Familiyasi: Yarlayeva Ismi: Latofat Otasining ismi



Download 475,5 Kb.
Sana02.05.2017
Hajmi475,5 Kb.
#7977
Familiyasi: Yarlayeva

Ismi: Latofat

Otasining ismi: Niyozmamatovna

Ish joyi: 9 – umumiy o`rta ta’lim maktabi

Lavozimi: Tasviriy san’at va chizmachilik fani o`qituvchisi

Tuman: Paxtakor

Viloyat: Jizzax

Fanning nomi: Chizmachilik

Sinfi: 9

Dars ishlanma mavzusi: “ Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar“

O`quvchi soni: 32 nafar

E-mail: maktab9paxtakor@inbox.uz

Annotatsiya :

Ushbu dars o‘quvchilarning chizmachilik faniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, mavzu bo‘yicha o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi mashinasozlik chizmala-- ri, buyum turlari. konstruktorlik hujjatlarining turlari to‘g‘risida ma'lumotlar beriladi.



9 – sinf Chizmachilik 25-dars.“ “ Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

25-dars. “ Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar “

Maqsad va vazifalar

Ta'limiy maqsad: Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar haqida tushuncha berish, rezbali detallarni va ularning birikmalarini chizish usullarini o’rgatish.

Tarbiyaviy maqsadi:

O’quvchining fazoviy tushunchasini o’stirish orqali ularda yangi g’oyalar paydo qilishga o’rgatish.



Rivojlantiruvchi maqsadi

O’quvchilarda ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar chizishda bilim ko’nikmalarini shakillantirish orqali ulardan amalda foydalana olish.



O‘quv jarayoni-

ning mazmuni

Hususiy kompetensiyalar:

1. Naturaning xarakterli jihatlarini ko‘rish, tahlil qilish va

amaliy ishda ifodalash kompetensiyasi,

2. Tahil qilish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish kompetensiyasi.



Tayanch kompetensiyalar:

  • Kommunikativ kompetensiya;

  • Axborot bilan ishlash kompetensiyasi;

  • Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi;

  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;

  • Umummadaniy kompetensiya;

Matematik savodxonlik, fan va tyexnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi;

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnolo-

giyasi

Uslub: Savol-javob, kichik ma'ruza, boshqotirma, klaster

Shakl: interfaol mashg`ulot: savol-javob, jamoa bo`lib ishlash.

Metod: Aqliy hujum, og`zaki savol-javob, tushuntirish, test, qiziqarli chizma topshiriqlari bilan ishlash,

Vosita: Mustaqil ishlarning tarqatma materiallari, kitoblar, chizma qog`ozi, rangli qog`oz va marker, flomasterlar.

Usul: amaliy mashqlar.

Nazorat: kuzatish, nazorat savollari, nazorat mashqlari.

Baholash: rag`batlantirish, o`z-o`zini baholash.

Kutilayot

gan natijalar

O‘qituvchi: Qisqa vaqt ichida mashinasozlik chizmalari, buyum turlari, konstruktorlik hujjatlarining tirlari haqida ma'lumot beradi. O‘quvchilarning faolligini oshiradi, darsga nisbatan qiziqishini paydo qiladi. Bir dars davomida barcha o‘quvchilarni baholaydi. O‘quvchilar tomonidan axborotlarni mustaqil o‘rganish, ularni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatadi.

O‘quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo‘lib ishlashni o‘rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O‘z-o‘zini nazorat qilishni o‘rganadi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarish-

lar)

O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtiradi va darsga tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Pedagogik mahoratini oshiradi.

O‘quvchi, Mashinasozlik chizmalari, buyum turlari, konstruktorlik hujjatlari asosida qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi.

Dars jihozlari: Mavzuga oid chizmalar, tarqatma meterallar

Darsning borishi.
1-bosqich: Tashkiliy qism: Salomlashish , davomatni aniqlash, bugungi kun yangiliklari bilan tanishtirish(5 daqiqa)

2-bosqich: Otgan mavzuni mustaxkamlash. (10 daqiqa)

O’tgan darsni mustahkamlashda “Matematek bozor” o’yinidan foydalinadi. O’yin qoidasi quydagicha: O’quvchilar uch gurihga bo’linadi.

1- guruh Bunyodkor.

2- guruh Arxitektura.

3- guruh Dizayner guruhlariga bo’linib o’tgan mavzular bo’yica savollar tuziladi savollar yoniga pulning qiymati yoziladi,o’quvchilarning javoblariga qarab summaning yig’indisi yoziladi.

Matematek bozor”o’yini savollari.




T/r

Savollar:


Qiymati

1

Detal nima?

500

2

Yig’ish birligi nima?

800

3

Kompleks nima?

1000

4

Komplekt nima?

1000

5

Detal chizmasi nima?

1000

6

Yig’ish chizmasi nima?

1000

7

Spetsifikatsiya nima?

1000

8

Standart bizga nima uchun kerak bo’ladi?

800

9

Loyihalash deb nimaga aytiladi?

500

10

Loyihalash ishlari nimalar bilan bog’liq boladi?

500

Baholash bosqichi: Guruhlarning yig’gan ballari hisoblab chiqiladi va quyidagicha baholanadi.

1500 dan 2600 gacha yig’gan guruhga 5ball

2700 dan5300 gacha yig’gan guruhga 10ball

5400 dan 8100 gacha yig’gan guruhga 15ball

3- bosqich: Asosiy bosqich.(15 daqiqa)

1. Darsning maqsadi bilan tanishtirish.Turmush hayotimizdagi buyumlarda qanday birikmalardan foydalinilganligini bilish.

2. “Aqliy hujum” orqali o’quvchining bugungi mavzu bo’yicha bilimini aniqlab olish.

3. O’tuvchi tomonidan yangi mavzuni tushuntirish.



Yangi mavzu bayoni.

Biriktirish detallari deyarli barch amashina va mexanizimlarda qo’llaniladi. Ularning ko’pchiligini aniq chizish uchun ancha vaqt va mablag’ kerak bo’ladi. Shu sababli ham bu detallarni turli xil shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Buyumlarni yig’ish jaroyonida’uni tashkil qiluvchi detallarni bir-biri bilan mahkamlash uchun turli ko’rinishdagi biriktirish usullari qo’llaniladi. Ular, umuman olganda, ajraladigan va ajralmaydigan birkma turlariga bo’linadi.

Agar birikmalarni ajratishdsa birikma sinmasa bunday birikma ajraladigan birikma deyiladi.




Agar birikmalarni bir-biridan ajratishda sindirilsa bunday birikmalar ajralmaydigan birikmaga deyiladi.




4- bosqich Yangi mavzuni mustahkamlash: (10 daqiqa)

Yangi mavzu krasvordni to’ldirish orqali mustahkamlanadi.



BOSHQOTIRMA


1

B

 

 

 










2

 

 

I

 

 

 

 




3

 

 

R

 

 

 

 




4

 

I

 

 













5

 

 

 

 

K

 

 

 

6

 

 

 

M

 

 

7

 

 

 

 

 

A

 





SAVOLLAR:

1. Shayba va gayka bilan burab qotiriladigan birikma nomi.

2. Rezbali teshik ochib, burab, kirgizib, shayba va gayka bilan qotiriladigan birikma.

3. Ajralmaydigan birikmalardan biri.

4. Rezba ochilib, burab qotiriladigan birikma.

5. Mashinasozlikda detallar bir- biri bilan nima yordamida birlashtiriladi.

6. Buyum yoki uning qismlari va ularning o’zaro bog’lanishining shartli ravishda tasviri ko’rsatilgan hujjat.

7. Valda va G’ildirak teshigida bir-biriga mos keladigan tishlar o’yilib g’ildirak surib kirgizadigan birikma.



JAVOBLAR:

1. Bolt. 2. Shpilka. 3. Parchin. 4. Vint. 5. Birikma. 6.Sxema. 7. Shponka.



Darsga yakun yasash:

O`quvchilarni baholash: To`plangan kartochkalar orqali baholar e’lon qilinadi

Uyga vazifa:

Uy ro’zg’or buyumlari yoki oshxona jihozlarining qanday birikmalar bilan



birikkanligini bilib kelish

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. I. Rahmonovning 9- sinf darslik kitobi

  2. I. Rahmonovning 9-sinf o’qituvchilar uchun metodik qo’llanmasi

  3. Xalq ta’lim vazirlik saiti

Download 475,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish