Farpi ichB fakulteti 64-17M guruh talabasi Bo`stonov Omadbekning Ijtimoiy soxa menejmenti fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Tayyorladi: Bo`stonov o qabul qildi: Yuldasheva n mavzu


Munitsipal hamjamiyat rivojlanishining konsepsiyasi



Download 23.6 Kb.
bet3/5
Sana10.05.2021
Hajmi23.6 Kb.
1   2   3   4   5
2.Munitsipal hamjamiyat rivojlanishining konsepsiyasi

Yangi munitsipal hamjamiyat asosiga nimani qo’yish mumkin va integral natijaga erishish uchun nimalar qilish kerak? Mahalliy hamjamiyatning eng ustuvor rivojlantirish strategiyasi ijtimoiy strategiya hisoblanadi. Munitsipal hamjamiyat rivojlanishi konsepsiyasining boshqa universal texnologiyasi maqsadli rivojlanishni almashtirmagan holda oddiy usullar orqali (bozor xo’jaligi,) yashash sifatini oshirish hisoblanadi.

Bunday ish yuritish birinchidan, jahon tajribasiga mos tushadi, munitsipal hamjamiyat maqsadini iqtisodyot emas, balki ijtimoiy parametlar belgilaydi. Ikkinchidan, munitsipal ta’lim strategik maqsadlarini tuzish va olib chiqish tizimni o’zgartiradi. Buning asosida quyidagi loyihalar chiqadi:

 birinchidan, munitsipal hamjamiyat daromadlarini oshirish, kambag’allar yo’q sharoitni tashkil qilish, faqat boylar va juda boylar mavjud;

 ikkinchidan, salomatlikni mustahkamlash, buning natijasida aholining hayot davomiyligi 85 yoshni tashkil etadi, bir ishchiga yiliga 1 kun kasal to’g’ri keladi;

 uchinchidan, ijtimoiy himoya.


Bu maqsadlarga erishish uchun korporativ usuldan foyda-lanish kerak. Natijada quyidagi masalalar hal bo’ladi:

 kasalliklarsiz uzoq umr ko’rish, ijodiy va ijtimoiy faollik;

 aholining yuqori daromadi, oilalar o’z byudjetlarining faqatgina 10%ini oziq-ovqatga sarflashadi;

 o’sib kelayotgan avlod ishlayotgan aholi va nafaqaxo’rlar birga teng huquqli mulkdorga aylanadi;

 xalq- o’zi yashayotgan joyning egasi va xo’jayini.
Birinchi marotaba munitsipal hamjamiyat maqsadlari, uni amalga oshirish mexanizmlari, yashovchilarning birlamchi qiziqishlari bilan hamohanglashgan, bu narsa zamonaviy motivlarni ochadi (faoliyatiga), boshqacha bir hayotiy sifatga o’z-o’zini boshqarishni rivojlantirishga olib keladi. Munitsipal hamjamiyat innovatsiyalashgan strategiyasi boshqacha umumjamiyat hayotiy munitsipal ta’lim tamoyillariga asoslanadi:

1. Munitsipal hamjamiyat yashovchilar - bir chegara ostidagi joy emas, balki kishilarning ijtimoiy jamiyati.

2. Korporativ qiziqishlar bir oila va har bir kishi qiziqishi orqali amalga oshiriladi.

3. Halqning iqtisodiy mustaqilligi shaharning ijtimoiy - iqtisodiy muammolarini yechish sharti sifatida yuzaga chiqadi.

4. Munitsipal hamjamiyatning mintaqaviy jamiyat bilan aloqalari shartnoma asosida amalga oshirilishi.
Tadqiqot loyihasida strategiyani ishlab chiqish jarayoni va uni realizasiya qilish texnologiyasi bir nechta bosqichlarni o’z ichiga oladi.

Rejadan oldin: a) strategik rejalashtirish uchun g’oyalar o’rganiladi. Buning asosiga hayot sifatini oshirish salomatlikni mustahkamlash yotadi;

b) mahalliy darajada demokratik tarzda qabul qilingan qarorlar amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda munitsipal hamjamiyat holatining ijtimoiy-iqtisodiy tashxisi amalga oshiriladi, unda insonning o’rni aniqlanadi (soni mashg’uloti daromadi va boshqalar).

Ikkinchi bosqich, strategik rivojlanishining texnolo-giyasini tanlash turida va bu texnologiya yashovchilarning qiziqishlariga javob bermog’i lozim. Texnik tarzda quyidagilar hal etiladi:

a) mahalliy iqtisodiyot rivojlanishini qanday tezlashtirish mumkin;

b) strategiyani, uning ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda tanlash.

v) mavjud dasturlarni yangi strategiya asosida baholash.

Uchinchi bosqich, mavjud bo’lgan muqobillardan rivoj-lanish strategiyasi va uni amalga oshirish texnologiyasi qabul qilinadi, bu holat orqali quyidagilarni aniqlash mumkin:

a) qo’yilgan maqsadlar uchun resurslarning yetarliligi;

b) mavjud resurslardan unumli foydalanish yo’nalishlari;

v) rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun aniq yo’llar qanday degan savolga javob beradigan turli dasturlar, usullar taqdim etilganligi;

g) munitsipal ta’lim rivojlanishi ko’rsatkichlari qayta ishlanadi, bularga esa:

 iqtisodiyotning agrar sektori va ishlab chiqarishni rivojlantirish maromidaligi;

 innovatsiyalarni, texnologiyalarni singdirish darajasi;

 jamiyat hayotini demokratiyalashuvi;

 jamiyat fikri, tavsifnomasi boshqaruv organlari faoliyatlarini baholash;

 munitsipal ta’limning kadrlar tayyorlanishini baholash;

 munitsipal ta’lim ma’naviy va moddiy-texnika bazasi holati;

 munitsipal ta’lim mintaqalaridagi mavjud resurslardan foydalanishning samaradorligi;

 ilm-fan, savdo, ta’lim, sog’liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy rivojlanishning ko’rsatkichlari;

 ekologik vaziyat ko’rsatkichlari.


To’rtinchi bosqich, faoliyat texnologiyasi unga tashkilotning resurslari asosiy boshqaruv va tashkilotchilik modellari va ushbu modellar munitsipal ta’lim rivojlanish strategiyasini mahalliy hokimiyat organlari, sanoat - moliyaviy tashkilotlar va xalq munitsipal ta’limi bilan bog’liq.

Umuman munitsipal ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqarishda munitsipal ta’lim xususiyatlarini aniqlash, iqtisodiy hayot xarakteristikasi va rivojlanish mexanizmlarini aniqlash ko’zda tutiladi. Konsepsiyada mualliflar nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi, balki munitsipal ta’limda ijtimoiy boshqaruvning vazifalarini ham aniqlab beradilar va oxirgi holatda quyidagilar baholanadi:

1. Oila byudjeti va har birining salomatligi darajasiga qarab kishining hayot sifati.

2. Munitsipal ta’limda hayotiy sifatning integral ko’rsatkichlari:

-ekologiya, salomatlik va aholining oziq-ovqati;

-barcha yashovchilarning daromadlari va moddiy ta’minlanganlari;

-xo’jalik faoliyati natijalari;

-ijtimoiy aloqalar holati munitsipal ta’lim rivojlanishining inqirozga qarshi konsepsiyasida boshqa mexanizmlar taqdim etilgan.

Munitsipal ta’lim rivojida inqirozga qarshi konsepsiyaning bir qancha mexanizmlari ko’rsatilib o’tilgan. Ulardan biri munitsipal ta’limni korporativ boshqarish texnologiyasi. Bu loyihada bir qator moliyaviy-iqtisodiy texnologiyalar berilgan. Ularning barchasi ushbu g’oyani realizasiyalash uchun yo’naltirilgan. Shunga ko’ra u loyihada quyidagilar taqdim etiladi:

-munitsipal ta’lim iqtisodiyotning normal rivojlanishini ta’minlaydigan, uning moliyaviy infratuzilmasini yaxshilaydigan texnologiyalar;

-mavjud moliyaviy resurslar, hamda texnologik asos va «nou-xau» ni baholaydigan uslubiyatlar.

Umuman inqirozga qarshi rivojlanish strategiyasini mahalliy va umuman butun jamiyatni tizimli inqirozdan olib chiqishning qanday asosiy yo’nalishi bor, degan savolga javob sifatida xo’jalik hayotini korporativ usul orqali tashkil etish ta’kidlanadi.

Xo’jalik yuritishning korporativ usuli orqali markaziy hokimiyat bilan o’z-o’zini boshqarish orgnalari o’zaro aloqalari muvozanatlashtiriladi, resurslarni taqsimlashda unumli yo’l tanlanadi va boshqalar mohiyatdan xo’jalik yuritishning korporativ shakllari jamiyati o’rta mulkdorlarning paydo bo’lishiga sharoit yaratadi.


Download 23.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat