F-"Shum bola"qissasining bosh qahramoni. Shunday og‘irkunlarda otasidan ayrilgan, o‘n to‘rt yoshlibolakay. Onasi bir etak bolani boqish uchun kun bo‘yi tinim nimaligini bilmaydi



Download 18.5 Kb.
Sana15.07.2021
Hajmi18.5 Kb.

3-amaliy.

F-"Shum bola"qissasining bosh qahramoni.Shunday og‘irkunlarda otasidan ayrilgan, o‘n to‘rt yoshlibolakay. Onasi bir etak bolani boqish uchun kun bo‘yi tinim nimaligini bilmaydi. Shum bola bo‘lsa, tengdoshlariga qo‘shilib erta tongdan to qorong‘i kechgacha ko‘chadan kirmaydi. U –yerga ursa ko‘kka sapchiydigan, bir joyda uzoqroq turib qolsayuragi siqilib ketadigan, tinib-tinchimas bolalar xilidan. Kunlarning birida u onasini xafa qilib qo‘yganidan xijolat bo‘lib,qolaversa, biror oy mehnat qilib pul topib kelish ilinjida yo‘lga tushadi.

S- Xafa qilib qo'yishining sababi o'trtoqlari bilan Xalfaga palov qilushmoqchi edi.Shum bola shu uchun uyidan yog' va tuxum olib chiqib ketayotganda onasi uni urushib,"Yana ko'chaga ketyapsanmi undan ko'ra kelib o'choqqa o't qala dedi".Nochor Shum bola rozi bo'lib o't qalayotganda yashirib qo'ygan yog'i erib ketdi.Onasi uni so'kib boshiga bir urgandi.Tuxum sindi.Onasi bolamni boshini yorib qatig'ini chiqardim shekilli deb o'yladi.

Kunlarning birida u onasini xafa qilib qo‘yganidan xijolat bo‘lib,qolaversa, biror oy mehnat qilib pul topib kelish ilinjida yo‘lga tushadi. Uning Toshkent atrofidagi qishloqlarda kechadigan sarguzashtlariga sarguzasht ulanib, yarim yildan ortiq davom etadi. Mana shu vaqt mobaynida Shum bola bir-biridan qiziqvoqealar ishtirokchisiga aylanadi.

M-Masalan:Pochchasi avaylab boqayotgan qimmatbaho qushlarga qatiq, suzma ichirib harom o‘ldirib qo‘yadi, do‘sti Omonga qo‘shilib Sulton o‘g‘ri boshchiligidagi kissavurlar bilan tunni o‘tkazadi, ko‘chmanchilar ovulida o‘lik yuvib sharmanda bo‘lishadi, masjid imomining og‘ilxonasida o‘sallab qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ eshakni so‘yib qo‘yi rosa kaltak yeydi va hokazo.

U-Shum bola qayerga bormasin, kim bilan to‘qnashmasin, hamma joyda kattalarning o‘ziga bepisand qarashi, qo‘pol muomalasiga duch keladi. O‘zlarini go‘yo yetimning boshini silaydigan himmatli kishilar qilib ko‘rsatadigan turli noinsof kimsalar uning navqiron kuchidan suvtekin foydalanib qolishga urinadilar. Bu ham mayli, shu yosh bolani turli qing‘ir yo‘llarga boshlovchilar ham topiladi. Masalan, yuzlab qalandarlarga yo‘lboshchi bo‘lib olib, har gapida qayta-qayta Xudoni tilga oladigan ikkiyuzlamachi Eshon Shum bolani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘g‘irlik qilishga yo‘llaydi.



Shunisi muhimki, G‘afur G‘ulom mana shu nursiz, qabohat va jaholatga to‘la muhitni yosh bola nigohi orqali rang-barang mazmunga to‘la holda tasvirlaydi. Qissani o‘qir ekansiz, undagi hodisalarning qiziqligi, qahramonlar xarakteridagi yorqin jihatlar Sizni butunlay o‘ziga rom qilib oladi

.Garchi, yuqorida aytganimizdek, bosh qahramon duch keladigan odamlarning ko‘pchiligi ochko‘z, xasis, nazari past kimsalar bo‘lsada, bizning Shum bola bunday kimsalarni bir ko‘rishda taniydi, ularning chirkin muhitidan iloji boricha tezroq qutulish yo‘llarini qidiradi va albatta topadi! Mana shu paytlarda Shum bolaning naqadar topqir, ziyrak, ba’zan esa, yaxshi ma’noda shum bola ekaniga qayta-qayta amin bo‘lamiz.
Download 18.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим