Fe’l variant V



Download 85,5 Kb.
Sana10.03.2020
Hajmi85,5 Kb.
#41945
Bog'liq
Fe'l

Fe’l variant V

1. Ish- harakatni bildirgan so'z turkumiga fe'l deyiladi.Fe’lning o’ziga xos xususiyatlari qaysi qatorda to’liq berilgan?

1.Fe`llar nimani atab kelishiga ko`ra harakat va holat fe`llariga ajratiladi.

2.Fe`llar tarrkibiga ko`ra tub va yasama bo`ladi.

3.Fe`llar nutqda bo`lishli va bo`lishsiz,o`timli va o`timsiz shakllarda qo`llanadi.

4.Fe`llar o`zining maxsus yordamchi shakllariga ega.

5.Fe`llar o`zining maxsus lug`aviy va sintaktik(munosabat) shakllariga ega.

6.Fe`l ma`no jihatdan maxsus guruhlarga ajraladi.

7.Fe`l turkumi o`zining boshqa turkumlarga xoslangan maxsus vazifa shakllariga ega.

8.Fe`l gapda asosan kesim vazifasida keladi.

A)1.2.3 B)2.5.7 D)1.2.3.5.6.7.8 E)barchasi

2. Yordamchi fe`llar necha xil bo`ladi ?

1.To`liqsiz fe`llar 2.Ko`makchi fe`llar 3.Yetakchi fe`l 4. Mustaqil fe`l

A)1,2 B)2,3,4 D)2,3 E)1,2,3,4

3. Fe'lning munosabat shakllariga nimalar kiradi?

1.Shaxs-son 2. Zamon 3.Bo’lishli-bo’lishsizlik 4.O’timli,o’timsizlik 5.Mayl 6. To’liqsiz fe’llar

A)1.2.3 B)1.2.5. D)3.4.6 E)hammasi

4. To`liqsiz fe`llar qanday xususiyatlarga ega.

1.To`liqsiz fe`llar lug`aviy ma`noga ega emas.

2.To`liqsiz fe`llar ma`lum bir so`roqqa javob bermaydi,ma`noli qismlarga ajratilmaydi.

3.To`liqsiz fe`llar fe`lga xos bo`lgan zamon,mayl,bo`lishsizlik va nisbat qo`shimchalarini qabul qilmaydi.

4.To`liqsiz fe`llar fe`llarga ham,fe`l bo`lmagan turkumlarga ham birikib ularni kesim sifatida shakllantiradi.

A)1,2 B)2,3,4 D)2,3 E)1,2,3,4

5. Bu shakllarga ega bo'lgan har qanday fe'l kesim vazifasida keladi.Bunday shaklga ega bo'lmagan fe'l noaniq shakl hisoblanadi. Noaniq shakl -moq qo'shimshasi yordamida ifodalanadi.Bu shakllar qanday nomlanadi?

A) Fe'lning vazifa shakllari B) Fe'lning to’lisiz shakllari

D) Fe'lning lug’aviy shakllari E) Fe'lning munosabat shakllari

6. Tuslovchi qo’shimchalar deganda nimani tushunasiz?

A) Shaxs-son B)Zamon D) Mayl E)egalik va kelishik

7. Shaxs-son qo'shimchalari ba'zan ot, olmosh va otlashgan so'zlarga ham qo'shilishi mumkinmi?

A) Lekin unda bu qo'shimchalar shaxs-son qo'shimchasi emas, balki bog'lama deb ataladi.

B)Har qanday holatda qo’shilishi mumkin D)Bunda egalik qo’shimchasi deb yuritiladi

E) Shaxs-son qo'shimchalari ba'zan ot, olmosh va otlashgan so'zlarga qo'shilmaydi

8. Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasi qaysi fe`l o`zgarmas qism sanaladi?

A).To`liqsiz fe`llar B).Ko`makchi fe`llar D)Yetakchi fe`l E). Mustaqil fe`l

9. Siz yaxshisiz .Bunda shaxs-son qo’shimchasi qaysi so’z turkumiga qo’shilgan?

A) (otga). B) (olmoshga). D) (otlashgan sifatga). E) (otlashgan songa).

10. yozgan edi- yozgandi fe’llari qaysi zamonda?

A) Yaqin o'tgan zamon B)Uzoq o'tgan zamon D)O'tgan zamon davom fe'l E)O'tgan zamon maqsad fe'li

11. O'tgan zamon hikoya fe'li berilgan javobni toping.

A) о 'qidik B) о'qigan edik D) ко’ribman E) о 'qib edi

12. Bu nisbatdagi fe`llar ham ish harakatning bajaruvchiini o’zida bajarilganini ko`rsatadi. Bu nisbat fel`larga asosan –n, -in ba`zan –l, -il qo`shimchalarini qo`shish orqali yasaladi.

A)Aniq B)O’zlik D)Majhul E)Orttirma

13. Bugun yomg'ir yog'sa kerak. Qanday ma’no ifodalanyapti?

A) Shart ma'nosi B) Faraz ma'nosi D) Payt ma'nosi E) Orzu-islak ma'nosi

14. Buyruq-istak mayli shaxs-son qo'shimchasining qaysi shakli orqali hosil bo'ladi

A) I shakli B)II shakli D)III shakli E)Barchasi

15. Buyruq-istak mayli qanday ma’nolarni ifodalaydi ?

1.Buyruq. 2.Islak. 3. Maslahat 4.Iltimos, 5.Yalinish 6.Chaqiriq 7.Do'q. 8.Hurmat.10.Doimiylik 11.Payt

A)1.2.3.4.5 B)6.7.8.9.10 D)10.11 E)1.2.3.4.5.6.7.8

16. Men ham boray. Ushbu gapda buyruq –istak maylining qaysi ma’nosi qo’llangan?

A) Buyruq. B).Islak. D). Maslahat E)Iltimos

17. Kesimi majhul nisbatda ifodlangan gaplarda ish harakat bajaruvchisi qaysi vazifada keladi?

A)Ega B)Kesim D)Aniqlovchi E)To’ldiruvchi

18. Fe'lning lug'aviy shakllariga nimalar kiradi ?

A)bo'lishli -bo'lishsizlik, B)Nisbat shakli D)Fe'lning vazifa shakllari E)A,B,D javoblar

19.Qaysi nisbat qo'shimchalari bir so'zga birdan ortiq holda qo' shilishi mumkin?

A)Birgalik B)O’zlik D)Majhul E)Orttirma

20. Bezamoq, kuymoq, yozmoq, termoq, ekmoq so'zlari qaysi nisbatda?

A)Aniq B)O’zlik D)Majhul E)Orttirma

21. Ma`lumki fe`llar nimani atab kelishiga ko`ra harakat va holat fe`llariga ajraladi. Shu bilan birga o`zbek tilida fe`llar qandy harakatni ifodalashiga qarab maxsus manoviy guruhlarga ajraladi. Bu guruhlar qaysilar? 1. Jismoniy faoliyat fe`llari 2. Aqliy faoliyat fe`llari. 3. Nutqiy faoliyat fe`llari 4. Holat fe`llari A)1.2.3.4 B)1.2.3 D)1.2 E)1.3

22.Qaysi qatorda ravishdosh yasovchi qo’shimchalar to’liq berilgan?

1) -b, -ib -a,-y. 2) -gani (-kani, -qani). 3)-guncha (-kuncha, -qunsha). 4)-gach (-kach,-qach).

5) -gancha 6)-gan (-каn. -qan). 7)-г,-ar 8)-yotgan, -ayotgan. 9)-adigan, -ydigan

10)-sh, -ish 11) -v, -uv 12) -moq ,-mak

A)1.2.3.4.5 B)6.7.8.9 D)10.11.12 E)1.2.3.4.5.7

23. gani,-gancha ravishdoshlarining bo'lishsiz shaklini toping?

A) -may, B) -mayin D) –masdan E) bo’lishsiz shakli yo’q

24. Ravishdoshning sintaktik (gapdagi) vazifasi?

A)Hol va kesim B)Fe’lning vazifa shakli D)Ish-harakatni ifodalaydi E)Ega,kesim,to’ldiruvchi

25.Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar to;liq sanalgan?

1) -b, -ib -a,-y. 2) -gani (-kani, -qani). 3)-guncha (-kuncha, -qunsha). 4)-gach (-kach,-qach).

5) -gancha 6)-gan (-каn. -qan). 7)-г,-ar 8)-yotgan, -ayotgan. 9)-adigan, -ydigan

10)-sh, -ish 11) -v, -uv 12) -moq ,-mak

A)1.2.3.4.5 B)6.7.8.9 D)10.11.12 E)1.2.3.4.5.7

26.Sifatdosh quyidagilardan qay birini ko’rsata olmaydi?

A)Zamon B)Nisbat D)Bo’lishli –bo’lishsizlik E)Barchasini ko’rsatadi

27.Qaysi gapda sifatdosh otlashgan?

A)Yaxshiga yondosh B) Yaxshining so’zi qaymoq D) Qo'rqqanga qo'sha ко'rinar E) Bo'lingan odamni bo'ri yer

28. Sifatdosh otlashganda qanday sintaktik vazifa bajaradi?

A)Ega,to’ldiruvchi,aniqlovchi,kesim B)aniqlovchi, kesim,hol D)aniqlovchi va to’ldiruvchi E)A va B

29. Harakat nomining gapdagi vazifasi?

A)Ega va kesim B)to’ldiruvchi, aniqlovchi D)hol va aniqlovchi E)barchasi

30. “Zulmat ichra nur”qissasi qaysi kitobdan o’rin olgan va bu kitob qachon nashr qilingan?

A)1987- yilda «Karvon yo'llarida» B)1989 –yilda «Karvon qo’ng’irog’i»

B) 1989- yilda «Karvon yo'llarida» D) 1987 –yilda «Karvon qo’ng’irog’i»

31, Mirtemirning ilk she'ri qanday nomlanadi?

A)«Shu'lalar qo'ynida» B)«Tanburim ovozi» D)«Ko’klam», E)«Bahor»

32, Mirtemirning qaysi she'ri shoirning bolalik yillari xotiralari bilan bogliq?

A)«Shudring» B)«Baliq ovi» D)«To'rg'ay» E)«Bulut»

33, “Samandar”, “Zar qadri” asarlarining janri?

A) Roman B)Hikoya D)Pyesa E)She’riy to’plam

34, Qaysi ijodkorning onasi undan: "Meni ham kitob qilgin, o’glim" deb so’raganini esga oladi?

A)A.Muxtor B)O’ Hoshimov D) Mirtemir E) Oybek

35. Antuan de Sent-Ekzyuperining ilk yirik romanini toping.

A)”Uchuvchi” B)”Tungi parvoz” D)”Janub chopari“ E)”Impravizator”

36.XX asr boshida yetishib chiqqan jadid ma'rifatchilarimizdan kim “Guliston” va “Bo’ston” kitoblardan ilhom olib darsliklar yaratdi?

A)M.Osim B)A.Avloniy D)A.Qodiriy E)Oybek

Fe’l variant X

1. Fe`lning yordamchi shakllariga nimalar kiradi ?

1.To`liqsiz fe`llar 2.Ko`makchi fe`llar. 3.Yetakchi fe`l 4.Mustaqil fe`l

A)1,2 B)2,3,4 D)2,3 E)1,2,3,4

2. Bunday fe’llar ish - harakatning bajarilganligini, bajarilayotganligini yoki endi bajarilishini bildiradi.Bu qaysi fe’l? A)Bo'lishli fe'l B) bo'lishsiz fe'l D)O’timli fe'l E)O’timsiz fe'llar

3 …..deganda mustaqil leksik ma`noga ega bo`lmagan fe`l va fe`l bo`lmagan so`zlarga birikib turli yordamchi ma`nolarni ifodalash uchun xizmat qiluvchi fe`llar tushuniladi.

A)To`liqsiz fe`llar B)Ko`makchi fe`llar1. D)Yetakchi fe`l E)Ko`makchi fe`l

4. Qaysi qatorda bo’lishsiz fe’llarning hosil bo’lish yo’llari ko’rsatilgan?

1. -ma bo'lishsizlik qo'shimchasi orqali: 2. Yo 'q, emas so'zlari orqali 3.U-yu-da yukalamalari orqali

4.Na inkor yordamchisi orqali 5.Ohang orqali A)1.2 B)1.2.4.5 D)1.2.4 E)1.2.3.4.5

5. Qaysi qatorda to’liqsiz fe’l qo’llanmagan?

A)Shahrimizda favvoralar qurilishi boshlandi. B)Mehmonlardan birining yoshi oltmishlarda

D)Anvar yoshligida bo`shangina bola edi. E)Barcha javobda qo’llangan

6. Ko`makchi fe`llar ham to`liqsiz fe`llar kabi yordamchi fe`l sanaladi.Biroq...



  1. ko`makchi fe`llar to`liqsiz fe`llardan farqli ravishda faqat fe`l bilangina birika oladi.

  2. Ko`makchi fe`l bilan birikkan fe`llar o`zbek tilida yetakchi fe`l deb yuritiladi.

  3. Yetakchi fe`l va ko`makchi fe`l butunligi fe`l esa ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasi deb yuritiladi. D)A,B,C

7. Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmalari doimo bir necha qismdan tashkil topadi.Bular…

1.To`liqsiz fe`llar 2.Ko`makchi fe`llar 3.Yetakchi fe`l 4. Mustaqil fe`l

A)1,2 B)2,3,4 D)2,3 E)1,2,3,4

8. Yozmoqchimiz so’zi tarkibidagi shaxs –son qo’shimchasini toping

A)moq B)moqchi D)moqchimiz E)bu yerda zamon qo’shimchasi qo’shilgan

9. Ba`zan Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasi tarkibida ko`makchi fel birdan ortiq ham qo`llanishi mumkinmi? A)mumkin B)mumkin emas D)ayrim paytlarda E)T/j yo’q

10. Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasilarni qo`shma fellardan farqlash lozim. Ular qanday farqlanadi.

1. Qo`shma fellar 2 mustaqil asosning birikuvidan tashkil topsa Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasilar tarkibida mustaqil manoga faqat yetakchi fel ega bo`ladi.

2. Qo`shma fel tarkibida fe`l bo`lmagan qism ham ishtirok etishi mumkin, Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasi bunday hususiyatga ega emas.

3. Fe`ldan fe`l shaklidagi qo`shma fe`l qismlarini bog’lashda faqat –b, -ib qo`shimchasi hizmat qiladi. Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasilarda esa ham –b, -ib ham –a, -y qo`shimchalari qo`llaniladi.

4. Q`oshma fel yasama so`z sanaladi. Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasilar esa yasama so`z hisoblanmaydi.

5. Qo`shm,a fe`llar gapda soda fe`l kesim sifatida Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasilar esa murakkab fe`l kesim sifatida tahlil etiladi. A)1,2,5 B)3,4,5 D)1,2,3,4,5 E)1,3,5

11. Fe`llarda ish harakat va undan bajaruvchisi orasidagi munosabatning ifodalanishi nima deyiladi?

A)Fe`l nisbatlari. B) Fe`l zamonlari D) Fe`l mayllari E) Fe`lning vazifa shakllari

12. Ba'zan fe'llar harakatning doimiyligini, y'ani uch zamonga oidligini ham ifodalaydi.Qaysi gapda shunday ma’no ifodalangan? A) Amakim Buxoroda yashaydi. B) U kelsa, xursand bo'lardim

D) Yetti o' lchab, bir kes. E) Kitobingni berib tur.

13. Qaysi qatorda majhul nisbat berilgan?

A)Navoiy sehrli sadolarga berildi. B)Gul ochildi.

D)Anvar ohista yiqildi. E)Qish mavsumiga ozuqalar tayyorlandi.

14. Kesimi o`zlik nisbatda ifodalangan gaplarda ish-harakatdan bajaruvchisi gapda qaysi gap bo’lagi vazifasida qo`llanadi? A)Ega B)Kesim D)Aniqlovchi E)To’ldiruvchi

15. Reyting ballari to`plandi. Qaysi nisbatda? A)Aniq B)O’zlik D)Majhul E)Orttirma

16. Agar fe`l tarkibida nisbat qo`shimchalari birdan ortiq ishtirok etsa fe’l qaysi nisbatda bo’ladi?



  1. ohirgi qo`shilgan nisbat qo`shimchasiga qarab belgilanadi.

  2. Har ikkala nisbatda deb qaraladi

  3. Oldingi qo’shimchaga qaraladi

  4. Nisbat qo’shimchasi yo’q deb qaraladi

17. Fe'llar hech qanday qo'shimcha olmasa, qaysi buyruq-istak mayli hisoblanadi.

A)II shaxs birlikdagi B)I shaxs ko’plikdagi D) III shaxs birlikdagi E)II shaxs ko’plikdagi

18. Nisbat qo`shimchalari Ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmasilarga qaysi tartibda qo`shiladi?

1. O`zlik nisbat qo`shimchalari odatda yetakchi fe`lga qo`shiladi.

2. Majhul nisbati qo`shimchalari odatda ko`makchi fe`l tarkibida joylashadi.

3. Orttirma nisbat qo`shimchalari odatda yetakchi fe`lga qo`shiladi.

4.Birgalik nisbati qo`shimchalari odatda ko`makchi fe`l tarkibida joylashadi.

A)1,2 B)2,3,4 D)2,3 E)1,2,3,4

19. Felning bu shakllari fe`l turkumining gapdagi sintaktik vazifasini belgilashda shumingdek boshqa turkumlarga hos belgilarni ifodalashda hizmat qiladi.Bu qaysi shakl?

A)Fe`l nisbatlari. B) Fe`l zamonlari D) Fe`l mayllari E) Fe`lning vazifa shakllari

20. Fe`l gapda asosan kesim vazifasida keladi. Qaysi gapda shunday vazifada kelgan?

A)Anvar ishlayapti B) Ular tekshirishga kelishibdi

D) Menga boshqaruv pultini topshirishdi E) Yugurish-sog'liq uchun foydali.

21. Fe'lning vazifa shakllariga nimalar kiradi?

A) ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi B)sof fe'l shakli kiradi. D) nisbat shakli E)A va B

22. Fe`lning sintaktik vazifasi?

A) hol,ega B)to’ldiruvchi,aniqlovchi D) kesim E) barchasi

23. Asqad Muxtor bolalar uchun qanday she’riy to’plam nashr ettirgan?

A)«Chin yurakdan» B) «Наyotga chaqiriq», D)«Dunyo bolalari» E)”Po’lat quyuvchi”

24, O’.Hoshimov "Cho’l havosi" qissasini o’qib, "sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o’qiladi"gan asar yozgani uchun yozuvchini tabriklagan adib kim?

A)S.Ahmad B)A.Qahhor D)Mirtemir E)O.Sharafiddinov

25, O’.Hoshimov"Dunyoning ishlari" qissasidagi qaysi hikoyada insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to’lab bo’lmas qarz ekanligi tasvirlanadi?

26. «Guliston» asari so'nggi olti-yetti asr davomida o'zbek tiliga bir necha bor tarjima qilingan. «Bo'ston» qachon o'zbekchaga o'girildi?

A)1860 B)1760 D)1960 E)1660

27. “Sayohatnoma” da qaysi makon nomi jannat bog’lariga qiyoslanadi?

A)”Zohidon” B)”Roshidon” D) “Rafqon” E)”Qudash”

28. Ko'ngli tilagan murodig'a yetsa kishi ushbu satrlar bilan boshlanuvchi ruboiysini qaysi voqeadan ta’sirlanib yozgan?

A) yaxshilikning sharofati, yomonlikning kasofati haqida so'z ketgandi

B)Ona yurtini tasblab, begona ellarda yurt so'ramoqchi, podshohlik qilmoqchi bo’lganda

D) Kobul va G'azna shaharlarini jangsiz egallab olganida

E) Samarqandni tashlab chiqishga majbur bo'ldi. Andijon xiyonatchilar qo'liga o'tgan. Ikki-uch yil tog'-u ishlarda sarson-sargardon yurgandi

29. Bobur she’rlarining hajmi qancha va ulardan qanchasi ruboiy janrida?

A)300 dan ortiq, 200dan ortig’i ruboiy B)400dan ortiq 200dan ortig’i ruboiy

D) 3000 dan ortiq, 2000dan ortig’i ruboiy E) 4000dan ortiq 2000dan ortig’i ruboiy

30. Ozodadin to'pori ko'p, Dukchisidin attori ko'p, Choyxo'ridin ko'knori ko'p, Bir rasta nos-u bang ekan. Qaysi makon tasviri?

A)”Zohidon” B)”Roshidon” D) “Rafqon” E)”Qudash”

31. Fors-tojik adabiyotida ruboiy janrida shuhrat qozonganlar?

A)Bobur,Navoiy B)Muqimiy,Zavqiy D)Jomiy,Firdavsiy E)U.Xayyom,Bedil

32. Qaysi gapda bo'lishsiz fe'ldan tasdiq ifodalangan?

A) Hech kimga munofiqlik qila ko'rma. B). Ish hech kimni o'ldirmaydi.

D). Bu gap aytilmay qolmaydi. E) Bu yerda uni ko'rgan emasman.

33.O'timli fe'l ishtirok etgan gapni aniqlang.

A) Erta ko'klamda ariqlar tozalanadi. B) Darsdan keyin kutubxonaga boraman.

D)Ra'no bog'da kitob o'qib o'tirar edi. E) Biz safardan ancha keyin qaytdik.

34.Qaysi gapda buyruq -istak maylidagi fe'l qo'llangan?

A) Oz bo'lsa ham bilmoq uchun, ko'p o'qimoq zarur. B) Namunasiz hech narsani o'rgana olmaysan.

D). Haqiqiy ta'lim odamni odamiylikka tayyorlashdir. E). Ey farzand, bilgilkim, jahonda odamning bilmagan va tanimagan hech narsasi yo'qdir.

35.O'timli fe'l qo'llanmagan gap qatorini toping.

A) O'quvchilar darsni diqqat bilan tingladilar. B) Kutubxonadan qiziqarli kitob olib o'qidik.

D) A'lochi o'quvchilar taqdirlandi. E) Hamma uyga berilgan vazifani bajardi.



36.. Orttirma nisbatdagi fe'llar qaysi qatorda qo'llangan?

A) Kuzatdi, tingladi. B)Yurgizdi, chizdirdi. D) Qiziqmoq, chekinmoq. E) Bajarmoq, ruhlanmoq.
Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish