«Фалсафа» фанидан



Download 0,51 Mb.
bet1/2
Sana28.07.2021
Hajmi0,51 Mb.
#130804
  1   2
Bog'liq
falsafa topshiriq


«Фалсафа» фанидан

Режа:


  1. «Фалсафа» атамасининг мазмун ва мохияти

  2. Дунёкараш тущунчасининг мазмуни ва мохияти

  3. Шарқ-жаҳон цивилизациясининг марказларидан бири.

  4. Марказий Осиёдаги энг қадимги фалсафий қарашлар

«Falsafa» atamasining kelib chiqishi va ushbu fanning mazmun-mohiyati. «Falsafa» tushunchasining asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so‘zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan m a’noni anglatishi ta’kidlanadi. Shu m a’noda, falsafa barcha fanlar rivojlanishiga asos boladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish y o llarin i belgilab beradigan um um insoniy va u niversal ilm sohasidir. U qadim zamonlardayoq «barcha ilm larning otasi» deb ta ’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turm ush va tafakkur tarziga nechogliq mos ekani, jam iyat m anfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bogliq. «Falsafa» atamasi «filosofiya» so‘zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, um r mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash m a’nosida ishlatilgan. Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, um rning olkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o‘zi va o‘zgalar qadrini to‘g‘ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hoi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ammo, Forobiy ta’kidlaganidek, hikm atni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu m a’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko‘pdanko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.

Dunyoqarash tushunchasi. Dunyoqarash mazmuniga kiradigan muammolar doirasi . Eng qadim zamonlardan to shu bugunga qadar barcha tarixiy davrlarda har qanday fikrlovchi kishini qiziqtirib kelgan shunday masalalar borki ularga javob izlash insonning chin insoniy mohiyatini uning hayvondan keskin farqini belgilaydi. В ularga inson yashab turgan dunyoning mohiyati tabiati qanday? Bu dunyo o‘zi qanday vujudga kelgan u nimalardan tashkil topgan? Dunyoda inson qanday o‘rinni egallaydi? Insonning mohtyati nimada? Inson hayotida biron ma'no bormi yo yo‘kmi? Inson nimaga intilib yashamogci kerak? I-Iayot nima? Oclim nima? 0 ‘limdan so‘ng insonning qanday voqelik kutadi? Yoki hech qanday voqelik bo‘lmaydimi? Abadiyat nima, u bormi yo yo‘qmi? Agar bor bo‘Isa, unga qanday erishish mumkin? Inson tafakkuri nima? Tafakkur yordamida borliqni bilish mumkinmi? Inson tafakkuri o‘zini kurshib turgan borliqqa, avvalo ijtimoiy borliqqa qanday munosabatda bo‘lmog‘i lozim? Ya'ni u tabiatda va jamiyatda o‘zini qanday tutmog‘i kerak? U zo‘ravonlarcha yashashi kerakmi yo qullarchami? Shu kabi masalalar insoniyatning barcha avlodlami qiziqtirib kelgan abadiy muammolardir. Davrlar o‘tishi mobaynida ushbu masalalar doirasi yangi muammolar bilan boyib boravergan. Masalan: “Kommunizm“ davrida jamiyatimiz porloq istiqbolga intilib yashagan edi, endilikda - mustaqillik sharoitida qaysi marraga intilmoq kerak? Umuman, er qurrasidagi hozirgi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotni qanday baholamoq kerak. Hozirgi davr ekologik sharoitini, uning sabab va oqibatlarini baholamoq va u bilan bog‘liq qaltis ahvoldan qanday qutilmoq mumkin? Umumbashariy qadriyatlar nimalardan iborat, ularni qanday aniqlash rivojlantirish va himoyalash mumkin? va shu kabilar yangi savollar jumlasiga kiradi. Hayotda uchraydigan boshqa savollardan farqi shundaki, birinchidan bu savollar shu darajada murakkab va chuqurki, ularga buyuk hikmat egalari necha asrlardan javob izlab kelganlar va yyechimsiz muammolar harnon bor; ikkinchidan, bu savollar bir individ hayotiga emas, butun 3 insoniyatga taalluqlidir; uchinchidan, agar bu savollarga tocg‘ri yechim topilsa, boshqa har qanday savol yechimining kaliti topilgan bo‘ladi; to‘rtinchidan, shu savollarga o‘zini qoniqtiradigan javob topilmagunicha oqil inson o‘zini chinakam baxtli deb his eta olmaydi. Masalan: Buyuk donishmand, olim Umar Xayyom bu haqida shunday yozganlar: Men tug'ildim, gar dim ко ‘rdimi foyda, О ‘Isam, mart aba sin oshmog‘i qayda? Hech kirn tushimtirib bera olmaydi Kelib - ketishimningfoydasi qayda? Shunday masalalarni umumlashtirib, bir so‘z bilan dunyoning mohiyati va unda insonning tutgan o‘rni haqidagi yoki, qisqa qilib, dunyoning (shu jumladan inson ichki dunyosining) mohiyati haqidagi masalalar yoki, yana ham qisqacha: dunyoqarash masalalari deyiladi. Mazkur savollarga berilgan javobdan kishining dunyoqarashi qandayligi ko‘rinadi. Dunyoqarash inson ma'naviyatining, uning ichki ruhiy dunyosining muhim, zaruriy qismidir. 2. Dunyoqarashning tarkibiy tuzilishi (strukturasi). Tirik mavjudotlaming hech biri o‘z hayotining ma'no-mohiyati xususida bosh qotirmaydi. Zero, odam bolasidan bolak hech qaysi jonzot o‘zining jismoniy ehtiyojlaridan yuqoriroq ko‘tarilgan emas. Yuqoridagi savollarni umumlashtirsak, ular dunyoning mohiyati va unda insonning tutgan o‘rni haqidagi masalaga aylanadi va dunyo deganimizda fakat tashqi dunyoni emas, balki ichki, ruhiy dunyoni ham tushunish kerak. Inson dunyoqarashi o‘z-o‘zidan (stixiyali) shakllanishi ham mumkin yoki yaxshi tashkil etilgan, maxsus bilimlarni tartib bilan o‘zlashtirish yordamida hosil qilinishi ham mumkin. Birinchi holda inson dunyoqarashini atrof-muhit va o‘z ruhiy kechinmalari tarbiyalanadi. Ikkinchi holda esa, u o‘ziga qadar dunyoqarash masalalarida oldinga surilgan g‘oyalar bilan izchil tanishib borib, ularni tahlil etib, taqqoslab, o‘z xulosalarini chiqarib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Sharq qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. Zero, Sharqning o‘ziga xosligi, unga mansub bolgan madaniy taraqqiyot ja h o i sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. 29 Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini, qadimgi Xitoy va Hindiston diyorida yashagan xalqlarning ma’naviy merosini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bolishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali m a’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bolganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o‘ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchim iz. Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Ko‘xna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bolgan Misr, qadimgi zamonda ilk o lro q hayot va o‘ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. Eramizdan avvalgi to ltin ch i ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topa boshlagan edi. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bogliq ekanini, ikkinchi yo‘nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bogliq bolganini kolsatadi. Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, olganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu — o‘sha davr uchun tabiiy hoi edi, ya’ni u — davrning inson ongida aks etishi, kundalik turm ush hodisalarining oddiy tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hoi tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bolsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bolgan.



Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning V II asrlarigacha bolgan davr mahsuli bolgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri zardushtiylikdir. Bu ta’limotga Zardusht asos solgan bolib, Sharq va G ‘arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga k ola, Zardusht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanligi haqida aniq bir to'xtamga kelingani yo‘q. U o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan. Lekin uning payg‘ambarligi ilohiy kitoblarda o‘z tasdiglni topmagan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni kolsatm oqdaki, bu ta ’lim ot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zam inida paydo bolgan. Zardushtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. U nda qadimgi xalqlarning dunyo to‘g‘risidagi tasavvurlari, o‘ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qaram a-qarshi kuchlari — yaxshilik va yomonlik, yoruglik va zulm at, issiqlik va sovuqlik, hayot va o lim borasidagi qarashlar o‘z ifodasini topgan. «Avesto»da, Shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid m a’lumotlar ham berilgan. Falsafa tarixida makedoniyalik Shox Filippning o‘g‘li Aleksandr (eski o‘zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o lin tutgan. Manbalarda Aleksandr «Avesto»ning ko‘pgina qism ini yondirib yuborgani haqida ma’lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o‘qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni yoqish to‘g‘risida kolsatm a bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bolsa-da, xaspo‘shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o‘z zamonida fanlarning otasi deb nom olgan falsafani fan darajasiga kolargan, buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda tan olingan Arastudan ta’lim olgan edi. Binobarin, Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan kimsa deb ta’riflash tarix haqiqatiga to‘g‘ri kelmaydi. Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o lniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan donishmand Sidharta urugldan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bolgan. Buddaviylik Islomga qadar O ita Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o lin tutadi. Bu ta’limot 0 ‘rta Osiyoga eramizdan avvalgi II—I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga k ola, uni Toharistonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. Buddaviylikning 0 ‘zbekiston va Hindiston xalqi oltasida o‘z davrida ma’naviy ko‘prik bolib xizmat qilganligi aniq. Xalqlarimiz orasidagi do‘stlik va birodarlikning ildizlari ham o‘sha davr36 г, I borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqislii lasodifiy emas.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish