Ertaklar haqida umumiy tushunchalar



Download 338,5 Kb.
bet1/5
Sana18.07.2021
Hajmi338,5 Kb.
#122278
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Aka uka grimlar ijodi


Aka-uka Grimmlar ijodi. Ularning ertakchilik faoliyatlari

Reja:

  1. Ertaklar haqida umumiy tushunchalar

  2. Aka-uka Grimlar ijodi

  3. Sehirli ertaklar aka-uka grimlar ertaklar xususida

Ertaklar haqida umumiy tushunchalar

Ertaklar xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy turlaridan biri bo‘lib otabobolarimizning turmush tarzi, vatanga muhabbati, jasorat va adolatlilik haqidagi ideal orzulari hayoliy va hayotiy uydirmalar dostonida hikoya qilinadi. Xalq tomonidan yaratilgan ko‘plab ertaklarda bolalarning o‘ziga xos hayoti chetlab o‘tilmagan. Xatto, turli yoshdagi bolalar uchun juda ko‘p maxsus ertaklar yaratilgan. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf - odatlari bilan chambarchas bog‘lanishi, insonlarga axloqiy va maʼnaviy yo‘ldosh bo‘lib kelishidadir. Ertaklar sodda va tushunarli bo‘lgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib boradi. Ular orqali ham insonning ijtimoiy axloq normalari shakllanadi. Bu hol, ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertaklarda aks etgan. Ertak termini qadimiy tarixga ega bo‘lib, dunyoning barcha tillarida so‘zlashuvchi xalqlar orasida turli xil shaklga ega bo‘lgan. Ayniqsa ko‘plab ertaklar dunyo tillarining barchasiga tarjima qilingan va ularning qiziqarli ekanligi, xayotiyligi ko‘plav avlodlar tarbiyasiga ijobiy taʼsir kshrsatgan. Olmon ertakshunoslari Aka - uka Grimmlar, V.Xauf va Andersens larni ertaklari dunyo tillarining barchasiga tarjima qilingan va dunyo bolalarining sevimli qaxramonlariga aylangan. “Chet tillarni o‘rganish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” Xalq so‘zi gazetasi. Ertakshunoslik qadimiy janrlardan xisoblanib, uning o‘ziga xos tili va uslubi mavjuddir. Asosan ertaklar kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallanganligi sababli uning tili aniq, tushunarli va taʼsirchanlik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ertaklarning turli tumanligi, ulardagi obrazlar talqini barcha tillarda xam o‘xshashligi tilshunoslik va tarjimashunoslik nuqtai nazardan nazariy va amaliy axamiyatni ifodalaydi. Olmon va o‘zbek tillardagi leksik grammatik va leksik stilistik vositalarni tarjima jarayonida ifodalash ertaklarni semantizatsiya masalasini aniq ko‘rsatib beradi. Turli tizimga kiruvchi tillardagi o‘xshash ertaklarning mavjudligi til va taffakkur birligi masalasi orkali xam tushuntirilishi mumkin. Shundan xulosa qilish mumkinki, ertaklarning tarjima masalalari umumiy tilshunoslikning til va tafakkur, til va jamiyat kabi qator masalalariga bevosita alokador masalalardan xisoblanadi. Mavzuning tadiqotidan ko‘zlangan amaliy maqsad shundan iboratki, unda ishlab chiqiladigan tavsiyalar xam tarjimonlar xam olmon tili va boshqa xorijiy til o‘qituvchilari uchun muximdir

Bir xalqning boy merosini va badiiy tafakkurining yetuk obidasini boshqa bir xalqning adabiyoti zaminiga tiklamoq, binobarin, uning maʼnaviy va madaniy mulkiga aylantirmoq naqadar murakkab hamda maʼsuliyatli, olijanob ish hisoblanadi. Buyuk nemis yozuvchilarining o‘zbek tilida chuqur nafosat orqali ifodalangan ertaklari o‘zbek xalqining maʼnaviy dunyosini boyitadi/ Olmon adabiyoti durdonalaridan Aka uka Grimm, V.Xauf va X.X.Andersens kabi ertakshunoslarning asarlari o‘zbek o‘quvchilarini jahon adabiyoti gulshaniga olib kirdi.

Xalq ertaklari o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli-afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy ertaklar. Olmon va o‘zbek xalq ertaklari badiiy prozaning yorqin namunasi bo‘lib, unda mehnatkash xalqning hayoti, ularning orzu- istaklari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. O‘zbek xalq ertaklari tarixida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o‘g‘li, Xusanboy Rasul o‘g‘li, Nurali Nurmat o‘g‘li, Ravshan bobolarning alohida xizmatlari borligini taʼkidlash kerak. Olmon xalqi ertakshunoslari Aka uka Grimmlar dunyoga mashxur ertakshunolsrdan xisoblanib, ularning ertaklarida olmon xalqining xayotiy tajribalari aks etgan. Ertaklar janr xususiyatlarga ko‘ra yuqoridagi nomlari aytilgan turlaridan tashqari xajviy va tarixiy ertaklarga bo‘linishi har jihatdan xarakterlidir. Hayotiy-maishiy ertaklarda inson hayotining turli jabhalari qahramonlik, do‘stlik, vafodorlik va mehnatsevarlik fazilatlari ulug‘lanadi. Odatda, mashq raqamlari, marosim va azalarda maʼlum “tayyorgarlik” bosqichidan o‘tgach, folʼklor matniga o‘tadi. 3,7,40 raqamlar ko‘proq dafn marosimlariga bog‘liq bo‘ladi. «Uch og‘a-ini botirlar» - Drei Kameraden- ertagigada uch raqami uch oqshom, uch hodisa, podshohning uch qizi, uch aka-uka, dasturxondagi taomlardan uchtasiga taʼrif berish singari epizodlar ko‘zga tashlanadi. Biz olmon va o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodidagi qadimgi eʼtiqodlarning turli shakllarida alohida ahamiyatga molik bo‘lgan raqamlarning genetik asosiga, poetik funksiyalari va qo‘llanish qo‘llamiga ko‘ra ikkiga ajratdik. 1) mashq raqamlari –Übungsziffern, 2) anʼanaviy raqamlar Traditionelle Ziffern. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimga turlaridan bo‘lgan ertaklarda qo‘llanuvchi 3,4,5,7,9,40 raqamlari mashq raqamlar xisoblanadi. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida ham shu raqamlarning hikoya mazmunida tez-tez takrorlanishi ko‘zga tashlanadi: Uch aka-uka, uch kecha, podshoning bo‘yi yetgan uchta qizi, uch hodisaning sodir bo‘lishi, uchta nasihat, podsho ziyofatida uch xil ibratli va adolatli gap uchiraganing guvohi bo‘lamiz.




Download 338,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish