Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida



Download 38,5 Kb.
Sana21.03.2017
Hajmi38,5 Kb.
#5011
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2006 YIL 27 SENTYABRDAGI 205-SONLI QARORI

"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:

Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Vazirlar Mahkamasining qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq;

Vazirlar Mahkamasining qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi to'g'risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

 

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoev

Vazirlar Mahkamasining
2006 yil 27 sentyabrdagi
205-son qaroriga
2-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining qimmatbaho metallar
va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash
faoliyatini litsenziyalash komissiyasi
TARKIBI

 Azimov R.S.

- O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Komissiya raisi

Alimov F.M.

- O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig'i, Komissiya raisining o'rinbosari

Qobilov I.M.

- Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste'mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining etakchi mutaxassisi, Komissiya kotibi

Patullaev A.A.

- O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig'ining o'rinbosari

Usenov N.S.

- O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining nazorat-taftish bo'limi boshlig'i

Abduqodirov A.A.

- "O'zstandart" agentligining davlat inspektori

Yakubov A.I.

- "Fonon" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi 1-Toshkent zargarlik zavodi direktorining o'rinbosari

 

Izoh. Komissiya a'zolari boshqa ishga o'tganda Komissiya tarkibiga ularning lavozimlariga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.

Vazirlar Mahkamasining
2006 yil 27 sentyabrdagi
205-son qaroriga
4-ILOVA

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining
o'z kuchini yo'qotgan qarorlari
RO'YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining "Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini litsenziyalash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2003 yil 12 noyabrdagi 503-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 115-modda).

2. Vazirlar Mahkamasining "Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to'g'risida" 2004 yil 26 iyuldagi 358-son qaroriga 33-ilova.

3. Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash hamda ba'zilariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida" 2005 yil 22 fevraldagi 73-son qaroriga 2-ilova 36-bandining yigirma to'qqizinchi xatboshi (O'zbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 2-son,13-modda).

4. Vazirlar Mahkamasining "Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida" 2005 yil 7 noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilova 10-bandining o'n ettinchi xatboshi.

5. Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to'g'risida" 2005 yil 21 sentyabrdagi PQ-186-son qarori)" 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga ilovaning 32-bandi.

"O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami", 2006 yil, 39-son, 390-modda.

"O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to'plami",



2006 y., N 9, 72-modda.
Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish