Evristik о‘qitish texnologiyasi mazmuni. Evristik о‘qitishning yо‘nalishlari. Evristik о‘qitishning prinsplari



Download 287 Kb.
bet1/7
Sana01.01.2022
Hajmi287 Kb.
#296679
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Evristik metod nima


EVRISTIK USLUB NIMA
Reja:


  1. Evristik о‘qitish texnologiyasi mazmuni.

  2. Evristik о‘qitishning yо‘nalishlari.

  3. Evristik о‘qitishning prinsplari.

  4. Evristik didaktika.

Evristik о‘qitish texnologiyasi mazmuni.
Evristik о‘qitishning asosiy mohiyati yangilikni doimo ochishga harakat qilish demakdir. Evristik yunoncha heuriska – qidiraman, topaman, ochaman degan ma’nolarni anglatadi.

Evristika о‘qitishning:

1. О‘qitish shakli – evristik suhbat. Bunda о‘qituvchi va о‘quvchi о‘rtasida masala mohiyatini tushunish va bir fikrga kelish maqsadida savol va javoblar uyushtiriladi.

2. О‘qitish metodi. Ijodiy ishlash jarayonida о‘qituvchi о‘quvchiga ish yuzasidan maqsadli g‘oyalar, fikr chalg‘iganda tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatib, vaqti-vaqti bilan aqliy hujum uyushtirib turadi. Masalaga oydinlik kiritish yо‘lida evristik vaziyat yaratib beradi.

3. Berilgan masalaning texnalogik jarayoni. Uni о‘quvchining о‘zi belgilaydi. Ijodiy mahsulotni rо‘yobga chiqarishdagi yakuniy natijasi о‘quvchining tanlagan texnalogiyasiga bog‘liq bо‘ladi. Tanlangan yо‘li samara bermasa, о‘qituvchi о‘z vaqtida о‘quvchiga yordam kо‘rsatadi.

О‘quvchining о‘zini-о‘zi ijodiy tomondan rо‘yobga chiqarishi evristik о‘qitishning eng yuqori masalasi hisoblanadi.

Innovatsion texnalogiyalar orasidagi evristik о‘qitish texnalogik shakli deyarli Suqrotning savol va fikr yuritish metodiga suyangan.

Ma’lumki, Suqrot о‘zining shogirtlariga avval, umumiy yо‘naltiruvchi savol bergan va javobini olgach, aniqlantiruvchi savol bergan va haqiqatni aniqlamaguncha, unga juda yaqin savol beravergan.

Evristik о‘qitishdagi vaziyat о‘qitishning kalit elementi hisoblanadi. Bunday vaziyat о‘quvchining bilmasligidan uni faollashtiradi, uning maqsadi о‘quvchi tomonidan shaxsiy g‘oyaning tug‘ilishini, gipotezalar, sxemalar tuzishga yо‘llaydi. Evristik о‘qitishda ta’lim natijasini aytib bо‘lmaydi. Har bir о‘quvchidan turli javoblarni olish mumkin.

Evristik о‘qitishda о‘quvchi oldingi olgan bilimini о‘zlashtiradi, keyin uni ijodiy о‘zlashtirish orqali о‘zining loyihasida qо‘llaydi. Bu yerda oldingi bilimlarni о‘rganish orqali kelajakka intilish shiori amal qiladi.

Evristik о‘qitish erkin rivojlanish maktabiga asoslangan bо‘lib, uning nazariyasi evristik didaktika hisoblanadi.

Evristik о‘qitishning mazmuni va maqsadi о‘quvchilar tomonidan о‘zining mustaqil fikrini loyihalash (konstruksiyalash) maqsad qilib olinadigan, ta’limning maqsadi va mazmuni hamda uni tashkil qilish jarayoni, tashhis qо‘yish va tushunib yetish evristik ta’lim va о‘qish hisoblanadi.

Evristik о‘qitishning prinsiplari ma’lum pedagogik sharoitga moslashtirib о‘qitish bо‘lib, unda о‘qitishda о‘qituvchi va о‘quvchini oldindan natijasi ma’lum bо‘lmagan muommoni yechishga undaydi.

Evristik о‘qitish nafaqat о‘quvchilarni balki о‘qituvchilarni ham rivojlanishga chorlaydi, chunki о‘qituvchilarga о‘quv jarayonida haqiqatni “bilmaslik” vaziyatini tashkil qilishga tо‘g‘ri keladi.

О‘quvchi о‘zining mashg‘ulotlari rejasini tuzadi, о‘zining shaxsiy qarashlarini asosiy masalaga qaratadi. Masalan, detalga о‘lchamlarini qо‘yishda uning shaklini, geometrik obrazlarni, uni tayyorlash jarayonlarni о‘rganishga harakat qiladi. Detalga ishlov berishdagi jarayon haqida о‘zining shaxsiy fikrini, detalning geometriyasi, uni yaxshilash haqidagi izlanishlar, texnik va texnalogik konstruksiyalash, dizayn kabilar ustida bosh qotiradi. Natijada о‘quvchilar о‘zlari о‘rganayotgan soha haqida shaxsiy individual rejalarini tuzishadi.


Download 287 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish