Esse Axloqiy tarbiya. Axloqiy tarbiyaning nazariy asoslari. Axloq so‘zi- lotincha "myeros",ya'ni moral,mantiq so‘zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat‘iy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy qonundir.Axloq-kishining ichki olami,e‘tiqodi,fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa,odob-shaxsning ko‘zga tashlanadigan mulozamati,xulq-atvori,muomala-munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Axloqiy tarbiyaning vazifasi va mazmuni bog‘chadagi axloqiy tarbiya berishning asosiy prinsiplari va pedagogik shart-sharoitlarga rioya qilish asosida bajariladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar axloqiy tarbiyasining vazifasi hamda mazmuniga muvofiq uning prinsiplari ishlab chiqilgan.
Axloqiy tarbiya-shaxsni har tomonlama rivojlantirishning muhim tarkibiy qismidir. U bolalarga axloqiy tasavvur va bilimlarni singdirish ,ularda shaxsning axloqiy his tuyg‘u va sifatlarini,ijobiy munosabatlar va xalq madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan jarayondir.
Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi,inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to‘g‘risida keng tasavvur,tushunchalar beradi.Axloqiy tasavvurlar,qarash,mulohaza,baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e‘tiqodni yuksaltirishga ta‘sir ko‘rsatadi.