Evolyutsion taʼlimot



Download 16.67 Kb.
bet3/3
Sana21.05.2021
Hajmi16.67 Kb.
1   2   3
Progress (lot. progressus — oldinga harakatlanish) — rivojlanishning quyidan yuqoriga boradigan yoʻnalishi. "P." tushunchasi butun bir sistemaga, uning ayrim elementlari yoki para-metrlariga nisbatan ham qoʻllanadi. P. regresennng aksi. "P." tushunchasi dastlab, asosan, jamiyat tarixiga nisbatan qoʻllanilgan. Qad. dunyoda koʻpchilik olimlar jamiyat tarixini vokealarning shunchaki oddiy takrorlanishi, davra boʻylab (Platon, Aristotel), xatto "oltin davr"dan quyiga qarab (Seneka, Gesiod) harakatdan iborat, deb bilganlar. Uygʻonish davrida ij-timoiy munosabatlar va fanning nisbatan tez rivojlanishi bilan P.ning ilm sohasida mavjudligi haqida fiqolar paydo boʻla boshladi (F. Bekon, R. Dekart). Keyinchalik P. tushunchasi ij-timoiy munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etila boshlandi (A. Tyurgo, J.A. Kondorse va boshqalar). Lekin bu davrda P. juda sekin roʻy beradigan organik evolyusiya tarzida tasavvur qilingan. Gegel asarlarida P. tushunchasi idealistik pozi-siyadan turib, chuqur yoritib berilgan. Tirik tabiatga nisbatan P. tushunchasi 18—19 a.larda keng qoʻllana boshlandi.

P.ning mohiyatini tushunib olishda, ayniksa, J. B. Lamarknnng tirik orga-nizmlar tuzilishining asta-sekin mu-rakkablashib borishi hamda Ch.Darvinning evolyusion taʼlimoti katta ahamiyatga ega boʻldi.

P. nisbiy xususiyatga ega. Bu tushunchani anorganik tabiatda sodir boʻlib turadigan siklik hodisalarga va koinotga nisbatan tatbiq etib boʻlmaydi. Chunki koinot uchun abadiy dialektik oʻzgarish xos boʻlib, materiya toʻxtovsiz bir holatdan ikkinchisiga oʻtib turadi. P. koinotning ayrim qismlarida mavjud boʻlgan konkret sharoit bilan bogʻliq. Mac, hayotning paydo boʻlishi uchun muayyan fizik va kimyoviy sharo-itlar mavjud boʻlishi kerak. P. rivojlanish surʼatining tezlashuvidan iborat. Butun bir sistemaning progressiv rivojlanishi uning ayrim elementlari, aloqalari va funksiyalarini ham oʻz ichiga oladi. P. anorganik va organik tabiat hamda kishilik jamiyati uchun ham xos. Anorganik tabiatda P. anorganik obʼyektlar tuzilishining murakkablashib borishi natijasida hayotning paydo boʻlishidan iborat.

Organik tabiatda. P. organizmlar va ular sistemalarining evolyu-siyasi, yaʼni asta-sekin takomillashuvidan iborat. Ch. Darvin asarlarida P. organizmlarning tashqi muhit sharo-itiga tobora moslashib borishi va yashash uchun kurashda gʻolib chiqishi shaklida talqin qilinadi. Darvin fikricha, P. birinchidan, organizmlar tuzilishining murakkablashib borishi; ikkinchidan, uning ayrim organlarining sod-dalashuvi orkali boradi. Keyinchalik P. tushunchasining mazmuniga birmuncha anikdik kiritilib, bu jarayon biologik va morfo-fiziologik P.ga ajratila boshlandi. Biologik P. — muayyan guruh (tur, urugʻ)ning yashash sharoitiga moslashishi tufayli individlarning son jihatdan ortishi, arealining kenga-yishi va yangi guruxdar hosil qilishi-dir. Morfo-fiziologik P. — moslashuv tufayli hosil qilingan yangi belgi va xususiyatlarning koʻpayib, oʻzaro garmonik qoʻshilishidan iborat.



Ijtimoiy P. — jamiyatning quyi darajasi va shakllaridan yuqori darajasi va shakllariga qarab uzluk-siz rivojlanishi, taraqqiyot. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi zaminida roʻy beradigan ijtimoiy P. oʻz shakli va surʼati jihatidan turlicha boʻlgan ziddiyatli jarayonlardan iborat.
Download 16.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat