Estetikaning amaliy ahamiyati



Download 14.21 Kb.
Sana10.11.2019
Hajmi14.21 Kb.

Aim.uz

Estetikaning amaliy ahamiyati.
Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o’ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go’zallikni chuqur his etadigan,uni asraydigan nafis did egalari bo’lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, estetika jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega.

Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. Chunonchi, biror-bir san’at turida ijod qilayotgan san’atkor birinchi galda,ma’lum ma’noda, o’z sohasining bilimdoni bo’lishi kerak. Deylik, bastakor notani bilmasdan, musiqali asar yaratish qonun-qoidalarini,shu jumladan, musiqaga ham taalluqli bo’lgan estetikaning umumiy qonuniyatlaridan behabar holda tuzukroq asar yaratish dargumon. Ba’zilar «Daho san’atkorlar qonun-qoidalarsiz ham ijod qilaveradilar»-degan noto’g’ri tasavvurga egalar. Vaholanki, daholarning o’zlari ko’p hollarda nafosat nazariyasi bilan shug’ullanganlar. Bu borada Abduruhmon Jomiy, Alisher Navoiy, Leonardo da Vinchi, Fridrix Shiller kabi buyuklarning nomlarini eslashning o’zi kifoya qiladi.

Estetikaning san’atni xalq orasida yoyadigan va targ’ib etadigan tashkilotlar rahbarlari uchun ahamiyati muhim.Ayniqsa, ma’naviyat va mafkura sohalariga mutasaddi rahbarlarning estetikadan bexabar bo’lishlari mumkin emas. Aksincha, ma’naviyat targ’ibotchilarining estetikaga e’tiborsizligi san’at uchun fojiali holatlarni yuzaga keltiradi.

Shuningdek, dizaynchi injenerlar, atrof-muhitni obodonlashtirish bilan shug’ullanadigan mutaxasisslar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta’siri mavjud. Shuningdek, korxona rahbarlari, sex boshliqlari mazkur korxona yoki sexga dastgohlar dizaynida tortib, devorlar ranglari-yu, «ichki gulzor»larning joylashtirilishigacha nafosat qonun-qoidalari asosida bo’lishini ta’minlashlari lozim. Zero, o’shandagina ish joyida mehnat unumdorligini oshishi tabiiy. Buning uchun esa mazkur rahbarlar estetikadan albatta xabardor bo’lishlari shart.Umuman olganda, estetika hamma uchun ham zarur.Chunki, inson zoti baribir hayotda tez-tez san’at asarini idrok etuvchi sifatida maydonga chiqadi. Deylik, siz Samarqandga aylanib kelgani bordingiz. Agar estetikadan bexabar bo’lsangiz, Go’ri Amir maqbarasining gumbazi, Registondagi madrasalar yonida qad ko’targan minoralar, peshtoqlardagi ko’hna arabiy yozuvlar sizda qiziqish uyg’otmaydi. Bordi-yu, aksincha, nafosat ilmidan xabardor bo’lsangiz, u holda nafaqat ularning chiroyliligini, balki gumbaz shunchaki gumbaz emas, Xudo go’zalligining ramzi ekanini, u «jamol» deb atalishini, minoralar-Tangri qudratining timsoli o’laroq «jalol» deyilishini, peshtoqlardagi go’zal yozuvlar-oyatlar, Xudoning belgisi, «sifat» deb nomlanishini eslaysiz va olayotgan taassurotingiz bir necha barobar kuchaydi. Zero, estetika orqali biz faqatgina ko’rganlarimizning shakliy go’zalligini emas, balki ayni paytda shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz.Shu sababli, fermerga yoki ishchiga, yoki tadbirkorga estetika haqida bosh qotirib o’tirish zaruz kelibdimi, degan gaplar xato va zararlidir.



Yuqorida ko’rib o’tganlarimizdan shu narsa ma’lum bo’ladiki, bugungi kun estetika fani oldida o’lkan vazifalar turibdi. Zotan biz qurayotgan fuqarilik jamiyatining a’zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo’lmog’i lozim. Qolaversa, hozirgi mashinasozlikni, aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy dizaynsiz tasavvur etish mutlaqo mumkin emas. Bunda bevosita texnika estetikasining ahamiyati katta.

Bulardan tashqari, ayniqsa yoshlarning nafosat tarbiyasiga alohida e’tibor berish- zamonning dolzarb talabi bo’lib bormoqda. Shu bois «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillaridan biri: «Ta’limning ijtimoiylashuvi-ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarasgni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish», deb aniq belgilab qo’yilgani bejiz emas.
Download 14.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik