Fakultеti guruhi talabasi


Yosh Futbolchilarni tayyorgarlik davrida maxsus jismoniy tayyorgarliklarini oshirish



Download 35.83 Kb.
bet2/7
Sana12.01.2021
Hajmi35.83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7
Yosh Futbolchilarni tayyorgarlik davrida maxsus jismoniy tayyorgarliklarini oshirish

Futbolchilarning yillik trenirovka tsiklidagi nagruzkalari hajmi va jadalligi – doimiy miqdor bo’lmay, notekis o’zgarib turadi. Futbolchilardagi sport nagruzkalari hajmining o’zgarishi egri chizig’i mashg’ulot va musobaqalar sonining o’zgarishi, ularning doimiyligi ma’lumotlariga qarab kuzatiladi, sport nagruzkalarining jadalligi egri chizig’i esa nagruzkalar miqdori (katta, o’rtacha, kichik) bo’yicha kuzatiladi.(6,10,14)

Bu ma’lumotlarni tahlil qilish futbolchilar trenirovkasining nagruzkalarni taqsimlashning printsipial sxemalarini to’zishga imkon beradi. Yillik tsiklning boshida nagruzkalar hajmi asta-syokin oshiriladi, keyin esa jadallashadi, shundan so’ng borgan sari kamayib boradi. Mashg’ulotlar boshlang’ich nagruzkalar jadallashi to’xtamay oshib boradi va bu deyarli butun yillik tsikl mobaynida davom etadi hamda faqat musobaqa davrining yakunlovchi fazasidagina keskin kamayadi.(14,15) Musobaqa davrining ikkinchi yarmi boshlanishi bilan mashg’ulotlar jadalligi o’zining eng yuqori nuqtasiga etadi. Keyinchalik, futbolchilarning tobora charchab borishini hisobga olib, musobaqalar jadalligi syokin-asta kamaytiriladi. Bunda futbolchilargavaqti-vaqti bilan qatay tiklanish uchun mashqlar jadalligini

kamaytirish juda muhimdir.

Musobaqalar va ularning soni musobaqalarning kalendari rejasiga muvofiq ravishda rejalashtiriladi, bunda ularning o’tkazish muddatlari va muhimligi hisobga olinadi.

Barcha musobaqalar yillik tsiklda oylar buyicha taqsimlanadi. Dam olish esa

musobaqalarning soni va qiyinligi, mashg’ulotlarning hajmi va jadalligi hamda futbolchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab rejalashtiriladi.(6,9,)

Futbolchilarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklaridagi o’zgarishlarni aniqlash uchun kontrol sinovlar, testlar va meditsina ko’riklari uchun rejalashtirilib bo’lingandan keyin, qolgan kunlar turlicha davom etadigan va turli jadallikda o’tkaziladigan mashg’ulotlar uchun taqsimlanadi.

Jadalligiga ko’ra mashq taqsimlanadi.

Jadalligiga ko’ra mashg’ulotlar katta, o’rtacha va kichik nagruzkali mashg’ulotlarga bo’linadi. Mashg’ulotlarni biror bir jadallik darajasida o’tkazishda quyidagilarga, ya’ni:

mashg’ulotlarning xarakteri va davomiyligi;

mashqlar oralig’idagi dam olish intervallarining davomiyligi va uning xarakteriga;

V) oldingi mashg’ulotlar va musobaqalardan keyingi mashg’ulot va dam olishning davomiyligiga;

G) futbolchilarning shaxsiy xususiyatlariga;

tevarak-atrofdagi muhit sharoitlariga;

mashg’ulotlarning maqsadi va me’yoriga;

J) mashq bajargandan keyin tiklanish jarayonini qancha davom etishiga amal qilinadi.
Zamonaviy futbol sportchilarning jismoniy sifatlariga, sog’lig’iga ruhiyatiga turli va yuqori talablar qo’yadi. Yosh futbolchilarni tanlashda ularning umumiy va mahsus qobilyatiga ahamiyat beriladi. Tahnik tayyorgarlik darajasiga, ya’ni “o’ynashni bilishiga” eng kam e’tibor qaratiladi. Bu mezon yosh futbolchining musobaqa tayyorgarligini hisobga olmaydi.

Tadqiqotlarnning ko’rsatishicha, shunday bolalar borki, futbol bo’limiga kirganda tehnik va o’yin ko’rsatkichlari unchalik baland darajada bo’lmaydi, lekin jismoniy va psihologik omillari yuqori darajada bo’lganligi sababli, ularning tehnik

taktik mahorati tez o’sadi.

Birinchi tanlovda qo’llash mumkin bo’lgan kompleks ko’rsatkichlar mavjud. Bunga oltita test ko’rsatkichlari kiradi.

Muhimi, ko’pincha tug’ma hisiblangan yugurish tezligi. Tezkorlik sifatlarini baholash uchun 30 metrga yugurish tavsiya qilinadi.

Qobilyatni rivojlantirishda tezkorlik-kuch imkoniyatlari katta ro’l o’ynaydi. Buni yugurib kelib, ikki oyoqda depsingan holda yuqoriga sakrashning balandligi orqali baholash mumkin.

Muhim sifatlardan biri bu epchillikdir. Uning 12-13 yoshdan keyin rivojlanishi qiyin bo’ladi. Tanlashda umumiy va mahsus epchillikni hisobga olish kerak.

mahsus koordinatsiya dribbling orqali baholanadi (5 ta doirani aldab o’tish)

eng muhim ruhuy sifatlardan biri o’yinni idrok eta bilish va mo’ljalga olishdir.

tanlashning ohirgi bosqich ko’rsatkichi bu – “o’yin shiddati va jangovorlik sifati”.

Shunday qilib, birinchi bosqichda 6 ta test va ko’rsatkichlar o’yin paytida baholanadi.

Bu tanlash dasturi 30-50 ta boladan kirish imtihonlarini qabul qilishga mo’ljallangan.

Buning uchun tanlash jarayonini yahshi tashkil qilish kerak. Nazorat sinovlarini 4 ta stansiyaga bo’lib qabul qilish lozim. Birinchi stansiyada 30 metrga yugurish qabul qilinadi. Ikkinchisida – yuqoriga sakrash. Uchinchi stansiyada umumiy epchillik baholanadi. To’rtinchisida to’p olib o’tishda diqqatni taqsimlash qobilyati baholanadi. O’yinni idrok etish (yoki fikrlash) ikki taraflama mini futbol o’yinini jarayonida aniqlanadi.

Yosh futbolchilarning yiqqan ballari soni aniqlanib, ularning bahosi quyidagi baholash meyorlari jadvali orqali keltiriladi.

Qabul imtihonlari natijalari tahlil qilinganidan song baholar e’lon qilinadi. Ijobiy baholarga erishgan bolalardan guruh tanlab olinadi. Ko’rsatkichlari yuqoriroq bo’lib, ammo sinovdan o’ta olmagan futbolchilar nomzodlar guruhiga olinishi mumkin. Ularga uy vazifasi yarim yilga yoki bir yilga beriladi, so’ngra ular qayta ko’rikdan o’tishlari mumkin. Shuning bilan birinchi bosqich yakunlanadi.

Ikkinchi bosqichda yosh futbolchilarni tanlab olish uslubiyati.

Tanlashning ikkinchi bosqichida yosh futbolchilar ichidan iqtidorlilari tanlab olinadi. Bu maqsadni amalgam oshirish uchun birinchi bosqichdagi testlar ijobiy samara bermaydi. Tahlil shuni ko’rsatdiki, qobilyat rivojlanishini baholash uchun birmuncha boshqacharoq doira ko’rsatkichlaridan foydalanish lozim.

to’pga oyoq bilan uzoq masofaga zarba berish – 3 marta eng yahshi natija hisobga olinadi.

tahnika uchun test. Burchakdan jarima maydonining markazigacha to’pni olib yurib, bir-biridan 3 m uzoqlikda joylashgan to’siqlarni “aldab” o’tib, darvozaga zarba berish. Chap va o’ng burchakdan ikkitadan imkoniyat beriladi. To’p darvozaga kirishi lozim. Eng yahshi natija hisobga olinadi.

mahsus koordinatsiya uchun test. Top bilan doiralarni kam vaqt sarflab “aldab” o’tish. Ikki imkoniyatdan yahshiroq natija olinadi.



Download 35.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
matematika fakulteti
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
bilan ishlash
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
Navoiy davlat
Buxoro davlat
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti