«fashion- menejment va marketing»


Marketing fanining hozirgizamon ta'riflari



Download 0.96 Mb.
bet6/115
Sana14.05.2020
Hajmi0.96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
2.Marketing fanining hozirgizamon ta'riflari

Marketing - bu qat'iy fanning va bozorda samarali faoliyat kơrsatishning mujassamlashishidir. Bu atama dastlab 1902 yilda AQShda paydo bơlgan, 20 yildan keyin esa bu atamadan jahonning kơpgina mamlakatlari foydalana boshladilar. Marketing (market) sơzi ingliz tilidan tarjima qilinganda “bozordagi faoliyat” ma'nosini anglatadi.

Marketing - murakkab, dinamik, kơp qirrali tushunchadir, bu esa marketingga tamoman universal tavsif berish mumkin emasligidan dalolatdir. Sơnggi yillarda chop etilgan marketingga doir adabiyotlarda marketingning juda kơp ta'riflari berilgan. Ulardan ba'zi birlarini keltirish lozim .

Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini quyidagicha ifodalaydi: “Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va ayriboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir”.

Boshqaruv muammolari bơyicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Piter Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: “Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yơq qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday ơrganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida ơzini -ơzi sotadi”.

Frantsuz marketing maktabida qơllaniladigan ta'rif ham Piter Drukker ta'rifiga juda yaqin turadi. Unga kơra: «Marketing -bu sotishni ta’minlash va sotuvga tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning talabini qondirish maqsadida ơtkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir».

Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985 yilda marketingga bergan ta’rifi esa quyidagicha: «Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir».

Keltirilgan ta’riflardan kơrinib turibdiki marketing -serqirra jarayondir. Shu bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub'ektlarining biznes falsafasi, fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bơlamiz. Demak, marketing bir vaqtning ơzida «ham mushohada va ham harakat jarayoni» ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga kơtarilgan mamlakatlarda marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha bơlgan jarayonlarda yaqqol kơrinmoqda. Bugungi bozor iqtisodiyoti chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va boshqa bozor sub'ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat kơrsatishining birdan-bir yơli marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish ekanligi hech kimga shubha tuğdirmaydi.

Respublikamizda ham sơngi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlarga talab va taklifni ơrganish bơyicha marketing tadqiqodlarini ơtkazish mexanizmini ishlab chiqish borasida talaygina ishlar amalga oshrildi. Bu esa bizning davlatimizda ham marketingning bozor qonun-qoidalariga muvofiq xơjalik yuritish tizimining asosiy vositasiga aylanish davri boshlanganligidan dalolatdir.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik