Fazlulloh almaiy (1852-1891)



Download 90,5 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2022
Hajmi90,5 Kb.
#568914
  1   2
Bog'liq
Fazlulloh almaiy (1852-1891)


FAZLULLOH ALMAIY (1852-1891)

Almaiy XIX asr o‘zbek adabiyotining Toshkentda etishgan taniqli vakillaridan, shoir, olim va tarjimondir. El orasida «Qori Fazlulloh» nomi bilan mashhur bo‘lgan.


U 1852 yilda Toshkent shahrining Qo‘shtut mahallasida tug‘ilgan. Otasi Mirjalol bo‘zchilik bilan shug‘ullangan. YOsh Fazlulloh mahalladagi eski maktabda, so‘ng Hastimom yonidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasida o‘qiydi. Amakisining yordami bilan Buxoroga boradi, madrasalardan birida o‘qshni davom ettiradi. Arab, fors tillarini mukammal egallaydi, xattotlik san’atini o‘rganadi. Fazlulloh moddiy qiyinchilikda yashagan. Buxorodan qaytishda puli tamom bo‘lib, Toshkentga piyoda kelganini naql qiladilar. Buxoro madrasasini tugatib kelgach, Hofiz Ko‘ykiy mahallasidan (hozirgi Sobir Rahimov tumanida) Sobira ismli qizga uylantiradilar. Sobira o‘qimishli bo‘lgan, she’r mashq qilgan. Uyida maktab ochib, qizlarga dars bergan. Ular Joriya, Halima, Bo‘latxon, Nazrullo, Sa’dullo degan farzandlar ko‘radilar.
Fazlulloh Eski Jo‘vada joylashgan SHukurxon madrasasida mudarrislik qila boshlaydi. Zamondoshlarining xotirlashicha, Fazlulloh tikso‘z, taptortmas, kishining aybini yuziga ochiq aytuvchi kishi bo‘lgan. SHu sababli ba’zi amaldorlarga yoqmagan. Jumladan, qozikalon Umarbek bilan chap tushib, madrasadan chetlashtirilgan. SHundan so‘ng u, asosan, xattotlik va tarjimonlik bilan ro‘zg‘or tebratgan. O‘rgangan ilmu hunari yordamida kishilar uchun xususiy xatlar yozib berib, kitoblar ko‘chirib, tarjimalar qilib kun kechirgan.
Fazlulloh xat yozishning turli usullarini, jumladan, «nasta’liq» va «xatti noxuniy» (tirnoq bilan yozish) san’atlarini egallagan xattot edi. Uning she’r va adabiyotdan, arab tilining sarfu naxvi (grammatikasi)dan yaxshi xabardor ekanligini bilar edilar. SHu sababli, Fazlullohni Qo‘qonning mashhur eshonlaridan biri o‘z madrasasiga mudarrislikka taklif etadi. Biroq Fazlulloh u erda ham uzoq ishlay olmaydi, Toshkentga qaytib, xattotlik va tarjimonlikni davom ettiradi, adabiy davralarda faol ishtirok etadi. Masalan, uning Toshkentda keng tarqalgan «Bedilxonlik» yig‘inlarida qatnashgani ma’lum. Bedil chuqur ma’noli she’rlari bilan mashhur, usuli g‘oyat murakkab. Uni tushunish, anglash katta bilim va hunar talab qilgan. XIX asrning so‘ngida Toshkentda tan olingan 7 bedilxonning biri mana shu Qori Fazlulloh edi.
Fazlulloh yoshligidan she’rga ko‘ngil qo‘ydi. G‘azallar mashq qildi. Hajvlar, hazil-mutoyibalar yozdi. «Mo‘yi muborak» madrasasida o‘qib yurgan paytlarida o‘sha atrofda o‘tin terib yurgan bir ko‘knorini shunday hajv qilgan edi:
Boshiga kichik latta chulg‘ab,
O‘lguncha xorzor ko‘knori.

Alidin garchi hech ish kelmas,


CHo‘p terarga yarar ko‘knori.

Qo‘qondagi bir guruh bekorchi ulamolar abjad ustida tortishib, Fazlullohdan so‘raganlarida:


«Abjad»ingni abu jading bilmas,
«Kalaman»ni bilaman desang, kulaman, - deb javob bergan ekan. So‘ngroq u «Almaiy» (arabcha «sinchkov, ziyrak» degani) taxallusli shoir sifatida tanildi. Arab tili grammatikasiga oid «Avzonul-jumu’» («Ko‘plik vaznlari») nomli kitob yozdi. Mashhur hind adabiy yodgorligi «Kalila va Dimna»ni o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Almaiy 39 yoshida vafot etdi. Hotif degan shoir uning o‘limiga bag‘ishlab marsiya yozdi. Uni «Ma’dani fazl» (fazilat koni, ilmu donish manbai) deb atadi. 1965 yilda olim va murabbiy Subutoy Dolimov uning she’rlaridan ayrim namunalar e’lon qildi. «Kalila va Dimna» tarjimasidan parchani nashrga tayyorladi.
Fazlulloh uch tilda baravar ijod eta olgan shoir edi. Zamondoshlarining xotirlashicha, u she’rlarini to‘plab, devon tuzgan. Biroq bu devonning taqdiri bugungacha noma’lum.
SHoirning bir qator she’rlari turli bayozlar, zamondoshlarining ularga bog‘lagan muxammaslari orqali etib kelgan. Masalan, «Hayot» radifli she’ri o‘z davrida katta shuhrat qozongan. SHoir Muqimiyning unga bog‘lagan muxammasi bor. SHe’rga «hayot» so‘zi radif qilib olingan. SHe’r:
Ey, xayoli jonim ichra tanda jon yanglig‘ hayot,
Kelki, sansiz talx bo‘ldi jonima totlig‘ hayot, — degan bayt bilan boshlanadi. SHoir «hayot»ga murojaat qiladi. Uning xayolini tan ichidagi jon deb biladi. Usiz shirin (totlig‘) umrning achchiq (talx) bo‘lganligiga diqqatni qaratadi. Hayotning azizligini ta’kidlaydi. «Jon ichra jon» (mukarrar), talx-totlig‘ (tazod) orqali chiroyli manzaralar yaratadi, ta’sirchanlikka erishishga harakat qiladi.
Muqimiy Almaiyning ushbu she’riga muxammas bog‘lar ekan, shoir baytidagi g‘oyani shunday davom ettirgan edi:
Ayru sandin suvdin ayrilgan kabi bolig‘ hayot,
Bo‘ldi dardidin judolig‘ chehrasi sorig‘ hayot.
Bo‘lmadi g‘amdin yo‘lingda bir nafas forig‘ hayot,
Ey, xayoli jonim ichra, tanda jon yanglig‘ hayot,
Kelki, sensiz, talx bo‘ldi jonima totlig‘ hayot.
Hayotga mehr g‘oyasi baytma-bayt, satrma-satr kuchayib boradi. CHunonchi, ikkinchi baytda, tomir («rag»)larimda oqayotgan «qon» emas, sening xayoling («fikrating»)dir, vujudimdagi «otash» sening «ishqing»dandir, deydi shoir. Fikr kuchayib, gap umrning mazmuniga ko‘chadi:
Umr gar xush o‘tsa, umri No‘h ham kamdur vale,
Ko‘p uzundur ko‘z yumub ochquncha kulfatlig‘ hayot.
Nuh, rivoyatga ko‘ra 1600 yil umr ko‘rgan payg‘ambardir. Umr xush (yaxshi) o‘tsa, mana shu uzun umr ham kamdir. Agar kulfatlik bo‘lsachi? Ko‘z yumib ochguncha fursatligi ham ko‘p uzundir. SHoir talmeh (o‘tmishdagi biror voqea yoki shaxsga ishora), tazoddan unumli foydalanmoqda.
So‘nggi bayt — maqta’da gap shoirning o‘z taqdiriga ko‘chadi. Muallif dam-badam qon yuttirayotgan baxtdan, o‘lim zahrini shakarga qo‘shib tutayotgan hayotdan zorlanadi.
SHe’r katta falsafiy mazmunga ega. Har bir kishi taqdirida turfa xil kechadigan inson umri haqidagi o‘ylardir. Umrning naqadar murakkab bo‘lmasin, azizligi, g‘animatligi, takrorlanmasligi haqidagi o‘ylardir.
SHoirning ayrim she’rlarida ilohiy ishq mavzusi ko‘zga tashlanadi. Masalan, «Etti» radifli she’rida ishq taqdir sifatida talqin qilinadi.
Azal dehqoni qadding naxlini to sarbaland etti,
Muhabbat rishtasin ko‘nglum qushi bo‘yniga band etti, - degan satrlar bilan boshlanadi she’r. YA’ni, yaratuvchi («azal dehqoni») sening qadding niholi («nahli»)ni o‘tqazgan kuniyoq muhabbat ipi («rishtasi»)ni ko‘nglum qushi bo‘yniga bog‘lagan («band etgan») edi. Biroq u shoir vafolariga jafolar bilan javob beradi. «Xoki tani» (oyoq osti bo‘lgan tani) ustiga «gardi samand» etadi (ot o‘ynatadi), «ag‘yor» (raqib)larni «arjumand» (aziz) etadi va hokazo.
Almaiyning she’rlari orasida hazil-mutoyibaga moyillari ham uchraydi. «Mayligamu?» radifli she’ri savol-javob – dialog asosiga qurilgan. YUmshoq, o‘inoqi ohang, mayin erkalanish she’rning boshidan oxirigacha davom etadi:
Dedim: qulog‘ingga oltun isirg‘a taq, yarashur,
Dedi: teshuklar og‘riydi, tor, mayligamu?
Dedim: sochingg‘a ulag‘il kumush popuk, yarashur,
Dedi: belimga tegib og‘ritor, mayligamu?
Dedim: qo‘lingga javohir uzuk solgil, yarashur,
Dedi: qo‘limda so‘ngak yo‘q, siqor, mayligamu?
Dedimki, ko‘ksunga guhardin aylagil marjon,
Dedi: og‘ir, ne qilurman, bukor, mayligamu?
Dedim: yurakdin o‘lan shohidin kiying ko‘ylak,
Dedi: bu oq badanima botor, mayligamu?
Dedim: ayog‘inga kiygil qaro charmdan kafsh,
Dedi: qabarsa neturman, bekor, mayligamu?
Dedim: visolinga Almaiyni qil mehmon,
Dedi: oyim urushur ham so‘kor, mayligamu?
Ko‘rganingizdek, g‘azal davomida yorning erkalanib bergan javoblari asnosida uning mumtoz she’riyatimizda tasvir etiladigan g‘oyat nozik va latif qiyofasi namoyon bo‘ladi. Ma’shuqaning quloqlari shu qadar nozikki, oltin sirg‘a uning uchun qo‘pollik qiladi. Kumush popuk belini og‘ritadi. Uning qo‘llari suyaksiz, gavhar marjonlar bo‘yniga og‘irlik qiladi. SHoyi, ipak ko‘ylaklar oq badaniga botadi...
Almaiy kundalik turmush tashvishlari, yil fasllari, masalan, bahor, yoz haqida ham hazil she’rlar yozgan. Mana, shulardan bittasi:
Ey xudo, qishni yoz qilsang-chi,
Tanchadin beniyoz qilsang-chi.
Qor o‘rnig‘a sabzalar chiqorib,
Qarg‘a joyig‘a g‘oz qilsang-chi.
Axmonu daxmonu ajuz ingni
Hammasin bir juvoz qilsang-chi.
Qish umrini bir nafasga qilib,
YOz umrini daroz qilsang-chi.
YO sovuq ila qishni bir yilg‘a
Bir-biridin aroz qilsang-chi.
YO berib sabr ila tahammulni,
Ul ayshini soz qilsang-chi.
YO sitamgar jafochi yorimni
Bir manga dilnavoz qilsang-chi.
Almaiydek qulingni, ey yuzi gul,
Bir qarab, sarfaroz qilsang-chi.
Almaiyning bizga etib kelgan she’rlari uning poetik iste’dodi ko‘p qirrali ekanligani ko‘rsatadi. SHoir hayot falsafasi haqidagi she’rlarini qanday mahorat bilan bitsa, tasavvufiy g‘azallariga qancha chuqur mazmun joylasa, hazil-mutoyibalarida ham shunchalik ta’sirchanlikka erishishga muvaffaq bo‘ladi. Arab, fors tillarini bilishi so‘zlarning ma’no tovlanishlaridan samarali foydalanish imkonini bergan. Qofiya va radiflar, asosan, fikrni etkazishda, she’rning ruhi va yo‘nalishini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. SHoir vaznning imkoniyatlaridan juda samarali foydalanadi.

Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish