Far’gona Davlat Universiteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi



Download 206.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana21.05.2021
Hajmi206.09 Kb.
1   2
 

2.

 

Maʼlumki,  oila  jamiyatning  asosiy  boʻgʻini  hisoblanadi. 



Mustaqil  mamlakatimizda  oila  jamiyat  va  davlat  muhofazasida  boʻlib, 

uning  huquqiy  asoslari  qomusimiz  Konstitutsiyamizda  mustahkamlab 

qoʻyilgan.  Yurtimizda  oilaga  boʻlgan  eʼtiborning  ustuvorligini  boshqa 

davlatlar  bilan  qiyoslaganda  yaqqol  farqni  koʻrish  mumkin.  Bu 

shubhasiz,  ota-onalar  va  mustaqil,  buyuk  kelajakka  intilayotgan 

davlatimiz  zimmasiga  juda  katta  vazifalar  va  masʼuliyat  yuklaydi. Bu 

haqida  fikr  yuritganda  Yurtboshimiz  Shavkat  Mirziyoyev  qayd 

etganidek:  “Oʻzbekistonda  mustaqil  va  kuchli  davlat  qurishdan  asosiy 

maqsad inson,  uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan 



va  hurmat  qilinadigan  adolatli  jamiyat  barpo  etishdir.  Ayni  vaqtda 

musulmon olami va jahon  hamjamiyatidagi munosib oʻrnimizni yanada 

mustahkamlashdir.  Bu,  avvalambor,  taʼlim  va  maʼrifat  tizimini 

takomillashtirish,  mamlakatimiz  kelajagi  boʻlgan  yoshlarni  zamonaviy 

bilim  olishga  yoʻnaltirish,  barkamol  shaxsni  tarbiyalash  bilan  bogʻliq 

ekanini  biz  yaxshi  anglaymiz”[1],  deya  taʼkidlagani  ayni  haqiqatdir. 

Mustaqillik  yillarida  oilaning  jamiyat  taraqqiyotidagi  ahamiyatini 

oshirish,  uning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  maʼnaviy  va  huquqiy  asoslarini 

takomillashtirish,  oila  aʼzolarining  salomatligini  saqlash  va  bilim 

darajasini oshirish kabi masalalarini oʻz ichiga qamrab oladi. 

Aynan  oilada,  ota-onaning,  mehr-muhabbati,  gʻamxoʻrligi  asosida 

farzand dunyoga keladi. Dunyoga kelib ilk bor koʻz ochgan yangi vujud 

birinchi  marta  ushbu  murakkab  olam  bilan  oilada  tanishadi,  shunday 

ekan uning uchun dunyoda eng zukko, aqlli bilimdon inson kim? Albatta 

uning  ota-onasi  hisoblanadi.  Farzandni  tarbiyalashni  dono  xalqimiz 

aytganidek,  u  hali  tugʻilmasdan,  ota-ona  va  butun  oila  aʼzolari 

hamjihatlikda boshlashimiz lozim boʻladi. Ota-onaning farzand oldidagi 

burchi  nihoyatda  katta  va  masʼuliyatlidir. Dinu diyonatli  oqsoqollardan 

soʻrasangiz, ularni aniq va loʻnda qilib sanab beradi. Bolaga chiroyli ism 

qoʻyish,  tarbiya  berish,  savodini  chiqarish,ilmli,  kasb-hunarli  qilish  va 

boshqa bir qator vazifalar. 

Bugun ana shunday oliyjanob anʼanalar qaytadan mustahkam qaror 

topishi  va  rivojlanishi  uchun  istiqlol  sharofati  tufayli  eng  qulay 

sharoitlar yaratildi. Bola tarbiyalash uni voyaga yetkazish, qolaversa, uni 




elga,  yurtga,  ota-onaga  foydasi  tegadigan  inson  qilib  tarbiyalash 

mushkul vazifalardan biri hisoblanadi. 

Shunday  ekan  farzand  tarbiyasida  quyidagi  bosqichlarda  amalga 

oshirilishini  ota-ona  yaxshi  bilishi  foydadan  holi  boʻlmaydi:Birinchi 

bosqich-nasl  tarbiyasi,  yaʼni  bola  tarbiyasi  bola  tugʻilmasdan  uch-toʻrt 

yil  oldin  boshlanishi  kerak.  Yaʼni  boʻlgʻusi  ota  va  onaning  sogʻligi, 

farzand tarbiyasiga masʼulligini inobatga olish lozim boʻladi. 

Ikkinchi  bosqich-homiladorlik  davridagi  parvarish  bu  masala  oʻta 

muhim  va  ahamiyatli  chunki  bola  toʻqqiz  oy  davomida  ona  qornida 

rivojlanar  ekan  onaning  sogʻligi  birinchi  oʻrinda  boʻlishi  kerak  axir 

bejizga aytilmagan sogʻlom onadan sogʻlom bola. 

Uchinchi  bosqich  -  bola  tugʻilganidan  6-7  yoshgacha  boʻlgan 

davrni 

oʻz 


ichiga 

oladi. 


Shu 

davrga 


kelib, 

bola manaviyatining asosiy kurtaklari shakllanib, rivojlanib 

boʻladi. 

Maʼnaviy  barkamollik  balki  beshikdagi  allaning  mazmunidan 

balki kiyintirishu uni halol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin.  

Lekin oila maʼnaviyati, oilaviy tarbiyaning oʻziga xosligi shundaki, 

u  bolalarga  ota  onalarining  ota-onalik,  qon-qarindoshlik  xislatlarini 

uzatib,  shaxsning  umumiy  rivojlanishinigina  taʼminlab  qolmay,  balki, 

insonni  barcha  imkoniyatlarini  va  maʼnaviyati  ham  oʻstiradi.  Oila 

tarbiyasi-  bu  milliy  ijtimoiy  tarbiya  jarayonning  shunday  bosqichiki, 

insonning keyinchalik butun umri  davomida  oladigan  maʼrifat va hayot 

saboqlari  uchun  asos,  zamin,  poydevor  vazifasini  oʻtaydi.  Oiladagi 

gʻoyaviy  tarbiya  ota-ona  va  farzandlar  bir  necha  avlodga  mansub 



shaxslarning  oʻzaro  yaqinlik  munosabatlari  asosiga  quriluvchi  oʻziga 

xos betakror maʼnaviy-axloqiy ruhiy jarayondir. 

Hayotda  maʼnaviyat  nimalarda  oʻz  ifodasini  topadi.  Inson 

maʼnaviyatini  oʻzini  shaxs  sifatida  anglagandan  boshlab  umrining 

oxirigacha  shakllantiradi  va  rivojlantiradi.  Maʼnaviyat  inson  ruhiyatini 

ifodalaydi  yaʼni  u-oʻzini  oʻzligini  anglash,  did-farosat,  aql-idrok, 

yaxshilikni  yomonlikdan,  ezgulikni  jaholatdan,  adolatni  razolatdan, 

ogohlikni  loqaydlikdan,oqillikni  johillikdan  ajrata  bilish  qobiliyatini 

belgilaydi.  Bu  xislat  va  his  tuygʻular  insonga  jamiyat  yurt  millat  va 

vatanga  boʻlgan  munosabatda  namoyon  boʻladi.  Ota-onalar  oʻz 

farzandlarini  komil  insonlar  qilib  tarbiyalashi  ularda  vatanga  muhabbat 

mehnati va fidoyiligi bilan oʻzgalarga foyda keltirish sadoqat samimiylik 

kabi  xislatlarni  kamol  toptirishga  xizmat  qiladi.Oilada  farzand  aqliy  va 

jismoniy yetuk boʻlib shakllanishi uchun ota-ona uning axloqiy tarbiyasi 

bilan  jiddiy  shugʻullanib  koʻp  harakat  qilishi  lozim  boʻladi.  Bu  haqda 

Maʼrifatparvar  Abdurauf  Fitrat:  “Axloqiy  tarbiya  odam  axloqini 

kamolga  yetkazish  demakdir,  yaʼni  odamni  shunday  tarbiya  qilish 

kerakki, feʼli va amali oʻziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat 

keltiradigan boʻlsin”

1[2]


deb taʼkidlagan edi. 

Oila  ilk  maʼnaviy-axloqiy  va  gʻoyaviy  tarbiya  manbayi  boʻlgan 

ekan  demak  bolalarni  milliy  gʻoya  va  mafkura  asosida  tarbiyalashda 

katta  ahamiyatga  ega  boʻlgan  maskanga  aylantirish  lozim.  Oʻzbek 

oilalarida  umuminsoniy,  milliy  qadriyatlar  va  maʼnaviy-axloqiy 

munosabatlar  qaror  topgan.  Oila  mustahkam  poydevorga  qurilib,  unda 

sharqona  va  jahon  andozasiga  mos  maʼnaviy-axloqiy  qadriyatlar  qaror 



topsa,  sogʻlom  avlodni  voyaga  yetkazishda  yetakchi  oʻrinni  egallasa 

bunday  oila  ostonasidan  Vatan,  millat,  inson  kamoloti,  yangi  sogʻlom 

avlod kelajagi boshlanadi. 

Xulosa  oʻrnida  shuni  aytish  mumkinki,  oilada  bolaning  maʼnaviy 

barkamol inson boʻlib shakllanishda  avvalo  ota  onaning  maʼnaviy-

maʼdaniy  jihatdan  yetuk  kuchli  tarbiyaviy  bilimlarni  egallagan 

boʻlishlari talab etiladi. Zero hayotning oʻzi buni tasdiqlab turibdi. 

Olib borilgan tadqiqotlarimiz xulosalariga tayanib, ajrashishlarning 

oldini olish, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qator takliflar ishlab 

chiqdik. Bizningcha, eng avvalo, mahalla fuqarolar yigʻinlari huzuridagi 

Yarashtirish komissiyalari va “Ota-onalar universiteti” tuzilmalari uchun 

malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish zarur. Oila qurayotgan 

fuqarolarni tegishli qonunchilik asosida er-xotinning huquq va 

majburiyatlari, xususan, nikoh shartnomasini tuzish tartiblari, shart-

sharoitlari, oqibatlari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish lozim. 

Bu borada keng qamrovli targʻibot ishlarini yuritish, tegishli uslubiy 

qoʻllanmalar yaratish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga 

muvofiq. Umumtaʼlim maktablaridan tortib, oliy oʻquv yurtlarining 

dasturlarigacha oila saboqlarini oʻrgatuvchi dars mashgʻulotlarini 

kiritish foydadan xoli boʻlmaydi. 



3. Albatta, oilalar bilan ishlashda soha mutaxassislaridan yuqori 

bilim hamda koʻnikma, oʻziga xos tajriba talab etiladi. Shuni eʼtiborga 

olib, markazimizning viloyat boshqarmalari qoshida tashkil qilingan 

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha maxsus 

oʻquv-kurslarida, birinchi navbatda, markaz hamda hududiy boʻlinmalari 



xodimlari uchun oʻquv-kurslari tashkil etilib, mashgʻulotlarni 

oʻtaganlarga maxsus sertifikatlar berildi. Hozirgi kunda esa butun 

respublika boʻylab mahalla fuqarolar yigʻinlarining xotin-qizlar bilan 

ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash 

boʻyicha mutaxassislari oʻquvlari izchil davom ettirilmoqda. 

Oila instituti sohasida markazimiz bir qator davlat va nodavlat, 

xalqaro tashkilotlar bilan ham oʻzaro hamkorlik aloqalarini 

mustahkamlamoqda. Ayni paytga qadar 20 dan ortiq tashkilotlar bilan 

Memorandum imzolanib, faol hamkorlik oʻrnatildi. 

Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, joriy yilning 27 iyun kuni 

Prezidentimiz qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini 

mustahkamlash konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl 

xaritasi” tasdiqlangani ham yurtimizda oilalar farovonligi uchun davlat 

hamda jamiyat astoydil qaygʻurayotganining hayotiy ifodasi boʻldi. 

Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy 

maqsad mamlakatimizdagi har bir oilaning huquq va manfaatlarini toʻliq 

roʻyobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, 

oilaviy munosabatlar muvozanatini taʼminlash, oila farovonligini 

oshirish, muxtasar aytganda, oila institutini har tomonlama qoʻllab-

quvvatlagan holda, davlatimizning izchil va barqaror taraqqiyotiga 

erishishdir. Niyatimiz, har bir oila maʼnaviy sogʻlom, baxtli va xotirjam 

hayot kechirsin. Oila bagʻrida ulgʻayayotgan farzandlar komil inson 

sifatida voyaga yetib, davlatimizning kuchiga kuch, qudratiga qudrat 

qoʻshaversin. Zero, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekan, uning 




mustahkam boʻlishi, farovonligi davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqiga 

xizmat qilishi, shubhasizdir. 



 

Download 206.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat