Farpi ichB fakulteti 64-17M guruh talabasi Bo`stonov Omadbekning Ijtimoiy soxa menejmenti fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Tayyorladi: Bo`stonov o qabul qildi: Yuldasheva n mavzu


Mahalliy resurslardan unumli foydalanish



Download 23.6 Kb.
bet2/5
Sana10.05.2021
Hajmi23.6 Kb.
1   2   3   4   5
1.Mahalliy resurslardan unumli foydalanish

Mahalliy resurslardan unumli foydalanish asosida mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlarini samaradorligini oshirish texnologiyalari juda keng qo’llanilmoqda.

Ijtimoiy texnologiyalar va o’z-o’zini boshqarish organlari akademiyasi mutaxassislari «SEPIN» fondi ekspertlari bilan birgalikda o’nlab innovatsiya mashg’ulotlari o’tkazishdi.

Innovatsiya texnologiyalari asta-sekin mahalliy o’z-o’zini boshqaruv tashkilotlarida eskitdan qolgan o’y-fikrlardan qutulish yo’llarini aniqlaydi. Ular quyidagilarga olib kelishi mumkin:

1. Rasmiy munosabatdagi xatoliklar mahalliy o’z-o’zini boshqaruvning mohiyati, uning tashkiliy-huquqiy shakli bilan almashtiriladi, ya’ni mahalliy aholining mahalliy muammolarini yechishda ishtirok etishdan mahrum bo’lishadi.

2. Mahalliy o’z-o’zini boshqarish me’yoriy-huquqiy, tashkiliy shartlari asosida bo’lishi mumkin.

3. Tezlashtirish natijasidagi xatoliklar - o’z-o’zini boshqarish organlari tibiiy shakillanishining buzilishiga olib keladi.

4. Ma’muriy bosim xatoliklari - «yuqori»dan mahalliy hamjamiyatga turli tartib-qoidalargalarga bog’lab qo’yish.


Mahalliy boshqaruv tashkilotlarining konseptual g’oyasi - fikrlar «quyi»dan bilan «yuqori»dan moliyaviy-huquqiy ta’minot strategiyasini - mahalliy o’z-o’zini boshqaruv konsepsiyasi yangi bir g’oya bilan to’ldiradi. Munitsipal menejmentning sanoat - moliyaviy guruhlari yordamida, aholi mablag’lari hamda munitsipal mulk yig’iladi, nazorat qilinadi, kishilarning mahalliy muammolarini hal qilishdagi ishtiroki maxsus soha bir motivasiyasi yaratiladi, nobyudjet foydalar orqali moliyaviy mablag’larni topish manbalari yaratiladi.

Bunday rivojlanish konsepsiyasi «SEPIN» dasturida bayon etiladi. Bu dasturda mahalliy hamjamiyatning inqirozga qarshi boshqaruv texnologiyasining boshqacha modeli ham beriladi.

Mahalliy o’z-o’zini boshqaruvni mustahkamlash - hokimiyatni tashkil etish tamoyili, demokratiyalashtirishning samaradorligi, federal hokimiyatni «quyi»dan tuzish, davlat fuqarolik jamiyatining madaniylashgan institutiga aylanishidir.

Jahon tajribasi ko’rsatadiki, mahalliy o’z-o’zini boshqa-ruvning tizimli modeli asosiga mahalliy o’z -o’zini boshqaruv organlarining xalq tomonidan saylanishi va uning oldida mas’uliyatni his qilishni ta’minlash qo’yilishi lozim. Asosiy shart qilib hokimiyat organlarini shu darajada hokimiyatlarga bo’lish tamoyili taqdim etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari nazorat va boshqaruv faoliyatini qonun doirasida, o’z mas’uliyatlari ostida xalq muammolarini yechishning ma’lum bir tizimli modelini namoyon etishlari zarur.

Umuman olganda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari davlatning doimiy faoliyatiga samarali yordam bermoqda. Korporativ tamoyillarga, korporativ iqtisodiyotga asoslangan mahalliy boshqaruv organlarini rivojlantirishning yangicha yondashuvi quyidagi qadamlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:

1.Qonun doirasida federal darajada hokimiyatlarni markazlashtirish muammolari aniq qo’yiladi.

2. Qonun asosida mulkchilik muammolari, yer, moliya-byudjet siyosati, davlat vazifalar va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari vazifalari hal etiladi;

3. Munitsipal hokimiyat, munitsipal ta’lim, munitsipal mulk va boshqa munitsipal resurslar tushunchalariga aniqlik kiritiladi, bundan esa umumiy munitsipal siyosat tushunchasi aniqlanadi.

4. Davlat tomonidan alohida mahalliy organlarning vazifalari belgilanganda ular albatta zaruriy moddiy-moliyaviy va boshqa resurslar bilan ta’minlanadi;

5. Qonun chiqaruvchi organlar:

 barcha xo’jalik sub’ektlari faoliyati, shu jumladan, o’z-o’zini boshqarish organlariga huquqiy kenglikni yaratadi;

 qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy aktlar qabul qilingan holda munitsipal siyosat masalalarini kafolatlaydi;

 umumiy munitsipal siyosat davlat dasturini qabul qiladi, shu asosda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlariga qonun bazasi doirasida aniq maqsad va vazifalar taqdim etadi, shu jumladan munitsipal darajasida;

 umumdavlat ijtimoiy standartlarni kafolatlaydilar, ya’ni minimum yordamni, ular davlat tomonidan olishi shart.


Bunday yondashish davlat ijtimoiy siyosatida ilmiylikni ta’minlaydi. Oxirida esa munitsipal siyosat ishlab chiqiladi, tatbiq etiladi va u quyidagilarni bajarish imkoniyatiga ega:

a) fuqarolar uchun qonun doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni samarali tartibga solishni amalga oshirish;

b) aholi talabidan kelib chiqqan holda jahon tajribasi asosida munitsipal birlashmalarning ijtimoiy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish.

Mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlari tomonidan xalqlarga mustaqil ravishda quyidagi imkoniyatlar berilishi mumkin:

 real o’z-o’zini boshqarishga o’tish yo’llarini, bosqichlari va shakllarini aniqlash;

 tarixi, milliy hamda mahalliy udumlarni hisobga olib, mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlarining tuzilmasini tashkil etish;

 o’z fikr va tashabbuslarini amalga oshirish uchun o’z yo’llarini izlab topish imkoniyatlari va boshqalar.

Faqatgina kvartal va mikrorayon, qishloqlarda o’z-o’zini boshqaruv orqali zamonaviy munitsipal boshqaruvni tashkil etish va resurs bazalaridan samarali foylananish imkoniyati paydo bo’ladi, u rivojlantirish mexanizmi va boshqa bir qator ijtimoiy masalalarni hal qilish imkonini beradi.

Mahalliy hamjamiyatning tahliliy modellarini qo’llash: funksional, boshqaruv-tashkiliy, moddiy-moliyaviy va huquqiy mexanizmlar orqali mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining vazifalari va tuzilishini yaxshiroq ko’rib chiqish imkoniyatini beradi.
Ba’zi rayonlar soliq bazasi bo’yicha ortiqcha, boshqalarga esa eng kam ijtimoiy standartlarni ta’minlash uchun mablag’lar yetishmaydi. Davlat tomonidan standartlar yaratilishi hamma, ya’ni yaxshi yashashni istovchilarga iqtisodiy muvaffaqiyat imkoniyatini yaratadi, ammo Avstriya, Shvesiya, Finlyandiya kabilarda ham hamjamiyatlarning moliyaviy quvvati turlicha. Rossiya uchun bunday nomutanosiblik juda xarakterlidir. Muammodan chiqish uchun turli xil usullardan: ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatni yaxshilash uchun sharoit yaratilishi, tadbirkorlikning qo’llab-quvvatlanishi, kichik biznes, aniq hudud aholisi maqsadlarini qo’llash kabilardan foydalaniladi.


Download 23.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat