Farida afro’z she’riyatining tematikasi va badiiyati



Download 28 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi28 Kb.
#451862
Bog'liq
Farida afro’z she’riyatining tematikasi va badiiyati nigora Salo-fayllar.org


Farida afro’z she’riyatining tematikasi va badiiyati nigora Salohiddinova. Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi. Tel: +998 90 770 33 06
FARIDA AFRO’Z SHE’RIYATINING TEMATIKASI VA BADIIYATI
Nigora Salohiddinova. Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi. Tel: +998 90 770 33 06Iste’dodli shoira Farida Afro’z ijodi tasavvufiy ruhga, xalqona ifodaga, hayotiy mushohadaga boyligi bilan ahamiyat kasb etadi. Uning “Ko’zim manim” to’plamidan joy olgan “Sen osiysan…”, “Ketaman”, “Voydod-ey”, “Oq bilak oyim anjonlik”, “Qo’qonjonda bir hovli bor anjirli” kabi she’rlari yuqoridagi fikrlarimizning isbotidir. Shuningdek bir qator muxammaslari ham o’zining bugungi zamonga hamohangligi bilan ajralib turadi. Shoira voqelikka munosabat bildirishda so’zlarning jimjimadorligiga emas, fikrlarga jon bera oladigan oddiy so’zlarni izlab topadi. Ularni bir-biriga bog’lagan, taqqoslagan holda, ulkan poetik olamni paydo qiladi. Xususan, Vatan mavzusini yoritishda, uning istiqbolini kuylashda lirik qahramonning cheksiz faxru-iftihorini, shukronalik va uni yuksaltirishga da’vat etish hissi ustuvor tamoyil ekanligini anglaymiz. U “O’zimniki” deb nomlangan she’rida ona vatanining jonli manzarasini, urf-odatini chizgandek ko’rinadi:
Tutmi, jiyda meva zoti larzon-larzon,
Har qadamda bug’doy, paxta, sholi xirmon.
Oltinga yo’q himmat sizda, bizda arzon,
Mo’lmi, ko’lmi, terim endi o’zimniki.
Uyat qilmas hech kim o’sma qo’yib yursam,
Sochlarimga pilik solib to’yga borsam.
Kaftlarimning bo’z yeriga xino eksam,
Ko’zmunchog’u-irim endi o’zimniki1.
Millatning millat ekanligini ko’rsatuvchi va shu millat vakillarigagina xos bo’lgan o’sma, pilik, to’y, xina ko’zmunchoq, irimkabi misollar she’r mazmunini boyitgan. She’rdagi xalqona ohang esa milliy jozibadorlikni yuzaga keltirgan va Farida Afro’z ijodining yana bir qirrasini ko’rsatgan. Kishini o’ylantiradigan, ensasini qotiradigan fikrlardan yiroq shoira samimiy tuyg’ulari orqali “dilda borini aytadi”. O’zbek ayollariga xos bo’lgan jihatlarni marjonday satrlarga joylay olgan ijodkor “o’zbek ayoli” timsolining kamtarona qiyofasini ham yarata olgan.
Sarhadlarga sig’mas imkoning,
Tulpor minsang kishnaydi joning,
Omon qo’ymas Temuriy qoning,
Tezroq, elim, ildam qadam bos,
Vatan sening mehringga muhtoj,
Istiqloling boshingga gultoj2.
An’anaviy uslubda bitilgan bu she’r zamirida vatan yoshlariga, shuningdek, shoiraning o’ziga qarata aytgan da’vat ohangini sezish qiyin emas. Mustaqillik oliy ne’mat ekanligini anglagan har bir farzand, jumladan ijodkor ham qay yo’sinda bo’lmasin ichidagi hur fikrlarini ilhom qanotlari bilan parvoz ettirmoq istaydi. Parvoz etilgan bu fikrlar muallif hislarini so’zlarda ranglantiradi. Eng muhimi bunday mavzudagi she’rlar go’zal insoniy tuyg’ularga zamin yaratadi.
Amri vojib ikki dunyo,
Kuyar bo’ldik, kuyar bo’ldik.
Bir-birovni suyar bo’ldik.
Endi qaytgin, men ham qaytdim,
Astg’firulloh, alhamdulilloh3.
“Sen osiysan…” deb boshlanuvchi she’rning tub mohiyatini mustaqillik sharofati bilan o’zimizga qaytgan erkimiz, iymonimiz, dinimiz uchun shukronalik tarzida bitilgan ash’or sifatida baholashimiz mumkin. Shuningdek, ushbu she’rda islom dinida eng ko’p qo’llanadigan “Astag’firulloh”, “Alhamdulilloh” so’zlarining naqarot qilib olinishi shoiraning tasavvuf ohanglariga qalban yaqin ekanligini ko’rsatadi.
“Ko’zim manim” to’plamining “Xalq ohanglarida” bo’limidan joy olgan, qo’shiqqa aylangan ko’pgina she’rlari ijodkor uslubining yana bir qirrasini kashf eta oladi. Chunki mustaqilligimiz sharofati bilan ko’pgina ijodkorlar ko’ngil qatlamlarini istefoda etayotgan bir paytda Farida Afro’z oddiy xalq kayfiyatiga munosib chapani she’rlar yarata olganligi bilan ajralib turadi. Buni ayrim she’rlarining qo’shiqqa aylanib, xalq ko’nglidan munosib joy olganligidan ham bilsak bo’ladi.
Qo’qonjonda bir hovli bor anjirli,
Qachon borsam darvozasi zanjirli,
Kirib boray desam asta chorbog’dan,
Topilmaydi bir bahona arzirli4.
Mustaqillik davri she’riyati haqida mulohazalar bildirgan adabiyotshunos U. Hamdam: “Ammo bugungi o’zbek she’riyati kechagi she’riyat emas, balki o’zining ko’pgina, xususan, shakliy-mazmuniy mundarijasiga ko’ra yangilangan poeziyadir. Shu bilan birga, bugungi she’riyat kechagi she’riyatdan uzilib qolgan alohida hodisa ham emas. Ular o’rtasida vorisiylik, uzviylik davom etib kelayotir”5, deb aytgan fikrlarida ayni yuqoridagi mulohazalarimizni ko’zlab aytgan bo’lsa ajab emas.
Shoira she’r mazmunini yanada aniq ifodalash uchun odatda barmoq vazniga ko’proq murojaat etadi va bular to’rtlik ko’rinishida yuzaga keladi. Lekin ayrim she’rlari erkin vaznda yozilganki, bunda ham lirik qahramonning kayfiyatini va she’r mazmunini oson tushunishimiz mumkin bo’ladi. Chunonchi uning “Kechirolmayman” she’ri erkin vaznning go’zal namunasi bo’lib xizmat qiladi.
Tog’larni-ku, 4
talqon 2
qilishim mumkin, 5
Suvlarni 3
teskari 3
oqizish oson. 5
Bag’rimda 3
eritgum 3
qishni, 2
ayozni, 3
Shamolni 3
qo’ynimga 3
yashirib qo’ygum. 5
Istasam, 3
istasam… 3
Hammasiga qodirman, 7
ajab, 2
Faqat seni kechirolmayman!69Erkin she’rga xos xususiyat shuki, unda misralardagi bo’g’inlar soni, ularning o’zaro qofiyalanishi qat’iy tartibda emas, biroq she’r davomida o’lchovda teng va o’zaro qofiyadosh misralar erkin tarzda takrorlanadi”7kabi dolzarb fikrlar she’r mazmunini izohlashda va tushunishda qo’l keladi.
Farida Afro’z ijodining yana bir qirrasini belgilashda uning alohida-alohida to’rtliklar bo’lib yaratilgan she’rlari muhim rol o’ynaydi. Satrdan-satrga ko’chib o’tgan fikrlar aslida jami 4 qatorga joylanishi kerak bo’lsada, nimagadir ijodkor tomonidan bu jarayon 16 qatorga cho’zib yuborilgan. Shunday bo’lsa ham she’r tuzilishiga, ya’ni qofiya va turoqlanish jarayoniga putur yetmaganligini quyidagi she’rda ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Ba’zan
yig’lamoqqabahona
bo’lmas,Qo’ya qolay
desang
o’pkang
to’ladi.
Yig’lamay
yashayman
deysanu,
biroq,Ko’ngil
ko’chasida
kimdir
o’ladi8.Qofiyalanishi a-b-c-b ko’rinishda bo’lib, turoqlanishi 6+5 shaklda ifodangan yuqoridagi to’rtlik mazmun jihatidan ham katta ahamiyat kasb etgan. Kimdandir ranjigan lirik qahramon “ko’nglim qoldi” iborasining o’rniga o’ta qat’iyat bilan uni “o’lim”ga hukm etadi. Shundanmi shoira har bir so’zga urg’u berish maqsadida uni alohida-alohida satrlarga joylagan bo’lishi mumkin.
Xulosa shundan iboratki, o’zbek xalqining adabiy an’analarini yuksaltirgan va zamonaviy she’riyat maydonida o’z o’rnini topib ulgurgan Farida Afto’z ijodi bugungi adabiyotimizning ulkan yutug’idir. Uni tahlil va tadqiq etish, atroflicha o’rganish masalasi fanimiz rivoji uchun ahamiyatlidir.
Adabiyotlar
Farida. Afro’z. Ko’zim manim. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1999.
U. Hamdam. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 2013-yil 48-sonidan olindi.
Quronov. D. va boshq. Adabiyotshunoslik lug’ati.- T.: “Akademnashr”. 2010. B.369.
1Farida. Afro’z. Ko’zim manim. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1999. B.75.
2Farida. Afro’z. Ko’zim manim. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1999. B.66.
3Farida. Afro’z. Ko’zim manim. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1999. B.14.
4Farida. Afro’z. Ko’zim manim. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1999. B.100.
5U. Hamdam. “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 2013-yil 48-sonidan olindi.
6Farida. Afro’z. Ko’zim manim. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1999. B.81.
7Quronov. D. va boshq. Adabiyotshunoslik lug’ati.- T.: “Akademnashr”. 2010. B.369.
8Farida. Afro’z. Ko’zim manim. – T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1999. B.118.
http://fayllar.org
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish