Fan nomi: Ona tili Dars mavzusi: I va u unlisini mustahkamlash Dars maqsadi



Download 0.83 Mb.
Sana18.10.2019
Hajmi0.83 Mb.
Sinf : 1
Fan nomi: Ona tili
Dars mavzusi: I va U unlisini mustahkamlash
Dars maqsadi:


  1. ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash




  1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish




  1. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish


O`quv jarayoniga oid kompetensiyalar: TK2 darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish, FK 1: kishilarning his-hayajonini bildirgan gaplarni, gaplarni mazmuniga ko‘ra farqlaydi, oxiridagi nuqta, so‘roq va undov belgilariga qarab o‘qiy oladi, ajrata oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi;
Dars turi: aralash

Dars uslubi: kichik guruhlarda va yakka holda ishlash

Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kesma harflar

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shundan bilursankim ilm bepoyon.

Dars jarayoni va texnologiyasi


Ishning nomi

Bajariladigan ishning mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 minut

2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi

Harflarni yozish o’rgatiladi

Savol-javob

3 minut

3-bosqich Yangi mavzu bayoni

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

I va U unlilari haqida tushuncha berish

Harflarni bog’lab yozishni mashq qilish

17 – 18 mashqni bajarish

Tushuntirish, izlanish

Og’zaki savol-javob

31 minut

4-bosqich Mustahkamlash

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar O’yinli mashg’ulotlar

Muammoli izlanish

6 minut

5-bosqich rag’batlantirish

O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




2 minut

6-bosqich

Uyga vazifa

19-mashq 13 -bet

izlanish

1 minut

Darsning borishi:


1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi

O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi.


1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?

  1. O’zbek tilida nechta tovush bor?

  2. Unli harflar nechta?

  3. I va U unlisi ishtirok etgan so’zlardan ayting.

  4. Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?

  5. Nimani talaffuz qilamiz va eshitamiz?



III. Yangi mavzuni tushuntirish

O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.

Mavzuga oid mashqlar bajariladi.


a, e, I, o, u, o’ – unli tovushlarni ifodalovchi harflar


17-mashq. I va u unlisining talaffuziga e’tibor bering.

Toychoq

Toychog’im uchqur, ziyrak,

To’rt oyog’i g’ildirak.

Sindirmasang bas, unga

Na o’tu, na suv kerak.

Ko’chiring. I va u unlisining tagiga chizing. Ziyrak so’zining ma’nosini ayting.

18-mashq. Tushirib qoldirilgan unlilarni qo’yib, so’zlarni ko’chiring.
Yozgan so’zlaringizni lug’atdan tekshiring

Kuchuk, mushuk, echki, qo’zichoq, xo’tik, sigir, toychoq, buzoq.



Uy hayvonlari haqida o’quvchilar bilan suhbat o’tkaziladi. Ularning rasmlari ko’rsatiladi.

O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari kuzatib turiladi.

Dam olish daqiqasi

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

. V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.

Uyga vazifa. 19-mashq.
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik