1
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
___________________________________yo`nalishi _______bosqich
__________guruh talabasi_______________________________ ning
MALAKAVIY AMALIYOT
KUNDALIGI
Malakaviy amaliyot universitet rektorining _________dagi
buyrug`iga asosan ________dan_______gacha o`tkaziladi.
Malakaviy amaliyot rahbari:________________________
Farg`ona -2020-2021
2
Talabalar uchun eslatma
Universitet talabalarining malakaviy amaliyoti o`quv jarayonining asosiy
qismi hisoblanib, ta`lim yo`nalishlariga mos muassasalarda o`tkaziladi.
Malakaviy amaliyotning maqsadi talabalar olgan nazariy bilimlarni
chuqurlashtirish,mustahkamlash va o`quv tarbiyaviy ishlarga tatbiq etish, talabalarni o`z
kasbiga amaliy tayyorlash, kasbiy mahorat malakalari va fazilatlarini tarkib toptirish
hamda rivojlantirishdir.
Amaliyot davrida :
I.
a) talabalarning huquqlari:
1.
Taklif
va
fikr-mulohazalari
bilan
universitetning
o`quv
bo`limiga,fakultet,kafedralar va maktab rahbarlari, o`qituvchilarga murojaat
qilish.
2.
Talabalar metodist-rahbarlardan uslubiy maslahatlar, yo`l-yo`riqlar olish.
3.
Kafedralar va o`quv muassasalarining o`quv moddiy- texnikaviy bazasidan
foydalanish.
4.
Ijodiy
faoliyatlari
doirasida
malakaviy
amaliyotdagi
faoliyatlarini
kengaytirish.
5.
Talaba malakaviy amaliyotni 3/4qismini bajarib uzrli sabablar bilan
malakaviy amaliyotni nihoyasiga yetkaza olmasa, o`quv mashg`ulotlaridan
ajralmagan holda malakaviy amaliyotni davom ettirish va nihoyasiga yetkazish
huquqi beriladi.
I . b) talabaning burchlari:
1. Malakaviy amaliyot darsida 6 soatlik ish kuni davomiyligida amaliyotni
o`tayotgan xizmat manzilida bo`lishi kerak.
2. Amaliyotchi talaba “Malakaviy amaliyot dasturi” da ko`rsatilgan ishlarni o`z
vaqtida bajarishi shart.
3. Muassasalarning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlari topshiriqlariga
to`la rioya qilishlari, ularni bajarishlari lozim bo`ladi.
4. Amaliyot davrida talabalardan biri shu guruh sardori qilib tayinlanadi. U
amaliyot ishlarini tashkillash,uslubchi rahbarlar tomonidan qo`yilgan vazifalarni
bajarishda tashkilotchilik qiladi. Malakaviy amaliyotga doir ma`lumotlarni
rasmiylashtirish, bayyonnoma va ro`ynomalarni yurgizishda yordam beradi.
I.
v) talabalarning vazifalari:
1. Talaba amaliyot davrida ichki mehnat intizomini buzsa, mazkur muassasa
rahbariyati unga ma`muriy chora ko`radi va bu haqida universitet ma`muriyatiga
ma`lumot beradi.
2. Amaliyotchi talaba o`z vaqtida amaliyotni o`tamasa, bir hafta muddatda
sababsiz uzilish sodir etsa amaliyotdan va o`qishdan chetlatiladi. Bunday talaba
keyingi o`quv yilida chetlangan kursiga shartnoma asosida o`qishni tiklashi
mumkin.
3
3.Amaliyot rahbarlari tomonidan o`quv, tarbiyaviy, jamoatchilik topshiriqlarini
bajarmagan, tartib qoidani buzgan talabani amaliyotdan chetlashishga tavsiya berish
mumkin.
4.Talaba amaliyot davridagi malakaviy faoliyatini va kuzatishlarni qayd etish uchun
kundalik yuritadi.
5.Amaliyot davrida talaba rasmiylashtirishi uchun beriladigan barcha hujjat, ma`lumot
daftarlari talabada bo`lishi zarur. Universitet ma`muriyati va nazorat organlari tomonidan
so`ralganda ko`rsatilishi shart. Agar tekshirish uchun talab qilingan vaqtda ish daftari yo`q
bo`lsa, o`sha daftar yoki hujjat yuritilmagan deb hisoblanadi.
6.Malakaviy amaliyotga borib- kelish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, har
bir talabaning o`z zimmasida bo`ladi.
II. Talaba agar pedagogik amaliyot o`tsa :
a) U darsga kirishdan oldin darsning reja-konspektini tuzadi, uni metodist va fan
o`qituvchisiga tasdiqlatib oladi. Shuningdek tarbiyaviy ishlar dasturi, tarbiyaviy soat
konspektini tayyorlab, pedagogik rahbar, sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar bo`yicha
direktor muoviniga tasdiqlatib oladi.
b) Har bir talaba kamida 3 ta ochiq dars o`tishi shart va sheriklari olib borgan 3 ta darsni
tahlil etib bayonnoma yozishi kerak.
v) Amaliyotchi talaba ixtisosligi bo`yicha va boshqa fan o`qituvchilari,
guruhdoshlarining darslarini uslubiyot rahbari tomonidan berilgan sxema bo`yicha tahlil
qiladi. Dars va tarbiyaviy soatlarning tahlili maxsus daftarlarda aks ettirib boriladi.
g) Talaba amaliyot davrida o`qituvchilarning o`quv-tarbiyaviy ishlarini kuzatadi.
O`quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini o`rganadi. Sinf tarbiyaviy soatlarini,
darslarning ayrim qismlarini mustaqil o`tadi, ko`rgazmali qurollar tayyorlaydi,
fotomontajlar chiqaradi. To`garak, fakultativ mashg`ulotlar, mavzuiy kechalar o`tkazishda
qatnashadi yoki uyushtiradi. Ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etish, targ`ib etishda faol
ishtirok etadi.
III. Amaliyot tugagach bir hafta davomida amaliyotchi talaba yozma hisobotga quyidagi
hujjatlarni qo`shib topshiradi.
a) kundalik daftar;
b) amaliyot davomida tayyorlagan ko`rgazmali qurollar yoki yo`nalishning
xususiyatidan kelib chiqib tayyorlagan mahsulotlaridan namunalar;
v) amaliyot o`tagan muassasadan berilgan tavsifnoma.
IV. Agar talaba amaliyotni maktab, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseylarda
o`tkazsa quyidagi hujjatlarni qo`shib topshiradi:
a) taqvimiy reja;
b) har bir o`tgan darsi uchun dars konspekti;
v) ochiq dars konspekti;
g) o`zaro dars tahlili daftari;
d) ota-onalar yoki o`quvchilar bilan o`tkazgan ma`ruzalarning yozma bayoni;
e) amaliyotchi talabaga biriktirilgan guruh uchun tuzilgan ma`naviy-ma`rifiy ishlar
rejasi;
j) sinfdagi 2ta o`quvchiga psixologik tavsifnoma.
Talaba amaliyot davridagi faoliyatini universitet rektorining buyrug`i bilan
tasdiqlangan komissiya oldida himoya qiladi va reyting tizimi bo`yicha baholanadi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |