Fakulteti yo’nalishi ning



Download 179,5 Kb.
bet1/8
Sana28.06.2022
Hajmi179,5 Kb.
#714458
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xorazm viloyati xo\'jaligi (2)
1-amaliy ish, Malakaviy ish 1122, Aggregatsiya semantikasi, 8-sinf-iqtisod-35, 30 ta brigada frontda va gospitalda qancha konsert otkazdi, Kurs ishi. Misr, Kafedra Informtika va Axborot texnologiyasi Fan Informatika Re, Ma\'ruza materiali, Ma\'ruza materiali, 2-мавзу КТЭ, A Brief view on your research interest 17, 2 5199764953619240385, КК тарийх интернет, КК тарийх 21-июнь 2022

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI



___________________ fakulteti ___________________yo’nalishi
_____________________________________ning
______________________________________ fanidan

KURS ISHI


Mavzu: Xorazm viloyati xo’jaligi.




Bajardi: ____________________
Qabul qildi: _____________________
_______________ 2022
Reja:

Kirish.
I bob. Adabiyotlar sharhi.
II bob. Asosiy qism.
2.1. Xorazm viloyati va uning iqtisodiy hayoti.
2.2. Xorazm viloyati tabiiy resurslari.
2.3. Xorazm viloyati xo’jaligi sanoati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Maydoni 6,1 ming km.kv. Aholisi 1 mln. 835 ming 700 kishidan ortiq (01.01.2019-yil). Viloyatida 10 ta tuman, 3 ta shahar va 56 ta shaharcha mavjud. 
Xorazm viloyati mamlakatimiz hududini juda kichik qismini egallaydi. Xorazm viloyatining yer yuzasi tekis bo‘lib, daryo yotqiziqlaridan iborat. Viloyatning xo‘jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati katta. Polvon, Yermish, Shovot va Qilichniyozboy kanallari Amudaryo suvini butun viloyatga tarqatadi. Viloyatda tuproq, suv va iqlim imkoniyatlaridan tashqari, shifobaxsh sho‘r ko‘llar, binokorlikda ishlatiladigan xom-ashyo (qum, tosh, qamish) ham mavjud.
Aholisi. Viloyat aholisi soni jihatidan mamlakat viloyatlari orasida oxirgi o‘rinlarda turadi. Xorazmliklar yozda havoning qurib, isib ketishini hisobga olib, uylarni qalin paxsa devordan keng va baland (4–5 m) qilib quradi. Qalin paxsa devor uy ichidagi harorat va namlikning bir me’yorda saqlanishini ta’minlaydi. Yerosti suvi yer yuzasiga yaqinligidan yer to‘lalar, turli maqsadga mo‘ljallangan o‘ralar bo‘lmaydi.
Xo‘jaligi. Viloyat iqtisodiyoti, asosan, agrosanoat majmuyidan iborat. Xiva, Shovot, Yangiariq tumanlarida paxtaning salmog‘i, ayniqsa, katta. Gurlan tumanida esa sholipoyalar katta maydonni egallaydi. Obikor yerlarda paxta bilan birga don, beda, makka jo‘xori, kartoshka va poliz ekinlari yetishtiriladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan paxtachilikning qo‘shib olib borilishi suvdan va ishchi kuchlaridan oqilona foydalanishga imkon beradi. Viloyatning barcha tumanlarida poliz ekinlari ekiladi.
Qishloq­ xo‘jaligining­ asosiy ­tarmoqlari: paxtachilik, polizchilik, sholichilik, go‘sh-sut chorvachiligi, pillachilik. 
Sanoatning ­asosiy ­tarmoq­lari: elektroenergetika, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat, un-yorma.
Asrlar bo‘yi davom etib kelayotgan xalq seleksiyasi tufayli Xorazmda ertapishar hamda kechpishar qovunlarning ajoyib navlari vujudga kelgan.
Qadimda ularni maxsus idishlarga solinib, tuyalarda, hatto Bag‘dod va Hindistonga (o‘sha vaqtda uch oylik yo‘l) jo‘natilgan. Xiva, Yangiariq, Gurlan, Hazorasp tumanlarida bog‘lar birmuncha ko‘p. Kelgusida bog‘ va tokzorlar maydonini kengaytirish ko‘zda tutiladi.
Qishloq xo‘jaligining ikkinchi muhim tarmog‘i chorvachilikdir. Yozgi yaylovlar va suv tanqisligidan chorvachilikda cho‘lga moslashgan qorako‘l qo‘ylarning salmog‘i katta. Bu qo‘ylar, asosan, terisi va juni, shuningdek, go‘shti uchun boqiladi. Viloyatda yaylovlar kamligidan ayrim xo‘jaliklar o‘z qo‘ylarini Qoraqalpog‘iston yaylovlarida boqadi.
Sanoati. Viloyatda yengil va oziq-ovqat sanoatining yuzdan ortiq korxonalari mavjud. Sanoat paxta, pilla, meva, sabzavot hamda chorva mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Shuningdek, tikuvchilik, poyabzal, gilamdo‘zlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Bu korxonalar shahar hamda tuman markazlarida joylashgan.
Turizm. Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, turistlar oqimini yanada ko‘paytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Xususan, Urganch shahridagi Shovot kanali bo‘yida «Shovot» kichik turizm zonasini hamda Xiva shahrida «G‘ovuk ko‘l» kichik turizm zonasini tashkil etish hamda ularda zamonaviy mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa obyektlarni qurish rejalashtirilmoqda.
Shaharlari. Urganch viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Sha harda oziq-ovqat sanoati ahamiyatiga ko‘ra yengil sanoatdan keyingi o‘rinda turadi. Shahar elektr energiyani Taxiatosh IES va Tuyamo‘yin GESdan oladi. Shaharning shimoliy qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalar, janubiy qismida esa ishlab chiqarish korxonalari joylashgan. Shaharda Urganch davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasining filiallari bor. 
Xiva viloyatdagi qadimiy, milliy me’morchilik yodgorliklariga boy shahardir. Xiva badiiy hunarmandchilikning muhim markazidir. Bu yerda yog‘och va toshlarga naqsh solish, zargarlik, naqqoshlik, kashtachilik, miskarlik va kulolchilikdagi ajoyib mahorat avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Xiva mashhur o‘zbek matematigi, astronomi va geografi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning vatanidir.


Download 179,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti