajaga erishmogi lozim. Pedagogik ta'sir ko’rsatish - kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli sifatida.Pedagogik ta'sir ko’rsatish o’qituvchining muhim kommunikativ kobiliyatlaridan biri bo’lib, avvalo o’qituvchining tashqi kiyofasini ifodalovchi madaniyati, munosabatga kirishishi va nutq madaniyati asosida o’quvchilar bilan muntazam tarbiyaviy faoliyat olib borish jarayonida namoyon bo’ladi.Pedagogik ta'sir ko’rsatish - tarbiyalanuvchiga ongli intizom va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilish, tarbiyani ma'lum bir maqsadga muvofik takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta'sir ko’rsatish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni xar tomonlama kamol toptirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini takomillashtirish, yosh avlodni muayyan maqsad asosida tarbiyalash, ijtimoiy ong va xulq-atvorni xalqimizniig boy mafkuralari asosida shakllantirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir. Pedagogik ta'sir ko’rsatish asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma'naviy boyligi va his-tuyg’ulari rivojlanadi, unda ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar xosil bo’ladi.Ta'lim va tarbiya jarayonida o`qituvchi tomonidan pedagogik ta'sir Ko’rsatishning asosiy usullari: talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.Talab-ta'lim va tarbiya jarayonida o’qituvchining tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo’ladi. O`quvchining u yoki bu xatti-harakati o’qituvchi nazoratida bo’lib, ijobiy jixatlari rag’batlantirib boriladi yoki aksincha nojuya xatti-harakati to`xtatib qo’yiladi.Istiqbol - ta'sirchan pedagogik usul bo`lib, o`quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma'lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish xissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar ularning shaxsiy intilishlarida,qiziqish va muddaolarida namoyon bo’ladi. Ushbu usul maktab o`quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo’lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi.Rag’batlantirish va jazolash - tarbiya ta'sirning eng an'anaviy usuli bo`lib, o`quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta'sir etishdan iborat. Yaxshi xulq foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy xislat, topshiriqlarning so`zsiz bajarilishi uchun o`quvchi rag`batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o`z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta'sir ko’rsatishni ta'minlaydi, uni qo`llash jaryonida o`qituvchidan nihoyatda extiyotkorlik, sezgirlik va xushyorlik talab etiladi.Jamoatchilik fikri - tarbiyaviy ta'sir ko`rsatishning eng muxim usuli bo`lib, o`quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam rag’batlantirib borishda namoyon bo’ladi.

Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma'lum bir yo’nalishda amalga oshirilishini ta'minlaydi, o’quvchilarning bir-birlariga do`stona munosabatini shakllantiradi.

Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o’qituvchi:

-o`quvchilar bilan budajak munosabatni modellashtira olishi;

-munosabatda bo’ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan

bilishi;

-bevosita samimiy va xamjixatlikka asoslangan munosabat o’rnatish;

-munosabatda ustunlikka ega bo’lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish;

-munosabatning ijobiy va salbiy jixatlarini uzluksiz taxlil etib borishi lozim.

O’qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o’quvchini o’zi uchun hamisha tarbiya ob'ekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiyalanuvchi o’qituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bo’lishga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. Tarbiya jarayonining kommunikativ munosabatlar jarayonida o’ziga xos qator qoidalari xam mavjud bo’lib, o’qituvchi o’quvchilarga pedagogik ta'sir ko’rsatishda ularni mukammal bilishi lozim:

-tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;

-tarbiyaning xayotiy faoliyat bilan bog’liq, xodisa ekanligi;

-shaxsni jamoada tarbiyalanishida o’ziga xos xususiyatlari;

-tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo’lish va uning shaxsini xurmat kilish;



-tarbiyalanuvchining yosh va o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olishi;-tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini ta'minlash.



Download 179,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish