Bajardi: Andijon viloyati Asaka tumani 37-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyaot fani o’qituvchisi Xoliqova Mashhuraxon
Mavzu: Fe’l nisbatlari
Fe`l nisbatlari: 5ta - Bajaruvchining fe`lda ifodalangan harakat-holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini ko`rsatuvchi shakllar fe`lning nisbat shakllari deyiladi. Ular 5xil.
- Kiy - 0 shakl. Bajaruvchi aniq. (sen).
- Kiyindi - o`z ustida bajardi.
- Kiyildi - bajaruvchi noma`lum.
- Kiygizdi – bajaruvchining ta`sirida boshqa bir bajaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ya`ni bajaruvchi harakat-holatni boshqa bir bajaruvchiga o`tkazadi.
- Kiyishdi – bajaruvchi boshqalar bilan birgalikda bajardi.
Fe`l nisbatlari: 5ta
Nisbat
O`zlik
Aniq
Orttirma
Birgalik
Majhul
1.Aniq nisbat. - Aniq nisbat – bajaruvchi aniq ko`rinib turgan harakat-holatni ifodalab, tarkibida hech qanday nisbat qo`shimchasi bo`lmaydi. Ya`ni 0 shaklda bo`ladi.
Masalan: yozdim, ko`rgan, bilgan, zavqlandi, birlashdi, yordamlashdi, ko`maklashdi 2.O`zlik nisbat - O`zlik nisbat – fe`lga –(i)n, -(i)l, qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil qilinadi va bajaruvchining o`zi ustida amalga oshirilayotgan harakat-holatni ifodalaydi.
Masalan: ko`r-in-di, beza-n-di, tug`-il-moq, qiyna-l-di. O`zlik nisbatda emas zavq-lan-moq, faxr-lan-moq. 3.Majhul nisbat - Majhul nisbat – bu nisbat ham fe`l asoslariga –(i)n,
-(i)l, qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil qilinadi. Ammo bunda harakat bajaruvchisi noma`lum bo`ladi. Masalan: kiy-il-di, yum-il-di, qil-in-di, beza-l-di. O`zlik va majhul nisbatlar bir xil fe`l asoslariga –(i)n, -(i)l, qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil qilinadi. Lekin ular bajaruvchining ifodalinishi nuqtayi nazaridan farqlanadi. O`zlik nisbatda harakat-holat bajaruvchining o`zi ustida amalga oshadi. Majhul nisbatda esa bajaruvchi noma`lum bo`ladi. Qiyoslang: Tarandi(o`zlik) – taraldi(majhul) Kiyindi(o`zlik) – kiyildi(majhul) Eslatma!!! Ayrim fe`llar ham o`zlik, ham majhul nisbatda bo`la oladi. Buni gap mazmunida farqlaymiz. Qiyoslang: Lag`mon cho`zildi. (majhul) Karimjon ko`rpachaga cho`zildi. (o`zlik) Sovg`a berildi. (majhul) Orzularga berildi. (o`zlik) Mix qoqildi. (majhul) Karimjon qoqildi. (o`zlik) 4.Orttirma nisbat - Orttirma nisbat - fe`lga maxsus qo`shimchalar qo`shish orqali hosil qilinadi va bajaruvchining ta`sirida boshqa bir bajaruvchi tomonidan amalga oshirlgan harakat-holatni ifodalaydi.
Maxsus qo`shimchalar: -t – unli bilan tugagan ko`p bo`g`inli fe`llarga qo`shiladi: sana-t, gulla-t, o`qi-t, ishla-t, to`qi-t. -sat – faqat “ko`rmoq” fe`liga qo`shiladi.: ko`r-sat. -ir, -ar, -iz, -az, -it – undosh bilan tugagan bir bo`g`inli fe`llarga qo`shiladi: bit-ir, chiq-ar, oq-iz, chiq-az, kir-it. -dir, -giz, -gaz, -g`iz, -g`az – jarangli undosh bilan tugagn fe`llarga qo`shiladi: yoz-dir, yur-giz, tur-gaz, tur-g`iz, tur-g`az. -tir, -kiz, -kaz, -qiz, -qaz – jarangsiz undosh bilan tugagan fe`llarga qo`shiladi: kel-tir, ket-kiz, yet-kaz, yut-qiz, o`t-qaz. O`tkaz – Bolani ariqdan o`tkaz. O`tqaz – Ko`chatlarni o`tqaz. Eslatma!!! Ba`zan fe`l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo`shimchalar qo`shilishi mumkin. Masalan: o`qi-t o`qi-t-tir, to`l-dir to`l-dir-giz, yoz-dir yoz-dir-tir. Bunday holatda orttirma nisbat ma`nosi kuchayadi! 5.Birgalik nisbat - Birgalik nisbat – fe`lga -sh, -ish, qo`shimchasini qo`shish orqali hosil qilinadi va bir necha bajaruvchilar tomonidan birgalikda amalga oshirilgan harakat-holatni ifodalaydi.
Masalan: kel-ish-di, yoz-ish-di, bor-ish-ma-di, o`yla-sh-di. ko`mak-lash-di, bir-lash-di. Bolalar onasiga yordamlashdi(aniq nisbat) Bolalar onasiga yordamlashishd(birgalik) Eslatma!!! Fe`l asosiga bir necha nisbat qo`shimchalari ketma-ket qo`shilishi mumkin. Bunday holda bu fe`lning qaysi nisbatda ekanligini eng oxirgi nisbat qo`shimchasiga qarab aniqlaymiz. Masalan: yoz-dir-tir-il-di(majhul) ort ort brg tozala-t-tir-ish-di(birgalik) Xoliqova Mashhuraxon
Do'stlaringiz bilan baham: |