Fizika “Mahorat maktabi”



Download 4.78 Mb.
bet5/5
Sana25.01.2017
Hajmi4.78 Mb.
1   2   3   4   5

b). Issiqlik relesi.

Quyidagi rasmdagi tajribani o‘tkaziladi. Bunda bimetall plastinka ostiga olov

yoqqanda unga ulangan elektr qo‘ng‘rog‘ining chalinishidan yong‘inga qarshi

kurashda, muzlatkichlarda foydalanish tushuntiriladi. ( 12 – rasm )



12 – расм.

c). Suv relesi.

Quyidagi rasmda ko‘rsatilgan tajriba o‘tkaziladi va suv minoralarini suv bilan

to‘ldirishda suv relesining ahamiyati tushuntiriladi. ( 13 – rasm )

Bu tajribada shtativga ilingan releli baklashkaga suv quyilganda suv relesi elektrodvigatelni tokdan ajratadi. Jo‘mrak ochilganda baklashkadagi suv sathi pasayib, rele kontaktlari qo‘shiladi va dvigatel harakatga kelib, jarayon doimiy davom qilishi tushuntiriladi.



13 – расм.



Amaliy mashg‘ulot

( Sinfdan tashqari vaqtda o‘tkazish ham mumkin)

O‘quvchilarda mavzu bo‘yicha to‘liq BKM shakllantirish uchun amaliy mashg‘ulot

o‘tkaziladi. Bunda mashg‘ulot frontal laboratoriya ishi ko‘rinishida bo‘ladi.

Buning uchun har bir partaga bittadan qo‘lda yasalgan elektromagnit rele

tarqatiladi. ( Bu elektromagnit relelarning bir qismi 14 – rasmda ko‘rsatilgan)



14 – расм.
Kerakli jixozlar:

Relelar, kalitlar, o‘tkazgichlar, lampochkalar, elektr qo‘ng‘iroqlar, elektr dvigatellari, tok manbalari.

1. Sinf guruhlarga bo‘linadi.

2. O‘quvchilarga elektromagnit relelar va kerakli jixozlar tarqatiladi.

3. Elektromagnit rele qismlarga ajratiladi va o‘rganiladi.

4. Har bir guruh o‘zi yig‘moqchi bo‘lgan zanjir sxemasini chizadi.

5. Chizilgan sxema asosida zanjir yig‘iladi.
,,Arago“ guruhi yig‘adigan zanjir chizmasi:

Л1











-

+ + 4В

к Л2

,,Sterjen“ guruhi yig‘adigan zanjir chizmasi:













-

+ + 4В

к Л2

,,Genri“ guruhi yig‘adigan zanjir chizmasi:













-

+ + 4В

к Л2



6. Xulosa yoziladi.



IV. Mustahkamlash.

1 - variant.

1. Rele so‘zi qaysi tildan olingan?

A) Nemis B) Ispan C) Rus D) Fransuz

2. Metrolarning o‘tish yo‘lagida qanday rele o‘rnatilgan?

A) fotorele B) issiqlik relesi C) suv relesi D) A,B,C javobdagilar

3. Suv minorasida qanday rele qo‘llaniladi?

A) suv relesi B) elektromagnit rele C) fotorele D) issiqlik relesi

4. Elektromagnit rele qayerlarda ishlatiladi?

A) avtomobillarda B) trolleybuslarda C) tramvaylarda D) barchasida

5. Metrolarda qanday rele ishlatiladi?

A) suv relesi B) elektromagnit rele C) fotorele D) issiqlik relesi

2 – variant.

1. Rele so‘zining ma’nosi nima?

A) almashtirib qo‘shish B) uzish C) ulash D) ajratish

2. Avtomobillarda qanday rele o‘rnatilgan?

A) elektromagnit rele B) issiqlik relesi C) suv relesi D) fotorele

3. Shahardagi yoritish chroqlarini qanday rele o‘chirib yoqadi?

A) fotorele B) issiqlik relesi C) elektromagnit rele D) suv relesi

4. Elektromagnit qayerlarda ishlatiladi?

A) elektrofor mashinasida B) elektroskopda C) elektrometrda D) relelarda

5. Fotorele nimaning ta’sirida ishga tushadi?

A) issiqlik B) yorug‘lik C) shamol D) yomg‘ir

2 – variant kaliti.



1

2

3

4

5

D

A

A

D

C

2 – variant kaliti.

1

2

3

4

5

A

A

A

D

B

Baholash mezoni:

1 ta to‘g‘ri javob – 1 ball

2 ta to‘g‘ri javob – 2 ball

3 ta to‘g‘ri javob – 3 ball

4 ta to‘g‘ri javob – 4 ball

5 ta to‘g‘ri javob – 5 ball


B.B.B uslubida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va bilimidagi bo‘shliqlar aniqlanadi.

V. O‘quvchilarni rag‘batlantirish.

VI. Uyga vazifa.

1. Mavzuni o‘qib kelish.

2. Elektromagnit yasab kelish yoki eski radiopalatalarni yig‘ib kelish.

F.Adilova

Toshkent shahar Yashnabod tumani

212- maktab fizika fani o‘qituvchisi
Fizika 7-sinf

IV chorak 62-dars

Mavzu: Energiyaning saqlanish qonunini o‘rganish

(Laboratoriya ishi)

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Darsning maqsadi



O‘quvchilarga laboratoriya ishini o‘tkazishda prujinaga osilgan jism pastga harakatlanganda prujina va jism potensial energiyalarining o‘zgarishi orqali mexanik energiyaning saqlanishini o‘rganish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini tanishtirish, energiyaning saqlanish qonunining kundalik hayotda katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish bilan birga nazariyani amaliyot bilan bog‘lash.

Vazifalari



O‘quvchilarning mavzuga oid berilgan savollarga javob berishini, laboratoriya ishining bajarilishini nazorat qilish, mavzu asosida energiyaga doir bilimlar berish bilan birga ijodiy qobilyatini shakllantirish, fanga qiziqishini oshirish.

O‘quv jarayoning mazmuni

Energiyaning saqlanish qonunini o‘quv laboratoriya jihozlari yordamida amalda bajarib, natijalarni olish.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: “Tafakkur” usulida “ Fizloto” o‘yini, “Guruhlarda ishlash”.

Forma: Yakka tartibda va jamoada ishlash.

Dars turi: “Ko‘rgazmali-amaliy”

Dars tipi: Yangi bilim beruvchi

Vosita: 7-sinf “Fizika” darsligi, tarqatma materiallar, darsda qo‘llaniladigan metodga asosan savol, javoblar yozilgan kartochkalar, videorolik, slaydlar, kompyuter, elektron darslik, videoproyektor, ekran, shtativ, prujinasining bikirligi 40-100 N/m orasida bo‘lgan dinamometr,o‘lchov chizg‘ichi, yuklar to‘plami.

Nazorat: Yozma, og‘zaki.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli reyting tizimi asosida

Kutilayotgan natijalar



O‘qituvchi

Mavzuni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishiga erishadi, o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlik muhitini yaratadi. Darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadi. O‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.



O‘quvchi

Yangi bilimlar egallaydi. Mustaqil va erkin fikrlaydi. Guruhlarda va o‘z ustida ishlashni o‘rganadi. Og‘zaki nutqi va ijodiy tafakkuri rivojlanadi. Mavzudan xulosa chiqarish malaka va ko‘nikmasini egallaydi.


Kelgusi rejalar



O‘qituvchi

Darsda o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, bilimlarini oshirish uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarini qo‘llaydi. Pedagogik mahoratini oshirish uchun o‘z ustida ishlaydi. Axborot kommunikatsion texnologiyalarni darsda qo‘llashni takomillashtiradi.



O‘quvchi

Mustaqil ishlashni o‘rganadi. Mavzu uchun qo‘shimcha ma’lumotlar topishga harakat qiladi. Mazkur laboratoriya ishiga oid materiallarni kompyuter texnikasida kuzatib natija olishni o‘rganadi. Nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llaydi.




DARSNING BLOK-CHIZMASI:

T/r

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism.

3 minut

2

O‘tilgan mavzuni so‘rash.

“Energiyaning saqlanish qonuni” haqidagi videolavhani namoyish qilish.



12 minut

3

Yangi mavzu bayoni:

Laboratoriya ishini bajarish uchun “Virtual laboratoriya ishi”dan foydalanish va amalda guruhlarda ishni bajarish



20 minut

4

Darsni mustahkamlash:

O‘quvchilarning bilimini test orqali nazorat qilish



5 minut

5

O‘quvchilarni rag‘batlantirish.

3 minut

6

Uyga vazifa.

2 minut


Darsning borishi:

Darsning shiori:

O‘qidim – o‘rgandim,

Bajardim – bilib oldim.

(Arastu)

I. Tashkiliy qism (3 minut).

a) Salomlashish, navbatchi hisobotini tinglash, o‘quvchilarning darsga hozirligini ko‘rib chiqish.

b) O‘quvchilarni guruhlarga ajratish.

1.“Ish” 2. “Quvvat” 3.“Energiya”

c) “Oltin qoidalar”:

1. O‘zaro hurmat.

2. O‘zgalar fikrini hurmat qilish.

3. Intizomlilik.

4. Topqirlik.

5. Hozirjavoblik.

6. Ijodkorlik.
II. O‘tilgan mavzuni so‘rash (12 minut).

“Energiyaning saqlanish qonuni” haqidagi videolavhani namoyish qilish.

O‘qituvchi: Biz o‘tgan darsimizda “Energiyaning saqlanish qonuni” ni o‘rganganmiz. Energiya so‘zi yunonchadan faollik degan ma’noni bildiradi va jismlarning ish bajara olish qobilyatini ifodalaydi. Tabiatda turli energiyalar mavjud, bu energiyalar bir-biriga aylanadi. Energiya bordan yo‘q bo‘lmaydi, yo‘qdan bor bo‘lmaydi, ya’ni miqdor jihatdan saqlanadi. Bugungi darsimizda.“Energiyaning saqlanish qonuni ” mavzusini amalda bajarish orqali nazariy bilimlarni mustahkamlaymiz.

Tafakkur” metodida “Fizloto” o‘yini orqali o‘quvchilar bilimi nazorat qilish uchun guruhlarga vazifalar beriladi.

Har bir guruhga 6 bo‘lakka bo‘lingan, bo‘laklarga tushadigan savollarning javoblari yozilgan kartochkalar beriladi.

“Ish” guruhi



1.Massaga va tezlikka

3. Energiya (yunonchadan energiya – faollik) – materiya (modda va maydon ) turli harakatining miqdoriy o‘lchovi

5. Ha. Kishi vagonetkaga kinetik energiya berdi

2.Bajarilgan ish kuchining shu kuch yo‘nalishida bosib o‘tgan yo‘lning ko‘paytmasiga teng

4. Ep=mgh

6. h balandlikdan erkin tushayotgan jism yerga urilish paytida uning potensial energiyasi nolga, kinetik energiyasi esa maksimal qiymatga teng bo‘ladi

“Quvvat” guruhi

1.Velosipedda

3. Jism massasining uning tezligi kvadratiga ko‘paytmasi yarmisi shu jismning kinetik energiyasi deyiladi

5.Ep1+ E´p1 = Ep2+ E´p2

2. Joul (J)

megajoul (MJ)

kilojoul (kJ)

millijoul (mJ)

mikrojoul (μJ)


4. A=F·s

6. Yopiq sistemaning to‘liq mexanik energiyasi sistema qismlarining har qanday harakatida o‘zgarmay qoladi

“Energiya” guruhi



1. F=A/s

3. Kinetik energiya, potensial energiya

5. Ek=2/2

2. O‘zaro ta’sir qiluvchi jismlarning yoki jism qismlarining bir-biriga nisbatan vaziyatiga bog‘liq energiya potensial energiya deb ataladi

4. Joul (J)

6. Yerdan h balandlikda turgan jismning potensial energiyasi maksimal qiyamtga, kinetik energiyasi esa nolga teng bo‘ladi.


O‘qituvchining qo‘lidagi qutichada quyidagi savollar yozilgan kartochkalar bo‘ladi:
1. Kinetik energiya qanday kattaliklarga bog‘liq?

2. Energiyaning saqlanish qonuni qanday ifodalanadi?

3. Potensial energiya deb nimaga aytiladi?

4. Energiyaning asosiy o‘lchov birligi nima?

5. Mexanik ish formulasi qanday ifodalanadi?

6. Kinetik energiya qanday ifodalanadi?

7. Energiya nima?

8. Yer sirtidan h balandlikda m massali jismning potensial energiyasi qanday ifodalanadi?

9. O‘quvchi qachon ko‘p energiya sarflaydi: piyoda yurganidami yoki velosipedda yurgandami?

10. Yerdan h balandlikda tinch turgan jismning potensial va kinetik energiyasi qanday bo‘ladi?

11. h balandlikdan erkin tushayotgan jism yerga urilish paytida uning potensial va kinetik energiyasi qanday o‘zgaradi?

12. A=F·s formuladan F ni topish formulasi.

13. Energiyaning saqlanish qonuni ta’rifi.

14. Kishi vagonetkani turtib yubordi. Vagonetka gorizontal yo‘lda harakatga keldi. Bu holda kishi mexanik ish bajaradimi?

15. Mexanik energiyaning qanday turlari mavjud?

16. Kinetik energiya qanday ta’riflanadi?

17. Mexanik ish ta’rifi.

18. Mexanik ishning asosiy va hosilaviy birliklari.



O‘qituvchi o‘quvchilarni guruhlardan navbat bilan chaqirib qutichadan savol olish uchun taklif qiladi. O‘quvchi qutichadan olgan savolni o‘qiydi va javobi qaysi guruhning kartochkasida bo‘lsa o‘sha guruh savolni javobi bo‘lgan kartochkaga berkitadi. Qaysi guruhning kartochkasi oldin to‘lsa o‘sha guruh g‘olib hisoblanadi.

Savollarga javoblarni topishda faol qatnashgan guruh o‘quvchilari rag‘batlantiriladi.

2.“Energiyaning saqlanish qonuni ” haqidagi videolavhani namoyish qilish.




Videolavha namoyishidan so‘ng, o‘quvchilarning fikrlari tinglanadi.

III.Yangi mavzu bayoni (20 minut).

( Laboratoriya ishini o‘tkazish)

Reja:


1.Energiyaning saqlanish qonuni mavzusi yuzasidan laboratoriya ishining bajarilish ketma-ketligini tushuntirish.

2.Xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirish.

3.Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan jihozlarni tayyorlash.

4.Laboratoriya ishini bajarish uchun “Virtual laboratoriya ishi”dan foydalanish va amalda guruhlarda ishni bajarish va natijalarni tahlil qilish.



5.Energiyaning saqlanish qonuni energiyalarning bir turdan ikkinchi turga aylanishi natijasi ekanligini tushuntirish.

O‘qituvchi tomonidan Energiyaning saqlanish qonuni laboratoriya ishining bajarilish ketma-ketligi o‘quvchilarga tanishtiriladi.




Ishdan maqsad: Prujinaga osilgan jism pastga harakatlanganda prujina va jism potensial energiyalarining o‘zgarishi,mexanik energiyaning saqlanishini o‘rganish.

Xavfsizlik texnikasi qoidalari:



  • Laboratoriya ishini bajarishda qurilmani to‘g‘ri yig‘sh.

  • Yuklar to‘plami bilan ishlaganda toshlarni qo‘l bilan ushlamasdan, pensit bilan ishlash kerak.

  • Tanlangan yukni prujina ilgagiga ilganda prujina cho‘zilmasligiga e’tibor berilishi lozim.

Laboratoriya ishini bajarish uchun “Virtual laboratoriya ishi” dan foydalanish va amalda guruhlarda ishni bajarish

Ishni bajarish tartibi:

1) Rasmda ko‘rsatilgan qurilmani yig‘ing.

2) Yuklar to‘plamidan shunday yukni tanlab olingki, uni prujinaga osganda prujina taxminan 5-10 sm ga cho‘zilsin.

3) Tanlangan yukni prujina ilgagiga iling va prujina

cho‘zilmasligi uchun uni ushlab turing. Bu holatda prujinaning potensial energiyasi E´p1=0 bo‘ladi. Ushbu holatda yukning yerdan balandligi h1 ni o‘lchang.

O‘lchash natijalarini jadvalga yozib boring.

4) Yukni asta-sekin qo‘yib yuboring. Prujina cho‘zilgan holatda h2 ni o‘lchang.

5) x=h1-h2 formuladan prujinaning cho‘zilish masofasi x ni hisoblang.

6) Ep1=mgh1 va Ep2=mgh2 formulalar yordamida yukning h1 va h2 balandlikdagi potensial energiyalarini hisoblang.

7) p2=kx2/2 formula yordamida cho‘zilgan prujinaning potensial energiyasini (prujinaning bikirligini bilgan holda) hisoblang.

8) Ep1+p1 va Ep2+p2 yig‘indilarni hisoblang.

9) Ep1+p1 = Ep2+p2 tenglik, ya’ni mexanik energiyaning saqlanish qonuni qanchalik bajarilishiga e’tibor bering. Bu tenglikning chap va o‘ng tomonidagi natijalar qanchalik bir-biriga yaqin chiqsa, tajriba shunchalik aniq bajarilgan bo‘ladi.

10) Tajribani turli massali yuklar olib 3 marta takrorlang.





h1, m

h2, m

x, m

Ep1, J

Ep2, J

p2 , J

Ep1+p1, J

Ep2+p2, J

1

























2

























3


























IV. Darsni mustahkamlash (5 minut).

1.Mavzu oxirida keltirilgan savollar asosida o‘quvchilarning o‘zaro fikr almashishlarini tashkil qilish.

1) Elastiklik kuchining ishi va potensial energiya orasida qanday bog‘ lanishlar bor?

2) Tajribada Ep1+p1 = Ep2+p2 tenglikning bajarilishi nimani bildiradi?

3) Yuk osilganda prujinaning potensial energiyasi qanchaga ortadi?

4) Yuk osilganda uning potensial energiyasi qanchaga kamayadi?

5) Tajriba natijalari asosida tahliliy xulosa chiqaring.

2. O‘zingizni sinab ko‘ring.

Guruhlarga test savollari beriladi.

Ish” guruhi

1.Tik ravishda pastga tushayotgan jism energiyasi qanday bo‘ladi?

A) Tushayotgan jismning kinetik energiyasi ortadi, potensial energiyasi kamayadi

B) Tushayotgan jismning kinetik energiyasi kamayadi potensial energiyasi ortadi

C) Tushayotgan jismning potensial va kinetik energiyasi o‘zgarmaydi

D) Tushayotgan jismning potensial va kinetik energiyasi kamayib boradi.
Quvvat” guruhi

1. Biror tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobil qanday energiyaga ega.

A) Potensial energiyaga

B) Kinetik energiyaga.

C) Potensial va kinetik energiyalarga

D) Ichki energiyaga

Energiya” guruhi

1.Aynan bitta jismning potensial va kinetik energiyasi o‘zaro teng bo‘lishi mumkinmi?

A) Mumkin emas, jismning kinetik energiyasi har doim uning potensial energiyasidan katta bo‘ladi.

B) Mumkin emas, har doim jismning potensial energiyasi kinetik energiyasidan katta bo‘ladi

C) Jismning potensial va kinetik energiyasi har doim bir xil bo‘ladi

D) Mumkin, agar jism tinch holatda, yer sirtida joylashgan bo‘lsa.


V. O‘quvchilarni rag‘batlantirish (3 minut).

Darsda g‘olib bo‘lgan guruhlarni va faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash va rag‘batlantirish.

O‘quvchilarning bergan javoblari tahlil etilib, “Barakalla, ofarin”, “Harakat qiling”, “Yetib oling” kartochkalari yordamida rag‘batlantiriladi.







VI. Uyga vazifa (2 minut).
1. Laboratoriya ishiga xulosa yozib kelish.

2. “Energiya” so‘ziga boshqotirma tuzish.



3. Fizikaga qiziquvchi o‘quvchilar uchun qo‘shimcha elektron laboratoriya ishi www.uzedu.uz (virtual laboratoriya) da ishni bajarib ko‘rish.



Download 4.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik