Fanning maqsadi, mohiyati va uning o`quv jarayonida tutgan o`rni



Download 53,47 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi53,47 Kb.
#12251
So`z boshi

Fanning maqsadi, mohiyati va uning o`quv jarayonida tutgan o`rni.

Mamlakatimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishda halq ho`jaligining muhim tarmoqlaridan biri-mashinasozlik asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Chunki, Mashinasozlik sanoati, qishloq ho`jaligi va konchilik sohasida har bir ishchi,muhandis va olimning vazifasi zamon talablariga javob bera oladigan, foydali ish va koeffisienti yuqori, konstruksiyasi mumkin qadar sodda bo`lgan mashinalar yaratishdan iborat.

Ana shunday muhandislarni tayyorlashda «Mashina detallari» kursi alohida o`ringa ega.

Kursning maqsadi: Mashinalar uchun bir hil bo`lgan detallarni hisoblashda va

loyihalashda zamonaviy usullarni, qoidalarni takomillashtirish, muhandislik tafakkurini rivojlantirishdir.

Ushbu ishchi dastur O`zbekiston respublikasi Prizidenti I.A.Karimovning 12 aprel 2001 yildagi 2829 sonli farmoniga va Vazirlar mahkamasining 13 apreldagi № 173 sonli qaroriga binoan konchilik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va Navoiy davlat konchilik institutining Navoiy Metallurgiya kombinatiga o`tishi munosabati bilan Davlat ta`lim standartlariga mos ravishda tuzilgan bo`lib, mashinasozlik yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlash uchun mo`ljallangan.

Kursning vazifalari: detallarning mashinadagi ishlash sharoitlarini xisobga olgan holda hisoblash va loyihalash malakallarini talabalarga singdirish.

Materiallarni to`g`ri va aniq tanlash, detal shaklini, aniqlik darajasini va yuzani ishlanish sifatini to`g`ri belgilash, mustahkamlikka, bikrlikka, ustivorlikka, ishqalanishga chidamlilikka va boshqa ishchan qobiliyati va layoqati me`zonlariga hisoblashni o`rganishdir.

O`quv loyihasidagi bishqa fanlar bilan aloqadorlik


«Mashina detallari» kursi matematika, fizika, nazariy mexanika, mashina va mexanizmlar nazariyasi, materiallar qarshiligi, materialshunoslik, mashinasozlik chizmachiligi, iqtisod, badiiy konstruksiyalash, dizayn, ishonchlilik kabi bir qator fanlar chambarchas bog`liqdir.

Fanni o`rganish jarayonida talabalar mashina detallarini loyihalash, hisoblash, konstruksiyalash, shuningdek detallarni tejamkorlik, davlat standartlariga quyilgan talablarni qondiradigan qilib tayorlash usullari bilan tanishadilar.


Fanni o`qitishdagi yangi texnologiyalar


«Mashina detallari» fani, konstruksion metallar texnologiyasi, materiallar qarshiligi, ishonchlilik, avtomatik loyihalash sistemalari va boshqa zamonaviy tushuncha va qarashlarga asoslangan holda EHMdan keng qullashda foydalaniladi. Bu esa muhandislik hisoblarini qisqa muddatda aniq va sifatli bajarishga ularni ko`p varianlilik asosida olib borishga imkon yaratadi.

Fanning mazmuni

T/R

Mavzuning nomlanishi

Mavzuning mazmuni


Hajmi soatda

1.

Kirish.Mashina detallari konstruksiyasiga nisbatan qo`yiladigan asosiy talablar.

Kirish. Kurs haqida umumiy ma`lumotlar.Mashina detallarini ishga layoqatining asosiy me`zonlari. Mustahkamlik, bikrlik, emirilishga chidamlilik, titrashga chidamlilik.

2

2.

Birikmalar.

Parchin mixli brikmalar.



Birikmalar.Parchin mixli birikmalar. Birikmalar to`g`risida ma`lumot. Parchin mixli birikmalarni hisoblash.Parchin mixli birikma turlari. Cho`zuvchi kuch ta`siridagi chokni hisoblash. Eguvchi moment ta`sir etganda chokni hisoblash.

2


3.

Payvand birikmalar.

Payvand birikmalar. Uchma-uch birikma, ustma-ust birikmalarni hisoblash.

2

Kontaktlab payvandlash. Payvand burikmalar uchun ruhsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash.

2

4.

Rezbali birikmalar.

Rezba haqida umumiy ma`lumot. Rezbali birikmalar va ularni hisoblash. Yuklama turlicha ta`sir etganda rezbali birikmani hisoblash. Bir necha boltli birikmalarni hisoblash.

2

5

Yuklama turlicha ta`sir etuvchi bolt sterjinining mustahkamligini hisoblash.

Bolt sterjiniga faqat cho`zuvchi tashqi kuch ta`sir etadi. Bolt sirib tortilgan. Bolt sirib tortilgan, bolt sterjiniga cho`zuvchi kuch ta`sir etadi. Nagruzka boltning o`qiga tik yo`nalishda ta`sir etadi. Ta`sir qiluvchi nagruzkadan bolt sterjinida eguvchi moment hosil buladi.

Klemmali birikmalarning boltlarini hisoblash.



2

Rezbali detallar uchun ishlatiladigan materiallar va ular uchun ruхsat etilgan kuchlanishlar. Plastmassalardan tayyorlangan rezbali detallarni hisoblashning o`ziga хos хususiyatlari. Detallarni tig`izlik hisobiga biriktirish. Umumiy ma`lumot. Presslangan birikmalarni hisoblash.

2

6.

Shponkali va shlisli birikmalar.

Shponkali va shlisli birikmalar. Shponkali birikmalar. Prizmatik shponkalar. Ponasimon shponkalar. Shlisli birikmalar. Shlisli birikmalarni hisoblash. Plastmassadan tayyorlanga shponkali va shlisli birikmalarni hisoblashning o’ziga hos hususiyatlari.

2

7.

Uzatmalar.

Friksion uzatmalar.



Uzatmalar. Friksion uzatmalar.Umumiy tushunchalar. Friksion uzatmalarning kinematikasi va ulardagi kuchlar. Silindrik g`ildirakli uzatmalarni hisoblash.

2

Konussimon g`ildirakli uzatmalarni hisoblash. Friksion uzatmalarni kontakt kuchlanish bo`yicha hisoblash. Variatorlar. Plastmassadan tayyorlangan friksion uzatmalarni hisoblashning o`ziga hos hususiyatlari.

2

8.

Tasmali uzatmalar.

Tasmali uzatmalar. Umumiy ma`lumot. Tasmali uzatmalarni hisoblashning nazariy asoslari. Uzatmalarning kinematikasi. Uzatmalarning geometriyasi.

2

Tasma tarmoqlaridagi kuchlar va ular orasidagi munosabat. Тasmadagi kuchlanishlar. Tasmaning shkivlarda sirpanishi.

2

9

Yassi, ponasimon va tishli tasmali uzatmalar.

Yassi tasmali uzatmalar. Yassi tasmali uzatmalarni hisoblash usuli. Ponasimon tasmali uzatmalar. Ponasimon tasmali uzatmalarni hisoblash usuli.

2

Tishli tasmali uzatmalar. Plastmassalarning tasmali uzatmalarda ishlatilishi va ularni hisoblashning o`ziga хos хususiyatlari. Tasmali uzatmaning shkivlari.

2

10.

Tishli uzatmalar.

Tishli uzatmalar. Umumiy ma`lumotlar. Uzatmaning geometriyasi va kinematikasi. Qiya tishli g`ildirak geometriyasining o`ziga хos хususiyatlari.

2

Tishli g`ildiraklar tayyorlashda ishlatiladigan materiallar. Tishli g`ildiraklar tayyorlashda aniqlik darajasi va uning ilashish sifatiga ta`siri. Tishli uzatmalarning ishlash qobiliyati va ularning emirilishi.

2

11.

To`g`ri qiya va shevron tishli silindrik uzatmalarni eguvchi va kontakt kuchlanishlar bo`yicha hisoblash.

To`g`ri, qiya va shevron tishli silindrik uzatmalarni eguvchi va kontakt kuchlanishlar bo`yicha hisoblash. To`g`ri tishli silindrik g`ildirak tishlarini eguvchi kuchlanish bo`yicha hisoblash.

2

Nagruzkaning notekislik va dinamikaviy koeffisientlari. Qiya va shevron tishli silindrik uzatmalarni eguvchi kuchlanish bo`yicha hisoblashning o`ziga хos хususiyatlari. To`g`ri tishli silindrik g`ildirak tishlarini kontakt kuchlanish bo`yicha hisoblash.


2

12.

Konussimon g`ildirakli uzatmalar.

Konussimon g`ildirakli uzatmalar. To`g`ri tishli konussimon g`ildirakli uzatmalarni eguvchi kuchlanish bo`yicha hisoblash.

2

To`g`ri tishli konussimon g`ildirakli uzatmalarni kontakt kuchlanish bo`yicha hisoblash. Nuqtaviy ilashish bilan ishlaydigan uzatma (M.L.Novikov uzatmasi) haqida qisqacha ma`lumot.

2

13.

Chervyakli uzatmalar.

Chervyakli uzatmalar. Umumiy ma`lumotlar. Uzatmaning geometriyasi va kinematikasi. Uzatmaning foydali ish koeffisienti.Chervyakli uzatmada hosil bo`ladigan kuchlar.

2

14.

Chervyakli uzatmaning mustahkamligini hisoblash.

Chervyakli uzatmaning mustahkamligini hisoblash. Umumiy ma`lumot. Uzatmani kontakt kuchlanish bo`yicha hisoblash. Uzatmani eguvchi kuchlanish bo`yicha hisoblash. Chervyakli uzatmalar uchun ishlatiladigan materiallar va ular uchun ruhsat etilgan kuchlanishlar. Plastmassalarning chervyakli uzatmalarda ishlatilishi. Uzatmaning qizishini tekshirish va uni moylash.

2

15.

Zanjirli uzatmalar.

Zanjirli uzatmalar. Umumiy ma`lumotlar. Zanjirli uzatmaning umumiy harakteristikasi. Zanjir va yulduzchalarning tuzilishi.

2

16.

Zanjirli uzatmada hosil bo`ladigan kuchlar.

Zanjirli uzatmada hosil bo`ladigan kuchlar. Uzatmada hosil bo`ladigan kuchlar. Zanjir elementlaridagi kuchlanishlar.

2

Sharnirdagi bosimning ruhsat etilgan qiymati. Zanjirli uzatmaning amaliy hisobi. Plastmassalarning zanjirli uzatmalarda ishlatilishi.

2

17.

Vallar va o`qlar.

Vallar va o`qlar. Umumiy ma`lumot. Vallarni hisoblash. Vallarning mustahkamligini hisoblashning tarkibiy usuli. Vallarning mustahkamligini hisoblashning aniqlashtirilgan usuli. Vallarning bikirligini aniqlash. Vallarning vibrabardoshligini aniqlash.

2

18.

Podshipniklar. Sirpanish podshipniklari.

Podshipniklar. Umumiy ma`lumotlar. Sirpanish podshipniklari. Podshipniklarning ishlash sharoiti va emirilishi. Suyuqlikda ishqalanishni ta`minlaydigan asosiy shartlar.

2

19

Podshipniklarning shartli hisobi.

Podshipniklarning shartli hisobi. Podshipniklarni suyuqlikda ishqalanish rejimi bo`yicha hisoblash. Vkladishlar uchun ishlatiladigan materiallar. Plastmassalardan tayyorlangan podshipniklar va ularni hisoblashning o`ziga hos hususiyatlari.

2

20.

Dumalash podshipniklari.

Dumalash podshipniklari. Dumalash podshipniklari haqida umumiy ma`lumot. Podshipnikning ishlash sharoiti. Podshipnikning kinematikasi. Podshipniklarning emirilishi va hisoblanishi.

2

21.

Muftalar.

Muftalar. Umumiy ma`lumotlar. Doimiy biriktiriladigan muftalar. Prujina bilan ta`minlangan tishli muftalar.

2

Boshqariladigan ulovchi muftalar. Kulachokli muftalar.

2

22

Prujinalar.

Umumiy ma`lumot. O`rama prujinalar. Maxsus prujinalar.

2

Jami: 64 soat

Amaliy mashg`ulot

Fan bo`yicha hisoblash mashqlari talabalarga amaliyotda uchraydigan injenerlik masalalarini hal etish yangiliklari,detal o`lchamlarini,yuza g`adir budirligi,hisoblash va asosiy adabiyotlardan samarali foydalanishga ko`nikma hosil qilishdan iborat.Mashqlar fanning asosiy qismini egallagan mavzular bo`yicha guruhlarga o`tkaziladi.

Amaliy mashg`ulotlarda guruhda bitta umumiy masala ishlanadi,lekin har qaysi talaba o`qituvchi maslahatida o`zi alohida echadi.Har qaysi ikki soatlik mashg`ulotda bir qancha shunday masalalar ishlab ko`rsatiladi.

Amaliy mashg`ulotlar mavzusi

Т/r

Mavzuning nomlanishi


Hajmi soatda

Eslatma

1.

Parchin mixli birikmalarni hisoblash.

2




2.

Payvand birikmalarni hisoblash.

4




3.

Rezbali birikmalarni hisoblash.

4




4.

Tasmali uzatmani hisoblash

4




5.

Zanjirli uzatmani hisoblash.

4



Jami: 18 soat


Tajriba ishlari

“Mashina detallari” fanidan tajriba ishlarini mavjud namunaviy vositalar va asboblarda olib borilishi talablarda mashina detallarining konstruksiyasi va ularga texnik xizmat ko`rsatish, hamda detallarning o`lchash aniqligi va unumdorligiga ta`sir etuvchi faktorlarni, uning muhim harakteristikalarini aniqlashga yordam beradi.

Shunday qilib “Mashina detallari” fanidan tajriba ishlarida talabalar fanning amaliy qismi bilan tanishib qolmasdan, balki ilmiy izlanishlarning bir qancha yangiliklari bilan tanishib qolmasdan, balki ilmiy izlanishlarning bir qancha yangiliklarini ham o`zlashtiradi..

Tajriba ishlari bo`lg`usi baklavrlarida ilmiy gipoteza bilan tajribaning uzviy bog`liqligini to`g`ri tushunish, uning nazariy bilimlarini mustahkamlash va uning amaliy faoliyatiga yahxhi tayyorgarlik ko`rishga imkon yaratadi.

O`quv maqsadlarida mostashtirilgan tajriba jihozlarni oily o`quv yurti bilanishlab-chiqarish orasidagi ko`prik vazifasini o`taydi.

Texnika havfsizligi qoidalariga qat`iy rioya qilgan holda mavjud vositalar va asboblarga ishlash talabalarga zavoddagi uskunalarda ishonchli muomalada bo`lish hislatlarini tarbiyalash imkonini beradi.



Т/r

Mavzuning nomlanishi


Hajmi soatda

Eslatma

1.

Bolt yordamida biriktirishning kuch bilan tortilishiga bog`liqligi.


4




2.

Shlist birikmasiningolib boruvchi imkoniyatini aniqlash


4




3.

Silindrik tishli reduktorning konstruksiyasini o`rganish.

6





4.

Chervyakli reduktor konstruksiyasini o`rganish.

6




5.

Zanjirli uzatmaning konsrtuksiyasi bilan tanishish va uning parametrlarini aniqlash.

6




6.

Dumalash podshipniklari konstruksiyasini o`rganish.

6







Jami 32soat







Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining

ta`lim jarayoniga joriy etish

Fan mohiyati va mazmunini mavzular bo`yicha tegishli sxema, grafik, chizmalar hamda Internetdan olingan zaruriy ma`lumotlar va yangiliklar zamonaviy axborot texnologiyalari orqali talabalarga etkaziladi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Tarmoq texnologiyasi” usulidan foydalaniladi. Fan bo`yicha olib borilayotgan 2, 3, 4, 5, 6, 9, 10 ma`ruza darslari mobaynida talabalarni faolligini ta`minlab, erkin fikr yuritish va ochiq o`ylash (interfaolligini oshirish) uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan tashqari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Aqliy hujum” va “Klastr” usullari qo`llaniladi. Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida “Interfaol” usullardan foydalaniladi.


2.4. Kurs loyihasi


Kurs loyihaning maqsadi-mashinalarni loyihalash uquvlarini egallash,loyiha o`qituvchisi nazorati ostida talabaning mustaqil ishlashi shakllaridan biridir. Shunga asosan tahsilgohlar kurs loyiha bajarish uchun topshiriqlar, uslubiy qullanmalar yaratadilar.

Kurs loyiha tarkibi ko`chirib olish imkoniyatini tugdiradigan butun konstruksiyalarni emas,balki konstruksiya bo`laklari yoki elementlaridan iborat bo`lishi kerak.

Tipik topshiriqlarga konveyyer yuritmalari (baraban yoki yulduzchani vallar tayanchlari bilan), mexanikaviy chivirlar, dastgoh yuritmalari, tezlik qutisiga yoki variatorlarga ega bo`lgan alohida uzellar, yuk tashish mashinalarining yuritmalari, sinash mashinalari, robotlar va boshqa ob`ektlarni misol qilish mumkin.

Topshiriqning aniq turlari, hajmi va mazmuni kafedra tomonidan belgilanadi.Topshiriq turlari oliygoh va talabalarning mutaxassisliklariga mos bo`loshi lozim. Shu maqsadda kafedralar tegishli ishlab chiqarish tashkilotlari bilan bog`lanishlari tavsiya etiladi. Ayrim topshiriqlar sinash qurilmalari yoki boshqa qurilmalar yangi yaratilgan texnikaning qismi, turli hil variantlarda tayyorlangan texnikalarni taqqoslash kabi ilmiy tekshirish ishlari ko`rinishida bo`lishi ham mumkin.Bunday ko`rinishlardagi topshiriqlardan foydalanish ishlari qullab quvvatlanib rag`batlantirilishi lozim.

Loyihalanayotgan ob`ektlarda iloji boricha kursning nazariy qiami materiallarini to`liq tadbiq qilinishi hamda talabaning tajriba va amaliy mashg`ulotlarda olgan bilimlari o`z o`nini topgan bo`lixhi lozim. Topshiriqlarda muhim va keng tarqalgan tipdagi detallar qo`llangan bo`lishi kerak: ilashish prinsipidagi uzatmalar (tishli va chervyakli) ishqalanish prinsipidagi uzatmalar (tasmali va friksionli) dumalash podshipniklari bo`lgan uzellar, muftalar va korpusli detallar va h.k.

Kurs loyihani bajarish borasida talabalar ob`ektini loyihalash,texnologik va iqtisodiy masalalarni hal qilish bir butun muammo ekanini tushunib etishlari lozim.

Kurs loyihani hajmi bakalavrlar uchun 4-5 varaq (24 format), boshqa mutaxassisliklar uchun 3-4 varaq chizmadan hisoblash tushuntirish qismi esa mexanika sohasidagi mutaxassisliklar uchun 25-30 betdan iborat bo`lishi lozim.


  1. lentali konveyyer yuritmani loyihalash.

  2. Zanjirli konveyyer yuritmani loyihalash.

  3. Vertical valli yuritma mexanizmini loyihalash.

  4. Osma konveyyer yuritma mexanizmi loyihalash.

Kurs loyihasining mazmuni

1. Kirish.

2. Umumiy qism.

2.1.Detalning xizmat vazifasi.

2.2.Detal tuzilishining texnologikligi va uni miqdoriy ko`rsatkichlari.

2.3.Ishlab chiqarish turini aniqlash.

3. Texnologik qism.

3.1.Zagotovka turini tanlash va uni olish usulini aniqlash.

3.2.Detal yuzalariga mexanik ishlov berish rejasini tuzish. Texnologik bazalarni tanlash.

3.3.Uchta turli ko`rinishdagi yuzalarga quyim miqdorini hisoblash (bitta yuzaga analitik va ikkita yuzaga jadvallar yordamida).

3.4. Kesish maromlarini hisoblash (bitta texnologik o`tishga analitik usulda qolgan texnologik o`tishlarga jadvallar yordamida).

3.5.Operatsiyalarni texnik me`yorlash

3.6.Texnologik jarayon marshrut kartalarini va 4 ta operatsiya uchun operatsiyalar hamda eskizlar kartasini to`ldirish.

4. Konstruktorlik qism.

4.1.Dastgoh moslamasini ishlash tamoyilini keltirish. Moslamada detalni qisish kuchini hisoblash.

4.2.Dastgoh moslamasini aniqligini hisoblash.

5. Kurs loyihasining grafik qismi.

5.1.Texnologik sozlashlar eskizi – 1 varaq (A1-format).

5.2.Dastgoh moslamasining yig’ma chizmasi – 1 varaq (A1-format).

Kurs loyihasi bajarilgandan so`ng student, loyiha rahbari tomonidan imzolanib kafedra tomonidan tashkil etilgan komissiya oldida himoya qilinadi.

Himoyadan so`ng loyiha kafedra arxiviga topshiriladi.

O`qitishning texnik vositalari



Vosita nomi

Turi

Soni

Mashg’ulot turi

Ishlatish vaqti



Diaprektor

LETI-60

1

Ma`ruzalar va mustaqil ta`lim

10-15 minut



Videoprektor




2

Ma`ruzalar va mustaqil ta`lim

10-15 minut



Komp’yuter

P-IV

1

Ma`ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari

Har bir talabaga 0,5 soat

Mustaqil ish

“Mashina detallri” fanidan talabalarning mustaqil ishlari quyidagilarni qamrab olgan:

а) Ma`ruza matnlarini qayta ishlash (o`ganish);

б) Tajriba ishlariga tayyorlanish;

в) U berilgan masalalarni echish;

O`quv jarayonida olingan bilimlarni darsliklar olingan bilimlarni darsliklar,o`quv qullanmalari va qushimcha adabiyotlar yordamida mustahkamlashdan iborat.



Mustaqil ish bo`yicha bajariladigan mavzular:

Т/r



Mavzuning nomlanishi.


Hajmi soatda

1

Mustaqil ish


Mashina detallarining hisoblash va loyihalashga doir umumiy masalalar. Detallning konstruksiyasiga nisbatan qo`yiladigan asosiy talablar. Detallarning ishlash layoqati va unit a`minlash.

9

2

Mustaqil ish


Gaykaga qo`yilgan burovchi moment bilan vintga o`q bo`ylab ta`sir etuvchi kuch orasidagi bog`lanish. Rezbaning mustahkamligini hisoblash.

9

3

Mustaqil ish


Yuklanma turlicha ta`sir etuvchi bolt sterjinning mustahkamligini hisoblash. Bolt sterjiniga faqat cho`zuvchi tashqi kuch ta`sir etadi. Bolt sterjeniga faqat cho`zuvchi tashqi kuch ta`sir etadi. Bolt sirib tortilgan, tashqaridan bolt sterjiniga cho`zuvchi kuch ta`sir etadi. Klemmali birikmalarning boltlarini hisoblash.

9

4

Mustaqil ish


Nagruzka boltining o`qiga tik yonalishda ta`sir etadi.Ta`sir qiluvchi nagruzkadan bolt sterjinida eguvchi moment hosil bo`ladi.

9

5

Mustaqil ish


Silindrik g`ildirakli uzatmalarni hisoblash. Konussimon g`ildirakli uzatmalarni hisoblash. Plastmassadan tayyorlangan friksion uzatmalarni hisoblashning o`ziga hos hususiyatlari.

9


6

Mustaqil ish


Yassi,ponasimon va tishli tasmali uzatmalar.Yassi tasmali uzatmalar.Ponasimon tasmali uzatmalar.

10

7

Mustaqil ish


Tishli g`ildiraklar tayyorlashda aniqlik darajasi va uning ilashish sifatiga ta`siri. Tishli uzatmalarning ishlash qobiliyati va ularning emirilishi.

10

8

Mustaqil ish


Planetar uzatmalarning o`ziga hos hususiyatlari. Uzatmani kinematikasi.To`lqinsimon uzatmalar. Vintaviy hamda gipoid uzatmalar haqida qisqacha ma`lumot.

9


9

Mustaqil ish


Plastmassalarning tishli uzatmalarida ishlatilishi va bunday uzatmalarni o`ziga hos hususiyatlari. Plastmassa g`ildiraklarning tuzilishi.

9

10

Mustaqil ish


Uzatmaning mustahkamligini hisoblash. Uzatmani kontakt kuchlanish bo`yicha hisoblash. Chervyakli uzatmalar uchun ishlatiladigan materiallar va ular uchun ruhsat etilgan kuchlanishlar.

9

11

Mustaqil ish


Vallarning bikirligini aniqlash. Vallarning vibrobardoshligini hisoblash.

9

12

Mustaqil ish


Podshipniklarning shartli hisobi. Podshipniklarni suyuqlikda ishqalanish rejimi bo`yicha hisoblash.




13

Mustaqil ish


Vkladishlar uchun ishlatiladigan materiallar. Plastmassalardan tayyorlangan podshipniklar va ularni hisoblashning o`ziga hos hususiyatlari.

10

14

Mustaqil ish


Reduktor va yuritmalar.Tishli uzatmali reduktorlar. Chervyakli reduktorlar.Yuritmalar.

10

O`quv – uslubiy adabiyotlar ro`yxati

Asosiy adabiyotlar

  1. И.Сулаймонов. «Машина деталлари». Укитувчи,Тошкент:1981-306 б.

  2. Ш.А.Шообидов «Машина деталлар». Тошкент 2000-87 б.

  3. Ш.А.Шообидов, С.У.Мусаев. «Юритмалар». Тасмали ва занжирли узатмаларни лойихалаш. Тошкент 2000-82 б.

  4. Ш.А.Шообидов, С.У. Мусаев. «Тишли ва червякли узатмаларни лойхалаш». Тошкент 2005.-80 б.

  5. М.Н.Иванова «Детали машины» Москва «Высшая школа» 1984.-334с.

  6. Г.Б.Иосилевич «Детали машины» М.Машиностроения 1988.-560с.

  7. А.В. Кузьмин Ф.Л. Марон. Справочник по расчетам механизмов подьемно - транспортных машин. Минск «Вышэйщая школа» 1983.-350с.

  8. М.Н.Ерохин и др. «Детали машин и основы конструирования», М.Колос 2005г.

  9. П.Ф.Дунаев, О.П.Леликов «Детали машин» М.Высшая школа 1984г.

  10. С.А. Чернавский и др. Курсовое проектирования деталей машин Москва «Машиностроение» 1987 – 414 с.

Qo`shimcha adabiyotlar

  1. Ш.А.Шообидов., А.А. Усмонов, Д.Т. Атаметов «Ажраладиган ва ажралмайдиган бирикмаларни хисоблаш» Тошкент 1993 – 67 б.

  2. С.У. Мусаев, И.Сулаймонов, С.К. Косимхужаев «Машина деталларини лойхалаш» Тошкент 1992 – 75 б.

  3. Б.Н. Давидбоев «Кутариш-ташиш машиналари» Тошкент «Укитувчи» 1983-306 б.

  4. С.А. Чернавский и др. «Проектирование механических передач» Москва машиностроение 1984г.

5. www. ziyonet. uz

6. www. nsmi. uz

7. www. stankoinforim. ru

1 – ОRАLIQ NAZORAT ISHI

VARIANT № 1

1. Detalning konsnruksiyasiga nisbatan quyiladigan asosiy talablar.

2. Uchma –uch birikmalar.

3. Shlisli birikmalar.

VARIANT № 2

1. Mashinasozlikda ishlatiladigan asosiy materiallar va ularni tanlash.

2. Ustma- ust birikmalar.

3. Parchin mix uchun ishlatiladigan materiallar va ruxsat etilgan kuchlanishlar.

VARIANT № 3

1. Birikmalar. Parchin mixli birikmalar.

2. Rezba xaqida umumiy ma`lumot.

3. Kontaklab payvandlash.

VARIANT № 4

1. Detallarning ishlash layoqati va uni taminlash.

2. Shponkali birikmalar.

3. Payvand birikmalar.

2 – ОRАLIQ NAZORAT ISHI

VARIANT № 1

1. Uzatmalar haqida umumiy tushunchalar.

2. Tasmali uzatmalarning kinematikasi.

3. Ponasimon va tishli tasmali uzatmalar.

VARIANT № 2

1. Friksion uzatmalarning kinematikasi va ulardagi kuchlar.

2. Tasmali uzatmalar haqida umumiy ma’lumot.

3. Tishli uzatmaning geometriyasi va kinematikasi.

VARIANT № 3

1. Variatorlar.

2. Tasmali uzatmaning geometriyasi.

3. Tishli uzatmalar haqida umumiy ma’lumot.

VARIANT № 4

1. Friksion uzatmalar.

2. Yassi tasmali uzatmalar.

3. Tishli g`ildiraklar tayyorlashda ishlatiladigan materiallar.

20102011 o`quv yilida “Mashina detallari” fanidan reyting JADVALI

Kuzgi




Fan nomi

Kurs

Semestr

Hafta soni

Fanga ajratilgan mustaqil ish

salmog`i, %



AB auditoriya bali

МB Mustaqil ish bali

Назорат турлари (баллда)

Jami

Kurs loyihasi

JB

JB1

JB2

OB

OB1

OB2

YaB







1

Mashina detallari

3

5

18

50

60

35

10

11

35

10

11

18

60



40

7

7

7

7

12

40

Bahorgi



Fan nomi

Kurs

Semestr

Hafta soni

Fanga ajratilgan mustaqil ish

salmog`i, %



AB auditoriya bali

МB Mustaqil ish bali

Назорат турлари (баллда)

Jami

Kurs loyihasi

JB

JB1

JB2

OB

OB1

OB2

YaB







1

Mashina detallari

3

6

16

50

60

35


10

11

35

10

11

18

60

100

40

7

7

7

7

12

40


« Mashina detallari » fanidan baholashning tartibi

86% dan 100% gacha ball qo`yiladi:

  1. Savollarga javob to`g`ri batafsil yoritilgan, adabiyotlar tahlili va masalaga bog`liqligi hamda darajasi aniq yozilgan va bayon qilingan bo`lsa.

  2. Javoblarni yozganda fikrni ifodalash mantiqiy izchil bo`lib, xulosalar aniq isbotlangan bo`lsa.

  3. Javoblar aniq, tushunarli, ilmiy-amaliy yo`nalishda yoritilgan, qo`pol bo`lmagan xato bo`lib, mazmuni ifodalashga halaqit bermasa yoki xatolar talaba tomonidan to`g`ri topilib yozilgan bo`lsa.

71% dan 85% gacha ball quyidagi ishga qo`yiladi.

  1. Savollarga javob to`liq o`quv dastur asosida, fikrlar erkin, mustaqil bayon qilinsa, mulohazalarni izchil bayon qilish va isbotlab berish ko`rinib turgan bo`lsa.

  2. Javoblar izchil tahlil va sintez asosida yozilgan bo`lib qo`pol xatolarga yo`l qo`yilgan bo`lsa-yu va ular o`qituvchi bilan birgalikda to`g`irlangan bo`lsa.

55% dan 71% gacha ball quyidagi ishga qo`yiladi.

  1. Savollarga to`liq emas lekin o`quv dastur asosida yozilgan bo`lsa.

  2. Savolga javob yozishga ba’zi bir noaniqlliklarga yo`l qo`yilgan bo`lib, fikrni bayon qilish buzilgan bo`lsa-yu o`qituvchi yordamida to`g`irlab yozilgan bo`lsa.

  3. Topshiriqda ko`rsatilgan savollardan biri chala yoki umuman yechimini topmay, mazmun to`la ochilmay qolgan bo`lsa.

55% dan past ball quyidagi ishga qo`yiladi.

  1. Savollardagi javoblar to`liq sistemaga keltirilmagan bo`lib mantiqiy bog`liqlik joyi bo`lmasa.

  2. Topshiriqdagi savollarga to`g`ri javob yoza olmaganda va berilgan savollarning ma’nosini to`g`ri tushunmagan bo`lsa.

  3. Nazariy olgan bilimlarini amaliy faoliyatida qo`llab bilmaganda.


Bаhоlаsh mеzоnlаri tаlаbаlаr bilimini bаhоlаshning rеyting tizimi tаlаblаrigа аsоsаn yozilgаn vа dаvlаt tа`lim stаrdаrti tаlаblаrigа mоs kеlаdi.
Tuzuvchi: t.f.n., kаttа o`qituvchi Ахmеdоv Х.I. __________________
Bаhоlаsh mеzоnlаri «Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish» kafedrasi yig`ilishidа muhоkаmа qilingаn vа tаsdiqlаngаn. Bаyonnоmа № . «____» __________ 2011 yil.

JАDVАLI




Fаnning nоmi

Kurs

Sеmеstr

Hаftа sоni

Fаngа аjrаtilgаn mustаqil ish sаlmоg`i, %

AB Аuditоriya bаli

MB Mustаqil ish bаli

Nаzоrаt turlаri (bаlldа)

Jаmi

Kurs lоyihаsi

JB

JB1

JB2

ОB

ОB1

ОB2

YAN







1

Mаshinа dеtаllаri

3

5,6

18

51

60

35

10

10

35

10

10

20

60

VI

40

7

8

7

8

10

40


Eslаtmа: Jоriy nаzоrаt uchun аuditоriya bаli hаr bir tаjribа vа аmаliy mаshg`ulоtlаrgа tеng tаqsimlаnаdi. Qоlgаn bаllаr mustаqil ish bo`yichа оlinаdi.
Download 53,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish