Falsaf a fanida n refarat


Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli



Download 153 Kb.
bet14/14
Sana15.05.2021
Hajmi153 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Uni industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda. Texnologiya - texnika bilan uzviy bog‘liqdir.

«Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, predmetlarga ta’sir etish ishlov berish, tayyorlash, o‘zgartirish metodlari majmuyi degan ma’noni bildiradi. Agar texnika insonning obyektga nima vositasida ta’sir ko'rsatishini anglatsa, texnologiya insonning obyektga qanday ta’sir ko‘rsatishini anglatadi. Osvald Shpengler XX asrning 30-yillarida «Inson va texnika» asarida inson olamning hukmdori edi, u mashinaning quli bo‘lib qoldi, deb yozgan edi.

Texnika inson borlig‘ining barcha sohalariga: iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib keldi. «Inson va mashina» munosabatlari yangicha mazmun kasb etyapti. Asrimiz boshida ijtimoiy-texnika taraqqiyotining ibtidosidayoq olimlar, yozuvchilar texnika va texnologiya uning tabiatga inson hayotiga ta’siri masalariga o‘z munosabatlarini bildirishgan. Bu xususda noosfera ta’limotining asoschilaridan bo‘lgan akademik Vernadskiy «Sayyoramiz yuzi—biosfera inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda kimyoviy o‘zgarishlarga duchor etilmoqda. Inson quruqlikning fizikaviy va kimyoviy havo qobig'ini, uning barcha tabiiy suvlarini o‘zgartirmoqda. Hozir biz biosferadagi yangi geologik evolyutsion o‘zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga kirib boryapmiz»1 deb ta’kidlaydi. Noosferaning atrof-muhit, tabiatga ta’siri har doim ham kutilgan natijani beravermasligini bugun hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Atom bombasining yaratilishi, ballistik raketalarning havo qatlamini teshib o‘taverishi natijasida azon qatlamining kengayib borayotganligi, kimyoviy zavod-fabrikalarning ko‘payishi natijasida atmosferaning zaharlanishi nafaqat , hayvonot dunyosigina emas insoniyatga salbiy ta’siri kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Hozirgi globallashuv sharoitida yuqori texnologiyalar, yangi axborotlar asri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli ortib kishilar ongi mana shu tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etmoqda.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, inson tafakkuri noosferaning turli-tuman yo‘nalishlarini vujudga keltirmoqda. Nanotexnologiyalar bugun hayotimizga kirib kelmoqda. Tabiat va nanotexnologiyaning o‘zaro munosabati murakkab bo‘lib va ko‘p ma’noli xususiyatlarga ega. Uning o‘ziga xosligi shunda ko‘rinadiki, nanotexnologiyaning ba’zi bir obyektlari tabiat obyektlaridan farq qiladi. Tabiatda mavjud bo‘lmagan nanomahsulotlar sun’iy dunyoni paydo qilib tabiatga nisbatan munosabatni qiyinlashtiradi. Shu bilan birgalikda nanotexnologiya nafaqat sun’iy dunyoni yaratadi, balki tabiat bilan yangi munosabatlarni o‘rnatadi. Bu muammolar bugun insoniyat oldiga turli-tuman hal etilmagan masalalarni ham qo‘ymoqda. Texnika insoniylashuvi, inson ma’naviyati bilan uyg‘unlashuvi, inson

manfaatlari har bir insonning ongi va faoliyatiga singishi lozim. Negaki ular inson ma’naviy olami, estetik ongi va didi, estetik ehtiyojlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli muhimligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Buni kompyuter texnologiyalari, internetning farzandlarimizga ta’siri orqali ko‘rishimiz mumkin.

EAV va kommunikatsiya texnologiyalaridan ma’lumotlar oqimi manfaatdorlik nuqtayi nazaridan yetkazilishi, ataylab qarama-qarshi xarakterdagi ma’lumotlarni ketma-ket berish orqali oxiroqibatda yoshlarning idrokini susaytirishga olib keladi. Internet va uning shakllari bo‘lgan internet-televideniya, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video, ijtimoiy tarmoqlar kabi ko‘plab axborot tarqatish texnologiyalari imkoniyatlaridan yoshlarning ma’naviyati va bilim darajasini oshirishda maqsadli va oqilona foydalanish zarur.

Shu o‘rinda reklamalarga ham alohida to‘xtalib o‘tish lozim.Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik holatlar mavjudligi hech kimga sir emas. Ayrim firma va kompaniyalar o‘zlarining sifatsiz ayni paytda zararli mahsulotlarini reklama qilishda ustalik bilan foydalanmoqda. Bunday reklamalarni ko‘rgan yoshlar maqtalgan «o‘sha» narsalarni tatib ko‘rishni xohlaydi. Bu reklama beozor ko‘ringani bilan ma’lum mamlakat turmush tarzini ham yoshlarga yetkazayotgani, ularda qiziqish uyg‘otayotganini unutmaslik lozim. Shunday ekan, ijtimoiy voqelikdagi hodisa hamda jarayonlarga yoshlarda ongli munosabatni shakllantirish, ularning erkinlik haqidagi tasavvurlari, ijtimoiy mas’uliyatga munosabatlarini tarixiylik va zamonaviylik o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida quyidagilarni yoshlar turmush tarziga singdirib borish zarur:

— jamiyatning har bir fuqarosini global jarayonlarni mulohazakorlik bilan tahlil qilishga o‘rgatish, ularning axloqiy mas’uliyatni chuqur his qilishiga erishish;

— shaxs erkinligi oila, mahalla, davlat va jamiyatni o‘zaro uyg'unligida ro'yobga chiqqani, xorijdan eksport qilinayotgan, razolat va tubanlikka yetaklovchi «ommaviy madaniyat» millat axloqi, urf-odati, dinu-diyonati, imon-e’tiqodiga mutlaqo yot ekanligini, ular ruhiyatiga muntazam singdirib borish;

— sharq kishisiga xos fazilatlarni yuksaltirish asosida har bir shaxsning erkinlik va mas’uliyatni chuqur anglashga safarbar etish o‘z amaliy faoliyatida demokratik qadriyatlarga tayanish ko‘nikmasini hosil qilish;

— ayni paytda erkinlikni tom ma’noda mohiyatan anglashda uning g‘arbona (Yevropacha) tamoyillariga ko‘r-ko‘rona asoslanishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday taqlid yuqorida ta’kidlaganimizdek, kutilmagan oqibatlarga, xususan erkinlik niqobiga o‘rangan mas’uliyatsizlikka, demokratiya niqobiga o‘rangan parokandalikka, bosh-boshdoqlikka olib kelishi mumkin.

Nima bo‘lganda ham globallashuv jarayoni ijobiy ta’sirini e’tirof etgan holda o‘tmish qadriyatlarimiz bilan zamonaviy tamaddun o‘zgarishlarni muntazam o‘rganib borish milliy qiyofasizlik, didsizlik, axloqsizlik, mas’uliyatsizlik kabi salbiy holatlarga zamin yaratuvchi global ta’sirlardan yoshlarni imkon darajada asrash, bugungi kundagi eng muhim vazifadir.
XULOSA

Ma’lumki, insoniyat azal-azaldan olam va odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan, qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o'zgaradi va taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlab kelmoqda. Umrning mazmuni nimadan iborat, ajdodlar ortidan avlodlar kelib-ketaverishida qanday ma’no bor, degan savollar ham necha asriardan buyon ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Har bir kishi uchun abadiy ahamiyatga molik ana shunday masalalar, olam va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrning mazmuni, dunyodagi o‘zgarishlar, o‘zaro aloqadorlik va bog'liqlik hamda taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari falsafaning azaliy va barcha zamon faylasuflari shug‘ullanadigan asosiy mavzulari hisoblanadi.

Shu ma’noda, falsafa insoniyat yaratgan eng qadimgi fanlardan biri, odamzod hayotining ilk davrlaridan boshlab uning doimiy yondoshi bo‘lib kelmoqda. Bu sohada to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli faylasuflar merosi, ularning asarlari insoniyat yaratgan ma’naviy qadriyatlar orasida muhim o‘rin egallaydi. O‘z zamoni, yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda etgan buyuk donishmandlar o'rtaga tashlagan ezgu g‘oyalar jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qilgan. Odamlarni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bu g'oyalar muayyan davr va xalqlarning maqsad-muddaosiga, ularning mualliflarini esa insoniyat qadrlaydigan donishmand va allomalarga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etgani shubhasiz.

Bu esa falsafaning barcha fanlar va xalqlarning yutuqlaridan oziqlanadigan umuminsoniy va universal fan ekanidan dalolat beradi. Uning hayotiyligi dunyo xalqlari tarixi va tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog‘li mos ekani, ularning manfaatlari va intilishlarini qay darajada aks ettira olishiga bogiiq, albatta. Bu esa jahon falsafasining umuminsoniyligi va milliyligi, muayyan xalq yoki mintaqaga xos tafakkur tarzining mohiyati va ahamiyatiga nisbatan xolisona qarashni taqozo etadi, falsafani zamonaviy mazmun bilan boyitib, bugungi talablar asosida rivojlantirishni zaruratga aylantiradi. So‘z falsafa haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Zero, umuminsoniylikni milliyliksiz to‘g‘ri tushunib bo‘lmagani kabi, milliylikning mohiyatini ham umuminsoniy mezonlarsiz chuqur anglab bo‘lmaydi.

Ushbu masalalarni tahlil qilish jarayonida biror-bir g‘oya, oqim, yo‘nalish yoki falsafiy ta’limotni mutlaqlashtirish, boshqalarining ahamiyatini kamsitish yoki yo‘qqa chiqarish haqiqatdan yiroq va bugungi davr talablariga javob bermasligi shubhasiz. Aksincha, ularning barchasini xolis talqin etish, falsafa fani, uning mazmun-mohiyati, jamiyat va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, xilma-xil falsafiy oqimlar, faylasuflar va ularning ta’limotlari haqida to‘g‘ri va ilmiy tasavvurni shakllantirish har qanday tadqiqotning asosiy mezoni va bu boradagi yutuqlar omili bo‘lib qolaveradi.

Lekin ushbu fan tarixi faqatgina ilmiy yutuqlar, ezgulikning mutlaq g‘alabasi, falsafaning doimiy kamolotidan iborat emas. U jamiyat uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etgan g‘oya va ta’limotlar, turli-tuman falsafiy yo‘nalishlar, oqim va maktablarning vujudga kelishi, kamoli yoki zavoliga ko‘p bora guvoh bolgan. Ularning ba’zilari xalqlar va davlatlarni taraqqiyotga yetaklagan, ezgulik va adolatga xizmat qilgan bo‘lsa, boshqalari tanazzulga sabab bo‘lgan, odamlarni qabohat va jaholat tomon boshlagan.

Falsafaning o'ziga ham barcha zamonlarda bir xil munosabat bo‘lmagan. Ba’zi davrlarda u davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan, ma’naviy hayotda yakka hukmronga aylangan bo‘lsa, boshqa davrlarda

unutilishga, ikkinchi darajali fanga aylantirishga mahkum qilingan.

Muayyan tarixiy burilish davrlarida «Falsafa nima o‘zi?», «Uning qanday foydasi bor?» degan masalalar dolzarb ahamiyat kasb etgan. Tarixda «Falsafa endi yo‘q bo'ldi, uni o‘rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ham ko‘p bo‘lgan. Ana shunday davrlarda kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etishga harakat qilganlar, undan zamonaviy tashbehlar izlaganlar. Qanday bo‘lmasin, zamonlar o'tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.

Shu bilan birga o‘z davrining qonun va xususiyatlarini zukkolik bilan anglagan, hayot qonuniyatlaridan voqif bo'lgan ba’zi yetuk faylasuf va allomalarning hayoti ham bir tekis kechavermagan, ularning g‘oya va qarashlar, jamiyat va millat kamoli uchun harakatlari hamma tomonidan ham bir xil qabul qilinavermagan. Bu boradagi tajriba shundan dalolat beradiki, falsafa tarixi bunday kishilarning nomini eslash va ularni sahifalarida saqlab qolishni xush ko‘rmaydi, kimning kirn ekani haqida xulosa chiqarishni esa odamlarning o‘ziga va kelajakka havola qilib qo‘ya qoladi.

Shu tariqa kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq taraqqiy etavermagan. Rivojlanish ortidan inqiroz, yutuqlar ketidan mag'lubiyatlar farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar uni ta’qib etgan. Muayyan jamiyat taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg‘or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezgan, albatta. Bu esa buyuk falsafiy ta’limotlar, bir tomondan, madaniy-intellektuat rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar taqozosi ekanidan dalolat beradi.

Bu masalaning falsafa fani va uni o‘rganish uchun hozirgi davrdagi turli falsafiy g‘oya va mafkuralar, ta’limot va nazariyalar bilan bog'liq

yana bir muhim jihati ham bor. Globallashib borayotgan bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, ro‘y berayotgan g‘oyaviy kurashlarning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil qiladigan ushbu mavzuning tarixi, tavsifi va ahamiyati falsafaning o‘zi kabi qadimiy va nihoyatda dolzarb ekanligiga shubha yo‘q. Insoniyat ibtidosidan boshlangan ana shu azaliy kurashda ezgulikning g‘alaba qilishi, sog‘lom tafakkur ustuvor bo‘lishi targ‘ib etilsa-da, bunday muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish hamma vaqt ham oson kechmagan. Afsuski, asrlar osha odamlarni ezgu va xayrli ishlarga boshlab kelayotgan, umuminsoniy ahamiyatga molik bunyodkor g‘oyalar bilan birga, mazmun-mohiyati buzg'unchilik va g‘ayriinsoniylikdan iborat vayronkor mafkuralar, shaxsiyatparastlik mayllari ham rang-barang shakllarda namoyon bo‘lib turadi. Falsafiy tafakkur rivoji shu tariqa, muayyan g‘oyalar ustuvor bo‘lgan necha-necha zamonlar almashinuvi, turli mafkuralar kurashidan iborat uzluksiz jarayon sifatida davom etib kelmoqda.

Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etilayotgan hozirgi sharoitda tinchlik va totuvlikka, barqarorlik va bag‘rikenglikka rahna soluvchi buzg‘unchi mafkuralarning maqsad-muddaolarini o‘z vaqtida anglash, ularga qarshi kurashish, ezgu g‘oyalarni amalga oshirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarida faol va mas’uliyatli bo'lish bu boradagi faoliyatimizning asosiy mezonidir.

Xullas, falsafiy tafakkur taraqqiyoti insoniyat rivoji bilan uzviy bog‘liq va jamiyat hayotdagi voqea-hodisalar ijtimoiy ongda, xususan

falsafada ham o‘ziga xos tarzda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davr

o‘zgarishi, yangi zamon boshlanishi bilan unga mos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Lekin bu jarayon faqat stixiyali tarzda, o‘z-o‘zidan yuz beravermaydi. Chunki, inson tafakkurining yangi davrga xos o‘zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo‘lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir.

Falsafiy tafakkur rivoji bilan bog'liq bun-'day holat hozirgi davrda ham

yaqqol namoyon bolmoqda. Shu ma’noda, bugungi kunga mos dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirish falsafaning eng asosiy vazifalaridan biriga, barchamiz uchun ulkan mas’uliyatga aylangani shubhasiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

G Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Т.: 0 ‘zbekiston, 2017.


N.Shermuhammedova “Falsafa va fan metodologiyasi” Toshkent - 2008
“Falsafa” Yu.Yusupov Sharq nashr 1999
“Falsafa asoslari” O`zbekiston nashriyoti 2003
“Falsafa” M Ahmedova Faylasuflar Milliy jamiyati nashri 2006
“Falsafa” Maruzalar matni Toshkent 2000
Tulenov J.T “Falsafa fani va uning xususiyatlari” Tosh TDPU nashri 2001
Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat