Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»



Download 2,67 Mb.
Sana26.06.2017
Hajmi2,67 Mb.
#16293
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
FAKULTET VA GOSPITAL XIRURGIYA KAFEDRASI



«TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

professor Teshaev O.R.
_______________________

«27» avgust 2015 y.


Ma'ruza mavzusi:

O‘PKANING O‘TKIR YIRINGLI-DESTRUKTIV KASALLIKLARI
Davolash fakulteti 5 kurs talabalari uchun

Toshkent – 2015
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL XIRURGIYA KAFEDRASI




«TASDIQLAYMAN»

Davolash fakulteti dekani

professor Zufarov P.S.

______________________

«27» avgust 2015 y.



Ma'ruza mavzusi:
O‘PKANING O‘TKIR YIRINGLI-DESTRUKTIV KASALLIKLARI
Davolash fakulteti 5 kurs talabalari uchun

Xirurgik seksiya

SPK kengashida kurib

chikilgan va ma'kullangan

protokol № 1

«27» avgust 2015 y.



Toshkent – 2015
O‘PKANING O‘TKIR YIRINGLI-DESTRUKTIV KASALLIKLARI

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI


Talabalar soni - 60-120

Vaqt – 90 minut

O‘quv mashg‘uloti shakli

Ma'ruza – vizualizatsiya

Ma'ruza rejasi



  1. Upkanig anatomiya va fiziologiyasi

  1. Upkanig tekshirish metodlari

  1. Utkir yiringli abssess tugrisida tushincha, klinik kurinishi, diagnostika va zudlik yerdam.

  1. Utkir Gangrena tugrisida tushincha, klinik kurinishi, diagnostika va zudlik yerdam.

Ma'ruza maksadi talabalarni UUYDK, uning klinik kechimini va asoratlarini, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash usullari bilan tanishtirish.

Ukituvchi vazifasi:


        1. Upkaning utkir yiringli kasalliklari etiologiya va patogenezi bilan tanishtirish

        2. Upkaning utkir yiringli kasalliklarining klassifikatsiyasi

        3. Upkaning utkir yiringli kasalliklarining diagnostika metodlari, zamonaviy davolash usullari va profilaktika metodlari

        4. Upkaning utkir yiringli kasalliklari asoratlari va davolash

Ukitish jarayoni natijalari

Talaba bilishi kerak:



  1. Upkaning klinik anatomiyasi

  2. Upkaning zamonaviy diagnostika yullari

  3. Upkaning utkir yiringli kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi

  4. Upka kasalliklarini davolash prinsiplari, asoratlariga karshi kurashish metodlari

Ukitish metodi i texnikasi

Ma'ruza – vizualizatsiya, texnika: blits-so‘rov, anik savollar. Texnika «Xa - Yuk»

Ukuv kurollari

Kompyuter proektor, vizual materiallar, informatsiya bilan ta'minlash

Ukuv shakli

Jamoaviy

Ukuv sharti

Auditoriya, ish jarayoni bilan muvofiklashish


MA'RUZA TeXNOLOGIK KARTASI


Bosqichlar

va vaqt


Faoliyat

O‘qituvchiga

Talabalarga

1 boskich

Kirish


(5 min)

1. Mavzu nomi, maksadi, ma'ruzadan kuzlangan natija va uning utkazilish rejasi xakida axborot berish

1. Eshitadi

2 boskich

Bilimlarni mustaxkamlash

(20 min)


2.1. Maksad talabalarga anik savollarni berish:

1. upkaning xajmi kanday

2. gengrena deganda nimani tushinasiz

3. abssess deganda nimani tushinasiz

Blits savollar

2.2. Ekranga e'tibor karatish va ma'ruza maksadi bilan tanishtirish. Slayd №1

2.3. Ekranga chikarish. Slayd №2


2.1. savollarga javob beradi

2.2. Slaydlar tarkibi bilan urganadi



3 boskich

Informatsion

(55 min)


3.1. Reja savollari asosida ma'ruza materiallarini bayon kilish, vizual materiallardan va anik savollardan foydalanish

Rejaning 1- savoli buyicha upkaning anatomiya va fiziologiyasi

Rejaning 2- savoli buyicha Plevraning tekshirish metodlari

Rejaning 3- savoli buyicha Upkaning utkir yiringli kasalliklari etiologiya, patogenez, klassifikatsiya, klinika, diagnostika, dif. diagnostika, davolash va profilaktika

Ma'ruzaning eng kerakli kismlariga urgu berish va ularni yozib olishni aytish


3.1. Berilgan

materiallarni muxokama kilish va savollar berish.

Eng muxim materiallarni yozib olish


4 boskich

Yakunlovchi

(10 min)


4.1. Savollar berish:

1. Kaysi kasalliklar Upkaning utkir yiringli kasalliklariga kiradi?

2. Upkaning utkir yiringli kasalliklari zamonaviy davolash usullari?

4.2. Mustakil ishlash uchun vazifa berish:

Spontan pnevmotoraksda torakoskopiyani kullash


4.1. Savollarga javob berish

4.2. Eshitish. Yozib olish




Mavzuni asosalash: O‘pkaning utkir yiringli destrkutiv kasalliklari (UUYDK) diagnostikasi va davolash usullari zamonaviy pulmonologiyada uz aktualligini saklab kelmokda. Oxirgi yillar ma'lumotiga kura UUYDK davolash buyicha erishilgan muvaffokkiyatlarga karamasdan, mazkur kasallikka duchor bulgan bemorlar soni kupayib bormokda. Shu maksadda xar bir umumiy amaliet shifokori bu kasallikni diagnostikasi va davolash usullarini bilishi shart.

Ma'ruzaning maqsadi: talabalarni UUYDK, uning klinik kechimini va asoratlarini, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash usullari bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy maqsadi: UUYDK, uning bulishi mumkin asoratlari va ularni oldini olish xamda davolash buyicha talabalarni bor bilimlari diapazonini kengaytirish, klinik fikrlash kobiliyatini rivojlantiradi, talabalarni amapliy mashgulotlarga tayerlashdan iborat.

Ma'ruzaning taqsimlanishi:

  1. Mavzuini asoslash (motivatsiya) - 5 min

  2. Upka buyicha kiskacha anatomo-fiziologik ma'lumotlar, tekshirish usullari - 15 min

  3. Tasnifi - 5 min

  4. Abssess, gangrena, bronxoektaz, plevra empiemasi tushunchalari - 15 min.

  5. Klinik kechimi - 25 min

  6. Davolash usullari - 25 min


Talabalarga beriladigan savollar:

1. O‘pka va plevra anatomiyasi va fiziologiyasi buyicha ma'lumot.

2. UUYDK bilan xastalangan bemorlarning shikoyatlari, anamnez iva ob'ektiv kursatkichlari

3. UUYDK bilan xastalangan bemorlarni tekshiruv usullari .

4. tasnifi

5. UUYDK etiopatogenezi .

6. klinik kechimi .

7. UUYDKni patogenetik davolash prinsiplari.


Ma'ruza matni

O‘pkaning utkir yiringli destrkutiv kasalliklari

O‘pka kasalliklari diagnostikasi avvalam bor bemorlarning shikoyatlari, anamnez va organizmni fizikal tekshirish usulariga asoslanadi.

O‘pkasi kasallangan bemorlarning kupincha kuydagilar bezovta kiladi: bu balgamli yoki balgamsiz yutal, tana xaroratining kutarilishi, kukrak kafasidagi ogriklar, konli yutal, xansirashlardir. Anamnez yigganda e'tiborni kasallikning boshlanishi va rivojlanishi, ya'ni kasallikning boshlanishi sovuk kotish, infeksion kasallangan bemorlar Bilan yoki travmalar Bilan boglikligini aniklash muxim axamiyatga egadir. Shuningdek mexnat sharoiti, turli xayvonlar bilan alokasi, yomon odatlar mavjudligini aniklash lozim.

Kuppaniladigan fizikal tekshiruvlarga: kurik, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiyalar kiradi. Bular organizmdagi anatomo-funksional uzgarishlarni tassavur kilishga va kupincha bemorlarning axvolini dinamikada va davolash jarayonida baxolashning asosiy usullaridan bulib koladi.

Balgamni tekshirish uning fizik xossalarini urganish, bakterioskopiya va bakteriologik ekishlardan iboratdir.

O‘pkasi kasallangan bemorlarda rentgenologik tekshiruvlar kuprok anik diagnoz kuyish imkonini beradi.

Tomografiya – bu katma-kat tasvir olishdan iborat bulib, bunda segment va subsegment bronxlaridagi uzgarishlar, limfa tugunlaridagi uzgarishlar, O‘pkadagi mayda destruktiv parchalanish, mayda bullani va kistani, uchokli soyalarni kurish mumkin.

Kompyuterli tomografiya – O‘pkadagi uchokning anik chegarasini, ulchamini aniklaydi, uning zichligini baxolashga sharoit tugdirib beradi.

Bronxoektatik kasalligining gumonida, uning shikastlanish darajasini va xarakterini aniklashda, O‘pkadagi yiringli destruktiv jaraenining anikrok xajmini aniklashda, surunkali O‘pka yiringli kasalligi va markaziy O‘pka orasida differensial diagnostika utkazish maksadida brongxografiya tavsiya etiladi.

Angiopulmonografiya – O‘pka arteriyasini katetrlashdan iborat bulib, bu tomirga rentgenkontrast modda yuborib kilinadigan tasvirdir. Bu muolaja O‘pkaning tugma kasalliklarida, O‘pka tomirlaridagi patologik jaraenlarda, O‘pka arteriyasining tromboemboliyasida, O‘pkaning surunkali kasalliklarida, O‘pka arteriyasida gemodinamikaning buzilish darajasini aniklash uchun, yomon kechuvchi O‘pka usmalarida, operabellikni aniklash maksadida bajariladi.

Bronxial arteriografiya – bronxial arteriyani katetrlash, O‘pkadan kon ketishning sababini, kon ketaetgan joyini xamda kon okishini tuxtatish maksadida ishlatiladigan muolaja xisoblanadi.

Bronxoskopiya – qattiq va fibrobronxoskopiyalarga bulinadi. Kursatmalar: markaziy joylashgan bronx usmasi, O‘pkadan kon ketishi, traxeya va bronxlardagi yet jism, O‘pka yiringli kasalliklarini diagnostikasi va sanatsiyalash maksadida.

Torakoskopiya – torakoskop yordamida plevra bushligini vizual kurikdan utkazish maksadida kullaniladigan muxim diagnostik va davolash usulidir.

O‘pkaning yiringli – destruktiv kasalliklari ogir patologik jaraen bulib, bu kasalliklarda ulim O‘pkadagi yiringli destruksiya xarakteriga kura turli mualliflar buyicha 8 – 75% ni tashkil etadi.

Biz kuprok Struchkov 1968 yilda taklif etgan tasnifini Toluzakov V.I. (1985y.) tomonidan mukamallashtirilgan xolatidan foydalanamiz. Ya'ni bu tasnifga asosan, patogenez buyicha: postpnevmonik, aspiratsion, pnevmonik, gematogen – embolik, surunkali pnevmoniya asosida ravojlanuvchi;

xarakteri buyicha: yiringli abssess, gangrenoz abssess, O‘pka gangrenasi;

joylashuvi buyicha: O‘pka segmenti, bulagi, butun O‘pkada;

jaraenning tarkalishi buyicha: yagona abssess, kuplab abssesslar ikki tomonlama abssesslar;

abssessning O‘pka ildiziga nisbatan joylashuvi buyicha: periferik (kortikal), markaziy (ildiz oldi);

ogirlik darajasi buyicha: yengil ,urta ogir, juda ogir;

asoratlar buyicha: asoratsiz, asoratli: O‘pkadan kon ketishi, plevra empiemasi (chegaralangan, total) taranglashgan piopnevmatoraks, sepsis, septikopiemiya.

Utkir yiringli abssess – bu nekrorzga uchragan O‘pka tukimasining yiringli chirishi bulib, u yiringa Tula yeki yiringli suyuklik satxiga ega bushlik xosil kiladi va piogen kapsulaga ega bulgan xolda, soglom O‘pka tukimasidan perifokal infiltratsiya orkali ajralib turadi.

O‘pka gangrenasi – O‘pkaning kata bir kismini anik chegaraga ega bulmagan yiringlab chirigan nekrozi bulib, tezda tarkalishi, juda ogir klinik kechimi bilan xarkterlanadi.

Bulardan tashkari O‘pkaning gangrenoz abssessi farklanadi. Bu O‘pka tukimasining yiringlab-chirigan nekrozi bulib,sekvestr xosil kilishi va O‘pkaning soglom tukimasidan chegaralanishi moyilligiga ega.

O‘pkada yiringli-destruktiv kasallikni keltirb chikaruvchi asosiy uchta omillar mavjud. Bular: 1) bronxial utkazuvchanlikning buzilishi, 2) O‘pka tukimasini yalliglantiruvchi infeksiyani rivojlanishi, kon aylanishining buzilishi va tukima nekrozi, 3) organizmda ximoya kiluvchi kuchlarning susayishi.

Transbronxial daraxtining infeksiyalanishida aspiratsion faktor O‘pkaning yiringli – destruktiv kasalligi patogenezida katta rol uynaydi. O‘pkaning utkir yiringli – destruktiv kasalliklari patogenezida trans bronxial daraxtning aspiroatsion mexanizmi buyicha infeksiyalanishi katta rol uynaydi. Aspiratsiyaga olib keluvchi sharoitlar: vaktincha yutish, yutalish reflekslarining susayishi yoki yukalishi bilan boglik bulgan umumiy anesteziya, chukur alkogol mastlik, narkotik xolat, ogir kala –miya jaroxati, uzok muddat uzini yukotish, miyada kon aylanishning utkir buzilishi, tutkanok. O‘pkaning utkir yiringli – destruktiv kasalliklarida pnevmoniya xam muxim rol uynashi mumkin. Travmadan keyin buladigan abssesslar kamrok uchraydi. Gematogen – embolik sabab septik uchokdan kelib chikishi mumkin. Etiologik jixatdan nospetsifik infeksiyalar asosiy rol uynaydi. O‘pkaning yiringli destruktiv kasaliklarini chakiruvchi infeksiya polimorf bulib, ulardan anaerob (klostridial), anaerob va aerob asotsiatsiyasi katta axamiyatga ega. Aeroblar: stafilokokk, protey va klebsiellalar. Anaeroblar – bakteroidlar, fuzobakteriyalar, peptostreptokokklar.

Utkir O‘pka abssesslarining klinik manzarasini ikkiga bulish mumkin, ya'ni bronxga yerilguncha va bronxga yerilgan boskichlar.

Kupincha kasallik utkir boshlanib, tana xaroratining kutarilishi, kuchli bezgak, shikastlangan tarafda kukrak kafasining ogrishi, nafas tezlashuvi, terlash va boshka intoksikatsiya belgilari, delirioz xolatlarni kuzatish mumkin. Birinchi boskichda yutal kuruk yeki oz mikdorda shillikli balgam ajralishi mumkin. Fizikal tekshiruvda tovush titrogining shikastlangan tarafda susayishi, perkussiyada – tovushninng bugikligi, auskultatsiyada – nafas susayishi yeki umuman eshitilmasligi aniklanadi. Kon analizida – leykotsitoz, leykotsitar formulaninig chapga siljishi, intoksikatsiya indeksining kutarilishi, rentgenologik tekshiruvda – uchokli gomogen korongulik aniklanadi.

Ikkinchi boskichda, kasallik boshlangandan 7-14 sutka utgach, kuyidagi klinik manzara kuzatiladi: yutal Bilan kup mikdordagi kulansa xidl, yiringli balgam ajralishi (sutka davomida 500 ml.dan kuprok). Bu xolatda klinik manzarada ijobiy dinamika kuzatiladi, ya'ni umumiy fxvol yaxshilanadi, intoksikatsiya belgilari kamayyadi, tana xarorati normallashadi, intoksikatsiya indeksi kamayyadi, leykotsitoz pasayyadi. Auskultatsiyada – abssess soxasida amforik nafas, kuplab xar xil kalibrli xul xirillashlar eshitiladi. Rentgenologik tekshiruvda suyuklik satxiga ega bulgan, ichki konturi tekis va atrofida perifokal infiltratsiyalik bushlik aniklanadi.

O‘pka gangrenasining klinik manzarasi: bemorning umumiy axvoli juda ogir, ter okishi, kuchli bezgaklar, tez-tez nafas olishi, 3-4 kun davomida bemorda yutal Bilan kup mikdorda kulansa xidli, badbuy balgam ajralishi ukzatiladi.balgam tindirilganda 3 katlamdan iborat buladi: pastki katlami O‘pka tukimasinig nekrozga uchragan parchalari. Urta kavvati – loykalangan suyuklikdan va yukori katlami – kupiksimon shillik yiringdan iborat.auskultatsiyada – nafas susayishi fonida kuplab turli kalibrli xul xirillashlar. Rentgenologik tekshiruvda bir O‘pkaning diffuz, bir xil darajada bulmagan koronguligi fonida kuplab okargan doglar, plevra bushligida kupincha suyuklik satxi yeki suyuklik gumoni aniklanadi.

O‘pka yiringli-destruktiv kasalliklarining eng kup uchraydigan asortlari, bu piopnevmotoraks, kontrlateral O‘pkaning pnevmoniyasi, O‘pkadan kon ketish. Boshka asoratlar - sepsis, pnemoperikardit, utkir buyrak yetishmovchiligi kamrok uchraydi.

Piopnevmotoraks – utkir yiringli protsess, O‘pka abssessining plevra bushligiga yerilishdan kelib chikadi. Abssess plevra bushligiga yerilganda plevra bushligiga yiring kuyiladi va xavo chikadi, natijada O‘pka kollapsi kuzatiladi. Buxolatdarda klapanli, taranglashgan piopnevmotoraks kuzatilishi mumkin.

Klinik manzarasi: kuchoi yutal, kukrak kafasida utkir ogriklar, nafas olishning tezlashuvi, teri kavvatlarining okarishi va yopishkok ter bilan koplanishi, sinoz. Kon bosimi 50-70mm.sim.ustinigacha tushib ketadi, taxikardiya aniklanadi.

Ob'ektiv: kukrak kafasi shikastlangan tarafda nafas olishda kam ishtirok etadi. Kovurga oraligi kengaygan, silliklash xolatda. Tovush titrogi kuchsiz yoki aniklanmaydi. Perkussiyada yukori (gaz) kismida korobkasimon tovush, pastki (suyuklik, yirinig) kismida – bugik tovush. Auskultatsiyada – bronxial nafas, amforik belgi bilan. Rentgenologik tekshiruvida – O‘pka kollapsi, plevra bushligi xavo suyuklik satxi bilan. Punksiya vaktida xavo suyuklik bilan olinadi.

O‘pkaning utkir yiringli – destruktiv kasalliklarini davolash 3 komponentdan iborat. 1) - umumiy medikamentoz terapiya. 2) – traxeobronxial daraxt, plevra bushligi, O‘pka abssessi bushligini sanatsiyalash. 3) – katta xirurgik operatsiyalar.

O‘pka yiringili-destruktiv kasalliklarining konservativ terapiyasi.

Bu uslub operatsiyaga tayyorgarlik, yoki mustakil davolash usuli bulib, etiopatogegenez omillariga ta'sir etuvchi kuydagi tadbirlarni uz ichiga oladi:

-antibakterial terapiya-kullanuvchi erta tashxis uslublari (ekspress-bakterioskopiya, xromato-mass-spektrometriya ) mikroblarining kaysi guruxga ta'lukligini aniklash va erta maksadga muvofik antibakterial terapiya xamda S.M.Navashina, N.G.Fomina (1982) uslublari buyicha antibiotiklarni optimal birga kushish imkonini beradi. Keyinchalik (2-3 kundan sung) antibakterial terapiya mikroblarining assotsiatsiyasi, noklostridial anaerob va aeroblarning axamiyatini xisobga olgan xolda antibakterial preparatlarni kombinatsiyasi (kupincha aminoglikozid yeki sefalosporinlarni metronidazol bilan) dan foydalaniladi: - dezintoksikatsion terapiya – kuchaytirilgan diurez uslubi. Dilyutanatlar sifatida elektrolit eritmalari, gemodez, reopoliglyukin, glyubkoza eritmalari foydalaniladi. Jaraenning ogir yeki juda ogir kechimida gemosorbsiya, koni UF va lazer nurlari bilan nurlash amalga oshiriladi:

Suv-elektrolit buzulishlarini korreksiya kilish:

- yalliglanishga kashi vostialar (atsetilsalitsil kislotasi 0,5 grammdan kuniga 2-3 marta) yalliglanish shishini kaytarish, mikrotsirkulyasiyani yaxshilash imkonini beradi.

- kon ivish sistemasi va mikrotsirkulyasiyani normallashtirishga yunaltirilgan terapiya. Ma'lumki, UUYYaKda O‘pkaning yalliglanish soxasida mikrotsirkulyasiyanining buzulishi kuzatiladi. Shuning uchun davolash kompleksiga mikrotsirkulyasiyanining buzulishiga Karshi yunaltirilgan vositalari kiritiladi. Shu maksadda antiferment-krioplazma kompleksi (5-6 kun davomida yangi muzlatilgan plazma kuniga 150-300 ml., kontrikal 100 ming yeD, geparin 10-20 ming birlik, konning reologik xususiyatlarini yaxshilovchi preparatlar, antiagregantlar- reopoliglyukin, terntal, ksantinol nikotinat, kurantil) tayinlanadi:

- bronxolitik vositalar:

- immunitetni stimulyasiyalovchi vositalar: Yalliglanish fazasida aktiv immunizatsiya vositalari (stafilokokk anatoksini). Passiv immunizatsiya vositalari (gamma globulin, giperimmun plazma). Regeneratsiya fazasida xujayraviy immunitetni kuchaytiruvchi dekaris, T-aktivinlar kullaniladi.

- umumiy mustaxkamlash terapiyasi – gemotransfuziya, plazma va uning preparatlari, kon oksili urnini bosuvchi infuziyasi, glyukoza konsentratsiyalashgan eritmalari, anabolik prepartalar, vitaminlar.

- yurak – tomir vositalari:

- antioksidant ximoya- tokoferol atsetat, unitiol, moda almashunuviga ta'sir kiluvchi, tukimalarni regenaratsiyasi va reparatsiyasini yaxshiluvchi vostialar – metiluratsil, pentoksil, kaliy orotat.

- surulishni, nozik chandik xosil bulishni ta'minlovchi preparatlar – lidaza, ron idaza. Ushbu preparatlari regeniratsiya, epitelizatsiya va chandik xosil bulishi fazalari ta'inlanadi.

UUYDKda yalliglanish soxasida preparatlarni yukori konsentratsiyasini vujudga keltirmok davolashni muxim shartlaridan biridir. Bu kasalliklarda angiopulmonografiya va bronxoarteriografiya natijalari yalliglanish soxasida O‘pka arteriyasi sistemasi buylab batomom kon okimi tuxtashi yeki kamayishini tasdiklaydi. Shikastlangan O‘pka tukimasining xaet faoliyati bronxial sistemasi buyicha kon okimining aktivlashuvi xisobiga tutib turiladi. Bu xollarda davolash preparatlarining bronxial arteriyaga uzok regionar infuziyasi samarali natijasini beradi.

2 komponent – maxalliy sanatsiya. Bu kuyidagilarni ichiga oladi:

1) traxeo-bronxial daraxtning sanatsiyasi. Dori-darmonlarni traxeo-bronxial darax torkali yuborish: mikroorganizmga ta'sir kilish, yalliglanishga karshi, balgamni suyuklantirish va ajratish maksadida traxeo-bronxial daraxtni burun orkali kateterlash, mikrotraxeostomiya va bronxoskopiya yullari b-n bajariladi. Dori-darmonlar tarkibi: 2% 2,0 natriy bikarbonat, mikroorganizmning sezuvchanligiga karab ABlar, antiseptiklar (dioksidin, furagin), balgamni suyultiruvchilar (mukosalvin 10% -1,0), proteolitik fermentlar (tripsin,xemotripsin 10-15 mg), bronxolitiklar (eufillin 0,24 % -1,0, novodrin 0,5% - 0,5), gormonlar (gidrokortizon 25-50 mg).

2) abssess bushligi va plevra empiemasini sanatsiyalash – burun orkali bronxoskopiya yerdamida abssess bushligini kateterlash, transtorakal kateterlash, torakotsentez aktiv aspiratsiya Bilan, yiringli bushlikni yuvish. Bularning xammasi nafas olishni yaxshilanishiga, intoksikatsiya belgilarini kamayishiga va klinik – rentgenologik belgilarni tez orada yaxshilanishiga olib keladi.

UUYDKda bajariladigan kata jarroxlik amalietlari: lobektomiya, bilobektomiya, pulmoektomiya. Jarroxlik amalietlari kursatmalar: O‘pkadan kon ketish asorati yeki 5-7 sutka davomida (bir taraflama jaraenda) utkazilgan kompleks davolashning effektsizligi.

Utkir O‘pka abssessi xar doyim xam tuzalmaydi: u surunkali kechimga utishi mumkin, unda klinik kechim remissiya va xurujlardan iborat buladi. Doimiy simptomlarda biri – xar xil mikdordagi yiringli balgamli yutal. Xuruj vaktida balgam mikdorim kupayishi mumkin va kulamsa xidli buladi. Surunkali intoksikatsiya balgam bilan oksil yukolishi, gipoproteinemiya, anemiya, ozish, darmonsizlik, kukrak kafasida ogriklar va taxipnoe kuzatiladi. Kurikda terini okarishi, ogizdan kulansa xid, yuzni shishishi, kul-barmoklarni uzgarishi (dumbara taekchalari) aniklanadi. Fizikal tekshiruvda : perkussiyada – tovushni kiskarishi, auskultatsyiyada – xul xirillashlar, bronxial nafas amforik belgi bilan. Kon analizida – leykotsitoz (neytrofilez), leykotsitar formulaning chapga siljishi, anemiya, gipoproteinemiya, disproteinemiya. Rentgenologik tekshiruvida – anik ichki konturli yumalok bushlik, suyuklik satxi bilan, perifokal infiltratsiya. Bronxoskopiyada chegaralangan yiringli endobronxit (drenajlovchi bronxda). Bronxosgrafiyada bir yeki bir necha bronx bilan boglangan yumalok bushlik. Surunkali abssesslarda radikal amalietlar bajariladi (segmentektomiya, lobektomiya, bilobektomiya, pulmoektomiya). Jarroxlik amalieti uchun karshilik kursatmalar: jaraenning ikki taraflamaligi, karilik, xamrox kasalliklar.

Bronxoektatik kasallik – O‘pka bronxlarining surunkali yalliglanishi bulib ularning kengayishi, ularning devorlaridagi elastik va mushak komponentlarining dekstruktiv uzgarishidir. Kelib chikish sababi – O‘pka bronx apparatining tugma nuksonlari, shuningdek bronx yalliglanishi, undagi yed jisim va xokazo.

Klinika: O‘pka-bronx infeksiyalarining xurujlari, yutal, yiringli balgam ajratish, tez-tez nafas olish, kuchsiz mexnatda xansirash, kon tuflash, intoksikatsiya belgilari. Auskultatsiyada shikastlangan tarafda xul, mayda pufaklik xirillash eshitiladi. Rentgenologik tekshiruvida – fibroz maydoni, ildiz strukturasinining uzgarganligi aniklanadi. Bronxoskopiya – diffuz yeki chegaranlangan endobronxit, bronxlarning distal kengayganligi (Sulya belgisi). Bronxografiyada – bronxning silindrik kopsimon, kistasimon va aralash kengayishi aniklanadi. Bronxlarning lokal uzgarishlarida kuyidagi operatsiyalari bajariladi: segmentektomiya, lobektomiya, bilobektomiya, pulmoektomiya. Tarkalgan bronxoektazlarda konservativ davolash kursatilgan.

Urta bulak sindromi- urta bulakning surunkali yaliglanishi. Bu kasalik urta bulak bronxining maxsus natomik tuzilishi bilan boglikdir va O‘pka fasodlari ichida 20-26% tashkil etadi. Bronx atrofidagi limfa tugunlari kattalashishi natijasida urta bulak ateletktazi vujudga keladi va yalliglanadi.

Klinikasi – yiringli balgam bilan yutal, kor tupirish, tez tez nafas olish, intoksikaksiya belgilari. Aoskultatsiyada-urtu bulak proeksiasida kata va urta xirilashlar aniklanadi. Rentgenologik tekshiruvda-urta bulak atelektazi kurinadi. Bronxoskopiyada shu bronx utkazuvchanligi buzulgan xolatda, sikilish natijasida chegaralangan yiringli endobronxid. Bronxografiyada-urta bulak bonxning «chultogi» aniklanadji. Davolash-aperatsiya yuli bilan : urta bulak rezeksiyasi. Operatsiyaga karshilik kursatuvchilar: karilik, xamrox kasalliklar va x.k.

O‘pkaning kistoz gipoplaziyasi (poliktistoz)- bu O‘pka parinximasining, bronxning va kon tomirlarining tugma yetishmovchiligi natijasida kistoz bushliklarining paydo bulishidir. Klinik manzarasi surunkali O‘pka destruktiv kasaliklari klinikasiga xosdir. Rentgenologik, bronxografik, bronxoskopik va angeopulmonografik tekshiruvlari asosida tashxis kuyiladi.

Davolash operativ bulib: libiktomiya, pulmonektomiya. Konservatif davolash operatsiyasidan oldiniga tayyorgarlik sifatida va operatsiyaga karshilik kursatuvchilar (karilik, xamrox kasalliklar va x.k.)


Adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988

8. Vorobev A Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva. Praktika 1998

10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.

11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.
II. Qo‘shimcha:

12. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.

13. Savelev V.S. 50 leksii po xirurgii. Moskva 2004.

14. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

15. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.

16. Zdravыy smыsl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn. 2003g

17. Neotlojnaya abdominalnaya xirurgiya – Maystrenko N.A.2002g

18. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g



19. Ma'ruza mavzusi bo‘yicha Internetdagi manzillar: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www. omoc.su.
Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish